108
OʻZBEKISTONDA KAMBAGʻALLIK MUAMMOSINING TAN OLINISHI VA
BUNING AHAMIYATI
Bahodir Abdullayev
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12526507
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosining tan olinishi va
buning ahamiyatiga, mamlakatda kambagʻallik chegarasini toʻgʻri belgilash masalalariga
e’tibor qaratilgan.
Kalit soʻzlar.
kambagʻallik, kambagʻallik chegarasi, minimal isteʼmol xarajatlari, real isteʼmol
qiymati.
Kirish.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda kambagʻallik mavjud boʻlmagan muammo deyilashini
tasavvur qilish qiyin albatta. Mazkur muammoning yillar davomida tan olinmasligi,
mamlakatdagi millonlab insonlarning hayotini yaxshilash, ularning potensialini roʻyobga
chiqarish imkontiyatini yoʻqqa chiqarib kelayotgandi. Kambagʻallik yurtimizda koʻp yillar
“yopiq mavzu” boʻlib keldi. 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomada davlat
rahbari bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tariximizda birinchi marta kambagʻallikni
qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
“Kambagʻallikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-
quvvati va salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks
iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Shuning uchun, Jahon banki, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga
Kambagʻallikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman”, - dedi prezident.
Bunda xalqaro meʼyorlar asosida chuqur oʻrganishlar oʻtkazib, kambagʻallik tushunchasi, uni
aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish
lozimligi taʼkidlandi.
Masalaning mazmuni. Maʼlumki, muammo tan olinmay kelganiga qaramay har qanday
mamlakatda aholining kam taʼminlangan qatlami mavjud. Oʻzbekistonda ham odamlarning
muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emas.
Kambagʻallikka qarshi kurashish uchun esa avvalo daromad darajasi minimal hayot
standartlarini taʼminlashga yetmaydigan aholi qatlami aniq belgilab olinishi, yaʼni
kambagʻallik chegarasi belgilab olinishi , yaʼni kambagʻallik chegarasi hisoblanishi lozim.
Hisoblangan keyin esa mazkur chegarani hisoblash boʻyicha yetakchi xorijiy ilgʻor tajribalar
doimiy amaliyotga kiritib turilishi zarur.
Bugungi kunda insonlarning daromad darajasi minimal hayot tarzini davom ettirish uchun
yetarli miqdordar kamayib ketishining oldini olish, kambagʻallik darajasini kamaytirish gʻoyat
muhum masalalardan biridir. Aynan kambagʻallik muammosi tufayli dunyoda millionlab
insonlar oʻz potensialini roʻyobga chiqara olmaydi, farovon hayotdan mahrum boʻladi va
butun jamiyat hayotini yanada faronlashtirish imkoniyati qoʻldan boy beriladi, desak xato
boʻlmaydi. Kambagʻallik alohida insonlarga ham, umuman jamiyatlarga ham keng qamrovli
taʼsir koʻrsatadi.
Iqtisodiy taʼsir: Kambagʻallik umumiy iqtisodiy samaradorlikni pasaytiradi, chunki u
shaxslarning xarid qobiliyatini cheklaydi. Agar aholining katta qismi yetarli daromadlarsiz
109
yashasa, bu isteʼmol xarajatlarining kamayishiga, soliq tushumlarining kamayishiga va
iqtisodiy oʻsishning pasayishiga olib keladi.
Salomatlik: Kambagʻallik insonlar sogʻligʻiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Toza suv, toʻyimli oziq-
ovqat, tegishli tibbiy yordam va sanitariya vositalardan foydalanishning yetishmasligi
kasalliklar xavfini oshiradi va umr koʻrish davomiyligini qisqartiradi. Qashshoqlik,
shuningdek, taʼlim olish imkoniyatini cheklaydi, bu esa sogʻliqni saqlash sohasida savodxonlik
va profilaktik tibbiy yordamga taʼsir qiladi.
Taʼlim: Kambagʻallik koʻpincha bolalarning maktabga borishiga yoki sifatli taʼlim olishiga
toʻsqinlik qiladi. Bu kambagʻallik siklini davom ettiradi, chunki taʼlimning yetishmasligi
kelajakda ish bilan taʼminlanish va daromad olish imkoniyatlarini cheklaydi.
Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik: kambagʻallik butun dunyo boʻylab ochlik va toʻyib
ovqatlanmaslikning asosiy sababidir. Kambagʻallikda yashovchi oilalar toʻyimli oziq-ovqat
olish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda, bu esa, ayniqsa, bolalar orasida toʻyib
ovqatlanmaslik, oʻsish va rivojlanish muammolariga olib keladi.
Ijtimoiy hamjihatlik: qashshoqlik ijtimoiy tartibsizlik va beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Tengsizlik, marginallashuv va imkoniyatlarning yetishmasligi ijtimoiy keskinlikka,
jinoyatchilik darajasi oshishiga va jamoalar ichidagi nizolarga olib kelishi mumkin.
Gender tengsizligi: Kambagʻallik nomutanosib ravishda ayollar va qizlarga taʼsir qiladi va
gender tengsizliklarini davom ettiradi. Kambagʻallikda boʻlgan ayollar koʻpincha taʼlim,
sogʻliqni saqlash va ish bilan taʼminlanish imkoniyatlaridan cheklangan boʻlib, bu avlodlar
oʻrtasidagi qashshoqlik sikliga olib keladi.
Atrof-muhitning degradatsiyasi: Kambagʻallik ekologik muammolarga ham sababchi boʻlishi
mumkin. Chunki kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish,
ortiqcha baliq ovlash yoki daromad topish maqsadadi atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoatga
tayanish kabi barqaror boʻlmagan amaliyotlarga murojaat qilish holatlari koʻp uchraydi.
Inson huquqlari: Kambagʻallik koʻpincha odamlarni asosiy inson huquqlaridan, jumladan, uy-
joyga ega boʻlish, toza suv, taʼlim va sogʻliqni saqlashdan foydalanish kabilardan mahrum
etadi. Bu, shuningdek, ekspluatatsiya va odam savdosi kuchayishiga ham olib kelishi mumkin,
chunki bunday vaziyatda insonlar kambagʻallikdan qutulish uchun xavfliroq imkoniyatlardan
ham foydalanishga intilishi kuzatiladi.
Xulosa. Kambagʻallik chegarasini toʻgʻri belgilab olish esa muammoni hal qilish uchun eng
muhim qadam. Koʻpincha davlatlar hukumatlari kambagʻallikka qarshi kurashish yoʻlida
natijalarga tezroq erishish va ragʻbatlar notoʻgʻri qoʻyilgani sabab kambagʻallik chegarasini
belgilash usullarini takomillashtirishda xatolarga yoʻl qoʻyadi. Bu esa mamlakatning bu
boʻyicha butun boshli siyosati samarasiz yakunlanishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib umumiy xulosa qiladigan boʻlsak, kambagʻallik jamiyat uchun
katta xavf. Unga qarshi kurashish uchun esa aynan qaysi qatlam daromadlari minimum hayot
standartlarini taʼminlashga yetarli emasligini, yaʼni kambagʻallik chegarasini aniq belgilab
olish asosiy qadam. Mamlakat hukumatining vazifasi bizda kambagʻallik mavjud emas degan
nuqtaga tezroq yetib borish emas, balki kambagʻallik degan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy
muammoni tinimsiz tadqiq etish va uni kamaytiruvchi siyosat yuritish boʻlishi lozim. Natijaga
berilib ketish bu maqsaddan chalgʻitishi mumkin.
Kambagʻallik - bu maʼlum bir turmush darajasini taʼminlash uchun moliyaviy resurslar va
zarur narsalar yetishmasligi holati yoki vaziyati hisoblanadi. Qashshoqlik turli xil ekologik,
110
huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Statistikada yoki
iqtisodda qambagʻallikni baholashda ikkita asosiy koʻrsatkich mavjud: mutlaq kambagʻallik
daromadni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana kabi asosiy shaxsiy ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur boʻlgan miqdor bilan solishtiradi, nisbiy kambagʻallik esa, kishi oʻzi bilan ayni
vaqtda bir joyda yashayotgan boshqa insonlarga nisbatan minimal darajadagi turmush
darajasiga erisha olmayotgani sanaladi. Nisbiy kambagʻallikning taʼrifi bir mamlakatdan
boshqa mamlakatlarda farq qiladi. Ëki bir jamiyatning nisbiy kambagʻallik boʻyicha oʻlchovi
boshqa jamiyatning oʻlchovi bilan mos tushmasligi mumkin.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yil holatiga koʻra, dunyo aholisining 10 foizi kuniga 1,90
dollardan kam daromad evaziga yashaydi. Jahon banki guruhining 2020-yildagi
maʼlumotlariga koʻra, kambagʻallarning 40 foizdan ortigʻi mojarolardan jabrlangan
mamlakatlarda yashaydi. Hatto mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishni boshdan kechirayotgan
boʻlsa ham, koʻpincha oʻrtacha daromadli mamlakatlarning eng kambagʻal fuqarolari
kambagʻallikdan xalos boʻlish uchun oʻz mamlakatlaridagi iqtisodiy oʻsishdan munosib
darajada manfaat koʻrmaydi . Dunyoning turlik mamlakatlari hukumatlari va nodavlat
tashkilotlari shu vaqtgacha kambagʻallikni bartaraf etish boʻyicha bir qator turli siyosat va
dasturlarni, masalan, qishloq joylarni elektrlashtirish yoki shaharlardagi uy-joylarga
ustuvorlik berish siyosatini sinab koʻrgan. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan tashkil etilgan qashshoqlikka qarshi kurash boʻyicha xalqaro siyosat
ustuvorliklarining birinchi darajali barqaror rivojlanish maqsadi absolyut kambagʻallikni
yoʻqotish hisoblanadi.
Gender masalalari, nogironlik, irqiy va etnik kelib chiqish kabi ijtimoiy omillar kambagʻallik
bilan bogʻliq muammolarni kuchaytirishi mumkin - ayollar, bolalar va jamiyatdagi kuchsiz va
kamchilik hisoblangan guruhlar vakillari boʻyniga odatda kambagʻallikning nomutanosib yuki
tushadi. Bundan tashqari, kambagʻal insonlar sanoatning atrof-muhitga taʼsiri yoki iqlim
oʻzgarishi, shuningdek, boshqa tabiiy ofatlar yoki ekstremal ob-havo hodisalari kabi ijtimoiy
muammolarning taʼsiriga koʻproq moyil boʻladi. Bundan tashqari, kambagʻallik boshqa
ijtimoiy muammolar boʻyicha vaziyatni ham yanada yomonlashtirishi mumkin. Aholining
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchraydigan iqtisodiy bosim koʻpincha oʻrmonlarning
kesilishi, biologik xilma-xillikning yoʻqolishi va etnik mojarolarda rol oʻynaydi. Shu sababli,
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa xalqaro
siyosat dasturlari, masalan, Covid-19 pandemiyasidan keyingi xalqaro tiklanish kabi
maqsadlar kambagʻallikni bartaraf etish boʻyicha boshqa ijtimoiy maqsadlar bilan bogʻliq
sanaladi.
References:
1.
https://ourworldindata.org/poverty
2.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi (2020-yil 24-yanvar)
4.
Milanovich
(https://www.piie.com/sites/default/files/documents/milanovic20160509ppt.pdf)