Авторы

  • Xamdam Matyakubov
    Urganch davlat universiteti, Tarix kafedrasi dotsenti, PhD.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.63383

Ключевые слова:

ilk temir davri xo‘jalik-madaniy manzara ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar chorvador jamoalar davlatchilik harbiy soha.

Аннотация

Ilk temir davrida xo‘jalik-madaniy manzara ancha o‘zgargan. Sariqamishbo‘yi Dovdon vohasida  manzilgohlar va mozor qo‘rg‘onlar baland qirlarda joylashgan va ularning tevaragida, qadimiy sug‘orish inshootlar-kanallar va ariqlarning izlari aniqlanmagan. Aholi sigirlar, qo‘y-echkilarni boqqan, chorvadorlar xo‘jaligida yilqichilik ham katta o‘rin egallab olgan. Shu qatorda Sariqamish ko‘ldan oqib chiqqan Amudaryoning qadimgi Uzboy o‘zanining o‘rta qismi qirg‘oqlaridagi yaylovlar mil.avv.VII asrda ko‘chmanchi chorvadorlar tomonidan mavsumiy o‘zlashtirila boshlangan. Maqolada Xorazm vohasida ilk temir davrida davlatchilik va harbiy soha masalalari ko’rib chiqildi.


background image

38

ILK TEMIR DAVRIDA IJTIMOIY-SIYOSIY MANZARA- XORAZM VOHASI

MISOLIDA: DAVLATCHILIK VA HARBIY SOHA MASALALARI

Matyakubov Xamdam Xamidjanovich

Urganch davlat universiteti, Tarix kafedrasi dotsenti, PhD.

E-mail: hamdamtarix@gmail.com. Tel: (97)-601 09 40

https://doi.org/10.5281/zenodo.14722699

Annotatsiya:

Ilk temir davrida xo‘jalik-madaniy manzara ancha o‘zgargan.

Sariqamishbo‘yi Dovdon vohasida manzilgohlar va mozor qo‘rg‘onlar baland qirlarda
joylashgan va ularning tevaragida, qadimiy sug‘orish inshootlar-kanallar va ariqlarning izlari
aniqlanmagan. Aholi sigirlar, qo‘y-echkilarni boqqan, chorvadorlar xo‘jaligida yilqichilik ham
katta o‘rin egallab olgan. Shu qatorda Sariqamish ko‘ldan oqib chiqqan Amudaryoning
qadimgi Uzboy o‘zanining o‘rta qismi qirg‘oqlaridagi yaylovlar mil.avv.VII asrda ko‘chmanchi
chorvadorlar tomonidan mavsumiy o‘zlashtirila boshlangan. Maqolada Xorazm vohasida ilk
temir davrida davlatchilik va harbiy soha masalalari ko’rib chiqildi.

Kalit so‘zlar:

ilk temir davri, xo‘jalik-madaniy manzara, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar,

chorvador jamoalar, davlatchilik, harbiy soha.

СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ В РАННЕМ ЖЕЛЕЗНОМ ВЕКЕ -

НА ПРИМЕРЕ ХОРЕЗМСКОГО ОАЗИСА: ГОСУДАРСТВЕННЫЕ И ВОЕННЫЕ

ДЕЛА

Матьякубов Хамдам Хамиджанович

Ургенчский государственный университет,

доцент кафедры истории, к.и.н.

E-mail: hamdamtarix@gmail.com. Tel: (97)-601 09 40

Абстракт.

В раннем железном веке экономический и культурный ландшафт

существенно изменился. В Довдонском оазисе близ Сарыкамыша поселения и курганы
расположены на высоких холмах, и вокруг них не выявлено следов древних
оросительных сооружений — каналов и арыков. Население разводило коров, овец и
коз, значительную роль в животноводстве играло также коневодство. Между тем,
пастбища по берегам средней части древнего Узбойского бассейна Амударьи,
вытекающей из озера Сарыкамыш, начали сезонно обрабатываться кочевыми
скотоводами еще в VII в. до н.э. В статье рассматриваются вопросы государственности
и военной сферы в Хорезмском оазисе в эпоху раннего железного века.

Ключевые слова:

ранний железный век, хозяйственно-культурный ландшафт,

социально-экономические отношения, скотоводческие общины, государственность,
военная сфера.

SOCIO-POLITICAL SITUATION IN THE EARLY IRON AGE - ON THE EXAMPLE

OF THE KHOREZM OASIS: STATE AND MILITARY AFFAIRS

Matyakubov Khamdam Khamidzhanovich

Associate Professor, Department of History,

Urgench State University, PhD.

E-mail: hamdamtarix@gmail.com. Tel: (97)-601 09 40

Abstract.

In the Early Iron Age, the economic and cultural landscape changed

significantly. In the Dovdon Oasis near Sarykamysh, settlements and burial mounds are


background image

39

located on high hills, and no traces of ancient irrigation structures - canals and ditches - have
been found around them. The population bred cows, sheep and goats, and horse breeding also
played a significant role in animal husbandry. Meanwhile, pastures along the banks of the
middle part of the ancient Uzboy basin of the Amu Darya, flowing out of Lake Sarykamysh,
began to be seasonally cultivated by nomadic cattle breeders as early as the 7th century BC.
The article examines issues of statehood and the military sphere in the Khorezm Oasis in the
Early Iron Age.

Key words:

early Iron Age, economic and cultural landscape, socio-economic relations,

pastoral communities, statehood, military sphere.


Kirish.

Bronza davrida keng o‘zlashtirilgan Xorazm vohasining sharqiy qismidagi

Oqchadaryo deltasida mil. avv. VII-VI asrlarga oid manzilgohlar topilmagan. Ma’lumki, bronza
davrida Oqchadaryoning irmoqlaridan ariqlar chiqarilib, nisbatan kichik dalalar yarim yer
to‘la turar joylari atrofida joylashib, dehqonchilik ishlari urug‘ jamoalarning kuchlari bilan
amalga oshirilgan, sug‘orma dehqonchilik sohasi cheklangan holda rivojlangan.

Tahlil va natijalar.

Sariqamishbo‘yi saklarning hayotida o‘ziga xos xususiyatlaridan

iborat ijtimoiy-iqtisodiy tuzum rivojlangan. Chorvachilik xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida
foydalanilgan yerlar, qabilalar o‘troqlashib joylashgan yoki mavsumiy ko‘chib yurgan etnik
hududlarni tashkil etgan. Bu borada Daryoliq, Dovdon, Uzboy o‘zanlari atrofidagi yaylovlar
chorvani boqish uchun manbai bo‘lgan

1

.

Chorvador jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarida chorvachilik xo‘jaligini

tashkil etish tamoyillari, yaylovlarning mavsumlar bo‘yicha taqsimlash va yaylovlar
chegaralarini belgilash kabi katta ahamiyatga ega vazifalarni tashkil etgan. Ushbu vazifalarni
qadimgi davrlarda amalga oshirilishi jarayonlarini o‘rganishda va chorvachilik xo‘jaligi
tarixini qayta tiklashda tadqiqotchilar arxeologik va etnografik ma’lumotlarga murojaat
etishadi, shuningdek, paleogeografik sharoit o‘rganiladi.

Tarixiy-etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, dashtlar sharoitiga mos chorvachilik, asosan,

ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi (yarim o‘troq) shaklda rivojlangan, negaki bunday xo‘jalik
sohasida ko‘p mehnat sarf qilinmagan, chorva uchun yaylov o‘ti ko‘proq yemish bo‘lgan. Shu
asosda tuyalar va sovliq qo‘ylar boqilgan, ular cho‘l qumtepaliklarda joydan joyga ko‘chishga
moslashgan, aksincha, otlar daryo bo‘ylari to‘qayzorlarda yoki og‘illarda boqilib, don va beda
bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan

2

.

Sariqamishbo‘yi havzasidagi dashtlarida, ilk temir davri yodgorliklarning topografiyasi

bo‘yicha, taxminan 180x120 kilometr maydonda chorva boqish bo‘yida (ichki Qizilqum cho‘li
hisobga olinmaganda) bu ko‘rsatkichlar 250x150 km.ni tashkil etgan (ilova). Ushbu
hududlarda turli mavsumlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi saklar jamoalari
tomonidan chorva boqilishi va ko‘chib yurishi maqsadlarida foydalanganligini taxmin qilishi
mumkin.

Bronza davridan boshlab Yevroosiyo dashtlarida, jumladan, Orolbo‘yidagi chorvadorlar

jamoalarida katta patriarxal oilalarning ajralib chiqqanligi ma’lum. Bunga ishlab chiqarish
kuchlarning taraqqiyoti, qo‘shimcha mahsulotning qo‘lga kiritilishi, mahsuldor

1

Вайнберг Б. И., Юсупов Х. Кочевники северо-западной Туркмении // Степная полоса азиатской части СССР в

скифо-сарматское время. – М.: “Наука”, 1992.

2

Сазонова М. В. Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма. – Л., 1978. – С. 54-56.


background image

40

chorvachilikning rivojlanishi, ayirboshlash imkoniyatlarining kengayib borshi va ijtimoiy-
iqtisodiy sabablar ko‘maklashgan

3

.

Arxeologik materiallar va ilk yozma manbalar guvohlik berishicha, mil. avv. VII asrga

kelib, chorvadorlarning ijtimoiy tuzumida katta patriarxal (ota-o‘g‘illar) oilalarning iqtisodiy
mavqei o‘sib borgan. Bu davr jamiyatning tuzilishi “Avesto” da tasvirlangan. “Avesto” ning
“Yasna” kitobida oila, urug‘, qabila tilga olinib, jamoalarning ijtimoiy tarkibida kohin, jangchi,
chorvador va hunarmand ajratilgan

4

.

Manba bo‘yicha oila-“nmana”, jamiyat tuzilishining boshlang‘ich (past) qatlamini tashkil

etib, bir nechta qarindosh katta oilalar urug‘-“vis” jamoalariga birlashganlar. Urug‘ tarkibida
kamida 15 ta katta oila kirgan va urug‘ jamoasi jamiyatning asosi bo‘lgan. Urug‘ jamoalari
qabila –“zantu “ ni tashkil etgan. Qabila yashaydigan xudud-“shoytra” deb atalgan

5

. Bu ijtimoiy

tuzum dashtlarda yashovchi cho‘ponlarning jamoalarida ko‘chmanchi chorvachilik shakli
vujudga kelishi bilan ancha taraqqiy topgan.

6

Qadimgi yunon tarixchilarning asarlarida dasht

chorvador qabilalariga – savromatlar, daxlar, saklar va massagetlarga nisbatan “etnos”- xalq
tushunchasi qo‘llanilmagan, ularning joylashgan hududlari muayyan nom bilan
bog‘lanmasdan, faqat qabilalarning etnonimi tilga olinmagan. Masalan, ushbu xolat
Gerodotning bayonida: “bu massagetlar jasur va behisob qabiladir”

7

hamda Strabonning

asarida: “massagetlar va saklar qabilalarining har biri o‘zining nomiga ega”

8

degan

xulosalarda yorqin ifodalangan.

Qabila avval ijtimoiy uyushma sifatida va uning tarkibiga kirgan urug‘ jamoalarning

yoyilgan hudud, chorvadorlar tomonidan o‘zlarining yurti sifatida anglangan. Yaylovlar urug‘-
qabila jamoalariga qarashli bo‘lib, ular o‘rtasida taqsimlangan. Xususiy mulkka munosabat va
unga asoslangan ijtimoiy aloqalar oila va urug‘ jamoalari ichida qarindoshlik aloqalariga mos
kelib, ishlab chiqarish jarayonida ijtimoiy uyushma a’zolarining munosabatlarini
mahkamlagan.

Mil. avv.VII-VI asrlarga oid saklar – xorazmliklarning ijtimoiy tizimi L.T.Yablonskiyning

yozishicha, jangchilar, suvoriylar, kohinlar va kohina ayollar, urug‘ jamoalarining oddiy va
qashshoqlashgan vakillaridan iborat bo‘lgan

9

.

Sharqiy Orolbo‘yida o‘rganilgan mozor qo‘rg‘onlaridagi kohina ayollar qabrlarida e’tiqod

va qurbonlikka bag‘ishlangan buyumlar va ayol-suvoriylarning qabrlarida esa ot anjomlari
topilgan. Ushbu topilmalar sak-massagetlarning jamiyatida ayolning baland ijtimoiy o‘rni va
mavqeidan hamda matriarxat izlari saqlanib qolganidan guvohlik beradi.

Gerodot va Ktesiy asarlaridan ma’lum bo‘lgan sak-massagetlarning ayol yo‘lboshchilari –

“malika-hukmdorlar” To‘maris va Zarina, yunon tarixchilari tomonidan, birinchi navbatda,
harbiy yo‘lboshchilar sifatida yoritilgan. Shunga ko‘ra, ular harbiy ish va botirlik san’atini
erkaklar qatorida o‘rganib, jang usullarini bilishgan.

3

Ўзбекистон тарихи (Хоразм тарихи). XI жилд. – Тошкент: “Ozbekiston”, 2023. – Б. 38-40.

4

Ясна. Глава XIX // Перевод Виноградовой С. П. Хрестоматия по истории Древнего Востока. – М.: “Высшая

школа”, 1980. – С.64.

5

Лившиц В. А. Общество Авесты // История Таджикского народа. – М. 1963.Т. I. – С. 139-144.

6

Кузьмина Е. Е. Экология степей Евразии и проблема происхождения номадизма. II. Возникновение кочевого

скотоводства // ВДИ. – М., 1997. № 2. – С. 81-94.

7

Герадот. I. 201.

8

Страбон. Кн.XI, VIII, 4-5.

9

Яблонский Л. Т. Саки Южного Приаралья... С. 66.


background image

41

Shuningdek, Bobil, Ossuriyada kohinalar ko‘proq “Tamaris” ismga ega bo‘lganligiga oid

ma’lumotga asoslangan holda, malika Tumaris massagetlarning nafaqat harbiy boshlig‘i, balki
bosh kohinasi ham edi, degan masala ilgari surildi

10

.

Albatta, mil. avv.VII asr Xorazm vohasida ham qabila yo‘lboshchisi bosh kohin

vazifalarini ado etganligi ehtimoldan holi emas, chunki urug‘-qabila a’zolari o‘zlarining
sardorini jamoalarga eson-omonlik, farovonlik, harbiy muvaffaqiyat va mo‘llik olib keluvchi,
umuman foyda keltiruvchi shaxs sifatida baholaganlar.

Mil.avv. VIII-VII asrlarda Orolbo‘yi hududlarida yashagan chorvadorlar harbiy sohada va

qurol-yarog‘lar ishlab chiqishda texnik yutuqlarga erishganlar. Tagisken, Uygarak va
Sakarchaga mozor-qo‘rg‘onlaridan topilgan ot anjomlari, bronza va temirdan yasalgan harbiy
qurollari Yevroosiyo dashtlari ko‘chmanchi qabilalarning (skiflar, savromatlar) qurol-
yarog‘lariga o‘xshab ketadi. Chorva ko‘chmanchilarning eng katta boyligi bo‘lgan.
“Avesto”ning “Yasht” kitobida “podasi ko‘p”, “otlari ko‘p” qabilalar yo‘lboshchilari va harbiy
sardorlari “yuz ayg‘ir, mingta sigir va sanoqsiz sovliq qo‘ylar”ni qurbonlikka keltirganlari
haqida ma’lumotlar bor. Manbada chorva xo‘jaligi va bevosita chorvaga oid “chorva-hayot
manbai”, “biz chorvaga tinch o‘tlov va yemish ta’minlashga da’vat etamiz” deyilgan

11

.

Yuqori mahsuldor chorvachilik jamoa a’zolarini, dehqonchilikka nisbatan, tez sur’atda

oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlari bilan ta’minlashga hamda ulardan ayirboshlashda
foydalanishga imkon yaratdi. Bu jamoa a’zolarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
kundalik turmush tarzida jun, teri va charmdan ehtiyojlarni qondirishda muhim edi.
Chorvachilik sohasi jamoalarni moddiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.

Shu sababdan, ayniqsa ko‘chmanchi chorvachilik sohasiga o‘tish chog‘ida, iqtisodiy va

demografik omillari ta’sirida yaylovlarning hududiy doirasini kengaytirish, yangi yaylovlarni
va tabiat resurslarini egallab olish zarurati vujudga kelgan paytlarda, kuch ishlatish va
boshqalardan mol-mulkini, chorva podalarini zo‘ravonlik bilan olib ketishga to‘g‘ri kelardi.
Shu tufayli, harbiy ish, jang strategiyasi va taktikasi rivojlandi.

“Avesto” da ikki qirrali o‘tkir o‘qlar, tosh gurzi, harbiy oybolta, nayza, xanjar, qalqon,

dubulg‘a, otlar qo‘shilgan jangovar aravalar va “chaqqon otlarga ega jangchilar” tilga olinib,
o‘tgan davrlarda yuz bergan bosqinlar va urushlar, talon-tarojlik va turar-joylarning xarob
qilinishi kabi-harakatlar ochib berilgan

12

.

Mil. avv. IX-VIII asrlar va ayniqsa, mil.avv.VII asr Markaziy Osiyo, Qozog‘istonning

dashtlarida ko‘chmanchi turmush tarzi keng yoyildi, ko‘chmanchilar qurol-yarog‘ni
rivojlantirish sohasida yutuqlarga erishib, katta harbiy kuchga aylandi. Ko‘chmanchilarning
bosqinlari mintaqaning janubiy viloyatlardagi o‘troq aholisi uchun amalga oshadigan haqiqiy
taxdid bo‘lib turardi. Harbiy bosqinlardan himoyalanish zarurati keng qamrovli himoyalanish
tizimini tashkillashtirish talab etardi. Shunga ko‘ra, strategik ahamiyatga ega joylarda (dasht
va tog‘li aloqa yo‘llari yoqalari, Amudaryodan kechuvlar, tog‘ daralarida) inshootlari, harbiy
istehkomlar bunyod etila boshladi

13

.

10

Қурбонова Д. Ш. Хоразм воҳасининг қадимги ва илк ўрта асрлар маънавий маданияти. – Тошкент:

Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2015. – Б. 172.

11

Авесто. Яшт китоби // М. Исҳоқов таржимаси. – Тошкент: “Шарқ”, 2001. – Б. 22-23.

12

Авесто. Яшт китоби.. Б. 67-68.

13

Шайдуллаев Ш. Б. Северная Бактрия в эпоху раннего железного века. – Ташкент: Изд. им. А. Кадири, 2000.;

Сагдуллаев А. С. Становление раннебактрийской и раннесогдийской государственности // История
государственности Узбекистана. – Ташкент: “Узбекистан”, 2009. Т. I. – С. 79.


background image

42

Yurishlar va bosqinlar ibtidoiy jamiyatning yemirilishi va qabilalarning harbiy-siyosiy

uyushmalari vujudga kelishi davriga to‘g‘ri kelgan. Bosqinlar zo‘ravonlik yo‘li bilan moddiy
boylilar va qo‘shimcha mahsulotni qo‘lga kiritishga intilishdan kelib chiqqan. Ijtimoiy va
iqtisodiy omillarning o‘zgaruvchanligi o‘troq aholi bilan ko‘chmanchi qabilalar hamda
bevosita chorvador-cho‘ponlar o‘rtasida o‘zaro kurashlar va raqobatlar, yuqorida qayd
etilgandek, bo‘z yerlar va yaylovlar uchun kurashga sabab bo‘lgan. Bu jarayon “qo‘shinlarning
bosqinlari”, “jangovar saflarning bir-biriga duch kelishi”, “qonxo‘r dushman qo‘shinlari” kabi
ta’rifda “Avesto”da o‘z aksini topib, iqtisodiy va siyosiy manfaatlar ustunlik qilgan davrlardan
xabar beradi

14

.

Bu voqealar ta’sirida ko‘chmanchilarning jamiyatida yangi ijtimoiy tizim vujudga keldi.

Qabila, ijtimoiy institut sifatida, urug‘ va jamoaga nisbatan butunlay ustunlik qila boshlaydi.
Chorvadorlar jamiyati tarixiga xos qabila yig‘ini, oqsoqollar kengashi, urug‘-qabila boshliqlari
o‘z mavqei ahamiyatini saqlab turgan bo‘lsada, tashqi munosabatlar tizimida harbiy
yo‘lboshchilar, qabilalar birlashmalari katta o‘rin egallab, ularning harbiy funksiyalari
oshadi

15

.

Orolbo‘yi hududlarida bunday harbiy uyushmalar, qabilalar birlashmalari shakllana

boshlaydi. V. N. Yagodinning ta’kidlashicha, tarixiy-etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy
bosqinlar ko‘chmanchi chorvador jamoalari tarixining “harbiy demokratiya” bosqichida
yuzaga kelgan

16

.

Shu qatorda, bizning fikrimizcha, tadqiqotchining chorvadorlar tarixiga doir harbiy

zadagonlarning qabila tarkibidagi a’zolarini “ekspluatatsiyasiga intilishi”, jamoa ichida
sinflarning ajralib chiqishi haqidagi xulosalari bahslidir. Bu g‘oyalar ibtidoiy jamiyatdan
davlatchilik tizimiga o‘tishda harbiy yo‘lboshchilar, “zodagonlar jamiyati” paydo bo‘lishiga
universal ahamiyat berish konsepsiyasi

17

bilan bog‘liq holda talqin qilingan.

Qadimgi chorvadorlar tarixida siyosiy uyushmalar va harbiylashish jarayonlarning

paydo bo‘lishi nafaqat qo‘shnilarga qarshi yurishlar va bosqinlarni tashkillashtirish, balki
birinchi galda, o‘z hududlari va yaylovlarni, turarjoylar va manzilgohlarini hamda chorva
podalarini tashqi bosqinlardan himoyalash zarurati bilan belgilangan. Shu tufayli har bir
cho‘pon qurollangan bo‘lib, otliq va piyoda qo‘shinlar safda dushmanga zarba berishga tayyor
bo‘lgan. Bunday urug‘-qabila jamoalarini birlashtirgan ijtimoiy-siyosiy muhit, yuqorida
tasvirlangan “ichki ekspluatatsiya” va “sinflarning ajralib chiqishi” ga oid taxminiy
manzarasidan ancha yiroq bo‘lgan.

V.N.Yagodinning fikricha, mil.avv.VII asrning oxiri – VI asr o‘rtalarida Xorazmning

g‘arbiy qismidagi Ko‘zaliqir yangi davlatchilik markazi bo‘lib, bu davlatning chegaralari
Sariqamishbo‘yi hududlari bilan cheklangan. Davlat boshqaruvi yo‘lboshchi – “podshoh”
hokimiyatiga, qabilaviy zodagonlar va harbiy qo‘shin kuchiga asoslangan. Ko‘zaliqirning ichki

14

Авеста. Избранные гимны // Пер. с авестийского И. М. Стеблин-Каменского. – Душанбе: “Адиб”, 1990.

– С. 121-123.

15

Матякубов Х. Х. Хоразм воҳасида қадимги бошқарув тизими... Б. 188-190.

16

Ягодин В. Н. Генезис и формирование... С. 119.

17

Абдуллаев Ў. И. Ўрта Осиёда ибтидий жамоа тузуми ва илк давлатчилик тарихи. – Тошкент: “Lesson Press”,

2019. – Б. 58-59.


background image

43

qal’asi saroyida qabul marosimlari amalga oshirilgan va olovga sig‘inish bilan bog‘liq e’tiqod
marosimlari ham ado etilgan

18

.

Tadqiqotchining qarashlari bo‘yicha Ko‘zaliqir harbiy – ma’muriy va ibodat markazi

ko‘rinishiga ega. Shu sababdan ichki qal’ada joylashgan saroyning keng hovlisida o‘rnatilgan
taxtida marosimlar chog‘ida saklar podshosi o‘tirgan ekan, hovlining ikki yon tomonida xom
g‘ishtdan terilgan supalarda qabila zodagonlari joylashgan, taxtning ro‘parasida, hovlining
markazida baland poydevorga ega ibodat otashkadasida olov yonib turgan kabi xulosalarga
kelingan

19

.

Muhokama.

Dehqonchilik vohalarida davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi

davriga oid tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan va e’lon qilingan boshqaruv va nazorat
funksiyalari jadvalida

20

, mil. avv.VII asr oxirlari – VI asr o‘rtalari Xorazm tarixiga xos quyidagi

iqtisodiy, ijtimoiy va harbiy omillar muvofiq keladi:

jamoa xo‘jaligi va ijtimoiy mehnat taqsimoti, xo‘jalik va qurilish ishlarini tashkil etish;

hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish, tayyor mahsulot va xom ashyoni ayirboshlash;

jamoaning ijtimoiy aloqalarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, bahsli masalalarni hal

qilish;

aholini tashqi bosqin xavfidan himoya qilish zarurati, turli xil hujum va himoya qilish

qurollarini tayyorlash;

harbiy qo‘shin va mudofaa ishlarini tashkil etish;
yaylovlarning maydonini taqsimlash va chegaralash;
jamoalar o‘rtasida yuzaga kelgan hududiy muammolarni hal etish;
diniy marosimlarni ado etish.
Shu omillarning barchasi, jamoalarning ichki va tashqi faoliyatidagi munosabatlarni

boshqarib turish zaruratini vujudga keltirib, boshqaruv ishlari bilan band bo‘lgan
shaxslarning saralanishiga olib kelgan.

Biroq, mil.avv.VII-VI asrlarda, Xorazmga nisbatan Sug‘d, Baqtriya va Marg‘iyonada

manzilgohlar va aholining hududiy joylashish tamoyillari ancha farq qilib, alohida madaniy-
xo‘jalik tuman-vohalar tizimiga asoslangan. Tuman-vohalari manzilgohlar, irrigatsiya tizimi,
sug‘oriladigan dalalar, xo‘jalik va qurilish maqsadida ishlatilmagan yerlar va yaylovlardan
iborat bo‘lgan. Shunday tumanlar dehqonchilik jamoalarning yashash uchun moddiy
poydevori bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan voha hududi mehnat va ishlab chiqarish ob’ekti,
ishlab chiqarish kuchlar va ishlab chiqish vositalarning to‘planish joyi, xo‘jalik, madaniy va
boshqa ijtimoiy aloqalarning asosini tashkil etgan

21

.

Masalan, mil.avv. VII-VI asrlarda Janubiy O‘zbekistondagi Mirshodi madaniy-xo‘jalik

tumanida (Surxondaryo vohasi) Ko‘zaliqir singari mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan
Qiziltepa atrofida 15-16 ta dehqonchilik uy-qurg‘onlari joylashgan. Ular alohida katta
patriarxal oilalarga tegishli bo‘lgan va tuman-voha doirasida birlashib, hududiy qo‘shnichilik

18

Ягодин В. Н. Низовья Амударьи в эпоху распада первобытно-общинного строя и возникновения первичных

государственных образований // Хорезм в истории государственности Узбекистана. – Ташкент, 2013. – С. 28-29.

19

Ягодин В. Н. Низовья Амударьи..С. 27.

20

Сагдуллаев А. С. Становление раннебактрийской ... С.87.

21

Сагдуллаев А. С. Усадьбы древней Бактрии. – Ташкент: “Фан”, 1987. – С. 77-78.


background image

44

jamoalarini tashkil etgan, uy-qurgonlar yashovchilarning bosh vazifasi qishloq xo‘jalik
mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularga ishlov berish bilan bog‘langan edi

22

.

Ko‘zaliqir tevaragida ham 2-3 xonadan iborat, bir-biridan 80-140 m masofada

joylashgan turar-joylarning bunyod etilganligi ta’xmin qilinadi. Ammo, ular qazib ochilmagan
va bu borada fikr-xulosalar ayrim joylarda sopol idishlar parchalari va ularni pishirish uchun
ishlatilgan va o‘z davrida buzilib ketgan xumdon qoldiqlari topilmalariga asoslangan.
Xorazmda qadimiy ziroatkorlik uy-qurg‘onlarning katta qismi (220 ta uy-joylar)
Amudaryoning o‘ng sohil hududlarida aniqlangan, lekin ular mil.avv. V-IV asrlarga, ya’ni
Ahamoniylar davriga oiddir

23

.

Xorazmning sharqiy qismida (Oqchadaryo deltasi) uy-qo‘rg‘onlar, yuqorida tilga olingan

Mirshodi vohasi singari, alohida guruhlarga bo‘linib, bir-biridan 50-120 m masofadagi
sug‘orish kanallar bo‘ylarida joylashgan. Bu qo‘rg‘onlar qishloq xo‘jalik vohalarni tashkil
etgan, ba’zilarida kulolchilik xumdonlar va temirga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan
ustaxonalarning qoldiqlari topilgan

24

. Ammo, Ko‘zaliqir qal’asi atrofida qo‘shni jamoalarning

hududiy joylashish xususiyatlari va sun’iy sug‘orish inshootlar – kanal va ariqlarning izlari
aniqlanmagan.

Ko‘zaliqir madaniyati tub joyli saklar – xorazmliklar madaniyatini o‘zgartirgan, ehtimol

shu sababdan ilmiy adabiyotlarda Xorazmda sug‘orish inshootlari mil. avv.VI asrning so‘nggi
choragida vujudga kelgan deb fikr bildirildi

25

. Ko‘zaliqir madaniyatining paydo bo‘lishini

migratsiyalar orqali turli madaniy yangiliklar, texnologik yutuqlar va ilg‘or an’analar tatbiq
etilishining mintaqada xududiy kengayib borishi bilan bog‘lash zaruratini yana bir-bor
ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.

Ko‘zaliqir misolida, mil. avv. VI asrning birinchi yarmiga oid Xorazmning ijtimoiy

munosabatlar tarixida murakkab jarayonlar yuzaga kelganligi (ichki qal’ada qarorgoh – saroy
va e’tiqod markazining bunyod etilishi) kuzatildi. Xorazm vohasida avval ma’lum bo‘lmagan
harbiy istehkom, mudofaa tizim yirik imoratlarning bunyod etilishi, qurilish va arxitektura
sohasida paxsa va xom g‘isht ishlatilishning boshlanishi, amaliy binokorlik bilimlari va
usullarining yoyilishi, kulolchilik charxi va temir qurollaridan foydalanishni ham Marg‘iyona
Baqtriya aholisining migratsiyalari natijasi sifatida tan olindi.

Ko‘zaliqir madaniyati davrida taraqqiy etgan davlatchilik tuzilishidagi boshqaruv

dastlab urug‘-qabila tuzumining ijtimoiy munosabatlari, urf-odatlari va e’tiqodlar an’analariga
asoslanib, jamoalarning hayotiy zarur manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy hududiy va harbiy
sohalarda amalga oshirish kabi vazifalar bilan belgilangan. Ammo oldingi davrlarga nisbatan
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va tashqi aloqalarning jadal rivojlanishi oqibatida boshqaruv
funksiyalari kengayib borib, murakkablashgan.

26

Tadqiqotchilarning yozishicha mil. avv. 545-539 yillar orasida fors shohi Kir II

Marg‘iyona, Xorazm, Sug‘d va Baqtriyani zabt etib, Ahamoniylar davlatining hududiy

22

Сагдуллаев А. С. Усадьбы древней Бактрии...С.70

23

Воробьёва М. Г. Дингильдже. Усадьба I тысячелетия до.н.э. в древнем Хорезме // МХЭ. – М., 1973. Вып. 9. –

С. 214.

24

Воробьёва М. Г. Дингильже... С. 216.

25

Аскаров А. Новые подходы к изучению истории древнего Хорезма // O‘zbekiston tarixi. 2007. № 4. – С. 14.

26

Мамбетуллаев М. Социально-экономические и политические факторы возникновения и развития

городов Хорезма эпохи античности // ИМКУ. – Ташкент, 2002. Вып. 33. – С. 127-128.


background image

45

chegaralari Sirdaryo havzasi va Hindistonning shimoli-g‘arbigacha yetgan

27

. Lekin Kaspiy va

Orol dengizlari o‘rtasidagi dashtlarda yashagan sak-massagetlar forslarga bo‘ysunmagan.
Mil.avv.530 yilda Kir II ularga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qilgan.

Doro I hukmronligiga qadar ko‘chmanchi qabilalar forslar bilan kurashgan. Mil. avv. 519

yilda fors shohi Doro I ning sakatigraxaudalarga yurishlaridan so‘ng, saklar Ahamoniylar
davlatiga kirgan

28

. Qisqacha yoritilgan bu siyosiy voqealar, saklar kuchli harbiy uyushmalarni

tashkil etganidan guvohlik beradi.

Xulosa.

Shuni ta’kidlash joizki, Ko‘zaliqir qal’asidan ilgari davrda, mudofaa devorlari

bilan o‘rab olingan va ichki qal’a qarorgohiga ega yirik markazlar Baqtriya va Sug‘d
hududlarida bunyod etilgan. Masalan, Baqtriyada Qiziltepa, Oltindilyor va Otchopar

29

,

Sug‘dagi Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Ko‘ktepa

30

shunday katta harbiy istehkomlarni tashkil etib,

ular dehqonchilik vohalarida yashagan aholi va chorva uchun bekinadigan joy, harbiy
bosqinlardan himoyalanish imkoniga ega bo‘lishgan.

Ko‘zaliqirning ichki qal’asida qabilalar uyushmasi sardorining saroy-qarorgohi va

qishloq xo‘jalik mahsulotlari zahiralani saqlanishiga mo‘ljallangan xumlardan iborat
omborxonalar va don o‘ralari aniqlangan. Hamda qal’ada temir eritish va temirga ishlov
berish ustaxonaning qoldiqlari topilgan

31

.

Ko‘zaliqir moddiy madaniyati tarkibida saklarga xos qo‘lda ishlangan sopol idishlar,

bronza o‘q uchlari va ot anjomlari mavjud, lekin asosiy belgilarga ko‘ra (arxitektura, g‘ishtdan
bunyod etilgan katta binolar, mudofaa tizimi, kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlar,
temirga ishlov berish) va zardushtiylik dafn marosimlarining yoyilishi janubiy sivilizatsiyalar
an’analarining keng tarqalishidan dalolat beradi.

Ko‘zaliqir vohasida, Amudaryoning Dovdon o‘zani bo‘ylab Quyisoy, Yassiqir kabi o‘troq

chorvadorlarning manzilgohlari joylashgan. Janubiy Xorazmdagi Xazarasp vohasida bevosita
Amudaryo o‘zaniga yaqin xududda yashagan aholi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug‘ullanishgan. Bundan Xumbuztepa, Qaratosh va Toshsaqa yodgorliklarda qo‘lga kiritilgan
arxeologik materialar dalolat beradi

32

. Shuningdek, O‘rta Amudaryoning so‘l sohilida

Ko‘zaliqir madaniyatiga oid Qo‘shqal’aning kashf etilishi tufayli, o‘z paytida qadimgi
Xorazmning janubiy chegaralari xususida masala ilgari surilgan edi

33

. Bunday yondashuv o‘z

tarafdorlarini topib, Sh.T.Adilovning maqolasida, mil.avv.VI asrda G‘arbiy Sug‘d-Buxoro
vohasi yerlarini o‘zlashtirilishi jarayonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorazmliklarning migratsiyasi
sifatida faraz qilingan

34

.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, mil.avv. VI asrning birinchi yarmida Xorazmning aholi

o‘troq chorvadorlar va ziroatkorlarga bo‘linishi, ularning hududiy joylashish doirasining

27

Дандамаев М. А., Луконин В. Г. Культура и экономика древнего Ирана. – М.: “Наука”, 1980. – С. 104.

28

Дандамаев М. А. Политическая история Ахеменидской державы...С. 100-103.

29

Мамедов М. Древняя архитектура Бактрии и Маргианы. – Ашхабад, 2003. – С. 85-86.

30

Хасанов М. Илк темир ва антик даврда Суғд маданияти: Тарих фан. докт. (DSc) дисс... автореф.

– Самарқанд: Миллий археология маркази, 2021. – Б. 32-33.

31

Вишневская О. А., Рапопорт Ю. А. Городище Кюзели-гыр... С.155-156.

32

Баратов С. Р. Новые данные по археологии Южного Хорезма // Археология Узбекистана. – Самарканд,

2013. № 1.

33

Воробьёва М. Г. Проблема «Большого Хорезма» археология // Этнография и археология Средней Азии. –

М.: “Наука”, 1979. – С. 40-41.

34

Адылов Ш. Т. Западный Согд в VI в. до.н.э. – IV в.н.э. (очерк по политической и этнической истории

региона) // ИМКУ. – Ташкент, 2024. Вып 44. – С. 124-125.


background image

46

kengayib borishi, dehqonchilik uy-qo‘rg‘onlari va qal’alarning paydo bo‘lishi va
hunarmandchilikning yangi asoslarda rivojlanishini ko‘rsatib beradi.

References:

1.

Герадот. I. 201.

2.

Кузьмина Е. Е. Экология степей Евразии и проблема происхождения номадизма. II.

Возникновение кочевого скотоводства // ВДИ. – М., 1997. № 2. – С. 81-94.
3.

Лившиц В. А. Общество Авесты // История Таджикского народа. – М. 1963.Т. I. – С.

139-144.
4.

Матяқубов Х. Хоразм воҳаси бронза асри ва илк темир даври тарихи. – Тошкент,

2017. – Б. 151.
5.

Матякубов Х. Х. Хоразм воҳасида қадимги бошқарув тизими ва ижтимоий

муносабатлар муаммолари (бронза ва илк темир даври) // Ўзбекистон давлат
бошқаруви ва маҳаллий ўз-ўзини бошқарув тарихи. – Тошкент, 2014. – Б. 188-196.
6.

Першиц А. И., Монгайт А. Л, Алексеев В. П. История первобытного общества. – М.:

“Высшая школа” 1968. – С. 194-195.
7.

Пьянков И. В. Общественный строй ранних кочевников по данным античных

авторов // Ранние кочевники Средней Азии и Казахстана. – Л., 1975. – С. 84-93.
8.

Қурбонова Д. Ш. Хоразм воҳасининг қадимги ва илк ўрта асрлар маънавий

маданияти. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2015. – Б. 172.
9.

Сазонова М. В. Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма. – Л., 1978. – С.

54-56.
10.

Страбон. Кн.XI, VIII, 4-5.

11.

Вайнберг Б. И. Скотоводческие племена в древнем Хорезме // Культура и

искусство древнего Хорезма. – М.: “Наука”, 1981. – С. 121-123.
12.

Вайнберг Б. И., Юсупов Х. Кочевники северо-западной Туркмении // Степная

полоса азиатской части СССР в скифо-сарматское время. – М.: “Наука”, 1992.
13.

Яблонский Л. Т. Формирование культуры саков Южного Приаралья // СА. – М.,

1991. № 1. – С. 72-89.
14.

Ясна. Глава XIX // Перевод Виноградовой С. П. Хрестоматия по истории Древнего

Востока. – М.: “Высшая школа”, 1980. – С.64.
15.

Юсупов Х. Ю. Памятники древних кочевников Заузбойского плато // Культура и

искусство древнего Хорезма. – М.: “Наука”, 1981. – С. 142-143.
16.

Ўзбекистон тарихи (Хоразм тарихи). XI жилд. – Тошкент: “Ozbekiston”, 2023. – Б.

38-40.

Библиографические ссылки

Герадот. I. 201.

Кузьмина Е. Е. Экология степей Евразии и проблема происхождения номадизма. II. Возникновение кочевого скотоводства // ВДИ. – М., 1997. № 2. – С. 81-94.

Лившиц В. А. Общество Авесты // История Таджикского народа. – М. 1963.Т. I. – С. 139-144.

Матяқубов Х. Хоразм воҳаси бронза асри ва илк темир даври тарихи. – Тошкент, 2017. – Б. 151.

Матякубов Х. Х. Хоразм воҳасида қадимги бошқарув тизими ва ижтимоий муносабатлар муаммолари (бронза ва илк темир даври) // Ўзбекистон давлат бошқаруви ва маҳаллий ўз-ўзини бошқарув тарихи. – Тошкент, 2014. – Б. 188-196.

Першиц А. И., Монгайт А. Л, Алексеев В. П. История первобытного общества. – М.: “Высшая школа” 1968. – С. 194-195.

Пьянков И. В. Общественный строй ранних кочевников по данным античных авторов // Ранние кочевники Средней Азии и Казахстана. – Л., 1975. – С. 84-93.

Қурбонова Д. Ш. Хоразм воҳасининг қадимги ва илк ўрта асрлар маънавий маданияти. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2015. – Б. 172.

Сазонова М. В. Традиционное хозяйство узбеков Южного Хорезма. – Л., 1978. – С. 54-56.

Страбон. Кн.XI, VIII, 4-5.

Вайнберг Б. И. Скотоводческие племена в древнем Хорезме // Культура и искусство древнего Хорезма. – М.: “Наука”, 1981. – С. 121-123.

Вайнберг Б. И., Юсупов Х. Кочевники северо-западной Туркмении // Степная полоса азиатской части СССР в скифо-сарматское время. – М.: “Наука”, 1992.

Яблонский Л. Т. Формирование культуры саков Южного Приаралья // СА. ¬– М., 1991. № 1. – С. 72-89.

Ясна. Глава XIX // Перевод Виноградовой С. П. Хрестоматия по истории Древнего Востока. – М.: “Высшая школа”, 1980. – С.64.

Юсупов Х. Ю. Памятники древних кочевников Заузбойского плато // Культура и искусство древнего Хорезма. – М.: “Наука”, 1981. – С. 142-143.

Ўзбекистон тарихи (Хоразм тарихи). XI жилд. – Тошкент: “Ozbekiston”, 2023. – Б. 38-40.