102
ATROF-MUHIT OBYEKTLARIDA TEMIR (III) IONLARINI ANIQLASH VA
MONITORINGINI O'TKAZISH
1
Davronova Norniso Faxriddin qizi
2
Smanova Zulayxo Asanaliyevna
1-Toshkent kimyo texnologiya instituti
2-O'zbekiston Milliy universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14586296
Atrof-muhitning turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi, ayniqsa bolalar
salomatligida salbiy o‘zgarishlarga olib keladi, bu esa fiziologik ko‘rsatkichlar, jismoniy
rivojlanishning sekinlashuvi, kasalliklarning yuzaga kelishi va boshqa salbiy ta’sirlarda o‘zini
ko‘rsatadi [1]. Temir esa organizmda almashtirib bo‘lmaydigan, hayot uchun zarur metallardan
biridir. O‘simliklarda temirning massa ulushi 0,02%, hayvonlar organizmlarida esa 0,01% ni
tashkil etadi. Inson organizmida, asosan qonning gemoglobinida, 5 g temir mavjud [2]. So‘nggi
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, havodagi metall nanozarrachalarini nafas olish natijasida yuzaga
keladigan temir ortiqchaligi miyokarddagi oksidlovchi stressni kuchaytirib, yurak-qon tomir
kasalliklari uchun ekologik xavf omiliga aylanishi mumkin [3]. Shuning uchun atrof-muhitdagi
temir ionlarini aniqlash va uning meyorlarini nazorat qilish dolzarb masalalardan biridir.
Ilmiy tadqiqotda atrof-muhitdagi temir(III) ionlarini aniqlash uchun immobillangan metil
timol ko‘ki reagentidan foydalangan holda sorbsion-spektrofotometrik usul ishlab chiqildi.
Metil timol ko‘ki reagentining maksimal so‘nish to‘lqin uzunligi 436 nm bo‘lib, Fe(III) ioni bilan
hosil qilgan kompleksining maksimal so‘nish to‘lqin uzunligi 615 nm va ∆λ=179 nm ni tashkil
etadi. Izomalyar seriyalari va Asmusning to‘g‘ri chiziqlari qonunlaridan foydalanib, Fe
3+
ioni
bilan immobillangan metil timol ko‘ki reagentining molar nisbati o‘rganildi. Ikkala usulda ham
Fe
3+
:metil timol ko‘ki reagentining nisbati 1:1 ekanligi aniqlandi. Kompleks hosil bo‘lishining
optimal sharoitlari (pH=2,5; universal bufer; t=2-7 daqiqa) aniqlangan.
Tadqiqot obyekti sifatida Qo'ng'irot tumani Oltin ko'l kanali suvi olindi. Oltin ko'l
kanalidagi temir(III) ionlarining mikromiqdorini immobillangan metil timol ko'ki reagenti
yordamida aniqlandi va ularning mavsumiy tahlili o'tkazildi.
1-rasm
.
Immobillangan metil timol ko'ki yordamida temir(III) ionlarini fasllar
davomida aniqlash diagrammasi (Oltin ko'l kanali)
2023 yilda Oltin ko‘l kanalidagi temir ionlari miqdorining mavsumiy o‘zgarish
dinamikasini tahlil qilganda, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
103
Har bir faslda temir ionlari miqdori kirishdan chiqishga o‘tganida o‘sishi kuzatiladi. Bu,
kanalga kiruvchi suvda temir ionlarining miqdori chiqishdan ko‘ra past bo‘lishi mumkinligini
ko‘rsatadi. Odatda, bu turli amaliyotlar, kirish va chiqish suvlarining sifatidagi farqlar yoki
kanal atrofidagi suv sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qish fasli: Temir ionlari miqdori kirishda 3,02 mg/dm³ va chiqishda 3,81 mg/dm³ ni
tashkil qiladi. Bu faslda kirish va chiqish miqdori orasidagi farq 0,79 mg/dm³ ni tashkil etadi.
Bahor fasli: Kirish miqdori 4,67 mg/dm³ va chiqish miqdori 4,9 mg/dm³. Bu farq 0,23
mg/dm³ ni tashkil etadi. Bahorda temir ionlari miqdori yuqori bo‘lishi mumkin, chunki bu
faslda suvlarning ko‘payishi va erish haroratining o‘zgarishi temirning eruvchanligini oshirishi
mumkin.
Yoz fasli: Temir ionlari miqdori kirishda 3,1 mg/dm³, chiqishda esa 3,5 mg/dm³ bo‘lib,
farq 0,4 mg/dm³ ni tashkil qiladi. Yozda issiq harorat, shu jumladan, suvda erigan moddalar
miqdorining ko‘payishi temir ionlarining yuqori bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Kuz fasli: Kirish miqdori 3,1 mg/dm³ va chiqish miqdori 3,64 mg/dm³. Bu faslda farq 0,54
mg/dm³ ni tashkil qiladi.
Bahor fasli temir ionlari miqdorining eng yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadi (kirish 4,67
mg/dm³, chiqish 4,9 mg/dm³).
Yoz fasli temir ionlari miqdori o‘rtacha darajada yuqori bo‘ladi, lekin bahorga qaraganda
pastroq (kirish 3,1 mg/dm³, chiqish 3,5 mg/dm³).
Qish va kuz fasllarida temir ionlari miqdori pastroq bo‘lib, farq ham kichikroq.
Umumiy tahlil:
- Temir ionlari miqdorining eng yuqori bo‘lishi bahorda kuzatiladi, bu mavsumda suvning
eruvchanlik xususiyatlari va tabiatdagi o‘zgarishlar (masalan, qorning erishi va yomg‘irlar)
temir ionlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
- Qish va kuz fasllarida temir ionlari miqdori nisbatan past bo‘lib, bu suvlarning past
harorati va kamroq eroziyaga olib keladigan omillar bilan izohlanishi mumkin.
References:
1.
Чикенева И. В. Последствия влияния тяжелых металлов на окружающую среду в
зоне воздействия промышленных предприятий // Концепт. 2013. №12 (28).
2.
Третьяков Ю.Д., Мартыненко Л.И., Григорьев А.Н., Цивадзе А.Ю. Неорганическая
химия. Химия элементов. Книга 1 // Москва, 2001. С.438-439
3.
Maher B.A., González-Maciel A., Reynoso-Robles R., Torres-Jardón R., Calderón-
Garcidueñas L. Iron-rich air pollution nanoparticles: An unrecognised environmental risk factor
for myocardial mitochondrial dysfunction and cardiac oxidative stress// Environmental
Research, Volume 188, September 2020, 109816