41
O‘ZBEK TILI VA XORIJIY TILLARDA YOZMA ISH TURLARINING
O‘RGANILISHI
Kabulov Inamjan Sharipbayevich
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533406
Tayanch so‘zlar:
yozma ish, bayon, insho, matn, murakkab sintaktik butunlik,
bog‘lovchi vositalar.
Ona tilini oʻqitish metodikasida oʻquvchilarning yozma nutqini oʻstirish insho yozish
ustidagi ilmiy ishlar bilan bogʻlangan. S.Dolimovning “Bayon va insho”, O.Madayev va
boshqalarning “Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant” nomli metodik qoʻllanmalari va
U.Dolimovning “Insho qanday yoziladi?” nomli metodik koʻrsatmalari[1:32], N.Sattorovaning
“Oʻquvchilarning insho yozish malakalarini takomillashtirish (5-sinfda ona tili oʻqitish
jarayonida)” mavzusidagi tadqiqoti[2:141] shular jumlasidandir.
Respublikamizda umumiy oʻrta taʼlim jarayonida oʻzbek tilini oʻqitish, oʻquvchilarni
matn yaratish bilan bogʻliq nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish, ijodiy
tafakkurini oʻstirish masalalari yangi boʻlib, ayrim masalalar M.Rixsiyeva tomonidan tadqiq
etilgan; T.Ziyodova “Matn yaratish texnologiyasi”, N.Bekniyozova “Boshlangʻich sinflar ona tili
darslarida oʻquvchilarga matn yaratishni oʻrgatish metodikasi (taʼlim oʻzbek va qoraqalpoq
tillarida olib boriladigan maktablar misolida)”
nomli monografiya, R.A.Yoʻldoshev va
M.M.Rixsiyevalar tomonidan metodik qoʻllanma chop etilgan, rus tili faniga oid Y.M.Sorokina,
G.N.Urinbayeva, S.Sadixovalar tadqiqot olib borishgan[3].
T.Ziyodovaning “Matn yaratish texnologiyasi” nomli monografiyasida yozma ish
mazmunining mavzu va uning nomlanishi bilan uygʻunligini taʼminlash; yozma ishning rejasi,
unga qoʻyiladigan asosiy talablar; mavzuni yoritishda mazmun izchilligi, “xatboshi”
tushunchasi; matnda takrorlardan saqlanish; matnga dialoglarni kiritish; epigraf yoki
iqtiboslardan birini berish; gaplarning bogʻlanishi; matn qismlarining abzaslarga ajratilishi;
murakkab sintaktik butunlikning chegarasi kabi matn tuzilishiga xos komponentlarga eʼtibor
berilgan. Lekin monografiyada matn qismining ichki tuzilishi, ayniqsa, gaplarning bogʻlovchili,
olmoshli, koʻmakchili, yuklamali bogʻlanish usullari aniqlashtirilmagan.
M.Rixsiyevaning “Taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarning oʻzbek tili darslarida
oʻquvchilarni matn tuzishga oʻrgatish” mavzusidagi tadqiqot ishi ona tili oʻqituvchilariga ham
taalluqli boʻlib, bu ishda matn lingvistikasiga doir talqinlardan soʻng 5–9-sinf oʻzbek tili
darslarida bogʻlanishli nutq oʻstirish, 5–9-sinf oʻquvchilarini matn tuzishga oʻrgatish
metodikasi: matn tuzishga oʻrgatishning psixologik va metodik asoslari, matn tuzishga
oʻrgatish bo‘yicha mashqlar bayon qilingan.
M.Rixsiyevaning tadqiqot ishining maʼlum bir qismi tuzatilib, boyitilgan holda
R.Yoʻldoshev, M.Rixsiyevalarning “Insholardagi matniy xatolar, ularni tuzatish metodikasi”
nomli metodik qoʻllanmasiga kiritilgan[4]. Ushbu qoʻllanmada dastlab matn lingvistikasi tarixi
va buguni haqida ma’lumot berilgan, maktab oʻquvchilari yozgan insholarni oʻrganish asosida
ulardagi matniy xatolar aniqlangan va tasniflangan, matniy xatolar yozma ishlardan olingan
misollar asosida izohlangan va matn tuzilishi yuzasidan oʻquvchilar yoʻl qoʻyadigan matniy
xatolarni tuzatish uchun xizmat qiladigan bilim, koʻnikma va malakalar tavsiflangan, matn
tuzilishini oʻrgatishga doir mashqlar tizimi tavsiya etilgan. Lekin ushbu metodik qoʻllanmada
ham bogʻlovchi vositalarning (olmosh, bogʻlovchi, koʻmakchi, yuklama va b.) maʼno turlari
42
(semantikasi) ayrim-ayrim yoritilmagan. Mashq turlarini bayon qilishda matn qismi bilan
bogʻliq komponentlarning qoʻllanishi qoidalashtirilmagan.
N.I.Bekniyazovaning “Boshlangʻich sinflar ona tili darslarida oʻquvchilarga matn
yaratishni oʻrgatish metodikasi (taʼlim oʻzbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan
maktablar misolida)” nomli monografiyasi ham yuqori sinf oʻqituvchilari uchun muhim
maʼlumotlar bera oladi. Monografiyada ona tili darslarida oʻquvchilarni matn yaratishga
oʻrgatishning nazariy (lingvometodik) va amaliy asoslari, oʻquvchilarga matn yaratishni
oʻrgatish metodikasi yoritilgan. Ushbu monografiyada matn qismida gaplarni bogʻlovchi,
olmosh, koʻmakchi, yuklama kabi bogʻlovchi vositalar bilan bogʻlash usullari birmuncha
kengroq, lekin umumiy tarzda koʻrsatilgan.
Keyingi davrda matn tuzilishi, uning komponentlariga doir bir necha maqola eʼlon
qilingan[5].
MDH davlatlari olimlaridan: I.R.Galperin, T.A.Ladijenskaya, L.I.Velichko, L.M.Loseva,
M.R.Lvov, V.G.Goreskiy, O.V.Sosnovskayalarning tadqiqotlari va metodik qoʻllanmalarida rus
tili darslarida matn tuzilishi ustida ishlash mazmuni hamda usullari kabi masalalar
oʻrganilgan[6].
Xorijlik olimlardan D. Alvermann, P. Boothly (New York) matn tuzilishini oʻrganish
oʻquvchining matnni tushunishiga taʼsiri masalasi, B. Armbruster, T.Anderson, J.Meyer
(Illinois) instruktiv grafik organayzerlarning oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishdagi
oʻrni, R.Bracewell, M. Scardamalia, C. Bereiter (Toronto) yozma nutqni rivojlantirishning
inson tafakkuriga taʼsiri, J.Britton (Urbana) yozma ish yozishni oʻrganish jarayoni hamda matn
tuzish funksiyalari, yozma nutq koʻnikmasini rivojlantirish, P. Burtis, C.Bereiter,
M.Scardamalia, J.Tetroe (London) matn tuzish koʻnikmasini rivojlantirishni rejalashtirish,
oʻquvchilarning koʻrsatmali materiallarga asoslanib matn tuzish koʻnikmasini rivojlantirish,
C.Englert, E.Hiyebert (America) matn tuzish yoʻllaridan xabardorlik, oʻqib tushunish
koʻnikmasining boshlangʻich sinfdan yuqori sinfga qarab ortib borishi, oʻquvchilarning
tasviriy matn yaratishda asosiy fikr hamda asosiy fikrga boʻysinuvchi tafsilotlarning
berilishiga doir tadqiqotlarni amalga oshirgan.
Biroq ona tilini o‘qitish tizimida esse yozish metodikasi yangi bo‘lib, uning o‘rniga
ko‘proq insho, bayon ishi va boshqa xil matn yaratish bilan bog‘liq mashqlar bajarish
metodlari mavjud bo‘lgan.
Ona tili darslarida o‘quvchilarni esse yozishga o‘rgatish orqali kreativ fikrlash
ko‘nikmasini rivojlantirish, 5–7-sinflar doirasida matn tuzishga doir qoidalar, ularni anglatish
vosita va metodlari, mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi mashqlar tizimi masalalari maxsus
oʻrganilmagan.
References:
1.
Мadayev О., Sobirov A., Xolmanova Z. va b. Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant. –
Toshkrnt, 2020. – 103 b.; Долимов У. Иншо қандай ёзилади? / Олий ўқув юртига
кирувчилар учун иншо ёзиш бўйича методик кўрсатмалар. – Тошкент: ТошДУ нашри,
1985. – 32 б.
2.
Сатторова Н. Ўқувчиларнинг иншо ёзиш малакаларини такомиллаштириш (5-
синфда она тили ўқитиш жараёнида): Пед. фан. ном. ... дисс. – Тошкент, 1995. – 141 б.
43
3.
Рихсиева М. Таълим рус тилида олиб борилаётган мактабларнинг ўзбек тили
дарсларида ўқувчиларга матн тузишни ўргатиш методикаси. Пед.фан.номз. ...дисс.
Тошкент, 2009.;
4.
Зиёдова Т.У. Матн яратиш технологияси. Монография. – Т.: Фан, 2008. – 160 б.;
5.
Бекниязова Н. Бошланғич синфлар она тили дарсларида ўқувчиларга матн
яратишни ўргатиш методикаси (таълим ўзбек ва қорақалпоқ тилларида олиб
бориладиган мактаблар мисолида): Монография. – Тошкент: Фан ва технологиялар,
2012. – 160 б.;
6.
Yo‘ldoshev R.A., Rixsiyeva M.M. Insholardagi matniy xatolar, ularni tuzatish metodikasi.
Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2019.;
7.
Сорокина Е.М. Обучение построению сложного синтаксического целого на
уроках русского языка в узбекской школе: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. – Ташкент,
1991. – 20 с.; 192.;
8.
Урумбаева Г.Н. Лингводидактические основы обучения учащихся 7–9- классов
сложному синтаксическому целому как базовой структуре русской монологической
речи (на материале школ с каракалпакским языком обучения):
9.
Автореферат канд.дисс… педнаук. – Ташкент: 2001. – 19 с.;
10.
Садыхова, С. Композиционно-смысловая структура синтаксического целого. Баку:
Нурлан, 2010.
11.
Yo‘ldoshev M. Matn birliklari haqida mulohazalar. Til ta’limi va adabiyoti. Toshkent,
2008-yil 7-son. – 80–85-b.;
12.
Ibragimova U. Matn tuzish ko‘nikmasini shakllantirish – yozma nutqni o‘stirish vositasi
(6-sinf misolida). Til ta’limi va adabiyoti. Toshkent, 2021-yil 1-son. – 10–12-b.;
13.
Ziyamuxamedova Sh. Dars jarayonida matn tuzish. Til ta’limi va adabiyoti. Toshkent,
2020-yil 1-son. – 15–16-b.;
14.
Rahimova M. Esse (insho) matnlari sarlavha stilistikasi. Til ta’limi va adabiyoti.
Toshkent, 2022-yil 3-son. – 17–19-b.;
15.
Baxtiyorova X. 6-sinf ona tili darslarida matn tuzilishini o‘rgatishning mazmun-mohiyati.
Ona tili ta’limida o‘qitish va baholash muammolari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy
anjuman materiallari to‘plami. Toshkent, 2022. 76–79-b.;
16.
Baxtiyorova X. Ona tili darslarida matn tuzilishini o‘rgatishning mazmun-mohiyati (6-
sinf). Lingvodidaktikaning dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari
to‘plami. Toshkent, 2022. 100–103-b.
17.
Гальперин И. Р. Текст как объект лингвистического исследования. – М.: Наука,
1981. 138 с.;
18.
Обучение русскому языку в 7 классе: Метод.рекомендации к учеб. для 8 класса
общеобразовательных учреждений / Т.А.Ладыженская, Л.А.Тростенцова, М.Т.Баранов и
др. – М.: Просвещение, 2002. – 94 с.;
19.
Обучение русскому языку в 8 классе: Метод.рекомендации к учеб. для 8 класса
общеобразовательных учреждений / Л.А.Тростенцова, Т.А.Ладыженская, И.А.Шеховцева
и др. – М.: Просвещение, 2003. – 70 с.;
44
20.
Л.И.Величко. Работа над текстом на уроках. – Москва: Просвещение, 1983. 128 с.;
21.
Лосева Л.М. Как строится текст: пособие. для учителей. – М.: Просвещение, 1980.
96 с.;
22.
Львов М.Р. Методика развития речи младших школьников: Пособие для учителя. –
2-е изд., перераб. – М.: Просвещение, 1985.;
23.
Методика преподавания русского языка в начальных классах: учеб. пособие для
студ. высш. пед. учеб. заведений / М. Р. Львов, В. Г. Горецкий, О. В. Сосновская. – 3-е изд.,
стер. – М.: Издательский центр «Академия», 2007. – 464 с.