Авторы

  • Tolibjon Obidov
    Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.63138

Аннотация

Jinoyat sodir qilgan shaxs toʼgʼrisida yetarli dalillar toʼplagan tergovchi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq ayblanuvchi deb tan olinadi. Shaxsning jinoyat ishi boʼyicha ish yurituvining qaysi bosqichida yashirinishiga qarab ayblanuvchini ekstraditsiya qilish zaruriyati yuzaga keladi.


background image

24

XORIJIY DAVLAT HUDUDIDA OLINGAN DALILLARNING YURIDIK KUCHI

Tolibjon Obidov

Yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.14718277

Jinoyat sodir qilgan shaxs toʼgʼrisida yetarli dalillar toʼplagan tergovchi tomonidan

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq ayblanuvchi deb tan olinadi.
Shaxsning jinoyat ishi boʼyicha ish yurituvining qaysi bosqichida yashirinishiga qarab
ayblanuvchini ekstraditsiya qilish zaruriyati yuzaga keladi.

Shuningdek, mamlakatimizda 2010 yil 28 sentyabrda Oʼzbekiston Respublikasining

“Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli
organlari bilan oʼzaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi
qonuni qabul qilinishi hamda unga asosan Jinoyat-protsessual kodeksiga “Jinoiy sud ishlarini
yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik”ka bagʼishlangan alohida 14-boʼlim kiritilishi ham
muhim qadam boʼldi. Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan mazkur oʼzgartish va
qoʼshimchalar mohiyat eʼtibori bilan ekstraditsiyaning milliy qonunchilik asoslarini
mustahkamladi hamda amaliyotda koʼpgina muammoli masalalarga oydinlik kiritishga xizmat
qildi.

Maʼlumki, jinoyat ishlari oʼzaro huquqiy yordam davlatlar oʼrtasidagi ikki tomonlama va

koʼp tomonlama shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik jinoyat ishlari
boʼyicha ushlab berish va talab etish toʼgʼrisida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar yoki
ekstraditsiya masalalari toʼgʼrisidagi koʼp tomonlama konvensiyalarda koʼzda tutilgan boʼlishi
bilan bir qatorda ichki qonunchilik normalarida ham oʼz aksini topgan

1

.

Garchand, Oʼzbekiston Respublikasi JPK 14-boʼlimida ushbu guruh xalqaro

shartnomalarning roʼyobga chiqarilishi asoslari qisman mustahkamlangan boʼlsa-da, unda
jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs yashiringan davlat bilan Oʼzbekiston oʼrtasida ikki
tomonlama shartnomasi tuzilmagan boʼlsa yoki u davlat xalqaro konvensiya aʼzosi boʼlmasa va
milliy jinoiy protsessual qonunchilikda ushbu masala tartibga solinmagan hollarda, jinoyat
sodir qilgan shaxsni ushlab berish yoki ushlab berilishini talab qilish masalasi qanday hal
qilinishi oʼz aksini topmagan.

Shunday qilib, davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi hamkorligida oʼziga

xos muhim oʼrin egallagan ekstraditsiya instituti davlatlaro jinoyat ishlari boʼyicha oʼzaro
huquqiy yordam koʼrsatishga bagʼishlangan aksariyat konvensiya va kelishuvlarning zamirida
yotadi.

Davlatlar tomonidan jinoyat ishlari boʼyicha huquqiy yordam koʼrsatish tizimida xalqaro-

huquqiy tartibga solishning muhimligi davlatning oʼz hududida jinoyatchilikning oldini olish
maqsadi nuqtai nazaridan milliy manfaatlari hamda ayni damda davlatlar hamjamiyati uchun
xavf soluvchi xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash nuqtai nazaridan xalqaro hamjamiyat
manfaatlariga birdek mosdir

2

.

1

Антипов C.J1. Участие органов внутренних дел России в розыске лиц, подлежащих экстрадиции.

Дис. канд. юрид. наук. - М., 1997;

2

Волженкина В.М. Применение норм международного права в российском уголовном процессе. Дис.

. канд. юрид. наук. - М., 2000


background image

25

Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi deyilganda, respublikaning bir yoki

bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro
munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvi
tushuniladi (“Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʼgʼrisida”gi qonunning 3-
moddasi).

Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy mamlakatlar tegishli organidan muayyan

jinoyat ishi boʼyicha protsessual harakatlarni bajarish xususida soʼrov kiritishning huquqiy
asoslari va tartibi, bunday soʼrovnomani kiritishga vakolatli davlat organlari va mansabdor
shaxslari haqida Jinoyat protsessual kodeksi 599- moddasida bayon qilingan. Mazkur
moddaning birinchi qismda “Ushbu kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlar”
deyilganda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday protsessual
harakatlar tushuniladi. Bunday harakatlarni oʼtkazish xususidagi soʼrovni ijro etishning
huquqiy asosi boʼlib, birinchi galda Oʼzbekiston Respublikasining halqaro shartnomasi
hisoblanadi.

Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum,

deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday koʼrinishda tuzilishi,
shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin. Xalqaro huquqda shartnomaga nom berishda uni
tuzayotgan shaxslarning erkinligi eʼtirof etilgan. Odatda, xalqaro shartnomalarni nomlashda u
tuzilgan joydagi qadriyatlar inobatga olinadi. Qanday nomlanishidan qatʼiy nazar bir xil yuridik
kuchga ega. Birining qoidalari ikkinchisiga zid boʼlgan hollarda esa, aʼzo yoki imzolagan
mamlakatning oʼzi qaysi biriga qoʼshilishini mustaqil hal qiladi

3

.

Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama

va koʼp tomonlama shartnomalar boʼladi. Misol uchun 2003 yil 24 noyabrda Sofiya shahrida
Oʼzbekiston Respublikasi va Bolgariya Respublikasi oʼrtasida imzolangan jinoyat ishlari
boʼyicha huquqiy yordam koʼrsatish haqida shartnoma faqat ikki davlatga shu sohadagi huquq
va majburiyatlarni vujudga keltiradi. 1993 yil 22 yanvarda Minskda imzolangan Fuqarolik, oila
va jinoyat ishlari boʼyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʼgʼrisidagi konventsiya
(Minsk konventsiyasi) esa uni imzolangan va keyinchilik unga qoʼshilgan (Oʼzbekiston 1993 yil
6 mayda ratifikatsiya qilgan) davlatlar oʼrtasidagi munsabatlarni jumladan, jinoyat ishlarini
yuritishdagi hamkorlikni tartibga soladi

4

.

Muayyan shaxsni ushlab bergan davlatning roziligisiz ushlab berishga sabab boʼlmagan

va ushlab berilgunga qadar sodir etilgan jinoyat javobgarlikka tortishga yoki uchinchi davlatga
topshirilishiga quyidagi holatlar yuz berganida yoʼl qoʼyiladi:

a) ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan eʼtiboran, hukm qilingan taqdirda

esa jazo oʼtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʼra jazodan ozod qilingan kundan eʼtiboran
bir oy ichida Oʼzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʼlsa;

b) ushlab berilgan shaxs Oʼzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin

ixtiyoriy ravishda Oʼzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʼlsa.

Ushlab berilgan shaxs oʼziga bogʼliq boʼlmagan holatlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi

hududini tark etish imkoniyatiga ega boʼlmagan vaqt mazkur bir oylik muddatga qoʼshib

3

Бирюков П.Н. Международное уголовно-процессуальное право и правовая система Российской

Федерации: теоретические проблемы. Дис. . д-ра юрид. наук. - Воронеж, 2001

4

Беляев С.С. Экстрадиция в уголовном праве. Дис. канд. юрид. наук - М., 1999;


background image

26

hisoblanmaydi. Shaxsning boshqa jinoyati uchun jazo qoʼshib tayinlashi, ogʼir kasallikka
chalinganligi, tabiiy ofatlarning yuz berganligi shular jumlasidandir.

Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʼyicha uzil-kesil

qaror, yaʼni jinoyat ishini tugatish toʼgʼrisidagi qaror (yoki ajrim) yoxud hukm chiqargan organ
uning nusxasini Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u

tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma
ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʼra jinoyat ishi boʼyicha uzil-kesil
qaror, yaʼni jinoyat ishini tugatish toʼgʼrisidagi qarorning yoki ajrimning yoxud hukmning
nusxasi ham yuborilishi mumkin.

Xorijiy davlatning vakolatli organi yoki mansabdor shaxsi tomonidan Oʼzbekiston

Respublikasi hududida boʼlgan shaxsni ushlab berish toʼgʼrisida soʼrov kelib tushushi mumkin.
Bunday ushlab berishdan maqsad ushlab berilishi soʼralayotgan shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortish yoki unga nisbatan chiqarilgan hukm talablarini bajarish koʼzlangan boʼlishi lozim.
Jinoyat ishida jabrlanuvchining, guvohning, ekspertning, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy
javobgarning va ular vakillarining real ishtirokini taʼminlash maqsadida ularni ushlab berish
toʼgʼrisida xorijiy davlatdan soʼrovnoma kelib yuborilmaydi, yuborilgan taqdirda ham ijro
etilishi mumkin emas. Oʼzbekiston hududida boʼlgan shaxsni ushlab berish toʼgʼrisida soʼrov ijro
etish yoki rad etish masalasi Oʼzbekistonning xalqaro shartnomalariga, bunday shartnoma
boʼlmagan yoki shartnoma boʼlsa-da, unda aynan ushlab berish xususidagi qoidalar nazarda
tutilmagan taqdirda oʼzarolik printsipiga asoslangan holda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh
prokurori hal qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi va Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan shaxsni ushlab

berishni soʼrayotgan davlat oʼrtasida ushlab berish tarzida huquqiy yordam koʼrsatish xususida
shartnoma mavjud boʼlmasa, xorijiy davlat yuborayotgan soʼrovda kelgusida Oʼzbekiston
Respublikasining vakolatli mansabdor shaxsi uning hududida muayyan shaxsni ushlab berish
xususida soʼrov joʼnatgan taqdirda ijrosini taʼminlash (oʼz qonunlari asosida) xususida yozma
majburiyatni oʼz zimmasiga olganligini bayon qiladi. Ushlab berilishi soʼralayotgan shaxs soʼrov
yuborgan davlat fuqarosi, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, uchinchi davlat fuqarosi,
fuqaroligi yoʼq shaxs boʼlishi mumkin.

Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan shaxsni ushlab berishga imkon beradigan

holatlar quyidagicha:

Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yaʼni jinoyatni tergov qilish va sudda koʼrish paytida

uni sodir qilgan shaxs sifatida ishtirokini taʼminlash uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan
qilmish uchun OʼzR JKda bir yildan kam boʼlmagan muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum
qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan boʼlishi kerak. Shaxsni ushlab berilishiga sabab sifatida
koʼrsatilayotgan jinoyat uchun OʼzR JKda sanktsiyaning maksimal miqdori sifatida bir yildan
kam boʼlgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa yengil jazolar belgilangan boʼlsa,
ushlab berish amalga oshirilmasligi kerak. Oʼzbekiston Respubliksi hududida boʼlgan shaxsni
bir nechta jinoyatlarni sodir etgalik uchun javobgarlikka tortish maqsadida ushlab berish
soʼrayolayotganda mazkur jinoyatlarning bittasi yoki bir nechtasiga Oʼzbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksida bir yildan kam boʼlmagan muddatga yoki umrbod
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan boʼlsa, soʼrovnoma koʼrsatilgan
barcha jinoyatlari uchun ushlab berilishi mumkin.


background image

27

Hukm ijrosini taʼminlash uchun ushlab berilishi soʼralayotgan shaxs olti oydan kam

boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʼirroq jazoga hukm
qilingan boʼlishishi kerak

5

.

Har ikkila holatda ham soʼrovni yuborgan xorijiy davlat oʼziga nisbatan soʼrov yuborilgan

shaxsning faqat soʼrovda koʼrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud
muhokamasi tugaganidan, jazo tayinlangan hollarda jazoni oʼtaganidan keyin mazkur davlat
hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi
davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi
shuningdek qiynoqlarga, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini
kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʼlim jazosi
qoʼllanilmasligini kafolatlashi shart. Bunday kafolatlar oʼsha davlatning qonunchiligida,
Oʼzbekiston Respublikasi bilan imzolagan yoki hamishtirokchi boʼlgan shartnomalarida
belgilanadi. Аgar Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan shaxsni ushlab berishni
soʼrayotgan xorijiy davlat qonunchiligida, Oʼzbekiston Respublikasi bilan imzolagan yoki
hamishtirokchi boʼlgan shartnomalarida bunday kafolatlar belgilanmagan boʼlsa, yozma
ravishdagi kafolatlar olinganidan keyin soʼralayotgan shaxs ushlab berilishi mumkin. Shaxsni
xorijiy davlatdan ushlab berish toʼgʼrisidagi masala alohida yoritiladi.

Xulosa qilib aytganda, shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda

jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʼlgan daliliy ashyolar, yaʼni: jinoyat quroli, shuningdek jinoyat
izlarini oʼzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʼl bilan topilgan ashyolar ham topshirilishi mumkin.
Chunki, bunday ashyolardan birinchi galda jinoyat ishini yuritishda dalil sifatida, qolaversa,
kelajakda hukm ijrosini taʼminlash uchun foydalanilishi mumkin.

References:

1.

Антипов C.J1. Участие органов внутренних дел России в розыске лиц, подлежащих

экстрадиции. Дис. канд. юрид. наук. - М., 1997.
2.

Волженкина В.М. Применение норм международного права в российском

уголовном процессе. Дис. . канд. юрид. наук. - М., 2000
3.

Бирюков П.Н. Международное уголовно-процессуальное право и правовая система

Российской Федерации: теоретические проблемы. Дис. . д-ра юрид. наук. - Воронеж, 2001
4.

Беляев С.С. Экстрадиция в уголовном праве. Дис. канд. юрид. наук - М., 1999;

5.

Рахимов Б.М. Международно-правовые основы оказания взаимной правовой

помощи по уголовным делам между странами СНГ и Балтии. - Дис. канд. юрид. наук. - М.,
2002.

5

Рахимов Б.М. Международно-правовые основы оказания взаимной правовой помощи по уголовным

делам между странами СНГ и Балтии. - Дис. канд. юрид. наук. - М., 2002;

Библиографические ссылки

Антипов C.J1. Участие органов внутренних дел России в розыске лиц, подлежащих экстрадиции. Дис. канд. юрид. наук. - М., 1997.

Волженкина В.М. Применение норм международного права в российском уголовном процессе. Дис. . канд. юрид. наук. - М., 2000

Бирюков П.Н. Международное уголовно-процессуальное право и правовая система Российской Федерации: теоретические проблемы. Дис. . д-ра юрид. наук. - Воронеж, 2001

Беляев С.С. Экстрадиция в уголовном праве. Дис. канд. юрид. наук - М., 1999;

Рахимов Б.М. Международно-правовые основы оказания взаимной правовой помощи по уголовным делам между странами СНГ и Балтии. - Дис. канд. юрид. наук. - М., 2002.