94
PEDAGOGIK JAMOADAGI ZIDDIYATLARGA RAHBAR TOMONIDAN
BERILADIGAN TASNIF
Saidov Asliddin Norbobo o‘g‘li
https://doi.org/10.5281/zenodo.14279897
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari pedagogik jamoasi o‘rtasida
vujudga keladigan ziddiyat turlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Konfliktlar, ularning farqlari
bayon qilingan. Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish inson
tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biri ekanlligi haqida ham ma’lumotlar
berilgan. Har bir konfliktning o‘ziga xos jihatlari borligi, umumta’lim maktablari rahbar va
pedagogik jamoasi o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyat turlari haqida ma’lumotlar misollar
bilan yanada aniq ko’rsatilgan.
Tayanch so‘zlar:
“Konflikt”, agonistik (murosaga keladigan), antagonistik (murosasiz),
mehnat jamoasi, pedagogik konflikt, rahbar, xodim.
ВИДЫ КОНФЛИКТА МЕЖДУ ПЕДАГОГИЧЕСКИМ СООБЩЕСТВОМ
ОБЩИХ ШКОЛ
Аннотaция:
В данной статье представлена информatsiя о видах конфликтов,
возникающих между педагогическим коллективом общеобразовательной школы.
Также есть информatsiя о конфликтах и их различиях. Конфликт – это естественное
явление, и правильный подход к конфликту считается одной из предпосылок
человеческого развития и становления. Известно, что каждый конфликт имеет свои
особенности. В данной статье приведены более подробные примеры видов
конфликтов, возникающих между учителями общеобразовательных школ.
Ключевые
слова:
“Конфликт”,
агонистический
(компромиссный),
антагонистический (бескомпромиссный), трудовой коллектив, педагогический
конфликт, руководитель, работник.
TYPES OF CONFLICT BETWEEN THE PEDAGOGICAL COMMUNITY OF
GENERAL SCHOOLS
Abstract:
This article provides information on the types of conflicts that arise between
the teaching staff of a general education school. There is also information about conflicts and
their differences. Conflict is a natural phenomenon, and the right approach to conflict is
considered one of the prerequisites for the development and formation of a person. It is
known that each conflict has its own characteristics. This article provides more detailed
examples of the types of conflicts that arise between teachers in secondary schools.
Key words:
“Conflict”, agonistic (compromising), antagonistic (uncompromising), labor
collective, pedagogical conflict, manager, worker.
Dunyo ta’lim tizimida global o‘zgarishlar natijasida erkin fuqaro shaxsini tarbiyalashga
bo‘lgan e’tibor insonlarni ijtimoiy munosabatlar tomon yo‘llash, gumanizm, tolerantlik,
ijtimoiy intellekt, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativlik kabi fazilatlarni
rivojlantirishga qaratilmoqda. Ta’lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba orttirishi uchun ulardagi
tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, shaxslararo munosabatlarda kirishimlilik,
95
madaniyatlilik, kengfe’llik, xushmuomalalikni maromiga yetkazish prinsiplariga amal qilish,
mazkur sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalarni ishlab chiqishga katta ahamiyat
qaratilmoqda.
Inson o‘z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy
munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo‘ladigan turli munosabatlarning
uzluksizligidan iborat bo‘lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis,
silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar
buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz [1, 49].
Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo‘lgan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, hech bir inson
o‘zini komil ishonch bilan ziddiyatli vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi.
Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o‘z hayoti
davomida konfliktlar bilan to‘qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo‘lib, konflikt bilan
to‘g‘ri munosabat o‘rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir.
Konfliktlar keyinchalik oilada, yaqinlar, do‘stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar
o‘rtasida, kasbiy faoliyatda, shuningdek, pedagogik faoliyatda ham vujudga kelishi mumkin.
“Konflikt” atamasi “nizo” tushunchasining dastlabki ekvivalenti sanaladi.
Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki
jamiyatning kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus
ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z “Men”ini qattiq hurmat qilishga odatlangan
o‘quvchi va talabalar orasida konfliktli munosabatlarni bo‘lishi tabiiy xodisadir, lekin amaliy
ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli
munosabatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin [2, 32].
Pedagogik konfliktni pedagogika va psixologiya fanlari bir-biri bilan uzviy holda
o‘rganadi va hal qiladi. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni - insonni psixik faoliyati
xamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz auditoriyaga
kirishi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi
zarur. Shaxsni shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli juda kattadir.
Chunki, ijtimoiy muhitdagi turli xodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur
iz qoldiradi. O‘qituvchi shularni hisobga olgan holda bolalarni psixikasini va harakterini
o‘rganishi va shu asosda o‘qitishning aniq va izchil tizimini ishlab chiqishi lozim.
Psixologiyadagi mavjud 4 ta temperamentni pedagog yaxshi bilishi zarur, chunki ana
shu tushunchalar ta’lim tizimidagi pedagogik ziddiyatlarni oldini olishning asosiy omilidir.
Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga,
kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z
kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi
ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon
kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun o‘qituvchi nozik psixolog va mohir
pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida
o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktabda va undan tashqarida
96
birgalikdagi faoliyatni mohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri, tuyg‘usi va
irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo‘ladi [2, 61].
Tarbiyalanuvchi muomala odobini asosan tarbiyachi timsolida anglab oladi. Ustoz
tarbiyalanuvchi uchun bir umrga sevimli, ideal, ibrat, namuna bo‘lib qolishga muyassar
bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l-
atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo‘lgan millat, xalq, hudud xususiyatlarida
namoyon bo‘ladi.
Konfliktlarning namoyon bo‘lish turiga ko‘ra ikkiga bo‘lish mumkin: agonistik
(murosaga keladigan) va antagonistik (murosasiz).
Agonistik konfliktlar uchun quyidagilar xos:
1)
konfrontatsiya (konflikt) - sotsial guruhlarning qarama-qarshi siyosiy, ekologik, sotsial
manfaatlarga passiv qarshi turishi. Konfrontatsiya ochiq to‘qnashuv shaklini olmaydi, ammo
farqli qarashlar mavjudligini ko‘zda tutib, raqobatga o‘sib ketishi mumkin;
2)
raqiblik - alohida odam yoki biron-bir jamoat yutuqlari va imkoniyatlari e’tirof etilishi
uchun kurash. Raqiblik maqsadi –yaxshiroq sotsial pozitsiyaga ega bo‘lish, e’tiborli yutuklarga
erishish. Raqiblik rivojlanib, raqobatga o‘tishi mumkin.
3)
raqobat - konfliktning alohida toifasi bo‘lib, undan maqsad biron-bir foyda, daromad
ko‘rish yoki kamyob ne’matlarga erishish.
Antagonistik konfliktlarning quyidagi turlari mavjud:
1)
norozilik - mavjud holatdan aniq ifodalanmagan holda norozilik bildirish. Avvaliga
asabiylashuv paydo bo‘lib, nizoli vaziyatga o‘tib boradi. Noaniq maqsadlar nisbatan aniq
ifodalangan talablarga aylanib, lekin norozilik tashkilotchilarining istaklari hamisha ham
tushunarli emas, ya'ni ularning irodasi aniq ifodalanmagan. Norozilik o‘sib, g‘alayon yoki
qo‘zg‘olonga o‘tib ketishi mumkin;
2)
g‘alayon - shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak darajada
uyushtirgan holda agressiv tarzda ifodalash;
3)
qo‘zg‘olon - shaxs yoki jamoa agressiyasining jamoaviy norozilikni yuksak darajada
uyushtirgan holda muayyan maqsadga qarata ifodalash;
4)
inqilob - konfliktning oliy shakli, ko‘rinishi bo‘lib, norozilikning eng so‘nggi shakli,
mavjud tuzumni siyosiy ag‘darib tashlash yo‘li, sotsial-iqtisodiy tartibning sifat jihatidan
o‘zgarishini anglatadi. Odatda, inqilob harakatning zo‘ravonlik ishlatgan holdagi harbiy usulini
va keng ommaning jalb etilishini nazarda tutadi [3, 24].
Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri
mehnat jamoasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlardir.
Jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud
bo‘lib shu jamoada ishlayotgan barcha xodimlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Mehnat
jamoasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktlar quyidagilar
1)
sizdan tashqarida, ya’ni ziddiyat sizning manfaatlaringizni o‘zida jam qilmagan,
2)
unga siz ham tortilgan, ya’ni sizning manfaatlaringiz konflikt orqali buzilayotgan yoki
aksincha, sizning manfaatlaringiz yutib chiqayotgan
3)
alohida holda siz va sizning hamkasbingiz, siz va sizning rahbaringiz o‘rtasida
97
4)
umuman butun jamoa orasida vujudga kelishi mumkin [4, 53].
Jamoadagi konflikt kim o‘rtasida sodir bo‘layotganligiga karamay mana shu jamoada
ishlayotgan xodimlarning barchasini o‘z domiga tortib ketadi.
Nima sababdan mexnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqishining bir necha
sabablari bor:
-
alohida shaxs va jamoatchilik manfaatlarining mos kelmasligi;
-
ayrim alohida jamoa a’zolari xatti-harakatlarining ijtimoiy, ruhiy normalarga zid kelishi
(tartibsizlik, intizomning buzilishi, ishning samarasizligi va hokazo);
-
jamoa a’zolari qarashlaridagi nomuvofiqliklar;
-
ishni tashkil etish va mehnatga munosabatdagi farqlar;
-
ishchi xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va hokazo [5, 58].
Jamoada vujudga kelgan turli xil konfliktlarga nisbatan passiv emas, faol yondoshgan
ma’qul. Rahbar o‘zini bir tomonning yonini olgan yoki ikkinchi tomon uchun bo‘ysungan holda
emas, balki avval konfliktli vaziyatni vujudga keltirgan muammoni aniqlashga sayi-xarakat
qilishi kerak. Butun jamoa diqqatini shaxslararo munosabatlarni taftish qilishga emas, balki
muammoni aniqlashga, uning yechimini qidirishga, tomonlarning har birining manfaatlarini
o‘zaro yaqinlashtirishga, har ikki tomonni ham o‘zaro qoniqtiradigan yechimga olib kelishi
kerak.
Mehnat jamoasida xodimlar o‘zaro bir-birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar
yetkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan ba’zan ular o‘rtasida,
ko‘proq jamoa rahbarining o‘z qo‘lidagi xodimlarga nisbatan jamoa etikasining buzilishi
natijasida muammoli xolatlar uchrab turadi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1)
rahbarning o‘z qo‘lida ishlayotganlarga nisbatan dimog‘dorligi, ya’ni o‘z rahbarlik
lavozimini suiste’mol qilgan hollarda rahbarlik qilish tartibini buzishi;
2)
o‘zini katta tutishi, ularni behurmat qilishi;
3)
berilgan va’dalarni bajarmaslik;
4)
o‘z fikrlaridan o‘zgacha bo‘lgan qarashlarni yoqtirmaslik, qo‘l ostidagi xodimlarning
fikrlarini inkor etishi va ta’qib ostiga olishi;
5)
tanqidli fikrlarga yo‘l qo‘ymasligi;
6)
o‘z qo‘lidagi xodimlar huquqlarini cheklashi;
7)
xodimlarga ular mas’uliyatidan tashqari shaxsiy majburiyatlarni yuklashi va ularning
bajarilishini talab etishi;
8)
barcha uchun muhim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni yashirib, ulardan jamoani bexabar
qoldirishi (masalan, shatatlar qisqarishi, mukofatlardan yoki chet elga ketish uchun kelgan
komandirovka);
9)
inson nafsoniyatini pastga uradigan tanqid bilan shug‘ullanishi;
10)
xodimlar orasiga ataylab nifoq solib qo‘yishi;
11)
xodimlarni guruh-guruh qilib, ular o‘rtasidagi nizolarni keltirib chiqarishi;
12)
xodimning vaqtini tejamaslik (masalan, xodim agar rahbar bilan muhim masala
yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsa, o‘zini bir necha kun “kutish”ga yoki uzoq vaqt kutishga
majburlash);
13)
xonasiga kirgan odam bilan o‘z qog‘ozlaridan ko‘z uzmay suhbatlashishi;
98
14)
kirib kelgan odamga “o‘tirishni” taklif etmaslik va boshqalar [6, 44].
Jamoadagi konfliktni to‘g‘ri xal etishda boshqaruvchidan juda keng dunyoqarashga ega
bo‘lishni, o‘ta sabrli, o‘tkir mulohazali, madaniyatli va ma’naviyatli bo‘lishni talab etadi [7,86].
Har bir chiqarilgan qaror jamoani tarqalib ketishiga yoki hamjihat bo‘lib ishlashiga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun konflikt masalasiga shoshma-shosharlik qilmasdan, ishchilar
tomonidan bildirilgan shaxsiy va ommaviy fikrlarga berilib qolmasdan chuqur tahlil qilish
bilan yondashish lozim. Konflikt yechimini to‘g‘ri hal etish nafaqat jamoani, balki jamoaning
xar bir a’zosini va uning yaqinlarini salbiy oqibatlardan saqlab qoladi, osoyishtaligini
buzmaydi.
Pedagogik jarayondagi konflikt – bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muayyan
masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli
vujudga keladigan vaziyat. Ta’lim jarayonidagi nizolar, ziddiyatlar ta’lim sub’ektlari ruhiyatiga
salbiy ta’sir qiladi va ularning faoliyatini pasaytiradi, guruhdagi “ruhiy iqlim”ni muvozanatdan
chiqaradi, o‘quvchilar qo‘nimsizligini ko‘paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo
e’tibor berish, ta’lim olayotgan guruhlarni boshqarishni, o‘quvchilar turg‘unligini ta’minlovchi
shartlardan biridir. Bu o‘rinda, pedagogik jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan (qarashlar,
ilmiy, uslubiy jihatdan nomuvofiq g‘oyalar to‘qnashuvi ko‘rinishida) va shaxsiy (raqobatchilik
ko‘rinishida) ixtiloflar va nizolarning oldini olishga qaratilgan texnologiyalarni
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu vazifa pedagoglar jamoasi, psixologik
xizmat orqali, fan o‘qituvchilarining mahorati, ularning yetukligi, chuqur kasbiy bilimi,
ko‘nikma va malakasi, maxsus bilimi yordamida amalga oshirilib, didaktik va tarbiyaviy
ahamiyatga molik muammolarni pedagogik konfliktologiya orqali hal qilish imkonini beruvchi
mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
References:
1.
Анцупов А.Я. Основы конфликтологии. - М.: 1998;. -С.49
2.
Axmedova M.T., Rashidov X,.F. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etish dars intizomini
yaxshilash omili sifatida. Maktab va xayot.-T.: 2015.1-son.
3.
Axmedova M.T., Shayzakova N.S Nizolarning yuzaga kelishdagi shart-sharoitlar, shaxs
toifalari va ularning xislatlari. Maktab va xayot.-T.: 2014.2-son. -B. 24.
4.
Баныкина С.В. Конфликт в современной школе: изучение и управление
/С.В.Баныкина, Е.И.Степанов. -М.:КомКнига,2006. -184 с.
5.
Грачева В.И. Введение в педагогическую конфликтологию: Учебное пособие / В.И.
Грачева. М. Моск. ун-т МВД России, 2004. - 98 с.
6.
Jumayev R.Z. Konfliktologiya asoslari, asosiy tushuncha va tamoyillari. O‘quv qo‘llanma.
2015.
7.
Abrams G.C. Handling Conflicts. Conflicts: a positive approach. Particirant’s manual.
Peace Education Foundation. Inc.,Miami, Florida, 1997;