73
MUDDATIDA O‘LIK TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR TIMUSINING MORFOLOGIK
O‘ZGARISHLARI
Yuldashev Z.N.
Andijon davlat tiibiyot instituti, Andijon shahar
Mustaqil izlanuvchi ziyoyidding@gmail.com
Mahkamov N.J.
Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon shahar
t,f,d, dotsent nosirzonmahkamov5@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14264041
Annotatsiya:
Onasida infeksiya aniqlangan, homila ichida zararlangan homilani o‘lik
tug‘ilishi bo‘yicha amalga oshrilgan autopsiya materiallarida tasdiqlangan chaqaloqlar timusi
o‘rganishga olindi. Ushbu guruhdagi chaqaloqlar timusining o‘rtacha og‘irligi, 7,21±1,31grni
tashkil etib, shu muddatdagi sog‘lom tug‘ilgan chaqaloqlar timusini 9,85±2,17grni tashkil
etadi. O‘rtacha timusni vazni me’yorga nisbatan 28,65%ga kichikligi aniqlandi. Homilani
bachadon ichi rivojlanishining 36-39 haftaligida, timusning rivojlanishida onada rivojlangan
ikkilamchi infeksiyalarning ta’siri kuchli darajada namoyon bo‘lmaganligi asosiy o‘zgarishlar
ayrisimon bezning morfofunksional maydonlarida ikkilamchi o‘zgarishlardan, Gassal
tanachalarini ko‘p miqdorda shakllanganligi, tomirlarida to‘laqonlik belgilari aniqlandi.
Kalit so‘zlar:
timus, morfologiya, involyusiya, immunodefitsit, nekroz.
Muammoning dolzarbligi:
Dunyoda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘yicha, AQSh va
Yevropada 1000 ta tug‘ruqqa o‘rtacha 4-5 tani tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha
dunyo beshtaligida, Turkmaniston 45 ta, Tojikiston 33 ta, Azerbayjon 21 ta, Qirg‘iziston 17 ta
va O‘zbekistonda har 1000 ta tug‘ruqqa 16ta holatni tashkil etadi. Bu esa, homila ichi
rivojlanishida ekstragenital kasalliklarni to‘liq skrining qilish yoki homiladorlik davrida
qilinishi kerak bo‘lgan tekshiruvlarni to‘liq amalga oshirilmaganligini ko‘rsatadi. Perinatal
patologiyalarda antenatal o‘lim asosan, infeksion va noinfeksion etiologiyali jarayonlar bilan
birgalikda
rivojlanib,
homilani
yetilmaganligi,
asfiksiyalar,
tug‘ruq
travmalari,
pnevmopatiyalar, miyada perinatal qon aylanishining buzilishi, yangi tug‘ilgan
chaqaloqlarning gemorragik kasalligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot maqsadi:
muddatida o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar timus to‘qimasidagi
patomorfologik xos jihatlarini o‘rganishdan iborat.
Natija va muhokama:
Tadqiqot ishimizda, turli infeksion omillardan nobud bo‘lgan va
o‘lik tug‘ilgan 36-39 haftalikdagi chaqaloqlar olindi. Timusni gestatsion muddatga mos
ravishda organometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha, muddatiga mos bo‘lsada, morfologik jihatdan
quyidagilar aniqlandi. Po‘stloq qavatga tashqi fibroz kapsulasini tarbekulyar ko‘rinishda o‘sib
kirganligi, septal to‘siqlarning keskin kengayishi, tarkibida fibroblastlar va kollagen tolali
dag‘al tuzilmalarning ko‘p bo‘lishi aniqlandi. Shu bilan birga trabekulyar qon tomirlarining
to‘laqonligi, perivaskulyar sohada shakllangan interstitsial shishlarning rivojlanganligi, ko‘p
hollarda, tolali tuzilmalarida dezorganizatsiya o‘choqlarining bo‘lishi aniqlandi.
Po‘stloq qavatda kichik o‘lchamli limfotsitlarning o‘choqli to‘q giperxrom yadroli
timotsitlarni ko‘p bo‘lishi bilan xarakterlandi. Makrofaglarni po‘stloq qavatda ko‘p to‘planishi,
sitoplazmasida apoptozga uchragan limfotsitlarni fragmentlari aniqlanadi. Retikulo epitelial
hujayralarning bo‘lakchalar perimetri bo‘ylab joylashgan, o‘siqlari atrofida kichik
limfotsitlarni o‘choqli to‘plamlari aniqlanadi. Oraliqda retikulotsitlar va siyrak tolalarning
74
turli yo‘nalishda joylashgan o‘choqlari aniqlanib, aynan, shishgan timus stromasining asosini
tashkil etganligi, enaga hujayralarni esa, aynan, po‘stloq qavat perimteri bo‘ylab
joylashganligi va atrofida kam sonli kichik limfotsitlarni ko‘p uchrashi aniqlandi. Bu
aniqlangan belgilar, klinik morfologik jihatdan timusni aksidental transformatsiyaga
uchraganligini anglatib, aynan, 36-39 haftalikda o‘lik tug‘ilgan chaqaloqlarda, homila ichi
infeksiyasi rivojlanishi oqibatida, birlamchi hujayraviy immunodefitsitni yuzaga kelishini
tasdiqlaydi. Aynan, 36-39 haftalikda, timusni hajman nazorat guruxiga nisbatan 28,6%ga
kichiklashishi, buyrak usti bezining kattalashganligi bilan parallel ravishda rivojlanganligi
bilan ham tushuntiriladi.
References:
1.
Ушакова Р. А., Ковтун О. П., Бейкин Я. Б. Современные аспекты диагностики,
лечения и прогноза течения гепатитов у детей раннего возраста. – ГБОУ ВПО
Уральский государственный медицинский университет, 2018.
2.
Федорова,
Наталья
Петровна
Морфологические
основы
защитно-
приспособительных реакций соединительной ткани кожи и тимуса при повреждающих
и корригирующих воздействиях: Автореф. Дис… канд. биол. Наук.-Новгород, 2009.- 25 с.
3.
Флорикян А. К. Взгляды на некоторые дискуссионные проблемы этиопатогенеза и
классификatsiи
органоспецифических
новообразований
вилочковой
железы
//Международный медицинский журнал. – 2003.
4.
Фортманн М. И. и др. Иммунизatsiя недоношенных детей: современные данные и
перспективные стратегии для индивидуализированных подходов //Неонатология:
Новости. Мнения. Обучение. – 2023. – Т. 11. – №. 1 (39). – С. 108-123.
5.
Харламова А.С., Барабанов В.М., Савельев С.В. Иммуногисто-химическое
исследование обонятельных луковиц плодов человека //Морфология. – 2008. – Т. 133. –
№. 2. – С. 144-145.
6.
Цинзерлинг А.В., Глуховец Н.Г. Проведение расширенных патологоанатомических
исследований плодов и последов при поздних самопроизвольных выкидышах //
Российский вестник перинатологии и педиатрии. 1994. Т.39, №2. С.8−10.
7.
Шишляева С. В., Синякин О. Ю. Ультразвуковая диагностика тимомегалии как
предиктора внутриутробных инфекций //ББК 57.3 я431П24 А43 Рекомендовано к
изданию Редакционно-издательским советом УО «ГрГМУ»(протокол № 19 от 29.11.
2012). Редакционная коллегия. – 2012.