47
O‘RIK MEVALARINI SAQLASHDA DASTLABKI SOVITISH JARAYONINI
TASHKIL ETISH
M.M. Isamiddinov
Mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14723099
Annotatsiya:
Ushbu tezisda o‘rik mevalarini saqlashda dastlabki sovitish jarayonini
tashkil etishga oid ilmiy-nazariy qarashlar, tadqiqotimizning asosiy natija va xulosalari
keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: o‘rik, saqlash, dastlabki sovitish, harorat, nafas olish, etilen, tabiiy vazn
yo‘qotish.
Kirish.
Harorat yangi meva va sabzavotlarning hosildan keyingi umriga ta'sir qiluvchi
eng muhim omil hisoblanadi.
Mahsulotlarni eng past xavfsiz haroratda saqlash quyidagilarni kamaytiradi:
- Meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonidan kelib chiqadigan ta'm va ozuqaviy
xususiyatlarini yo'qotishni
- Meva yuzasi orqali namlik bug'lanish natijasida vazn yo‘qotishni
- Mexanik shikastlanish va zamburug‘li mikroorganizmlar tufayli chirishni
- Saqlash xonasi atmosferasida etilen ta'siridan va pishib etish bilan bog'liq rang va
ta’mning yo'qolishi natijasida yuzaga kelgan erta pishishni
Meva-sabzavotlar o'rim-yig'imdan keyin iloji boricha tezroq imkon qadar past
haroratgacha sovutish va mahsulot sotilgunga qadar bu haroratni saqlab turish muhim
jarayon hisoblanadi.
O'rim-yig'imdan keyin mahsulotlar qanchalik tez sovutilsa, saqlash muddati shunchalik
uzoqroq bo'lishi va saqlanganidan keyin meva sifati qanchalik yuqori bo'lishi mumkin. Meva
va sabzavotlar uchun ruxsat etilgan sovutish vaqti ularning turiga qarab bir soatdan bir
kungacha. Qulay ob-havo sharoitida to'plangan sog'lom mevalarni saqlash muhimdir.
Muzlatgichda saqlashdan oldin meva va sabzavotlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuriga ta'sir
qilmasligi kerak.
Ko'pgina hollarda, agar sabzavot yoki mevalarni oraliq haroratgacha sovutib bo'lmasa,
qisman sovutish umuman sovutishdan ko'ra yaxshiroqdir. Ba'zida uskunalar optimal
sovutishni ta'minlamasa, mahsulotlar yuqoriroq oraliq haroratgacha sovutiladi. Eng yaxshi
sifat mahsulotni iloji boricha uzoq vaqt davomida eng past haroratda saqlash orqali erishiladi.
Saqlash, tashish yoki sotish paytida mevalarni isitish juda istalmagan, ammo ularni umuman
sovutmaslik bundan ham yomonroq.
Meva va sabzavot mahsulotlarini oldindan sovutishning turli usullari mavjud:
- havo oqimida
- gidrosovutish
- maxsus vakuumli sovutgichlarda vakuumli sovutish
Asosiy qism
. O‘rik mevalarini saqlashdan oldin unga dastlabki ishlov berish jarayoni
juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘rik mevasi texnik yetilgan paytda havo harorati
yuqori darajaga yetgan, shu bilan birga omborlarda ham havoning nisbiy namligi birmuncha
yuqori bo‘ladi. Shu sababli, saqlash uchun qo‘yiladigan kameralarning nisbiy namligini
oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Biz tajribalarimizda oddiy sovitish kamerasi va
48
faol shamollatish tizimiga ega bo‘lgan kameralarda havoning nisbiy namligini rostlash uchun
tadbirlarni amalga oshirdik (1-jadvalga).
1-jadval
O‘rik mevalarini dastlabki sovutish davomiyligini (min) sovuqxonadagi havonining
nisbiy namligiga (%) ta’siri, 2021-2023 yy.
Sovutish
vaqti,
min
Havonining nisbiy namligi, (%)
Oddiy sovutish
Oddiy sovutish +faol shamollatish
O‘rik navlari
Isfarak Shalax Ko‘rsodiq Xurmai Isfarak Shalax Ko‘rsodiq Xurmai
0
65
65
65
65
65
65
65
65
40
70
68
69
67
78
70
71
69
80
74
71
73
69
85
75
77
73
120
78
74
77
71
88
80
83
80
160
82
77
81
75
90
85
89
87
200
85
80
85
79
95
95
95
95
240
88
83
89
83
280
89
86
93
87
320
92
89
94
91
360
95
95
95
95
O‘rik mevasini dastlabki sovitish jarayoni oddiy sovitish kamerasida sovitilganda
havoning nisbiy namligini 95% foizga keltirish uchun qancha vaqt sarflanishi bo‘yicha
tajribalarda barcha navlar uchun 360 daqiqa kerak bo‘ldi. Jarayon bosqichlari bo‘yicha
tahlillarda esa, turli navlar uchun turlicha ketma ketlik kuzatildi. Jumladan, Isfarak navida
oddiy sovitish tizimli kameralarda 80 minutdan keyin nisbiy namlik 65% dan 74 % ga
ko‘tarilgan bo‘lsa, Shalax navida 71%, Ko‘rsodiq navida 73%. Xurmai navida esa 69% bo‘lishi
kuzatildi.
Xuddi shu jarayon faol shamollatish tizimi bilan jihozlangan sovutish kamerasida amalga
oshirilganda jarayon keskin tezlashganligi kuzatildi. Barcha navlar uchun nisbiy namlikni
65% dan 95% ga ko‘tarish uchun 200 daqiqa vaqt sarflandi. Bu usulda ham navlarning
individiual xususiyatlari sababli nisbiy namlikni oshib borish dinamikasi turli navlarda har xil
bo‘lishi namoyon bo‘ldi.
Dastlabki sovutish jarayonida mevalarning o‘rtacha harorati yig‘ib -terib olingan paytda
28°C bo‘lgan bo‘lsa, ularning haroratini 2°C ga tushirish uchun o‘rik mevalari uchun 360
daqiqa sarflandi. Faol shamollatish tizimi bilan jihozlangan sovutish kamerasida esa 160
daqiqa sarflandi. Bunda ham jarayonning jadalligi navlar kesimida turlicha bo‘ldi.
Xulosa.
Tajriba davomida olib borilgan kuzatishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, dastlabki
sovitish jarayonidan keyin kameradagi harorat 1,1°C ga tushirilib, saqlash jarayonining
oxiriga qadar o‘zgarishsiz ushlab turildi. Bunda meva harorati dastlab 26°C bo‘lgan bo‘lsa,
dastlabki sovitish jarayonidan keyin harorat 2°C gacha pasaydi va jarayon so‘ngiga qadar
o‘zgarmadi.
49
Ammo mevalarning biokimyoviy tarkibida vaqt o‘tgan sayin muayyan o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. Meva tarkibidagi umumiy kislotalik dastlabki vaqtlarda 0,88% bo‘lgan bo‘lsa, vaqt
o‘tgan sari doimiy ravishda ortib bordi. Saqlashning 37 – kunida umumiy kislotalik
ko‘rsatkichi qariyb ikki barobarga oshdi va 1,61% ni tashkil etdi.
Mevalar tarkibidagi quruq modda miqdori ham vaqt o‘tgan sari oshib borishi kuzatildi.
Bunga jarayon davomida mevalar tarkibidagi suvning bug‘lanishi sabab bo‘ldi. Saqlashning
dastlabki bosqichida quruq modda miqdori 18,1% ni tashkil qilgan bo‘lsa, so‘ngi kunida
22,2% miqdorda quruq modda ko‘rsatkichi qayd etildi. Meva tarkibidagi askorbin kislota
miqdori dastlabki kunlarda 9,8% ni tashkil qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tgan sayin kamayib bordi va
saqlashning 37 – kunida 6,4% ga tushdi.
References:
1.
Odinaev M,I., Isamiddinov M.M., Jo‘rayev U.Ch. Danakli mevalarni saqlash jarayonida
tabiiy vazn yo‘qotishining nav xususiyatlariga bog‘liqligi. “O‘zbekiston agrar fani
xabarnomasi” jurnali. – Toshkent, 2022. - № 2 (2). – B. 235-236
2.
Odinaev M,I., Isamiddinov M.M., Jo‘rayev U.Ch. Eksportga mo‘ljallangan meva-sabzavot
mahsulotlarini saqlash va qadoqlashning zamonaviy usullari (uslubiy qo‘llanma). Toshkent:
Fan-ziyosi, 2022. – 48 bet.
3.
Odinaev M,I., Isamiddinov M.M., Jo‘rayev U.Ch. Gilos (Cerasus avium L.) mevasini
boshqariladigan gazli muxitda saqlash samaradorligi. “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi”
jurnali. – Toshkent, 2022. - № 2 (2). – B. 235-236
4.
Iglesias, I. Differential yeffect of cultivar and harvest date on nectarine colour, quality
and consumer acceptance / I. Iglesias, G. Yecheverria // Scientia Horticulture. - 2009. - Vol.
120, Is. 1. - P. 41 -50.
5.
Romanazzi G. Chitosan, a Biopolymer With Triple Action on Postharvest Decay of Fruit
and Vegetables: Yeliciting, Antimicrobial and Film-Forming Properties / G. Romanazzi, Ye.
Feliziani, D. Sivakumar / Frontiers in Microbiology. - 2018. - Vol. 9. - A. 2745.
https://doi.org/10.3389/fmicb.2018.02745
6.
Абдуллаев Р., Джалилов Н.Л. Меваларни териш ва сақлаш. Ўзбекистон қишлоқ
хўжалиги. №9 сон 2018 й.
7.
Методы биохимического исследования растений / под ред. А.И. Ермакова. 3-е изд.,
перераб. и доп. Л.: Агропромиздат, 1987, - С. 324-360.