22
AMALIY TILSHUNOSLIK: LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYA
OʻRALOV ELYOR NORMANOVICH
Andijon davlat chet tillari instituti,
mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14235359
Аnnotаtsiyа.
Ushbu
maqolada
lingvistik
ekspertologiyaning
shakllanishi,
huquqshunoslik va tilshunoslikdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Lingvistik ekspertizadagi
tahlil usullari, bosqichlari, jarayonlari xususida nazariy va amaliy xulosalar beriladi.
Kalit soʻzlar:
lingvistik ekspertiza, yozma matn, og’zaki nutq, noadabiy fonetik hodisa,
hudud, yosh, jins, ijtimoiy qatlam.
ПРИКЛАДНАЯ ЛИНГВИСТИКА: ЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ ЭКСПЕРТИЗА
Аннотация:
В этой статье рассматривается становление лингвистической
экспертологии, ее значение в лингвистике и лингвистике. В специфике методов, этапов,
процессов анализа в лингвистической экспертизе даны теоретические и практические
выводы.
Ключевые слова:
лингвистическая экспертиза, письменный текст, устная речь,
нелитературное фонетическое явление, территория, возраст, пол, социальный слой.
Bugungi globallashuv asrida nutqiy xatti-harakatlar orqali qonunga xilof holatlar yuzaga
kela boshladi. Bu esa huquqshunoslik va tilshunoslik sohalarining integratsiyalashuvini taqozo
etmoqda. Natijada, amaliy tilshunoslikning shunday bir yo‘nalishi vujudga keldiki, bu nutq bilan
aloqador qator masalalarning yechimiga sabab bo‘ldi. Bu lingvistik ekspertiza tarmog‘i bo‘lib, u
jahon tilshunosligida o‘zining mustahkam o‘rniga ega, taraqqiyot cho‘qqisiga yetgan
yo‘nalishlardan biridir. Amerika, Rossiya va Yevropa tilshunosligida bu sohaga aloqador
tadqiqotlar, ekspertiza markazlari va unga doir qator tashkilotlarning shakllantirilganligi
fikrning isboti bo‘la oladi. Hatto bu masala jahon tilshunosligida korpusiy dasturlashtirish
asosida amalga oshiriladigan jarayon sifatida taraqqiy etib bormoqda.
O‘zbek tilshnosligida sud lingvistikasi, sud nutqi, huquqiy terminlar, yuridik lingvistikaga
aloqador qator tadqiqotlar amalga oshirilgan
1
. Oxirgi besh yillikda o‘zbek tilshunosligida
lingvistik ekspertizaga aloqador qator ilmiy izlanishlar yuzaga keldi. Anonim yozishmalarning
1
Шахабитдинова Ш.Ҳ., Содиқова М.Ш., Ахмедова М.Т., Юлдашева Ш.Х., Исмоилов Х.Т.,
Камолходжаева С.С., Қурбонов Э.Э., Ахунов М.М. Ўзбек суд лингвистикаси: Жамоавий монография,
– Андижон: Step by step print, 2020. – 30 б.; Мирҳамидов М., Ҳасанов С. Юридик тил ва ҳуқуқшунос
нутқи. – Тошкент: Университет, 2004. –146 б.; Ҳайитов Х. Қонун ижодкорлигида юридик
лингвистиканинг ўрни ва аҳамияти: Юридик фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2011. – 206 б.; Шаропова
Р. Ўзбек тили ижтимоий-сиёсий терминларининг семантик-структур хусусиятлари ва лексикографик
талқини: Филол. фан. бўйича фалс. док. ... дисс. – Тошкент, 2019. – 220 б.; Турсунова О.Ф. Ўзбек
давлатчилиги тарихида қўлланилган ҳуқуқий терминларнинг лисоний тадқиқи: Филол. фан. номз. ...
дисс. – Тошкент, 2007. – 245 б.; Ғуломова Г.Ё. Ўзбек юридик терминологиясининг истиқлол даври
тараққиёти: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2004. – 216 б.; Кўчимов Ш.Н. Ўзбекистон
Республикаси қонунларининг тили (Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Жиноят кодекси,
Жиноят-процессуал кодекси асосида): Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 1995. – 209 б.; Касымова
М. Структурно-системные особенности юридической терминологии узбекского языка: Дисс. ... канд.
филол. наук. – Ташкент, 1986. – 156 с.;Каримова Л.А. Правовые и нравственные аспекты законов о
языке: Дисс. ... канд. юрид. наук. – Ташкент, 1991.; Мирхамидов М., Ҳасанов С. Юридик тил ва
ҳуқуқшунос нутқи. – Тошкент: Университет, 2004.
23
lingvistik tahlili xususida professor B.Mengliyev
2
, shaxsiy yozishmalarda noadabiy
unsurlarning hududiy xususiyatlarini lingvistik ekspertiza orqali aniqlash bo‘yicha tadqiqot
D.A.To‘rayeva
3
,
shaxsning yoshiga aloqador leksik birliklarni aniqlash xususida S.Yoqubova
4
,
shaxsning gender xosligiga ko‘ra nutqiy birliklarining tahlili borasida G.Hotamova
5
, o‘zbek tili
yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va metodlari bo‘yicha
K.Musulmonova
6
, ilmiy matndagi sodda darak gaplarning mazmuniy o‘xshashligi va lingvistik
modellari mavzusida A.Murtazoyev
7
kabi olimlar tomonidan qator ilmiy izlanishlar amalga
oshirilgan. Yuqoridagi tadqiqotlar sud-huquq tizimida yuzaga keladigan nutqiy muammolarni
turli jihatiga ko‘ra analiz qilishga qaratilgan. Masalan, odam o‘g‘irlash bilan aloqador jinoyatda
daliliy ashyo sifatida matnlar olingan bo‘lsa, ushbu yozishmadagi lingvistik belgilar tilshunos-
ekspert tomonidan izchil o‘rganiladi. Xususan, matndagi leksik birliklarning semantikasi,
kontekstual mohiyati, o‘z va ko‘chma, tag ma’nolarning mavjudligi, ulardagi ramziy ifodalarning
o‘ziga xosligi: metafora, metanimiya, sinekdoha va kinoya kabilarga oid xususiyatlarning
borligi, sotsial va hududiy chegaralangan so‘zlar: argo, jargon, vulgarizm, varvarizm,
kanselyarizm, qarg‘ish, shevaga oid so‘zlarning qo‘llanishi va chastotasi; shuningdek, leksik
birliklarning grammatik xususiyatlari: qo‘shimchalarning yozilish tartibi(old va so‘ng
grammatik shakllardan foydalanish), ulardagi fonetik xususiyatlar (qo‘shimchalarda fonetik
hodisalarning aks etishi, masalan,
-ni
tushum kelishigi
-di
tarzida qo‘llanishi), ularning
qisqartma holatda berilishi (masalan,
-ning
qaratqich kelishigi
-im
shaklida qisqartma holda
berilishi), ulardagi areal belgilar (masalan,
-da
o‘rin-payt kelishigi o‘rnida
-ga
jo‘nalish
kelishigining qo‘llanishi); leksik birliklarning sintaktik xususiyatlari: ularning boshqa birliklar
bilan sintaktik aloqasi (teng va tobelanish asosidagi birikuvi), ularing gap strukturasidagi o‘rni
va gap bo‘lagi sifatidagi vazifasi kabi jihatlari tilshunos-ekspert tomonidan lingvistik
ekpertizadan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, matndagi leksik, grammatik, fonetik, sintaktik,
punktuatsion birliklarning qo‘llanish chastotasini aniqlash, nutqiy birliklarning orfografik
hamda orfoepik xususiyatlarini ajratish, stilistik mohiyatini tushunish va ularga xos individual
belgilarni farqlash ham lingvistik ekpertizani amalga oshirish obyektlari sirasiga kiradi.
Matndagi nutqiy birliklarning yuqoridagidek tahlili sud-huquq tizimida azaldan mavjud bo‘lgan
va bugungi kunda ham tahlil vositasi sifatida foydalaniladigan xatshunoslik ekspertizasidagi
tahlillarni yanada to‘ldirib, aniqlab keladi. Zero, xatshunoslik ekspertizasida yozma nutqqa xos
shakliy belgilarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Ya’ni yozuvning turi: qo‘lyozma, toshbosma kabi;
yozuv qurolining turi: ruchka, qalam, tosh, siyohli pat, ohaktosh kabi; yozuv shakli: tiksimon,
yotiqsimon, o‘ngga yoki chapga qiyasimon kabi; harfning shakli: bosma harf, yozma harf,
2
Mengliyev B., Toʻrayeva D.A. Anonim yozishmalarda hududga aloqador til birliklarining lingvistik tahlili.//
№10/2022. Huquq va burch.
3
To‘rayeva D.A.O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy xoslanishi: Filol. fan
bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2022. – 137 b.
4
Yoqubova S. Lingvistik ekspertizada anonim xatlarning shaxs yoshiga xos xususiyatlarini aniqlash : Filol.
fan bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2023.
5
Hotamova G. O’zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari: Filol. fan bo‘yicha
fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2023.
6
Musulmonova K.X. O’zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni, bosqichlari va
metodlari: Filol. fan bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2022. – 132 b.
7
Муртазаев А.О. Илмий матндаги содда дарак гапларнинг мазмуний ўхшашлиги ва лингвистик
моделлари. – Б.176
24
belgilardan iborat harf, dumaloqsimon, to‘rtburchaksimon, uchburchaksimon harf kabi
matnning shakliy tuzilishiga muvofiq tahlil amalga oshiriladi
8
. Dalil sifatida olingan
matnlardagi yozuvlar shaklan qiyoslanib, yozishma muallifiga xos individual xususiyatlar
aniqlanadi. Bu, asosan, qo‘lyozma matnlarga xos bo‘lib, matnlarning shakliy tuzilishi ushbu
ekspertizani amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bevosita elektron bosma
shakldagi matnlarda esa xatshunoslik ekspertizasini amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki elektron
bosma shakldagi matnlarning shakliy jihatidan ko‘ra nutqiy hosilalarning mazmuniy
xususiyatlari muammoning yechimiga muhim sabablardan bo‘ladi. Shuning uchun ham
elektron bosma shakldagi matnlar ustida o‘z-o‘zidan lingvistik ekspertizani amalga oshirish
mumkin. Bunda esa nutqiy birliklarning yuqorida ta’kidlanganidek, semantik, sintaktik, fonetik,
grammatik, orfoepik, orfografik, punktuatsion jihatlariga e’tibor qaratiladi. Har ikki
ekspertizaning ham o‘rni bo‘lakcha. Zero, sud-huquq tizimida muammoli deb topilgan
matnning shakliga qarab qaysidir ekpertizani amalga oshirish belgilab olinadi.
Lingvistik ekspertizada, asosan, muammoli yoki anonim matnga xos umumiy va xususiy
belgilar farqlab olinadi. Umumiy belgilar insonning yozma nutqidagi umumiy jihatlarini
bildiradi, bu jihatlar nutqning qanday uslubda yozilganiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu jihatlar
insonning adabiy til me’yorlarini qanchalik o‘zlashtirganligidan darak beradi: bu matnni ifoda
etish usuli, savodxonlikning umumiy darajasi, uslubiy va imloviy tomonlari, lug‘at boyligi.
Umumiy belgilar guruhlarga tasniflanib, yozma nutq ko‘nikmalarining darajasini ko‘rsatadi:
orfografik;
leksik-frazeologik;
punktuatsiya;
grammatika;
stilistika
9
.
Yuqoridagi umumiy belgilar matn muallifining ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi, jamiyatdagi
o‘rni, intellektual salohiyati kabi jihatlarini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Aniqlab
olingan umumiy belgilar asosida individual jihatlarini farqlab olish yanada vaziyatni
muayyanlashtiradi.
Matnga xos xususiy jihatlar esa muntazam ravishda bir turga aloqador bo‘lgan til
me’yorlarining buzilishi, ma’lum bir til vositalaridan takroran qo‘llashga ko‘nikmaning
mavjudligi kabi vaziyatlar hisobga olinadi. Masalan, orfografik ko‘nikmaning xususiy
belgilari
10
:
muayyan orfografik qoidalarning buzilishi: so‘zlar qo‘shib yoki chiziqcha orqali yozilishi,
masalan, yozdi oldi (yozdi-oldi o‘rniga), dam badam (dam-badam o‘rniga), rangbarang (rang-
barang o‘rniga);
rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar xato yozilishi: обективлик (обьективлик o‘rniga),
киносёмка (киносьёмка o‘rniga).
Bundan tashqari, leksik-frazeologik ko‘nikmalarga xos xususiy belgilar ham mavjud:
8
Toʻrayeva D.A. Shaxsiy yozishmalarda vulgar soʻzlar va lingvistik ekspertiza // Kompyuter lingvistikasi:
muammolar, yechim, istiqbollar. Respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya. Vol. 1 №. 01. 2021. – B. 212-215.
9
Sud-siyosatshunoslik – lingvistik ekspertiza (ekspertlar uchun metodik tavsiya). – Toshkent: Adolat, 2016. –
8 b.
10
Sud-siyosatshunoslik – lingvistik ekspertiza (ekspertlar uchun metodik tavsiya). – Toshkent: Adolat, 2016.
– 9 b.
25
shevaga oid so‘zlardan maqsadsiz ravishda foydalanish: biyi – buvi, taka –yostiq, go‘sala
– buzoq kabi;
jargon, argo, vulgar va varvarizmlardan foydalanish: qaychi – taftishchi, archa – Yo‘l patrul
xizmati xodimlari, loy – pul kabi;
okkazional, ko‘chma va ramziy ma’noli so‘zlar, evfemizm, tabulardan foydalanish: ikkiqat
(homilador), shirin xayol, derazaning ko‘zi kabi;
odatiy ko‘nikmaga aylanib qolgan leksik birliklardan foydalanish: shunchaki, mumkin,
demak, misol uchun kabi;
aniq va mavhum tushunchalarni nutqda qay darajada qo‘llash: masalan, nutqda aniq
otlardan ko‘proq yoki kamroq foydalanish kabi;
tinish belgilarining qo‘llanish usuli va chastotasi. Tinish belgilarining qo‘llash usuli
bevosita insonning intellekti bilan aloqadordir, bu matn muallifi haqida anchagina belgilarning
aniqlanishiga yordam beradi.
Yuqoridagi xususiy belgilar sirasiga nutqiy hosilalarga xos sintaktik jihatlar, stilistik
xususiyatlar, orfoepik xosliklar kabi tilshunoslik me’yorlariga oid barcha qoidalar asosidagi
tahlillarni kiritish mumkin. Buning barchasi tilshunos-ekspert tomonidan aniqlanadi va izchil
o‘rganiladi. Umumiy va xususiy belgilar matn muallifining individual va ijtimoiy xususiyatlarini
farqlashga va uning ijrosiga xos jihatlarni muayyanlashtirishga xizmat qiladi.
References:
1.
Шахабитдинова Ш.Ҳ., Содиқова М.Ш., Ахмедова М.Т., Юлдашева Ш.Х., Исмоилов Х.Т.,
Камолходжаева С.С., Қурбонов Э.Э., Ахунов М.М. Ўзбек суд лингвистикаси: Жамоавий
монография, – Андижон: Step by step print, 2020. – 30 б.
2.
Мирҳамидов М., Ҳасанов С. Юридик тил ва ҳуқуқшунос нутқи. – Тошкент:
Университет, 2004. –146 б.
3.
Ҳайитов Х. Қонун ижодкорлигида юридик лингвистиканинг ўрни ва аҳамияти:
Юридик фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2011. – 206 б.
4.
Шаропова Р. Ўзбек тили ижтимоий-сиёсий терминларининг семантик-структур
хусусиятлари ва лексикографик талқини: Филол. фан. бўйича фалс. док. ... дисс. –
Тошкент, 2019. – 220 б.
5.
Ғуломова Г.Ё. Ўзбек юридик терминологиясининг истиқлол даври тараққиёти:
Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2004. – 216 б.
6.
Кўчимов Ш.Н. Ўзбекистон Республикаси қонунларининг тили (Ўзбекистон
Касымова М. Структурно-системные особенности юридической терминологии
узбекского языка: Дисс. ... канд. филол. наук. – Ташкент, 1986. – 156 с.
8.
Каримова Л.А. Правовые и нравственные аспекты законов о языке: Дисс. ... канд.
юрид. наук. – Ташкент, 1991.; Мирхамидов М., Ҳасанов С. Юридик тил ва ҳуқуқшунос
нутқи. – Тошкент: Университет, 2004.
9.
Yoqubova S. Lingvistik ekspertizada anonim xatlarning shaxs yoshiga xos xususiyatlarini
aniqlash : Filol. fan bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2023.
10.
Mengliyev B., Toʻrayeva D.A. Anonim yozishmalarda hududga aloqador til birliklarining
lingvistik tahlili.// №10/2022. Huquq va burch.
26
11.
Hotamova G. O’zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda ayollar nutqining xususiyatlari: Filol.
fan bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2023.
12.
Musulmonova K.X. O’zbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni,
bosqichlari va metodlari: Filol. fan bo‘yicha fals.dokt. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2022. – 132 b.