Авторы

  • Shahloxon Axmadova
    Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 6-23-guruh magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62685

Ключевые слова:

Inklyuziv turizm nogironlik ekskursiya hayriya fondlari brayl alifbolari gid xizmatlari Oʻzbekiston Turizm Assotsatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

Аннотация

Ushbu maqolada inklyuziv turizm nima ekanligi, nogironligi mavjud insonlarning ijtimoiylashuvini oshirish maqsadida inklyuziv  turizmni rivojlantirish, hamda turizm rivojlanishi natijasida mamlakatlarda sanoat sohalaridagi oʻsishlar, qoʻshimcha ish oʻrinlari ochilishi va bu sohada butun dunyo hamda Oʻzbekiston tajribalari haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

58

INKLYUZIV TURIZM VA UNING AHAMIYATI

Axmadova Shahloxon Vohid qizi

Guliston davlat pedagogika instituti

“Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 6-23-guruh magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14546774

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inklyuziv turizm nima ekanligi, nogironligi mavjud

insonlarning ijtimoiylashuvini oshirish maqsadida inklyuziv turizmni rivojlantirish, hamda
turizm rivojlanishi natijasida mamlakatlarda sanoat sohalaridagi oʻsishlar, qoʻshimcha ish
oʻrinlari ochilishi va bu sohada butun dunyo hamda Oʻzbekiston tajribalari haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit soʻzlar:

Inklyuziv turizm, nogironlik, ekskursiya, hayriya fondlari, brayl alifbolari,

gid xizmatlari, Oʻzbekiston Turizm Assotsatsiyasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST).

INCLUSIVE TOURISM AND ITS IMPORTANCE

Abstract.

This article discusses what inclusive tourism is. In order to increase the

socialization of people with disabilities, information is provided on the development of
inclusive tourism, as well as the growth of industrial sectors in countries as a result of tourism
development, the opening of additional jobs, and experience in this area around the world and
in Uzbekistan.

Key words:

Inclusive tourism, disability, excursions, charitable foundations, Braille

alphabet, guide services, Tourism Association of Uzbekistan, World Health Organization
(WHO).

ИНКЛЮЗИВНЫЙ ТУРИЗМ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация.

В этой статье рассмотрено, что такое инклюзивный туризм. В целях

повышения социализации людей с ограниченными возможностями приводятся
сведения о развитии инклюзивного туризма, а также росте промышленных отраслей в
странах в результате развития туризма, открытии дополнительных рабочих мест,
опыт в этой области во всем мире и в Узбекистане.

Ключевые

слова:

Инклюзивный

туризм,

инвалидность,

экскурсии,

благотворительные фонды, алфавит Брайля, услуги гидов, Ассоциация туризма
Узбекистана, Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ).

Inklyuziv turizm o‘zi nima?

- Ushbu soʻzni tavsiflash uchun turli xil atamalar

ishlatilgan, masalan, "Toʻsiqsiz turizm", "Mavjud turizm" yoki "Kirish turizmi", bu soʻzlarni
hayotingiz davomida uchratgan boʻlishingiz mumkin, ammo afsuski, bu atamalar tor va
aldamchi, ular nuqsoni bor boʻlgan odamlarga nisbatan qoʻllaniladigan notoʻg‘ri tushuncha
hisoblanadi. Hozirda “

Inklyuziv turizm

” atamasi boshqa soʻzlardan koʻra afzal koʻriladi,

chunki u birorta nogironligi bor insonlarning guruhini ajratib koʻrsatmaydi. Bunda turizm
muassasasiga kirgan har bir kishi oʻz qobiliyatidan qat’i nazar, mehmon va mijoz sifatida
oʻzini yaxshi qabul qiladigan va qadrlanadigan muhit yaratadi. Inklyuziv turizm universal
ya’ni nogironligi boʻlgan shaxslarning hammasiga toʻg‘ri keladigan tamoyillarini oʻz ichiga
oladi, bu esa yoshi, oʻlchami, qobiliyati yoki nogironligidan qat’i nazar, barcha nogironligi
boʻlgan shaxslar kirishi, tushunishi va undan maksimal darajada foydalanishi uchun sharoit


background image

59

yaratadi. Bunda nogironlar aravachasidan foydalanadiganlar uchun rampalar va koʻzi ojizlar
uchun brayl yozuvidagi belgilar bilan ta'minlanishgacha mavjud boʻladi. Oddiy qilib aytganda,
inklyuziv turizm nafaqat turizmni nogironligi bor boʻlgan insonlar uchun ochiq qiladi balki,
ular uchun unutilmas sarguzashtlar va oʻzlarini mustaqil his qilishlarini ta’minlaydi. Diqqatga
sazovor joylar har bir inson oʻz koʻzi bilan koʻrishi uchun yaratilishi kerak, bunga nogiron
insonlar ham kiradi.

Turizm soʻzi uchta hislatni oʻz ichiga oladi bular:

1.

mavjudlik

2.

qulaylik

3.

jozibadorlik
Mavjudlik deganda turistik zonalarining yaratilishi hamda qadimiy obidalarni asrash

koʻzda tutiladi. Qulaylik deganda esa hammani (dini, irqi, millati, jinsi, koʻrinishi,
qobiliyatlaridan qat’i nazar) oʻz ichiga ola oladigan turistik zonalar nazarda tutiladi. Ammo
jozibadorlikka kelsak, bunda nogironlarning koʻp qismi buni anglamay qoladilar chunki
nogironlarga bo ‘lgan imkoniyatlar juda kamligi sababli ular koʻoincha mehmonxonadan
tashqariga chiqa olmaydilar. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xalqaro mehnat
tashkiloti (XMT)ning ma’lumotlariga qaraganda nogironlar dunyodagi eng ozchilik guruhdir
yoki dunyo aholisidan bir milliard odam va indoneziyaliklarning taxminan 10 foiz aholisini
tashkil qiladi [2]. Nogironlar uchun sayohat ularning nogironlik turiga qarab(ya’ni jismoniy,
hissiy, aqliy). Infratuzilmalar jismoniy jihatdan nogironligi borlar uchun kassa mashinasi
shaklida boʻlishi mumkin yoki nogironlar aravachasi ijarasi, eshitish va gapirishda nuqsoni
bor nogironlar uchun imo-ishora tilidan foydalanadigan ekskursiya gidlari, maxsus audio va
brayl xaritalari yordamida ekskursiyalar shaklida boʻlishi mumkin.

Koʻpgina tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, inklyuziv turizm rivojlanishi aholi bandligiga

katta hissa qoʻshadi, mijozlar bazasi va bozor ulushini oshiradi, mavsumiylik ta'sirini
kamaytiradi, raqobatdosh ustunliklardan foydalanadi va maqsadli raqobatbardoshlikni
oshiradi. Turli xil nogironligi boʻlgan shaxslar sog‘lom insonlar bilan birga hech qanday
toʻsiqlarsiz sayohat qilishni boshlaydilar. Inklyuziv turizm kelajagi. Turli xil nogironlikka ega
insonlar koʻpincha boshqalar bilan sayohat qilishsa-da, dalillar shuni koʻrsatadiki, koʻpchilik
nogironligi boʻlgan insonlar mustaqil sayohat qilishni afzal koʻrishadi. Jamiyat turli xil
qobiliyatlarga ega boʻlgan odamlarning xohishlarini, ehtiyojlarini hamda qarorlarini qabul
qilishi va tushunishi kerak. Biz jamiyatimizni hammani birdek qamrab oladigan qilishimiz
kerak. Buning uchun nogiron insonlarning talablaridan kelib chiqqan holda ularga foyda
keltiradigan va jamiyatda oʻzlarini qulay tutishlari uchun takliflar ishlab chiqilishi kerak.
Umumjahon dizaynidagi mukammallik markazi ta'kidlaganidek, "Bu aholining ozchilik qismi
manfaati uchun maxsus talab emas. Bu yaxshi dizaynning asosiy shartidir. Agar muhit qulay,
foydalanishga yaroqli boʻlsa, hamma foyda koʻradi”, huddi shunday “Inklyuziv turizm”da ham
nogiron insonlarga qanchalik sharoit yaratilsa davlat va jamiyat uchun shuncha foyda boʻladi,
nazarimda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisobotiga koʻra, "Hech kimni ortda qoldirmaslikka

va'da bergan 2030-yil turizmi muvaffaqiyati shundaki, barcha manfaatdor tomonlar, shu
jumladan nogironlar ham ishtirokchi sifatida ishtirok etadigan inklyuziv yondashuvni talab
qiladi". Turizm, umuman olganda, oltmish yil davomida izchil oʻsib borayotgan iqtisodiy
oʻsishning muhim omili boʻlib kelgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)


background image

60

mamlakatlarida turizmning 4,4 foizini, bandlikning 6,9 foizini va xizmatlar eksportining 21,5
foizini tashkil qiladi. Xalqaro tashrif buyuruvchilar tomonidan sarflangan har bir sayyohlik
dollari BMT mamlakatlarida oʻrtacha 89 sent ichki qoʻshilgan qiymat hosil qiladi, bu umumiy
eksportga qaraganda koʻproq va turistik yoʻnalishlarda boshqa daromadlar va ish oʻrinlarini
yaratadi. BMT mamlakatlarida sayyohlik xarajatlarining 75 foizini oʻz mamlakati ichida
sayohat qiluvchilar tashkil qiladi. Oʻzbekiston oʻzining tarixiy binolari, madaniy meroslari
hamda mazali taomlari bilan mashhur. Bundan tashqari, turizm sanoati Oʻzbekistonda kun
sayin rivojlanib, yangi turizm turlari ham paydo boʻlmoqda, ulardan biri inklyuziv turizmdir.
Turli xil nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat qilish orqali Oʻzbekistonda juda kop yangi ish
oʻrinlari hamda sanoat rivojlanishi ortadi. Statistikaga koʻra:
1.

Nogironligi bor shaxslar dunyo aholisining

15%i

yoki

1 milliard

ini tashkil qiladi.

2.

Nogironlikdan bevosita yoki bilvosita zarar koʻrgan insonlar soni dunyo aholisining

30%ini tashkil qiladi.
3.

Hisob-kitoblarga koʻra, 2050-yilga kelib aholi orasidagi nogironligi boʻlgan shaxslar soni

1,2 milliardga koʻtariladi.

Yuqorida keltirilgan statistik ma’lumotlarga koʻra, nogiron shaxslarning soni yildan-yilga

ortib borayotganini hisobga olsak, inklyuziv turizmni rivojlantirish nafaqat davlatga balki
jamiyatga ham juda foyda ekanligini anglash mumkin, chunki yangidan yangi ish joylari
ochiladi, sanoatga talab ortadi hamda yurtimizni yanada koʻp insonlar koʻra olishiga
imkoniyat yaratadi.

Nogironlar uchun mahalliy turizmni yengillashtirish maqsadida, Oʻzbekistonda Turizm

Assotsiatsiyasi tuzildi, uyushmaning asosiy maqsadlari quyidagilardir: imkoniyati cheklangan
Oʻzbekiston fuqarolarimiz uchun hayriya tadbirlari va kam ta'minlangan oilalar farzandlari
bilan nogiron odamlarning sayohati uchun sharoit yaratishda yordam berish; nogironlar
uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, normativ ijtimoiy turizm
sohasidagi aktlar va boshqa qarorlar va nazoratni amalga oshirish uchun turizm va
ekskursiyalarni tashkil etishda yordam berishning bir qismi sifatida nogironligi bor bolalar,
yoshlar va boshqalar uchun inklyuziv turizmni rivojlantirish. Turizmni rivojlantirish davlat
qoʻmitasi(Accessible Turizm) va Ijtimoiy Turizm Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda
Oʻzbekistonda “Hamma uchun sayohat” hayriya loyihasi amalga oshirilmoqda. Sayohat
harajatlari (transport, ovqatlanish, mehmonxona, gidlar va h.k.) hayriya fondi hisobidan
qoplandi.

Inklyuziv yoki doʻstona turizm asosan nogironligi bor insonlarning turizmda qanday

qiyinchiliklarga uchrashi mumkinligiga e’tibor qaratadi. Bunda turizm zonalari
jihozlanayotganda nogironligi mavjud shaxslarning qobiliyatlariga qarab ta’mirlanadi. Har bir
turizm joylarida doʻstona turizm uchun maxsus maydonlar shakllantirilishi kerak. Masalan
korlar uchun turizmni olsak, bunda koʻzi ojizlar asosan eshitish orqali turizmni his qila
olishadi buning uchun turizm zonalariga eshitish mumkin boʻlgan baland ovozli kalonkalar
oʻrnatilishi koʻzda tutiladi. Eshitishida nuqsoni bor boʻlgan shaxslar uchun turizm joylari bu
kinolarga borish, velosiped haydash va boshqalar. Ular uchun asosiy yordam bu har bir joyga
bu nima ekanligi haqida toʻliq ma’lumotlar yozib qoʻyishdir. Bundan tashqari, nogironlar
uchun turistik joylar manzaradan bahramand boʻlish, sahna san'ati, ta'lim va hokazolar
shaklida boʻladi. Turistik yoʻnalishlar universal qulayliklarni (ya'ni sog'lom insonlar uchun
ham nogironlar uchun ham birday) ta'minlaydi va nogironligi bor shaxslarning barcha


background image

61

ehtiyojlarini qondirmaydi. Nogironlarning turizmdan zavqlanishi uchun universal
ob'ektlarning ba'zi misollari bu nogironlar aravachasiga kirish va jismoniy nogironlik turi
uchun tutqichlarni oʻz ichiga oladi, taktil nogironlar uchun qavatlar yoki maxsus yoʻllar
qurilishi, nogironlar aravachasiga bilan ta'minlash, nogironlar uchun maxsus hojatxonalar,
nogironlar uchun maxsus avtoturargohlar yaratish mumkin. Biroq, sensorli nogironlar uchun
xaritalar va koʻrsatmalar hali mavjud emas. Tadqiqotlarga qaraganda eshitishida nuqsoni bor
insonlar koʻzi ojiz va harakatlanishida nuqsoni bor insonlardan koʻra sayohat qilish uchun
koʻproq imkoniyati mavjud. Afsuski, koʻrishda nuqsoni bor insonlar uchun maxsus sayohat
uchun joylar mavjud emas.

Xulosa

qilib aytish mumkinki, hozirgi kunda inklyuziv turizm yanada ommalashmoqda,

rivojlangan davlatlarda inklyuziv sayyohlar soni 20% ni tashkil qiladi va bu koʻrsatkichlar
oʻsishda davom etmoqda. Inklyuziv turizmni rivojlanishi nafaqat nogironlar uchun, balki
davlat va jamiyat uchun ham juda foydali boʻladi. Chunki qoʻshimcha ish oʻrinlari ortadi,
sanoat rivojlanadi, talabga yarasha yana koʻp turizm zonalari ochiladi, yangidan yangi
loyihalar takliflari kelib tushadi va bu sohada davlatlar rivojlangani sayin inklyuziv turizm
zonalari mavjud boʻlgan davlatlarda, shaharlarda turistlar soni koʻpayadi. Inklyuziv turizm-
turizm sohasida yaqin 10 yillikdagi eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi va bu soha
yorqin istiqbolga ega.

References:

1.

www.kun.uz

2.

https://www.re-moove.it/it/

3.

M. Biernacka and J. Kronenberg, “Classification of institutional barriers affecting the

availability, accessibility and attractiveness of urban green spaces,” Urban For. Urban Green.,
vol. 36, no. August, pp. 22–33, 2018.
4.

P. Arie, “Inklusi Penyandang Disabilitas di Indonesia,” J. Refleks. Huk., vol. 1, pp. 1–4,

2017
5.

T. D. Vila, S. Darcy, and E. A. Gonzalez, “Competing for the disability tourism market - A

comparative exploration of the factors of accessible tourism competitiveness in Spain and
Australia,” Tour. Manag., vol. 47, pp. 261–272, 2015.

Библиографические ссылки

www.kun.uz

M. Biernacka and J. Kronenberg, “Classification of institutional barriers affecting the availability, accessibility and attractiveness of urban green spaces,” Urban For. Urban Green., vol. 36, no. August, pp. 22–33, 2018.

P. Arie, “Inklusi Penyandang Disabilitas di Indonesia,” J. Refleks. Huk., vol. 1, pp. 1–4, 2017

T. D. Vila, S. Darcy, and E. A. Gonzalez, “Competing for the disability tourism market - A comparative exploration of the factors of accessible tourism competitiveness in Spain and Australia,” Tour. Manag., vol. 47, pp. 261–272, 2015.