20
MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY
INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI
Xasanov Ahmadjon
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti asisstenti
Normamatov Rixsitilla
Toxirov Habibullo
SamDUKF aniq va tabiiy fanlar fakulteti buxgalteriya hisobi va audit
yo’nalishi talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14523398
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida tashqi
iqtisodiy faoliyatning oqilona tashkil etilishi, investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalari
haqida tushuncha va ularning ahamiyati, chet el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha olib
borilayotgan ishlar, mamlakatimizning jahon savdosida o’z o’rniga ega bo’lish uchun
qilinayotgan sa’y harakatlar haqida keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
tashqi savdo, investitsiyalar, eksport, import, xorijiy investitsiyalar,
investitsiya muhiti, iqtisodiy islohotlar.
THE IMPORTANCE OF FOREIGN INVESTMENTS IN DEVELOPING THE
ECONOMY OF OUR COUNTRY
Abstract:
In this article, the rational organization of foreign economic activities in the
economic development of our country, the understanding of investments, especially foreign
investments and their importance, the work carried out to attract foreign investments, which
has its place in the world trade of our country efforts are mentioned.
Key words:
foreign trade, investments, exports, imports, foreign investments,
investment climate, economic reforms.
Kirish
Xozirgi globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda
mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori
sur’atlarini ta’minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o‘rin
tutadi. Investisiyalarga e’tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi
investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda va tashqi
iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirishda milliy va xorijiy investitsiyalarning o’rni
beqiyosdir.
Oʻzbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga
bogʻliqligini bugungi kunda yanada aniq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli ham, hozirgi kunda
respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb
etish, ularning mamlakatimizda oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini
ta’minlashning muhim asosiga aylangan. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir.
Mamlakatimiz rahbari ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida quyidagilarni
keltirib o’tdi: “Islohotlar natijasida O'zbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori
diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi.
Bir yilning o'zida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy
sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017-yilga
nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambag'allikdan chiqarilib, kambag'allik
21
darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu ko'rsatkich 30
foizdan yuqori edi.” 1Davlatimiz rahbari ana shunday yutuqlarga munosib hissa qo'shayotgan
barcha xorijiy va mahalliy investorlarga, hamkor davlatlar hukumatlariga, xalqaro moliya
institutlariga chuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.
Jahonda globallashuv jarayonlarining tezlashib borishi hozirgi davrda mamlakatlar
iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini oshirishni taqoza etmoqda. Bu
borada davlatimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston
Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasida iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini
rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish, 2025-yil yakunigacha
markazlashgan investitsiyalar hajmi YaIM dagi ulushi 37,5% ya’ni, 1002,5 mlrd so’mga
yetkazish investitsiya siyosatining asosiy maqsadi etib belgilangan.2
Davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyasining
kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashuviga sabab
bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining PF-158 sonli farmoniga ko’ra “O’zbekiston –
2030” strategiyasi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, mamlakatimizning investitsion jozibadorligini
yanada oshirish, Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish,
jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy
sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish, Hududlarning investitsion reytingini yuritish,
har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini
yanada oshirish kabi asosiy maqsadlari belgilab qo’yildi. 3
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy
imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va
rezervlarni ishga solish hamda davlatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar tahlili
Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash hamda xorijiy
investitsiyalar masalasi iqtisodiy tadqiqotlarning muhim yo’nalishlaridan biriga aylangan.
Ushbu sohada bir qator olimlar iqtisodiy tadqiqotlar olib borganlar.
Iqtisodchi olim F. Xenius xorijiy investitsiyalarga quyidagicha ta’rif bergan: “Xorijiy
investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport
qilingan investitsiyalar”.
Iqtisodchi E.R. Orlovaning ilmiy izlanishlarida "Mintaqaning investisiya jozibadorligi
investisiyalashning dastlabki ob'ektiv omillarini o'zida aks etiradi va mintaqaning o'ziga xos
investisiya salohiyati va notijorat investisiya tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda
shu mintaqaga jalb qilingan kapital qo'yilmalar hajmida miqdoriy tomonlama aks etadi", deb
ta'riflanadi. [4]
Bundan tashqari, professor D.G’ozibekovning xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi nazariy
qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: “Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti
kapitalini o’zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan
risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining
o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi
yuz beradi”.[5] Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir
22
mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko’chuvchi kapital bo’lib, u
risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.
Iqtisodchilar G.M.Galeeva and E.N.Kadeevalarning fikrlariga ko’ra: Toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy omillari bozorlar va resurslarga kirishdir. Chet el
kapitalining faqat ayrim mintaqalarda va ayrim tarmoqlarda kontsentratsiyasi boshqa
mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishini cheklaydi, birinchi navbatda sanoati rivojlanmagan
mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. [6]
Shuningdek, iqtisod fanlari doktori N.Qo’ziyevaning ilmiy ishlarida xorijiy
investitsiyalarning mohiyati to’g’risida: “Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport
qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi
mamlakatlarga turli ko’rinishdagi boyliklar (ko’char, ko’chmas mol-mulk, intellektual
boyliklar va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya
va komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot va boshqa mukofotlar)ni qo’yilishiga xorijiy
investitsiyalar deyiladi”[7] degan ta’rif keltirilgan.
Tadqiqot metodologiyasi
Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida hamda tashqi iqtisodiy
faoliyatni oqilona tarzda olib borishda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar, uning asosiy
yo’nalishlaridan biri respublikaga chet el investitsiyalarini jalb etish ekanligi o’rganilgan. Chet
el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizning xalqaro
maydondagi darajasi, mamlakatimizning jahon savdosida o’z o’rniga ega bo’lishi uchun
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Ushbu maqolani yozish jarayonida statistik va analitik tahlil, kuzatuv, ma’lumotlarnini
taqqoslash kabi tahlil usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa,
o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu “iqtisodiyot
drayveri”, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan turli soha va tarmoqlarga,
hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi,
tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, u
quyidagilar bilan izohlanadi:
birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib,
eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning
uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida
aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy- texnik
bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga
ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal
sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:
23
1)
mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;
2)
valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar;
3)
mamlakatning
soliq
mexanizimini
takomillashtirishning
aniq
yo’nalishlari
belgilanganligi;
4)
soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va
qonunlarning ishlab chiqilganligi;
5)
jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga
kelganligi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, o'tgan yil yakuni bilan jami 22
milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8
barobar ko'pligi ta’kidlandi.
Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy
diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi
alohida qayd etildi.
Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan
hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo'shilgan qiymat
zanjirini yaratish zarurligi ko'rsatib o'tildi. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya
masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e’tiborni
hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o'rinlarni ko'paytirishga qaratishi
shartligi qayd etildi.
Xalqaro moliya institutlari mablag'laridan samarali foydalanish va ularni o'z vaqtida
o'zlashtirish, ushbu mablag'larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo'jaligi
loyihalariga yo'naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Xulosa
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va
yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib
berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni
jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib
berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarur:
birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga ta’sirini
kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish;
ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xomashyoni qayta
ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish
maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini
kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;
to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni amalga
oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil
etish;
beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga investorlarni
jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
24
oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to’g’ridan-to’g’ri xorijiy kredit resurslarini jalb
etish ishlarini kuchaytirish;
yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlovchi jamg’armalar tashkil etish.
Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu holat
pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish,
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va
diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion
siyosatni to’liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
References:
1.
O’zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi
qonuni. 25.12.2019. O’RQ- 598.
3.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risidagi
farmoni. 11.09.2023. PF-158.
4.
Орлова Е.Р. (2003) Инвестиции. Курс лекций. 2-е изд., доп. и пер. - М.: Омега-Л,15б.
5.
G’ozibekov D. G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. – T.: “Moliya”, 2003, 45
bet.
6.
G.M.Galeeva and E.N.Kadeeva. Problems of attracting foreign direct investment into the
regional economy. Journal of Physics: Conference Series, 1730(2021) 012118, 2020. – P. 8.
7.
угли Наркулов, А. К. (2022). Патрулирование-основа обеспечения общественного
порядка. Science and Education, 3(11), 1334-1339.
8.
Qo’ziyeva
N.R.
Xorijiy
investitsiya
ishtirokidagi
korxonalar
faoliyatini
rag’batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari. Iqt. fan. dok.
ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. – T.: BMA, 2008, 11 bet.