54
VINTLI KONVEYER VINTLARIGA O‘RNATILADIGAN QOZIQ
KONSTRUKSIYASINI PAXTA TOZALASHDAGI AHAMIYATI
I.R. Marasulov
Assistent, Andijon mashinasozlik instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14538976
Paxta hom ashyosidan iflosliklarni ajratib olish paxtani qayta ishlash jarayonida muhim
jarayon hisoblanadi. Buning uchun undagi mayda va yirik iflosliklarni dastlabki jarayonida
aksariyat paxta tozalash zavodlarida birinchi navbatda vintli konveyerlardan so’ngra
universal paxta tozalash qurilmalaridan foydalaniladi. Vintli konveyerlarning qo’shimcha turli
konstruksiyadagi qoziqlar bilan ta’minlanishi konveyerda paxta titish samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Vintli konveyerlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan mexanizm bo‘lib, changsimon,
sochiluvchan va mayda bo’lakli materiallarni tashish (transportirovka) vazifasini bajaradi.
Vintli konveyerni asosiy konstruksiyasi tarnovda joylashgan parrakli (lopast) vintdan iborat.
Vintli konveyerlarda mahsulot gorizontal, burchak ostida hamda vertikal yo‘nalishlarda
uzatiladi [1]. Ularning afzalliklari tuzilishi oddiyligi hamda ishlashi va taʼmirlash ishlari
qulayligi hisoblanadi [2]. Vintning aylanma harakati natijasida tarnov ichidagi mahsulot
belgilangan yo‘nalishda harakatlanadi. Vintli konveyerlar vositasida mahsulot gorizontal
yo‘nalishda 40 metr, vertikal yo‘nalishda 30 metr masofaga uzatiladi. Vintli konveyerlarning
ish unumdorligi 100 t/soatgacha yetadi [3]. Vintli konveyerlarda vint asosiy element
hisoblanadi. U po’lat trubadan iborat bo’lib, qalinligi 3-4 mm li tunuka po’latdan shtampovka
usulda yoki payvandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Vintning diametri 100, 125, 160, 200, 250,
320, 400, 500, 630, 800 mm gacha bo‘ladi.
Paxta tozalash korxonalarida qo‘llaniladigan vintli konveyerlar linterlarga chigitni
taqsimlab berish, jinlashdan va linterlashdan chiqqan chigitlarni tashish, shuningdek, tolali
chiqindilarni tashish uchun foydalaniladi. Ular tuzilishi ishlash usuli jihatidan chigitli paxta
tashishda qo’llaniladigan konveyerlarga o‘xshaydi. Vintli konveyerlarda maxsulotni tashuvchi
organ vint hisoblanadi. Tashish jarayonida mahsulot vint parraklari yordamida sirpanish
bilan siljiydi.
Vintli konveyer bir nechta zvenolardan tuzilgan bo‘lib, uning uzunligi batareyadagi
mashinalar soniga va tashish uzoqligiga qarab olinadi.
Vintni tarnov ichiga shunday joylash kerakki, vint uchi bilan tarnov devori o‘rtasida 25-
32 mm oraliq qolishi kerak. Vintning aylanish tezligi vintli konveyerlarning qaysi ish unumida
ishlashiga qarab olinadi. Lekin 120 ayl/min dan oshmasligi shart.
So’nggi yillarda yengil sanoat ishlab chiqarishida paxtani tozalash sifatini oshirish
hamda ushbu hom ashyodan yanada sifatli tola olishda ilg’or paxta tozalash mashinalari
ishlab chiqilmoqda va sanoatga joriy qilinmoqda. Tozalov mashinalari konstruksiyalari
takomillashtirilib eng oxirgi nav paxta hom ashyosidan ham sifatli tola va chigit ajratib olish
yo’lga qo’yilmoqda.
Biz ham o’z kuzatishlarimizda yuqоrida zikr etilgan masalalarni hal etishga harakat qilib
ko’rdik. Xususan, qoziqli vintli konveyerda paxtani tashish jarayonida konveyer vinti
ko’pburchakli qoziqlarini paxta tozalash jarayoniga ta’sirini o’rganish yuzasidan ma’lumоtlar
оlishga erishdik.
55
Paxtani titish – bu paxtani ichki mayda va yirik iflosliklar (barg, qum, tuproq va boshq.)
dan tozalash usuli bo’lsa, tozalash esa – paxtadan ichki va tashqi iflosliklarni ajratib olib, uni
toza hom ashyoga aylantirish jarayonidir.
Amalga оshirilayotgan har bir paxta tozalash chоra-tadbirlar оxir-оqibat yuqоri
tozalikdagi xom ashyoni ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lоzim. Paxta xom ashyosi esa o’z
navbatida yaxshi quritilgan, changdan tozalangan hamda namligi ham me’yorida bo’lishi
kerak.
Paxtani titish jarayonini yanada yaxshilash maqsadida ushbu tipdagi konveyerlarga ko‘p
burchakli (to‘rt, besh va olti) ma’lum burchak ostida burilgan qoziqlar taklif qilinmoqda.
Har qanday qoziqli konstruksiyani vintga o’rnatishdan maqsad ham aynan shu. Tabiiyki,
ko’pburchakli qoziqlar konveyer tag qismi bilan kontaktda bo‘lib, sidirilgan paxta yanada
yaxshiroq titilishga olib keladi. Titilgan paxtani hali universal tozalash qurilmasiga
tashilishidan oldin transportirovka jarayonida ko’proq iflosliklarni konveyer tag qismidagi
setkada qoldirish imkoni paydo bo’ladi.
Ushbu konstruksiyaga yaqin konstruksiyadagi ko‘pburchakli qoziqlar universal paxta
tozalash qurilmalari barabanlari qoziqlarida qo’llanilgan. Va sezilarli darajada samaradorlik
oshirilgani ta’kidlanadi. Ushbu qoziqlar universal paxta tozalash qurilmasidagi
barabanlarning asosiy ishchi organlaridan biri hisoblanib, paxta tozalashda muhim vazifani
bajaradi.
Demak, Ushbu konstruksiyalar paxtani ham vint atrofida ham o‘z o‘qi atrofida
aylanishga va shu bilan birga uni ko‘proq titilishga majbur qiladi. Ko‘pburchakli qoziqlarning
bu xususiyati paxta hom ashyosini konveyer tag qismidagi setka bilan yana yaxshiroq
kontaktda bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Paxta tozalash sanoatida diametri 300 mm va qadami 220 mm bo’lgan hamda ish
unumiga qarab 80...120 ayl/min tezlik bilan aylanuvchi vintli konveyerlar qo’llaniladi.
Konveyerdagi vintli val harakatni elektromotordan tishli g’ildirakli slindrsimon yoki
chervyakli reduktorlar vositasida oladi. Tarnovning ichki diametri, vint parragi diametridan
biroz katta bo’lib, u harakatlanayotganda tarnov devori bilan vint parragi qirrasi orasida 9...15
mm oraliq qolishi kerak. Vintli konveyerlarni tashish masofasi 20 m dan ortiq bo’lgan yerlarga
o’rnatish tavsiya qilinmaydi.
O’rnatilgan joyi va vazifasiga qarab vintli konveyer har xil markalarda ishlab chiqariladi.
Chigitli paxta uchun vintli konveyerlar paxtani jinlarga va tozalash mashinalariga
taqsimlashda, avtomatik taroziga tashishda, quritish uskunalariga uzatishda, linterlash
sexidan chiqqan momiqlarni presslash mashinasiga uzatishda, shuningdek, tozalangan va
quritilgan paxtani sexlardan tashib chiqishda ishlatiladi.
References:
1.
Спиваковский А.О., Дьячков В.К. Транспортирующие машины. М.: Машгиз, 1983.
2.
Изучения особенности транспортирования хлопка-сырца различной влажности
средствами механического транспорта. Отчет ЦНИИХ прома НИР №25 Т., 1968.
3.
Справочник по первичной обработке хлопка. В 2-х книгах. - Т.: Мехнат, 1994, К.1-
574 с.
4.
Шукуров М.М. и др. Патент Рес. Узб. Винтовой конвейер. UZ IAP 032701, Бюлл. №2,
2007.