Авторы

  • Dilfuza Norova
    Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi biologiya fani o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.52229

Ключевые слова:

suzgich qanot himoya rangi ekologik guruh adaptatsiya abiotik omillar gidrobiomassa zoomassa fauna.

Аннотация

Maqolada   qora  baliqning    yashayotgan  suv  muhitiga  barcha  baliq  turlariga  xos    umumiy   moslashuvchanligi,   hamda  aynan  uchraydigan  suv  havzalaridagi  ekologik  omillarga  xususiy  moslashuvchanligi  yoritiladi. Jumladan,  suvning  haroratiga,   uning  tarkibiga, yil  fasllari  o’zgarishiga, ozuqa  tarkibiga  nisbattan  moslashuvchanligi  haqida  ma’lumot  beriladi.


background image

65

QORA BALIQ(SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING YASHASH MUHITIGA

MOSLASHUVCHANLIGI

Norova Dilfuza Xolmatovna

Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti akademik litseyi biologiya fani

o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258286

Annotatsiya.

Maqolada qora baliqning yashayotgan suv muhitiga barcha baliq

turlariga xos umumiy moslashuvchanligi, hamda aynan uchraydigan suv havzalaridagi
ekologik omillarga xususiy moslashuvchanligi yoritiladi. Jumladan, suvning haroratiga,
uning tarkibiga, yil fasllari o’zgarishiga, ozuqa tarkibiga nisbattan moslashuvchanligi
haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

suzgich qanot,

himoya rangi, ekologik guruh, adaptatsiya, abiotik omillar,

gidrobiomassa, zoomassa, fauna.

Abstract

. The article discusses the general adaptation of blackfish to the aquatic

environment in which it lives, typical of all fish species, as well as its specific adaptation to
environmental factors in the reservoirs in which it occurs. In particular, information is
provided about its adaptation to water temperature, its composition, seasonal changes, and
food composition.

Keywords

: fin, protective color, ecological group, adaptation, abiotic factors,

hydrobiomass, zoomass, fauna.

Абстрактный

. В статье описана общая приспособляемость черной рыбы к водной

среде, в которой она обитает, свойственная всем видам рыб, а также ее специфическая
приспособляемость к факторам среды водоемов, в которых она встречается. В
частности, приведены сведения о его приспособляемости к температуре воды, ее
составу, сезонным изменениям и составу питательных веществ.

Ключевые слова:

плавник, защитная окраска, экологическая группа, адаптация,

абиотические факторы, гидробиомасса, зоомасса, фауна.


Baliqlar suv muhitiga juda qulay adaptatsiyalangan umurtqali hayvon hisoblanadi.

Jumladan maqolada yoritmoqchi bo’lgan qora baliq (schizothorax intermedius) turimiz ham
sovuq suv muhitiga juda yaxshi moslashgan tur hisoblanadi. U mansub bo’lgan turkumning
boshqa turlari singari uning ham tashqi tuzulishi va suzgichlari suv muhitiga qulay va tez
harakatlanishiga imkon beradi.

Qora baliqning boshqa baliq turlari singari suv muhitiga anotomik moslashish belgilari

mavjud bo’lib, jumladan deyarli barcha umurtqali hayvonlarda uchraydigan yurish oyoqlari
o’rnida ularda suzgich qanotlari mavjud. Bu ularning suv muhitiga tez va qulay suzishi
imkonini yaratadi. Aksari baliq turlarida uchraydigan suyak tangachalar esa bir-birini ustiga
joylashib, tana qoplamasini hosil qiladi. Tangachalar yupqa plastinkalardan iborat bo’lib,
ancha yengil va baliqning suzishini qulaylashtiradi. Baliqning yoshi oshgan sari tangachalar
ko’paymaydi, balki ularning hajmi kattalashib boradi. Sovuq tushgach tangachalar o’sishdan
to’xtaydi. Ularning terisi shilimshiq modda va pigmentli hujayralar ishlab chiquvchi bezlarga
boy bo’ladi. Bu esa baliq ta’nasining suvda ishqalanishini kamaytirish bilan bir qatorda uni har
xil bakteriyalardan himoya qiladi.


background image

66

Qora baliq oqayotgan suvga samarali suzish imkonini beruvchi tana shakliga ega. Barcha

karplar singari qora baliq tanasi ham to’liq tangacha bilan qoplangan holda, ikkita juft
suzgich bilan ta’minlangan.

Gavdaning ikki yon tomonida, jabra yoriqlaridan keyinda ko’krak suzgichi;

Gavda bo’limining qorin qismi o’rtasida qorin suzgichi joylashgan.

Tanasidagi toq suzgichlar soni esa uchta bo’lib

Gavdasining deyarli o’rtasida joylashgan orqa suzgichi;

Anal teshigi yonida joylashgan anal suzgichi;

Tanasining yakuniy qismi hisoblangan dum suzgichi;

Baliq tanasidagi har bir suzgich ma’lum bir funksiyani bajaradi. Masalan juft suzgichlari

baliq muvozanatini saqlab, burulishni qulaylashtiradi. Toq suzgichlaridan eng muhim vazifa
dum suzgichiga tegishli, ya’ni baliq harakatlanayotganda dum muskullari kuchli va tez
qisqarib, suzgich baliq tanasini oldinga itaradi

Shu bilan bir qatorda, tanasida faqat baliqlar sinfi uchun xos bo’lgan boshidan toki

dum suzgichigacha o’tgan yon chizig’i mavjud. Bu organ tangachalarni teshib o’tgan qator
qora teshiklardan hosil bo’lgan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig’i
joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon chizig’i suv sharoitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi.
Ya’ni suvning oqimi va bosimini aniqlaydi.

Bundan tashqari suvning tovush o’tkazuvchanligi juda kuchli bo’lganligi sababli, baliqlar

uzuq- yuluq tovushlar orqali o’zaro aloqa o’rnatadi. Ya’ni ularda tovush signalizatsiyasi
kuchli rivojlangan.

Bu baliq turi uchun tiniq tosh yoki shag’alli substratga ega suv muhiti ideal yashash joyi

hisoblanganligi sababli, asosan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikistonning bir qismini o’z
ichiga olgan Farg’ona vodiysi va Sirdaryo viloyatining daryo hamda tiniq oqadigan suvlarida
uchraydi. Bundan tashqari Navoiy viloyati Nurota tumanidagi chashmaning hovuzida va toza
suvli ariqlarida ham ular bemalol ko’payib, nasl qoldiradi.

Bu baliq turlari mayda tosh shag’allar orasidan chiqadigan mnerallar va kislorotga

nisbattan o’ta sezuvchan bo’lib, qayerdan suv va kislorod chiqsa, o’sha joyga yopiriladi, hamda
qum va shag’allarni tumshuqlari bilan itarib yangi suv ko’zlarini ochishadi.Bu jarayon esa
chashma suvi ko’payishiga sabab bo’ladi.

Qora baliq turi suvda mavjud bo’lgan kaliy, kalsiy, xlor, nitrat, sulfat, magniy, kremniy,

kobalt, ruh kabi 20 dan ziyod mnerallarni o’zlashtira oladi.

Ekologik guruhlari va sistemetik holatidan qat’iy nazar, baliqlarning hayoti bir-biri

bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o’zgarib turishiga bog’liq.
Ya’ni barcha tuban xordalilar singari bu baliqning ham tana harorati tashqi muhit harorati
o’zgarishiga bevosita bog’liq bo’lib, havo haroratining pasayishi, ularning ham tana
haroratining pasayib, harakat jadalligini susayishiga sabab bo’ladi

Suv havzalarining sayoz joylarida oqimning sekinligi, kunduzgi soatlarda suvning

ma’lum darajada isishi va suv havzalarining suv o’simliklariga boyligi qora baliq
chavaqlarining avj olib ko’payishi uchun qu’lay sharoit hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki,
qora baliqning uvildiriq tashlab, chavaqlarining rivojlanishi uchun yilning eng qulay mavsumi
bu: bahor va erta yoz faslidir. Shu bilan bir qatorda voyaga yetgan qora baliq kuchli oqimlarga
qarshi suzishga qodir.


background image

67

Uning xususiyatlarini har tomonlama o’rganish orqali biz bu baliqning ekologik roli

haqida to’liq tushunchaga ega bo’lishimiz mumkin. Hech birimizga sir emaski, hozirgi vaqtda
insoniyatning oqsilga bo’lgan ehtiyojini qondirishda baliq mahsuloti chorva mahsulotidan
kam foiz eggallamaydi. Ular asosan sevib iste’mol qilinadigan oziq mahsulotidan tashqari,
vitamin olish maqsadida, chorvachilik va parrandachilikda foydalaniladigan baliq uni
tayyorlash maqsadida ko’plab ovlanmoqda.

Qora baliq chuchuk suv ekotizimlarining ekologik muvozanatini saqlashda muhim rol

oʻynaydi. Ularning tarqalishi, yashash joylariga va ekologiyaga oʻzaro taʼsirini oʻrganish
orqali tadqiqotchilar va tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari ushbu turni saqlab qolish
hamda umumiy biologik xilma-xilligini asrash uchun samarali chora-tadbirlarni ishlab
chiqishlari mumkin.

Qora baliqlar ozuqa aylanishida ishtirok etish, yirtqich turlarining populyatsiyasini

nazorat qilish va yirik yirtqichlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlib xizmat qilish orqali chuchuk
suv ekotizimlarining ishlashiga hissa qoʻshadi. Ushbu bilim va ko’nikmalar ekotizimlarning
umumiy dinamikasi va barqarorligini tushunish uchun zarurdir.

Bu sayi harakatlar yashash joylarini aniqlash, populyatsiya holatini baholash va qora

baliq hamda boshqa turlarning uzoq muddatli omon qolishini taʼminlash uchun tegishli
muhofaza qilish choralarini amalga oshirishni oʻz ichiga oladi.

Uning cheklangan tarqalishini hisobga olgan holda, ushbu turning populyatsiyasi holati

va saqlash talablarini baholash uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish zarurati tugʻiladi.

Ushbu tur uchun asosiy tahdidlarga yashash joylarini yoʻq qilish, ortiqcha baliq ovlash va

ifloslanish kiradi.

Hozirgi zamonning global muammolaridan hisoblangan iqlim oʻzgarishi butun

dunyodagi suv ekotizimlari, jumladan qora baliq tarqalgan suv havzalari uchun ham jiddiy
muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu sababli qora baliq va boshqa chuchuk suv baliq turlariga ekologiyaning salbiy

taʼsirini yumshatish uchun qator chora-tadbirlar ishlab chiqishga ehtiyoj sezilmoqda.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, chuchuk suv havzalarida tarqalgan qora

baliqlarning xususiyatlarini oʻrganish bioxilma-xillikni saqlash, tabiatni muhofaza qilishni
rejalashtirish va boshqarish, barqaror baliqchilik va iqlim oʻzgarishi taʼsirini tushunish uchun
muhum hisoblanadi. Bunday tadqiqot natijalari samaradorligi baland qarorlar qabul qilishga
hissa qoʻshadi va qora baliqlar populyatsiyasining ham kengroq suv ekotizimlarini egallashi
hamda uzoq muddatli hayotiyligini taʼminlashga yordam beradi.

References:

1.

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi

nashriyot. Toshkent-2011.
2.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

3.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

4.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

5.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

6.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

7.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.


background image

68

8.

G.Utenova, G. Asenov. Omirtqalilar zoologiyasi. Toshkent-2023.

9.

Abduqaxxorova Chamanoy Shavkatjon qizi. Farg’ona davlat universiteti talabasi. Qora

baliqning xususiyatlari nomli ilmiy maqolasi.
10.

Buvrayeva N.R. Jabborova A. R. Biologiya fakulteti Samarqand davlat universiteti. Qora

baliqning (schizothorax intermedius)oziqlanishi nomidagi ilmiy maqolasi.

Библиографические ссылки

Saydulla Dadayev, Qalandar Saparov. Zoologiya (Xordalilar 2-qism). Cho’lpon nomidagi nashriyot. Toshkent-2011.

Saydulla Dadayev, Ochil Mavlonov. Zoologiya. Toshkent-2008.

B.S.Salimov, A.S.Daminov. Zoologiya. Toshkent-2008.

Xolboyev F, Azimov D, Shernazarov E. Zoogeografiya. Toshkent -2018.

Mavlyanov O. M, Toshmanov N. J, Sanayeva L.Sh. Zoologiya. Toshkent -2013.

S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent-1995.

J.L.L.Laxanov. O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi. Toshkent-2013.

G.Utenova, G. Asenov. Omirtqalilar zoologiyasi. Toshkent-2023.

Abduqaxxorova Chamanoy Shavkatjon qizi. Farg’ona davlat universiteti talabasi. Qora baliqning xususiyatlari nomli ilmiy maqolasi.

Buvrayeva N.R. Jabborova A. R. Biologiya fakulteti Samarqand davlat universiteti. Qora baliqning (schizothorax intermedius)oziqlanishi nomidagi ilmiy maqolasi.