Авторы

  • Gulmira Abdullaeva
    Toshkent davlat pedagogika universiteti Mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.45911

Ключевые слова:

Klaster adabiyot matn ifodali o`qish.

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta`limida klaster tizimidan foydalanish masalalari, hamkorlikda o`qitish metodologiyasi kabilar muhokama etiladi hamda mulohazalar keltiriladi.


background image

111

TA`LIM KLASTERINI JORIY ETISH O`QISH DARSLARIDA MATNLAR BILAN

ISHLAR NAMUNASI SIFATIDA

Abdullaeva Gulmira Abdullaevna

Toshkent davlat pedagogika universiteti Mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12541788

Annotatsiya.

Ushbu tezisda boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta`limida klaster

tizimidan foydalanish masalalari, hamkorlikda o`qitish metodologiyasi kabilar muhokama
etiladi hamda mulohazalar keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

Klaster, adabiyot, matn, ifodali o`qish.

KIRISH

Umumiy o‘rta ta’lim bosqichida boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limi klasterining

shakllaridan biri hamkorlikka asoslangan o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy
etishdan iboratdir. Pedagogikada hamkorlikka asoslangan ta’lim texnologiyalari o‘qitishning
ikki yoki ko‘p tomonlama hamkorligini nazarda tutadi. Hamkorlikka asoslangan o‘qitish
texnologiyalari ko‘proq o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar
tizimiga asoslanadi. Unda o‘quvchilar tomonidan fan bo‘yicha materiallarni qayta ishlash,
loyihalash faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan bahs, munozaraga asoslangan
mashg‘ulotlar nazarda tutiladi.

ASOSIY QISM

Hamkorlikka asoslangan o‘qitish texnologiyasi 1980-1990 yillarda amerikalik olimlar:

R.Slavin, R.Jonson, D.Jonson, Sh.Sharonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya
didaktikada nisbatan oldinroq – 1970 yillarda Angliya, Germaniya, Kanada, Yaponiya va isroil
kabi mamlakatlarning ta’lim tizimida paydo bo‘lgan va keng qo‘llanilgan. Hamkorllikka
asoslangan o‘qitish texnologiyasining jamoada o‘qitish (R.Slavin), kichik guruhlarda
hamkorlikda o‘qitish (R.Slavin) kabi metodlari mavjud.

Klaster sharoitida hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining ta’lim mazmuni va shakliga

nisbatan hamkorlikda yondashuvini nazarda tutadi. Buni boshlang`ich sinf ona tili va o`qish
fanlari misolida ko‘rib chiqamiz.

Avvalo, ta’lim subyektlari klaster doirasida o‘zlarining xususiy maqsadlaridan tashqari

oldingi va keyingi ta’lim bosqichlari bilan birgalikda umumiy maqsadga ham ega ekanligini
anglashlari lozim. Klasterning ushbu tamoyillari ta’limning barcha bosqichlarida sifat va
samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang`ich sinf ona tili va o`qish fanini o‘qitish
misolida bu quyidagi metodlarda namoyon bo‘ladi:
1.

O‘qituvchi-o‘qituvchi hamkorlik metodlari.

2.

O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorlik metodlari.

3.

Talaba-o‘quvchi hamkorlik metodlari.
O`qish fani ta’limida klaster hamkor subyekti sifatida umumta’lim maktablarining

vazifalari quyidagilardan iborat [1]:
1.

Adabiy ta’limda maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)

turlari o‘rtasida uzviylik asosida aloqadorlikni ta’minlash.
2.

Adabiyot va o`qish ta’limida o‘quvchilarning adabiyot fanini o‘rganishning boshlang‘ich

A1 darajasidan adabiyot fanini o‘rganishning tayanch A2 darajasida, shuningdek, adabiyot
fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining adabiyot


background image

112

fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich A1+ darajasidan adabiyot fanini
o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch A2+ darajasida bilim olishlarini ta’minlash.
3.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari adabiyot fani bo‘yicha o‘quvchilarda quyidagi

kompetensiyalarni shakllantirish:

-

adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish,

fikrni yozma bayon qilish);

-

badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi.
Tadqiqotchi U.Xo‘jamqulov ―Maktab-laboratoriya‖ innovatsion tajriba

maydonchalarining yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni qayd etadi: tajriba- innovatsion
yo‘nalish; ilmiy-uslubiy yo‘nalish; ilmiy tadqiqot yo‘nalishi; axborot-tahliliy yo‘nalish.

Mazkur yo‘nalishlar tadqiqotchi tomonidan umumiy metodologik asosga ega

yo‘nalishlar sifatida keltirilgan. Ushbu yo‘nalishlarni fan tarmoqlari, xususan, adabiy ta’lim
klasteri ―Maktab-laboratoriya‖lariga tatbiq qilinganda, quyidagi belgi-xususiyatlar
namoyon bo‘ladi:

-

tajriba-innovatsion yo‘nalish – boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limining

yangilangan mazmunini amaliyotga tatbiq qilish va aprobatsiyadan o‘tkazish; kasbgacha va
kasbiy pedagogik tayyorlov bo‘yicha ta’lim va tarbiyaning innovatsion usullari, shakllari va
texnologiyalari bo‘yicha innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, aprobatsiya qilish va tatbiq
etish;

-

ilmiy-uslubiy yo‘nalish – boshlang`ich sinf ona tili va o`qish fani o‘qituvchilariga

innovatsion faoliyat bo‘yicha ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish; konferensiyalar, seminarlar,
master-klasslar, ochiq mashg‘ulotlar, stajirovkalar, guruh va individual maslahatlar tashkil
etish orqali adabiyot fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish va ―Maktab-
laboratoriya‖da to‘plangan innovatsion usullarni tarqatish;

-

ilmiy tadqiqot yo‘nalishi – adabiyot o‘qitish metodikasini klaster vositasida

takomillashtirish borasidagi ilmiy tadqiqotlarni ta’lim amaliyotlarida qo‘llash va ekspertiza
qilish, boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda
samaradorlikni tadqiq qilish;

-

axborot-tahliliy yo‘nalish – adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or

ta’lim usullarini o‘rganish va umumlashtirish; ta’limga oid axborot resurslarini yaratish,
jamlash va yangilab borish; ommaviy axborot vositalarida adabiyot ta’limining jozibadorligini
oshiruvchi va uning mavqeyini ko‘taruvchi reklama mahsulotlari, maqolalar hamda
videoroliklar tayyorlash.

Boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limi klasteri ―Maktab-laboratoriya‖

tuzilmasidagi adabiy ta’limning faoliyat yo‘nalishlarini quyidagicha tavsiflash mumkin [2]:

1.

Ta’lim yo‘nalishi:

-

boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limida mavjud muammolarni aniqlash, tasniflash va

bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish;

-

hududda boshlang`ich sinf ona tili va o`qish ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy salohiyatning

vertikal va gorizontal harakatlanish mexanizmini ishlab chiqish;

-

boshlang`ich sinf ona tili va o`qish dars mashg‘ulotlari sifatini boshqarish va nazorat

qilish;


background image

113

-

o`qish va adabiyot ta’limi bo‘yicha o‘quv-uslubiy samaradorlikni aniqlashning sodda va

eng maqbul mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish;

-

adabiy ta’limining o‘quv-uslubiy sohasida

o‘zaro tyutorlik

faoliyatini

yo‘lga

qo‘yish.

2.

Ta’lim vositalari yo‘nalishi:

-

o`qish va adabiyot fanining o‘quv reja va fan dasturlarini takomillashtirish;

-

o`qish va adabiyot fanidan darslik, o‘quv qo‘llanmalarning mazmun- mundarijasini

boyitish va saviyasini ko‘tarish;

3.

Ta’lim va fan yo‘nalishi:

-

adabiy ta’lim va fan o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish;

-

adabiyotshunoslik ilmiy sohasida ta’lim turlariaro ustoz-shogird tizimini yo‘lga qo‘yish.

-

OTM va umumta’lim maktablari (maktabgacha ta’lim muassasalari) adabiyot fani

o‘qituvchilarining hamkorligida binar ilmiy tadqiqotlarni ko‘paytirish (ilmiy ishlanmalar OTM
professor-o‘qituvchilari tomonidan, uning amaliyotga tatbiq qilinishi umumta’lim maktabi
o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi);

-

adabiy ta’limda ilmiy-pedagogik salohiyatning ehtiyojga qarab oqishini ta’minlaydigan

mexanizmni ishlab chiqish.

4.

Adabiy ta’limni muvofiqlashtirish yo‘nalishi [3]:

-

adabiy ta’limni

innovatsion muvofiqlashtirish borasida

ilmiy

tadqiqot

ishlarini olib borish;

-

adadbiy ta’lim bo‘yicha

ta’lim turlari manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi hududiy

boshqaruv tizimini yaratish;

-

adabiy ta’limni muvofiqlashtirish tizimiga innovatsion usul va vositalarni, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish.

Klaster tamoyiliga asosan bir xil turdagi obyektlar to‘plamining birgalikdagi faoliyati har

doim

alohida

bajarilgandan

ko‘ra

samaraliroq

bo‘ladi,

shuningdek,

bunday

integratsiyalashuvda ularni bir butun holda boshqarish mumkin bo‘ladi. Shunday ekan,
klaster yondashuvini tatbiq qilish natijasida ta’lim turlari o‘rtasida adabiyot ta’limini
muvofiqlashtirish imkoniyati yaratiladi, adabiy ta’lim va fan o‘rtasidagi integratsiya
ta’minlanadi, uzviylik va uzluksizlik qaror topadi.

Har bir fanning tuzilishi uning o‘rganish predmetining tuzilishini aks ettirgani kabi,

adabiyot metodikasining tuzilishi maktabda adabiyot fanini o‘qitish jarayonini aks ettiradi. Bu
jarayonning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: o‘quv maqsadlari – o‘quv predmeti –
o‘qituvchi – o‘quvchi. O‘quv jarayoni esa o‘zaro uzviy bog‘langan quyidagi elementlardan
iborat [4]:
1) o‘quv predmeti;
2) o‘qitish, o‘qituvchi faoliyati;
3) o‘qitish, o‘quvchi faoliyati.

Metodika fanni o‘qitish bilan bog‘liq tegishli muammolarning quyidagi masalalarini hal

qiladi: kimga o‘qitish (o‘quv predmetlari); nimani o‘qitish (o‘quv maqsadi); nimani o‘rgatish
(ta’lim mazmuni va tizimi), qanday o‘qitish (o‘qitish shakl va usullari). Klaster zanjirida o‘quv
jarayoni elementlari ta’lim turlari (klaster subyektlari) doirasida yondashuv bilan bog‘liq
o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo metodika masalalari har bir kalster subyektining fan


background image

114

dasturiga mos holda muayan o‘zgarishlarga uchraydi. Bunda o‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatlari, ta’lim mazmuni, ta’lim vositalari va shakllari bilan bog‘liq
xususiyatlar inobatga olinishi lozim.

Boshlang`ich sinf o`qish va ona tili fanlarining o‘quv maqsadlari mavzu bo‘yicha material

tanlash va uni o‘quvchiga yetkazish tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. Tanlangan (belgilangan) mavzu
uni o‘qitish tizimi va usullarini taqozo etadi; o‘qituvchining faoliyati natijasida o‘quvchilarda
bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi.

XULOSA VA MUNOZARA

Bugungi kun amaliyotida boshlang`ich sinf ona tili va o`qish fanlarini o‘qitish metodikasi

maktabda o‘qitish muammolari, maqsad va vazifalarini ishlab chiqadi. Bu bevosita maktabda
ilmiy mavzu sifatida adabiyot masalasini ishlab chiqish, o‘rta maktabda o`qish fanining
mazmuni va tuzilishini qurish bilan bog‘liq. Ammo amaliyotning bu shaklida o`qish ta’limining
uzviyligi va uzluksizligi masalasi ochiq qoladi. Har bir ta’lim bosqichida masalaga alohida
yondashuvning mavjudligi o`qish ta’limida yaxlitlikni ta’minlay olmaydi. Ona tili va o`qish
ta’limi klasterida fanni o‘qitish kursini tashkil qilish muammosi quyidagi vazifalarni talab
qiladi: o‘zbek va jahon adabiyotidan material tanlash; ta’limning turli bosqichlarida (klaster
subyektlarida) sinfdan va maktabdan tashqari o‘qish doirasini aniqlash; o‘quvchilarning
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish tizimi; ta’limning turli darajalarida dars qurish
tamoyillarini ishlab chiqish; o‘quvchilarning bilim, rivojlanish, ko‘nikma va malakalariga
talablar, mavzulararo bog‘lanishlarni belgilash kabilar.

References:

1.

Axatov D.A. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. O‘quv- uslubiy

qo‘llanma. NDPI, Navoiy, 2012. –B.33.
2.

Xodjamqulov U.N. Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy- nazariy asoslari. Ped.

fan. b. fan doktori (DSc) diss. 2021.; Toshtemirova S.A. Klaster yondashuvi asosida umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish. Ped. fan. b. fal. dok. diss. 2021.
3.

Piskunova E.V., Kondrakova I.E., Soloveikina M.P. va boshqalar ta'lim sohasida ijtimoiy

hamkorlik texnologiyalari: O'quv-uslubiy majmua. - Sankt-Peterburg: nomidagi Rossiya davlat
pedagogika universiteti nashriyoti. A.I. Gertsen, 2018. – B.120.
4.

Remorenko I.M. Ta'limda "ijtimoiy sheriklik": kontseptsiya va faoliyat // Yangi shahar:

hayot sifatini o'zgartirish uchun ta'lim. - M.; Sankt-Peterburg: Yugorsk, 2013. – b. 12.

Библиографические ссылки

Axatov D.A. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. O‘quv- uslubiy qo‘llanma. NDPI, Navoiy, 2012. –B.33.

Xodjamqulov U.N. Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy- nazariy asoslari. Ped. fan. b. fan doktori (DSc) diss. 2021.; Toshtemirova S.A. Klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish. Ped. fan. b. fal. dok. diss. 2021.

Piskunova E.V., Kondrakova I.E., Soloveikina M.P. va boshqalar ta'lim sohasida ijtimoiy hamkorlik texnologiyalari: O'quv-uslubiy majmua. - Sankt-Peterburg: nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti nashriyoti. A.I. Gertsen, 2018. – B.120.

Remorenko I.M. Ta'limda "ijtimoiy sheriklik": kontseptsiya va faoliyat // Yangi shahar: hayot sifatini o'zgartirish uchun ta'lim. - M.; Sankt-Peterburg: Yugorsk, 2013. – b. 12.