Авторы

  • Zarifa Xudayqulova
    Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.62686

Ключевые слова:

Hoja Bahovuddin Naqshband vuqufi zamoniy vuqufi adadiy vuqufi Naqshbandiya tariqati mehr-oqibat samimiylik halollik mehnatsevarlik rostgo‘ylik sabr-qanoat o‘g‘rilik nopoklik xasislik yolg‘onchilik firibgarlik ta’magirlik.

Аннотация

Ushbu maqolada Tasavvuf ta’limotida aksiologik fikrlarning aks etishi yoritilgan. Sharq va g‘arb olimlarining qarashlari tahlili keltirilgan. Sharq falsafiy tafakkuri tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblari tahlili ketlirilgan.


background image

56

TASAVVUF TA’LIMOTIDA AKSIOLOGIK FIKRLARNING AKS ETISHI

Xudayqulova Zarifa Ummatqulovna

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14540543

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

Tasavvuf ta’limotida aksiologik fikrlarning aks etishi

yoritilgan. Sharq va g‘arb olimlarining qarashlari tahlili keltirilgan. Sharq falsafiy tafakkuri
tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblari tahlili ketlirilgan.

Tayanch so‘z va iboralar

: Hoja Bahovuddin Naqshband, vuqufi zamoniy, vuqufi adadiy,

vuqufi, Naqshbandiya tariqati, mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik,
sabr-qanoat, o‘g‘rilik, nopoklik, xasislik, yolg‘onchilik, firibgarlik, ta’magirlik.


Tasavvuf ta’limotiVIII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo‘lib, butun musulmon

mamlakatlarida, jumladan, Movarounnahrda ham keng tarqalgan. Tasavvuf butun Sharq
ma’naviy xayotida inson kamoloti haqidagi g‘oyalarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

So‘fiylik ta’limotida komil inson bu dono, oqil, pok niyatli odamdir.
Taniqli olim N.Komilov ta’rifi bilan aytganda; “Komil inson –bir ideal, barcha dunyoviy va

ilohiy bilimlarni egalagan, ruhi mutlaq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, siyrat-u, suvrati
saranjom, qalbi ezgu tuyg‘ularga limmolim, pokiza zot”.

Sharq falsafiy tafakkuri tarixida komil insonga bag‘ishlangan qator kitoblar yaratilgan.

N.Komilov Sayyid Abdulqodir Geloniy (Jeloniy) va Aziziddin Nasafiy (XII asr), Shayxi Kabir
Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240 yy.), Abdulkarim Jili (1417 yilda vafot etgan) kabi
allomalar tomonidan bu tushuncha muomalaga kiritilgani, Shayx Aziziddin Nasafiy esa komil
inson nazariyotchisi sifatida tarixda qolgan haqida muhim ma’lumotlar beradi.

Aziziddin Nasafiy ta’rifida komil inson shariat, tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odam,

unda quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘ladi: yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi ahloq va maorif.

Aziziddin Nasafiy bu ta’rifda zardo‘shtiylik ta’limotidagi ahloqiy uchlikka asoslanadi

hamda u komil insonga mavhum inson emas, hayotdagi real odam sifatida qaraydi.

Sufiylar inson ma’naviy-ruhiy komillikka erishish yo‘llarida to‘rt bosqichdan o‘tishi kerak,

deydi.

Birinchi bosqich –

shariat

. Diniy marosimlar va shariat aqidalarini, taqvolarini aynan,

izchil bajarish, chunki shariat qonun bo‘lib, bu qonun vujudni va qalbni tarbiyalaydi.

Ikkinchi bosqich –

tariqat

: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o‘ylash, xilvat, ma’naviy

muhabbatni chuqurlashtirib, xudo to‘g‘risida o‘ylash, ya’ni tariqat – fano, o‘zdan kechish,
ko‘ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi yo‘l, faoliyat shakli.

Uchinchi bosqich–

ma’rifat

: hamma narsaning, butun borliqning asosi – xudo ekanini,

o‘zining mohiyati xudo mohiyati bilan birgaligini bilish va anglash. Bunda odam uchun barcha
kibr-u, havo, manmanlik, shon-shuhrat bema’ni bo‘lib ko‘rinadi, shunda u orif, ya’ni bilimli,
xudoni tanigan bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqich –

haqiqat.

Bunda sufiy xudoning dargohiga erishadi, vasliga vasil

bo‘ladi, u bilan birlashadi, shu orqali inson foniy, ya’ni “analhaq” bo‘la oladi.

Tasavvufning uchinchi oqimi – bu naqshbandiya ta’limoti bilan bog‘liq. Bu oqim XIII

asrning oxirlarida shaklana borib, XIV- XV asrlarda Movarounnahrda rivojlangan.


background image

57

Yusuf Hamadoniy to‘rt mashhur xalifa (Xoja Ahmad Andoqiy, Xoja Abdulloh

Barraqiy(Barqiy), Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy Xojagon)dan tasavvufdan
chuqur ta’lim olgach, Naqshbandiya tariqati vujudga keldi.

Tariqat ilmi

sohibi ma’lum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga yetgach, Hojagon

(keyin) Naqshbandiya) tariqatini belgilaydigan va aqidalari hisoblangan asosiy talablarni
yaratadilar. Bu aqidalarning to‘rttasiga dastlab Yusuf Hamodoniy tomonidan tartib berilgan
bo‘lib, ular:
1.

Xush dar dam – tiriklik nafasda ichkarida – ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik

va huzur yuzasidan bo‘lishi ogohlik va huzur g‘aflat unga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Hazrati Xoja
Bahouddin bu rashha haqida: “Bu yo‘lda ishning asosini nafas ustiga qurmoq kerakki,
zamonning vazifasiga mashg‘ul bo‘lishda hayolni o‘tmishdan va fikrni kelajakdan ozod etsin va
har bir nafasni zoe ketkazmaslikka urinsin”, - deb ta’lim bergan.
2.

Nazar bir qadam – nazar qadimda, soliq yo‘l yurganda uning nazari doimo oyoq

panjalarida bo‘lsin, nazari sochilmasmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan ma’noni
bildiradi. Bu har bir ishga mas’uliyat bilan qarash, behuda narsalarga hayotni sarf etmaslikka
undaydi.
3.

Safar dar vatan – soliq odami safar qilsin, ya’ni yomonlikdan yaxshilik tomon yursin,

degan ma’noni bildiradi.
4.

Xilvat dar anjuman – soliq tashqi tomondan xalq bilan, qalban haq bilan birga degani.
Yuqoridagi to‘rt aqidaga Abdulholiq G‘ijduvoniy yana to‘rt talabni qo‘shadi: yodkard,

bozgasht, nigohdosht, yoddosht.

Hoja Bahovuddin Naqshband esa o‘zining uch talabini qo‘shadi: vuqufi zamoniy, vuqufi

adadiy, vuqufi qalbiy.

Naqshbandiya tariqati kishilarni mehr-oqibat, samimiylik, halollik, mehnatsevarlik,

rostgo‘ylik, sabr-qanoatning tarkib topishiga yo‘llar ekan, o‘g‘rilik, nopoklik, xasislik,
yolg‘onchilik, firibgarlik, ta’magirlik, boylikka hirs qo‘yish kabilar qoralanadi.

Ibrohim Haqqul aytganidek, tasavvuf ahli inson xulqidagi barcha noqislik, jamiki

yomonliklar bilan kurashuvchilardir.

Demak, tasavvuf, bu – hayot. Hayot esa, yaxshilik bilan ham, razilliklar bilan ham to‘la.

Tasavvuf ahli hayotni ana shu razilliklardan tozalashda har bir insonning o‘zini ma’naviy
jihatdan poklash uchun kurashuvchilardir.

References:

1.

Abduqodirov A. Tasavvuf istilohlarining qisqacha izohli lug‘ati. – Xo‘jand: Rahim Jalil

nomidagi Davlat nashriyoti, 1997. – 95 b.
2.

Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim: (Din, falsafa, hayot, ma’naviyat va ma’rifat

saboqlari). – T.: Movaraunnahr, 2002. – 720 b.
3.

Abdirazzakov A.A. Natsionalnыe duxovnыe sennosti i ix mesto v samosoznanii natsii:

Avtoref. dis. … kand. filos. nauk. – T., 1995. 24 s.

Библиографические ссылки

Abduqodirov A. Tasavvuf istilohlarining qisqacha izohli lug‘ati. – Xo‘jand: Rahim Jalil nomidagi Davlat nashriyoti, 1997. – 95 b.

Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim: (Din, falsafa, hayot, ma’naviyat va ma’rifat saboqlari). – T.: Movaraunnahr, 2002. – 720 b.

Abdirazzakov A.A. Natsionalnыe duxovnыe sennosti i ix mesto v samosoznanii natsii: Avtoref. dis. … kand. filos. nauk. – T., 1995. 24 s.