32
SHE’RIY TARJIMANING O`ZIGA XOS JIHATLARI
Iskandar Sattibaev
Andijon shahar 1- son ixtisoslashgan maktab
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533305
Abstract:
The research intends to examine the specific features of poetical translation
from English into Uzbek. It also focuses on the methods of achieving a poetical effect similar to
the original in the language of translation.
Key words:
poetics, poetical translation, discourse, poetical discourse, context.
Kalit so`zlar:
she’riyat, she’riy tarjima, diskurs, she’riy diskurs, kontekst.
Kirish:
She'riyat tili, o`zining funksional vasifasidan kelib chiqqan holda so`z san’atining alohida
turi hisoblanadi. Poetik diskurs tadqiqi, boshqa san'at turlarini o‘rganish kabi, uning
materialini va uslublarini aniqlashni talab qiladi, zero shu unsurlar ishtirokida she'riy asar
yaratiladi. Ushbu jihatlarning tahlili she’riy matn o`quvchisi (tinglovchisi) hamda uning
muallifi o`rtasidagi o`zaro munosabatni belgilab beradi.
Modomiki she’riyat tilining asosiy vazifasi adresantga estetik hamda emotsional ta’sir
ko`rsatish ekan, badiiy tarjima jarayonida ham tarjimon o`z oldiga asliyat matnida nazarda
tutilgan kommunikativ maqsadni muvaffaqiyatli yetkazib berish tamoyiliga amal qilgan holda,
muallif nazarda tutgan ta’sirchanlik darajasini saqlab qolish vazifasini qo`yishi muhimdir.
Zero, badiiy tarjimada mazmun va shakl uygʻunligining oʻziga xos xususiyati mavjud
bo`lib, asliyat bilan tarjimada matn ham shaklan ham mazmunan bir-biriga monand boʻlishi
kerak. Asar shakl va mazmun birligining saqlanishi uning tarjima tili imkoniyatlari doirasida
muvaffaqiyatli qayta yaratilishi deganidir. Tarjima jarayonining mohiyati asl nusxada aks
etgan shakl bilan mazmunning birligini, yaxlitligini saqlash uchun oʻzga tildan muqobil
vositalar qidirib topishdan iborat. Tarjimada adekvatlikka erishish uchun asl nusxa
mazmunini boshqa tilda berishning mavjud bir nechta imkoniyatlari orasida eng muqobil va
muvofiq variantini tanlab olish lozim
1
.
Qolaversa, poetik janrlar tarjimasiga xos bo‘lgan fonetik xususiyatlar, leksik resurslar,
uslubiy bo‘yoqdorlik va nutqiy tuslanishlar, umumiy ohang unsurlari, lisoniy mezonlar,
milliylik, tarixiy koloritlarni saqlash barobarida muallif mahoratining alohida belgilariga
e’tibor qaratish tarjimashunoslik oldida turgan muhim masalalardir. Chunki aynan badiiy
niyatning tarjimadagi tajassumini aniqlash bu ayni paytda asliyat muallifining poetik
mahoratini ham anglash imkonini beribgina qolmasdan, shu bilan birga badiiy tarjimaning
aksiologik jihatlarini to‘liq ochib beradi
2
.
Ko`rinadiki, badiiy tarjima va ayniqsa she’riy matn tarjimasi alohida murakkablik hamda
tarjimon uchun mashaqqat manbaidir. Bunga sabab – tarjimon uchun nafaqat muallif
ifodalashga uringan ma’no tovlanishlarini qayta tiklash, balki asliyatga yaqin she’riy asarning
matn tuzilishi hamda undagi ohangdorlikni tarjima tilida ham qayta tiklash vazifasidir.
Shu o`rinda, she’riy asarlarni chet tillariga tarjima qilish borasida turli xil qarashlar
mavjud bo`lib, Drayden she’riyat tarjima qilinadi, ammo tarjimon bir vaqtda shoir ham
bo‘lishi kerak, degan fikrni ta’kidlaydi. V. Benjamin tarjimada yo‘qotishlarni bo‘lishi oddiy
1
Dosbayeva N. Badiiy tarjimada uslub. – Toshkent. Fan. 2016. – B. 65
2
Salimova D.A. She’riy tarjimada poetik mahorat. – Jizzax. 2021. – B. 30
33
holat, aksincha, matnning yaratilishi bilan erishiladigan jihat borki, bu shunchaki asl
nusxaning bir ko‘rinishi bo‘lmaydi, balki asliyat tiliga teng keladigan qobiliyatga ega bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, “tarjimonnning vazifasi, u tarjima qilayotgan tilga ta’sirini aniqlab olishdan
iborat bo‘lib, unda asl nusxada aks-sado paydo bo‘ladi
3
.
Tabiiyki, bunday murakkab ishni to`laqonli amalga oshirish hamda asliyatdagi matnning
mohiyatini saqlagan holda tarjima tiliga o`girish o`zi xos mas’uliyatli hamda sharafli vazifa
hamdir. Chunki, tarjimalarni mahorat jihatdan tekshirish, o‘rniga tushmagan, xato qo‘llangan,
yo qofiya talabi, o‘zga tillar qoidalariga muvofiq kelmaydigan, nasriy asar, she’r mazmunini
buzadigan, muallif fikrini o‘zgartiradigan jihatlar mavjudligi mutaxassislar oldidagi
vazifalardan biri
4
.
Mazkur fikrlarga misol o`laroq, O`zbekiston xalq shoiri Erkon Vohidov ijodidan bir
parchaga nazar tashlasak. O`zbek tilida aksariyat holatda birlik ko‘plik o‘rnida yoki qism
butun o‘rnida keladi
5
. Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasida bir kishiga emas, balki butun
o‘zbek xalqiga, o‘zbeklarga qaratilgandir:
O`zbegim deb keng jahonga
ne uchun madh etmaysan!
O`zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, O`zbegim.
Men buyuk yurt o`g‘lidurman,
Men boshar farzandiman,
Lekin avval senga bo‘lsam
Sodiq o`g‘lon, o`zbegim.
Misioldan ko`rinib turibdiki, shoir bir so`z bilan xitob qilish orqali butun millatni
nazarda tutmoqda. Qolaversa, o`zining ushbu millatga oid ekanligini ko`rsatish maqsadida “-
im
” egalik qo`shimchasini qo`llanmoqda. Bundan tashqari she’r ohangidan shoir qalbidagi
zavq-u shavq, iftihor tuyg`ularini ilgash mumkin. O`z navbatida mazkur qasidani har qanday
boshqa tilga tarjima qilishga bel bog`lagan tarjimondan ushbu unsurlarni tarjima tilida ham
benoqson ifodalab berish talab etiladi.
Yuqoridagi fasllarda poetik diskurs, uni qayta tiklash (rekonstruksiya) masalasi hamda
poetik diskursning kontekst, leksika va nazmiy tuzilish kabi jihatlariga to`xtalib o`tdik.
Navbatdagi vazifamiz she’riy asar muallifining o`ziga xos, individual uslubi hamda uni tarjima
tilida qayta tiklashda tarjimonning yondashuvini tadqiq qilishdan iborat bo`ladi.
Yuqorida ta’kidlab o`tganimizday, poetik diskurs bu muallif va uning o'quvchisi (nega
o`quvchi degan so`zni qo`shilganligni aytib ketish kerak) tomonidan poetik matn vositasida
vujudga keltiriluvchi lisoniy va shuuriy muhitdir. Shundan kelib chiqib, poetik diskursning
3
I. Tukhtasinov. Theoretical foundations of poetic translation. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная
лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics. – B. 2
Quotes “Benjamin W. The Task of the Translator, in: Illuminations. New York: Harcourt, Brace & World Inc. 1968. –
P. 73.”
4
Saidaxmedova N.S. Muhammad Yusufning tarjimalari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences. 3(13). Dec. 2023. – B. 171
5
Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – Toshkent. “O`qituvchi”. 1995. – B. 25
34
uch xil lingvostilistik jihatlarini ajratish mumkin. Ular: lingvistik, komunikativ va kognitiv
jihatlardir
6
.
Poetik diskursning lisoniy jihatlari o`z nomi bilan she’rni yozishda, talqin va tarjima
qilishda qo`llaniladigan til materiallaridan iborat ekan, lingvostilistik tahlilda ularning
muhimlik darajasi ortadi. Zero tarjimon she’riy asarni o`qib, uni adekvat tarzda tushunishi
hamda kerak bo`lganda boshqa tilga tarjima qila olishi uchun avvalo asliyatda qo`llanilgan
lingvistik vositalar bilan yaxshi tanish bo`lishi talab etiladi.
References:
1.
Chendey N.V. Linguistic and conceptual features of poetic discourse // Development of
philology and linguistics at the modern historical period. – P. 135
2.
Dosbayeva N. Badiiy tarjimada uslub. – Toshkent. Fan. 2016. – B. 65
3.
Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. – Toshkent. “O`qituvchi”. 1995. – B. 25
4.
Quotes “Benjamin W. The Task of the Translator, in: Illuminations. New York: Harcourt,
Brace & World Inc. 1968. – P. 73.”
5.
Saidaxmedova N.S. Muhammad Yusufning tarjimalari. Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences. 3(13). Dec. 2023. – B. 171
6.
Salimova D.A. She’riy tarjimada poetik mahorat. – Jizzax. 2021. – B. 30
7.
Tukhtasinov I. Theoretical foundations of poetic translation. Xorijiy lingvistika va
lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and
Linguodidactics. – B. 2
6
Chendey N.V. Linguistic and conceptual features of poetic discourse //development of philology and linguistics at the
modern historical period. – P. 135