52
MEHNAT BOZORI VA ISHSIZLIKNI KAMAYTISH STRATTEGIYALARI
РЫНОК ТРУДА И СТРАТЕГИИ СОКРАЩЕНИЯ БЕЗРАБОТИЦЫ
LABOR MARKET AND UNEMPLOYMENT REDUCTION STRATEGIES
Toshmurodov Og’abek Qudrat o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Iqtisodiyot(tamoqlar va sohalar) yo’nalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14249213
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Mehnat bozorining qisqacha tavsifi, O’zbekistonda
mehnat bozorining shakllanishi va mehnat bozorining ijtimoiy-huquqiy munosabatlari
keltirib o’tilgan. Shu bilan birga, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishga qaratilgan
chora-tadbirlarni tahlili, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash va ularni jamoat ishlariga jalb qilish
haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
Mehnat bozori, ishsizlik, ish haqi, ishchi, ish beruvchi.
Аннотация
: В данной статье представлена краткая характеристика рынка труа,
формирование рынка труда в Узбекистане и социально-правовые отношения рынка
труда. При этом был проведен анализ мер, направленных на снижение уровня
безработицы в стране, даны рекомендации по социальной защите безработных и
привлечению их к общественным работам.
Ключевые слова:
рынок труда, безработица, заработная плата, работник,
работодатель.
Annotation:
this article presents a brief description of the labor market, the formation
of the labor market in Uzbekistan and the socio-legal relations of the labor market. At the
same time, an analysis of measures aimed at reducing the unemployment rate in the country,
recommendations were made on the social protection of the unemployed and their
involvement in public affairs.
Keywords:
labor market, unemployment, salary, worker, employer.
KIRISH
Ishchi kuchi oldi-sotdisi amalga oshiriladigan bozor - mehnat bozori deb ataladi. Bu
bozorda sotuvchilar – ishga yollanuvchilar, xaridorlar esa ish beruvchilar hisoblanishadi. Ish
kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar
mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Mehnat bozorida oldi-sotdi jarayoni ishga yollanuvchi
bilan ish beruvchi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki vositachilar ishtirokida amalga oshishi
mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Mehnat bozorida
ishchi va ish beruvchi o’rtasida mehnatning kelishilgan narxi – ish haqi to’lanadi.
Mehnat bozoridagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini ishsizlik va u
bilan bog’liq muammolar tashkil qiladi. Mamlakatda ishsizlik muammosini o’rganishdan
maqsad aholini ish bilan bandligini ta’minlash orqali ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi
turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish. Jamiyatda ishsizlikni
pasaytirish uchun aholining tabiiy o’sishini hisobga olgan holda qo’shimcha ish o’rinlarini
yaratish lozim. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik – mehnatga layoqatli aholining ish bilan
ta’minlanmaganligi va buning natijasida shu toifadagi aholining daromad manbaiga ega
53
bo’lmaganligining aniq holati tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, mamlakatdagi ishsizlikni
kamaytirish kambag’allikni qisqartirish yo’llaridan biridir.
METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI
O’zbekistonlik olimlar L. P. Maksakova, D. A. Ortiqova, Z. Y. Xudoyberdiev, K. Z.
Xomitovlaming fikricha, ish bilan bandlikni mehnat faoliyatidan ajratish mumkin emas,
chunki bu holda u o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Bizningcha, mehnat bozori orqali yollanma xodim
uchun mehnat qilish mumkin bo‘lgan ish joyini egallash imkoniyati yaratiladi, ish beruvchi esa
foyda olish uchun zarur tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, mehnat
bozori yordamida aholining ish bilan bandligini ta’minlash shart-sharoitlari yaratiladi. Mehnat
bozorini tartibga solish yo‘nalishlaridan biri esa aynan shu shart-sharoitlami yaratishdir.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlari R. A. Ubaydullaeva, Q. X. Abdurahmonov, N. Q.
Zokirova, В. X. Umurzakov, N. X. Rahimova va V. A. Imomovlaming e’tiroficha: «Mehnat bozori
- ishga qobiliyatli aholining faol (ish bilan band va mehnatga muhtoj aholi) qismi bilan ish
beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlami tartibga soluvchi, «mehnat qobiliyati»ni sotish-
sotib olishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlami
bevosita barqarorlashtiruvchi ko‘p omilli, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidir».
Aholining ish bilan bandligi tarkibiga, mehnat bozoridan tashqari aholini o’zini-o’zi band
qilishi, kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirishning maqsadli dasturlari ham kiradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, belgilangan yoshga yetgan (16
yosh) hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarolari, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yollanma xodimlar
sifatida mehnatga oid munosabatlaming subyektlari bo'lishi mumkin. Korxonalardagi kasaba
uyushmalari va ulaming saylab qo'yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan
boshqa organlar xodimlar manfaatlarini ifoda etishi va himoya qilishi huquqiga ega.
Quyidagilar ish beruvchi bo‘la oladilar:
1)
korxonalar, shu jumladan, ulaming alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida;
2)
mulkdoming o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar;
3)
o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda;
4)
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar
yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Ish beruvchilar jamoat birlashmalariga birlashishga haqlidirlar.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida jamoat ishlariga jalb qilish chora-tadbirlari olib
borilayapti, jamoat ishlari turlariga quyidagilar kiradi:
- shahar, tuman, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish
(ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy obyektlar, ziyoratgohlar, qabristonlar va
ariqlarni tozalash kabilar);
- uy-joy kommunal va boshqa infratuzilma obyektlarini ta’mirlash; - ko‘chalar, yo’llar va
piyodalar yurish yo’laklarini ta’mirlash;
- mavsumiy qishloq xo‘jalik ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va
qayta ishlash;
- nogironlar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash; - sanoat tarmoqlari va
xizmatlar ko‘rsatish sohasi tashkilotlaridagi ishlar;
54
- obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari.
Jamoat ishlarini bajarayotgan fuqarolarga korxonalarda amalda bo’lgan stavkalar va
lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, ammo ish haqi to’lash bo‘yicha
Yagona tarif setkasining birinchi razryadidan kam bo’lmagan miqdorda ish haqi to’lanadi.
Jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun qo‘shimcha mukofotlar miqdori ish
beruvchilar mablag’lari hisobidan belgilanishi mumkin.
XULOSA
Mehnat bozori va ishsizlikni kamaytirish strategiyalari xususida xulosa shuni
ko‘rsatadiki, ishsizlikni pasaytirish va mehnat bozorini rivojlantirish uchun kompleks
yondashuv talab etiladi. Avvalo, iqtisodiyotning turli sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratish
muhim. Bu jarayonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish
va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga,
ishchi kuchining malakasini oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar tashkil qilish, professional
tayyorgarlik va qayta o‘qitish jarayonlarini amalga oshirish orqali mehnat bozoridagi talab va
taklif muvozanatini ta’minlash zarur. Shuningdek, mehnat qonunchiligini takomillashtirish,
xodimlarning huquqlarini himoya qilish va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash iqtisodiy
faollikni oshiradi. Ishsizlikni kamaytirishda davlatning ijtimoiy siyosati, jumladan, nafaqa
tizimlari va vaqtinchalik bandlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ham muhim rol o‘ynaydi. Shu
asosda, mehnat bozori barqarorligini ta’minlash va ishsizlikni pasaytirish uchun innovatsion,
ijtimoiy va iqtisodiy choralarni birlashtirgan uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqilishi
lozim.
References:
1.
Abdurahmonov Q. X Mehnat iqtisodiyoti. Darslik. - Т.: Mehnat, 2009.
2.
Abdurahmonov Q. X., Haitov A. A. Mehnat bozori va aholini ish bilan ta’minlash
muammolari. - Т.: RIA TF, 2010.
3.
Shakarov Z. G. Milliy iqtisodiyotda mehnat resurslarining harakatchanligi. Monografiya. -
Т.. Iqtisodiyot, 2014
4.
Abdurakhm anov K . Human resource marketing. Published by U niversitas-Gyor
Nonprofit Ltd.. (Hungary, Vengriya) 2018.