62
ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR
TA’LIM TARBIYASI
Jo’raxo’jaev M.X.
Andijon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi
Raxmonova Zahro Baxromjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Oligofrenopedagogika yo’nalishi 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14258162
Annotatsiya
: Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq o'stirishdagi ayrim
muammo va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalardagi kamchiliklar chiroyli qilib yoritilgan.
Oilada ota - onaning farzand tarbiyasi bilan birga bola bilan qanday gaplashish, unga ertaklar
aytib berishi hamda tarbiyachilarni mohirona faoliyatiga oydinlik kiritib berilgan. Oilada va
bog'chada nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarga tavsiya va takliflar berilgan.
Аннотация
: сегодня красиво освещены некоторые проблемы речевого развития у
дошкольников и недостатки у детей с нарушениями слуха. В семье разъясняется, как
родители вместе с воспитанием ребенка разговаривают с ребенком, рассказывают ему
сказки, а также умелая деятельность воспитателей. Даны рекомендации и
предложения детям с нарушениями речи в семье и детском саду.
Annotation:
today, in preschool children, some problems with speech growth and
deficiencies in children with hearing impairments are beautifully illuminated. In the family,
together with the upbringing of the child, a clarification of how the parents talk to the child,
tell him fairy tales, and skillfully work the caregivers. Recommendations and suggestions
were made to children with speech impairments in the family and in kindergarten.
Kalit so'zlar
: Suyrdopedagogika, jarayon, fan, nutq, oila, nuqson, talaffuz, ong, aql, ta'lim
- tarbiya.
Ключевые слова
: Сюрдопедагогика, процесс, наука, речь, семья, дефект,
произношение, сознание, интеллект, образование - воспитание.
Keywords:
Suyrdopedagogy, process, Science, speech, family, defect, pronunciation,
mind, intelligence, education.
Maxsus pedagogika tarmog'i - surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik), eshitishda
nuqsoni bo'lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta'lim-tarbiya berish
qonuniyatlarini o'rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog'i). Eshitishda nuqsoni bo'lgan ilk
va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta'lim-tarbiya berish
jarayonlari va qonuniyatlari - maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi.
Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo'lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga
egadir, zero korreksionpedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi bola o'sishidagi
kamchiliklarining oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, har tomonlama rivojlangan shaxsni
tarbiyalashga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogikaning alohida fan sifatida
o'rganilishi, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning yosh davrlariga xos jismoniy, psixik va
fiziologik xususiyatlarning mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta'lim-tarbiya
shart-sharoitlarini yaratishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan belgilanadi.
Eshtishida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk
davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko'rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda
63
belgilanadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng
asosiysi nutqining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi
bola maxsus o'rgatib borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomalada esa
chegaralangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida
kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar, turli
buyumlarning funksional vazifalarini o'zlashtiradilar va ulardan to'g'ri foydalanadilar, o'z-
o'ziga xizmat ko'rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta'lim berish
shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o'zgalar nutqini idrok eta olmasligi oqibatida sensor
va aqliy rivojlanishi so'zlashuv nutqning ta'sirisiz kechadi. Shunday qilib, eshitish
qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishning buzilishi oqibatida bolaning rivojlanishi
to'xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi. Demak, bolalarning risoladagidek rivojlanishi uchun,
me'yorda eshitadigan bolalardan-da ko'proq maxsus ta'lim-tarbiya sharoitlarini yaratish talab
etiladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta'lim-tarbiya
berilgan holda, ularning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishning oldini olish, mavjud
nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har tomonlama kamol topishini ta'minlash mumkin
bo'ladi. Pedagogikada tarbiya qonuniyatlari to'g'risidagi fan sifatida hodisalarning keng
doirasi qamrab olinadi va turli sharoitda ta'lim-tarbiyani tashkil etish masalalari ishlab
chiqiladi. Maktabgacha surdopedagogika fani pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga
asoslangan holda rivojlanadi. Maktabga surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini
falsafa tashkil etadi, zero, falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o'rganish
metodologiyasini belgilaydi, tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish
imkoniyatini beradi. Ma'lumot va ta'lim nazariyasi bo'lgan didaktika surdopedagogika fanlari
tizimiga kiradi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish mohiyati,
qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o'rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu
asosda ta'limning maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari
ishlab chiqiladi.
Zaif eshituvchini tekshirish jarayonida eshituvchidan foydalangan holda nutqni idrok
etish imkoniyatlari aniqlanadi. Zaif eshituvchining birinchi darajasida, eshituvning pasayishi
50 db dan oshmaganda, bola 1-2 metrdan uzoq masofada gaplashish balandligidagi nutqni
aniq qabul qila olgani sababli , nutqiy muomalaga kirisha oladi.
Zaif eshituvchining ikkinchi darajasida, ya'ni eshituv 50- 70 dbgacha pasayganda,
so'zlashuv, nutq 1 mefrdan uzoq bo'lmagan masofadan qabul qilinganligi sababli, nutqiy
muomala qiyinlashadi.
Zaif eshituvchining 3-darajasida, ya'ni eshituvning pasayishi 70 db dan ortganda, nutqiy
muloqot buziladi, sababi, gaplashish balanligidagi so'zlashuv nutq quloq yonida ham noaniq
idrok etiladi. Ma'lumki, eshituv holati 15-20 db ga pasayishi bilan, nutqni egallashda
qiyinchiliklar vujudga keladi. L.V.Neyman ushbu holatni «nornal eshituvchi va zaif
eshituvchining chegara holati» deb hisoblaydi. L.V.Neyman tasnifiga ko'ra zaif eshituvchi va
karlik o'rtasidagi shartli chegara 85 db doirasida bo'ladi. Eshituv holatining pasayishi kariik
darajasida bo'lgan holda, nutqni mustaqil ravishda (tabiiy) o’ganish imkoniyati bo'lmaydi.
Idrok etilayotgan tovushlar chastotasining doirasiga qarab 4 guruhdagi kar bolalar
farqlanadi:
1-guruh - eng past chastotali tovushlarni idrok etadigan bolalar (125-250 Gs).
2-guruh - 500 Gs gacha bo'lgan chastotalami idгok etadigan bolalaг.
64
3-guruh - 1000 Gs gacha bo'lgan chastotalami idrok etadigan bolalar
4-guruh - keng diapazondagi chastotalami, ya'ni 2000 Gs va undan balandroq tovushni
idrok etadigan bolalar.
Eshitish qoldiqlari minimal bo'lgan (1-2 guruhdagi) kar bolalar yaqin masofadan qattiq
tovushlami (baqiriq, parovoz qichqiгig'i, nog'ora ovozi) idгok etishga qodiг bo'ladilar 3-4
guruhdagi kar bolalarning eshitish qoldiqlari sezilarliroq bo'ladi, shu sababli ular kichik
masofadan turli chastotalar ovozlar (turli musiqa asbob^ va o'yinchoqla^ hayvonlaming
qattiq hayqiгishi, ayrim maishiy tovusЫaг: qo'ng'iгoq, telefonning jiringlashi)ni idгok etib,
faгqlay oladilaг. 3-4 - guruh kar bolalar tanish bo'lgan biï nechta so'z yoki bo'g'inlami farqlay
oladilar. Shunday qilib, barcha kar bolalar turli miqdordagi eshitish qoldiqlariga ega bo'ladilar
Maxsus eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar borliqdagi tovushlarni
bilishga xizmat qiladi hamda og'zaki nutqni rivojlantirishgayordam beradi. Hozirgi kunda
tibbiyot muassasalarida eshituv holatini baholashda Xalqara tasnif ko'rsatkichlaridan
foydalaniladi. Ushbu tasnifga ko'ra eshituvning o'rtacha pasayishi 500, 1000, 2000 Gs
chastotalarda aniqlanadi.
Xulosa:
eshitish har bir bolaning nutqini baholashda muhim ahamiyatga ega. Eshitish
qobiliyati qanchalik ko'p shikastlansa, nutqqa shunchalik ko'p zarar tegadi. Eshitish qobiliyati
og'ir darajada pasaygan holda maxsus o'qitishsiz umuman rivojlanmaydi. Eshitishning
pasayishi bolaning nutqiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi: nutqning muloqot qilish, idrok
etish, fikrlash, bilish faoliyatini rivojlantirish vositasi sifatida rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Ta'lim muassasasida pedagogik jarayonni to'g'ri tashkillashtirish, eshitishning pasayishi bilan
bog'liq umumiy va xususiy jihatlarni tushunish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning
psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmoq zarur hisoblanmoqda.
References:
1.
O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom.
2.
Asqarxo'jayeva M. Bog'chalarda o'zbek tilini o'rganish. Bolalar bog'chalari tarbiyachilari
uchun metodik qo'llanma.
3.
Z.Irohimova, M.G'aybullayeva. bolalar bog'chalari uchun dasturlar. Tevarak - atrof bilan
tanishtirish, nutq o'stirish, badiiy adabiyot.
4.
D.R.Babayeva. Nutq o'stirish metodikasi.
5.
Olimov X.O., U.X.Olimov Psixiatriya klinikasining muqaddimasi Toshkent, 1997.
6.
Korkina M.B., Tsivilko M.A., Marilov V.V., Kareeva M.A. Praktikum po psixiatri. Moskva,
1986