93
IBROHIM G‘AFUROV MANSURALARIDA SYUJET VA KOMPOZITSIYA
JIHATLARI, BADIIY TIL XUSUSIYATLARI
Elmurodova Munisa G‘ofur qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti
+998999432996
https://doi.org/10.5281/zenodo.13923599
Annotatsiya:
Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarida obrazlar tizimi, syujet rang-
barangligi, kompozitsion qurilish jihatlari, badiiy til xususiyatlari namunalar asosida ochib
berilgan.
Kalit so’zlar:
mansura, syujet, obraz, kompozitsiya, badiiyat, anafora, metafora.
Syujet (Фр. sujet – predmet, asosga qo‘yilgan narsa) – badiiy shaklning eng muhim
elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-
harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi. Syujetlilik badiiy adabiyotning xos
xususiyatlaridan biri bo‘lib, s. Tur yo jarayonidan qat’iy nazar, barcha asarlarda bor, biroq uning
nomoyon bo‘lishi ko‘p jihatdan qaysi tur yoki janrga mansubligiga bog‘liq.
1
Adibning “Gul bargiga yozilgan xatlar” mansuralar turkumida bosh obraz oshiq, uning
tilidan aytilgan izhorlar o‘ziga xos, boshqa hech qayerda uchramaydigan metaforalar bilan,
badiiy takrorlar bilan ifodalangan. “Oq bulutlar” nomli mansurada tabiat manzarasi noo‘xshash
o‘xshatmalar bilan orginal tasvirlangan o‘rinlar, asar syujet va kompozitsion qurilishi jihatidan
ajralib turadi. Asardan o‘rin olgan “Cho‘loq qarg‘a” mansurasida adibning bolaligi va onasining
eng mash’um kuni qalamga olingan. Asarda tabiat manzarasi, bolalarning ko‘rinishlari mudhish
voqea bilan hamohang tasvirlangan. Lirik qahramonning hali o‘n sakkizga kirib ulgurmagan
akasining hastalikdan vafot etishi, janoza kunidagi voqea-hodisalar kompozitsiyasi juda ta’sirli
va ayanchli tasvirlangan.
“Ibrohim G‘afurov adabiyotga, so‘zga ixlos qo‘ygani bois qalbida chin shoir uyg‘onib,
ajoyib mansuralar yozdi. Bu janrni u ijod qildi. Mansuralar tig‘iz, fikrlarning qaynoq hissiyotlar
bilan uyg‘unligini taqozo etadi. Fojealar, farahlar, taqdirlarning ixcham manzaralari – ta’sirchan
she’riy qissachalar”, – deb yozgan edi professor N.Komilov
2
.
Ibrohim G‘afurovning “Habiba Niso” masurasida o‘tganlarni yod etib turishdek mo‘min-
musulmonlar zimmasiga farz qilingan savobi-a’mol zikr qilinadi. Zero, “qabristonni ziyorat
qilish – oxiratni zarurati”. Darhaqiqat har bir inson marhumlarni yod etish orqali o‘z ruhiyati,
qalbini poklaydi, o‘tkinchi umr qadrini yana bir bor his qiladi.
Mansuralarda muallif sermahsul tasviriy usul – anafora(takror)larda unumli foydalandi.
Ular deyarli har bir mansurada uchraydi va o‘ziga xos semantik-stilistik vazifani bajaradi:
Qamoqning to‘shagi.
Millionlab begunohlar yotgan bunday to‘shaklarda
Ular ko‘zyoshlardan ko‘l bo‘lib ketgan
Ular unsiz nolalardan cho‘l bo‘lib ketgan
Ular armonlardan yo‘l bo‘lib ketgan...
1
Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – T.: Akademnashr, 2013. – Б. 288.
2
Комилов H. Бедор қалб. Дил эркинлиги. –Т.:Маънавият, 1998. – Б. 7.
94
Dunyo yotar shu to‘shakda
She’r yotadi shu to‘shakda. Parlari qofiya, somoni vazn.
Usmon Nosirning to‘shagi –
Xayollarin kemasi...
Yurt, millat qayg‘usi bitilgan dardli, alamli sahifalardan biri. O‘sha qatag‘on davrning
sharpasi, beomon kunlar-u tunlardan hikoya qiluvchi mansura. Bu mazmun, manzara she’riy
takror orqali ochib berilgan.
Anafora (yunoncha: anaphora – ana..(yana…) + phoros (eltuvchi),
ajratish
[poetika]
she’riy asardagi misralar yoki nasriy asardagi jumlalarning bir xil so‘z bilan boshlanishi.
Anafora asosiga qurilgan badiiy san’at (vosita), sintaktik qurilma she’riyatda ko‘p qo‘llaniladi.
3
Ibrohim G‘afurov badiiy asarni tahlil va talqin qilar ekan, ijodiy erkinlikda yondashadi.
Munaqqidlar shoir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo mansuralar yozganda muallif shoirlikni
da’vo qilmaydi. Ular chinakam yetuk badiiy asarlar. “Iltijo” kitobidagi 142-mansuraga e’tibor
qarataylik. U “Soniya” deb nomlanadi. Syujet dahshatli. Qiziltepada shom qorong‘usida paxta
terimidan qaytayotgan yettinchi sinf o‘quvchilari – yettita qizni yo‘l ustida “Kamaz” mashinasi
urib yuboradi. Birortasi ham tirik qolmaydi.
Yetti qiz yalla aytib ulgurmay yurtida
Alla aytib ulgurmay yurtida
Bog‘lardan uzib chiqmay bir qizil olma
Qirlardan termayin lola...
Otasining sarvari,
Onasining gavhari,
Bir zumda, bir zumda, bir zumda
G‘oyib bo‘ldi Qiziltepa yo‘lida.
Bu satrlarni o‘qib inson qalbi larzaga keladi, insonni bir o‘yinchoqqa aylantirgan, paxta
qurboni bo‘lishiga giriftor qilganlarga nafratingiz oshadi. Tarixiy mavzularda yozilgan
mansuralarda ham bugungi hayotimizning mazmun-mohiyati aks etgan.
Kompozitsiya (lot. Composition – tuzish, biriktirish) – badiiy asar qisimlarini yaxlit badiiy
niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir)
ijrosi uchun eng optimal xolda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa
va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish.
4
Adibning “Ona rizosi rohat” mansurasining bosh obrazi ona, yordamchi obrazlar uning
atrofida jamlanadi. Asar syujeti ijodkorning xotiralari asosiga qurilgan, adib yoshligini,
bolaligini, o‘smirligini xotirlaydi va hayolida jonlantiradi. Urush yillaridagi qiyinchiliklar,
onasining xastalikdan azoblanishi barchasi mukammal syujetli va kompozitsiyali tarzda
yozilgan. Kitobxon ham adib yashagan davrni, uning his-tuyg‘lari-yu kechinmalarini his etadi,
o‘sha manzaralarni ko‘z o‘ngida jonlantiradi.
References:
1.
Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – T.:
Akademnashr, 2013. – Б. 288.
3
Болтабоев Ҳ. Адабиёт енциклопедияси II жилдлик. I
жилд.
– T.:Mumtoz so‘z, 2015. – Б. 417.
4
Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати.- Т.: Akademnashr,2013. – Б. 141.
95
2.
Комилов H. Бедор қалб. Дил эркинлиги. –Т.:Маънавият, 1998. – Б. 7.
3.
Болтабоев Ҳ. Адабиёт енциклопедияси II жилдлик. I жилд. – T.:Mumtoz so‘z, 2015. –
Б. 417.
4.
Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати.- Т.:
Akademnashr,2013. – Б. 141.