34
MAXSUS IQTISODIY ZONALAR INVESTITSION FAOLLIGINING ASOSIY
XUSUSIYATLARI
Djurayeva Iroda Bahrom qizi
TDIU tayanch doktoranti, ISFT instituti o‘qituvchisi
ORCID: 0009-0006-5614-8591
https://doi.org/10.5281/zenodo.14722677
Annotatsiya:
Mazkur maqola O‘zbekistondagi maxsus iqtisodiy zonalarning (MIZ)
investitsion faolligini tahlil qiladi. Unda soliq va bojxona imtiyozlari, rivojlangan infratuzilma,
qulay biznes muhiti, hududiy ixtisoslashuv, eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va boshqa xususiyatlar batafsil yoritilgan.
Shuningdek, maqolada O‘zbekiston MIZlaridagi so‘nggi yillardagi statistik ko‘rsatkichlar
keltirilib, ularning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.
Abstract:
This article analyzes the investment activity of special economic zones (SEZs)
in Uzbekistan. It examines tax and customs incentives, developed infrastructure, a favorable
business environment, regional specialization, export potential, attraction of foreign
investments, development of innovative technologies, and other features. The article also
presents statistical data on Uzbekistan’s SEZs in recent years and analyzes their contribution
to the country's economic development.
Kalit so‘zlar:
maxsus iqtisodiy zonalar, investitsion faollik, soliq imtiyozlari, eksport
salohiyati, infratuzilma, innovatsion texnologiyalar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, xorijiy
investitsiyalar, ekologik barqarorlik.
Keywords:
special economic zones, investment activity, tax incentives, export potential,
infrastructure, innovative technologies, Uzbekistan’s economy, foreign investments,
environmental sustainability.
Kirish.
Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligini oshirishda bir
qancha omillar taʼsir etadi. Ushbu omillar maxsus iqtisodiy zonalardagi investitsion muhitni
shakllantirish barobarida investorlarga maxsus iqtisodiy zonadagi investitsion imkoniyatlar,
mulkiy va nomulkiy munosabatlarning qonuniy tartibga solinish darajasi va kafolatlari,
investorlar huquq va manfaatlarining qonun yoʻli bilan himoya qilinishi, kiritilgan
investitsiyalar qaytimining investor uchun manfaatli ekanligi haqida batafsil maʼlumot beradi.
Taʼsir etuvchi omillarni baholash orqali maxsus iqtisodiy zonalardagi inve stitsiyaon muhitni
yaxshilash va natijada investitsion resurslar faollikni yaxshilash hamda yanada faollashtirish
boʻyiycha zaruriy chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati mavjud boʻladi.
Bu borada, maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligiga taʼsir etuvchi
omillarni ikki yirik guruhga: tashqi taʼsir etuvchi omillar va ichki taʼsir etuvchi omillarga
ajratish mumkin.
Maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligiga taʼsir etuvchi tashqi
omillarning eng muhimlari sirasiga quyidagilarni keltirish mumkin:
- xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hamkorlik tashkilotlariga aʼzolik;
- xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼlon qilinadigan reytinglar va indekslar;
- jahonda yuz berayotgan iqtisodiy holat (iqtisodiy-moliyaviy inqirozlar, inflyatsiya
jarayonlari, pul-kredit sohasidagi oʻzgarishlar).
35
Tashqi omillar haqida soʻz borganda, maxsus iqtisodiy zonalarga xorijiy investorlarni
jalb etishda mamlakatning xalqaro reytinglardagi oʻrni muhim oʻringa ega.
Respublikamizda xalqaro maydonda etakchi va nufuzli tashkilotlar, moliya institutlari,
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan har yili eʼlon qilinib boriladigan sohalar boʻyicha
xalqaro reytinglar va indekslarda tobora yuqori pogʻonalarga koʻtarilish orqali mamlakatga
xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni
yanada oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va
indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4210-son Qarori, 2020-yil 2-
iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash
hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini
joriy qilish toʻgʻrisida”gi PF-6003-son Farmoni ushbu yoʻnalishladagi ishlarning
samaradorligini oshirish uchun muhim huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda.
Asosiy qism.
Jahon Banki guruhi tomonidan 2020-yilda eʼlon qilingan “Doing Business 2020
(Comraring Business Regulation in 190 Economies 2020)” toʻplamida 190 davlatning
iqtisodiy rivojlanish yoki uning aksincha holati tahlil etilgan. Mazkur tahliliy toʻplamda qayd
etilishicha, iqtisodiyot tarmoqlari uchun xorijiy investitsiyalar oqimiga mazkur xalqaro
tashkilot tomonidan tuziladigan va jahon miqyosida keng eʼlon qilinadigan “Doing Business
2020” xalqaro reytingi rivojlanayotgan davlatlarga investitsiyalarni kiritishda xorijiy
investorlarning asosiy qaror qabul qilish mezonlaridan biri hisoblanadi.
1
“Biznesni yuritish”
reytingining 2018-yil natijalari yuzasidan nashr etilgan toʻplamning “Srecial economic zones
(erkin iqtisodiy zonalar)” boʻlimida dunyo miqyosida ushbu zonalarga investitsiyalarni
kiritishda xalqaro indekslar va reytinglar natijalarining taʼsiri xorijiy davlatlar va yirik
mintaqalarda faoliyat olib borayotgan erkin iqtisodiy zonalar misolida tahlil etilgan.
2
Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa va u yuqori oʻrinda boʻlsa, bu ushbu
davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Bugungi
zamonaviy dunyoda hamkorlik oʻrnatish istagida boʻlgan davlatlar va tashkilotlar umumeʼtirof
etilgan reytinglarga, albatta, eʼtibor qaratadi
3
.
Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi “Taraqqiyot Strategiyasi” markazi Shveysariyaning
“Rease Nexus” fondi yordamida “Qoʻshma Harakatlar Tadqiqoti” (Rarticiratory Action
Research-RAR) loyihasi metodologiyasiga asoslangan holda 100 dan ortiq intervyular,
soʻrovnomalar oʻtkazdi. Mazkur soʻrovnomalarda ishtirok etgan mamlakatimizda faoliyat olib
boruvchi maxsus iqtisodiy zonalardagi xorijiy investorlarning kattagina qismi
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va reytinglardagi oʻrnini doimiy kuzatib borishi,
ular tomonidan qabul qilinadigan investitsiya qarorlarida bu ahamiyatli ekanligini qayd
etishgan
4
.
1
worldbank.org/curated/en/688761571934946384/rdf/Doing-Business-2020-Comraring-Business-Regulation-in-190-
Economies.rdf
2
httrs://www.doingbusiness.org/content/dam/doingBusiness/media/Annual-Rerorts/English/DB2018-Full-Rerort.rdf
3
Jumaev N.X.
Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrni nima uchun kerak?. httr://xs.uz/uzkr/rost/ozbekistonning-
khalqaro-rejtinglardagi-orni-nima-uchun-kerak
4
“Taraqqiyot Strategiyasi” markazi tadqiqot natijalari asosida.
36
1-rasm. Oʻzbekistonning “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022” xalqaro reytingidagi
oʻrni
5
Bu borada, AQSHlari faoliyat olib boruvchi Heritage Foundation tashkiloti tomonidan
eʼlon qilingan “Iqtisodiy erkinlikindeksi – 2022” hisobotida respublikamiz dunyo reytingida
117-oʻrinni egallab, “iqtisodiyoti erkin boʻlmagan davlatlar” guruhida qoldi.
Umumiy investitsiya rejimini takomillashtirish, shu jumladan davlat korxonalarini
xususiylashtirishga ruxsat berishga doir amaliy chora-tadbirlar qabul qilinganligi bu borada
muhim oʻringa ega. Eʼtiborlisi, mamlakatda moliya sektori modernizatsiya qilinsada, tijorat
banklari ustav kapitalida davlatning ulushi yuqoriligicha qolmoqda.
Xulosa
, maxsus iqtisodiy zonalarning investitsion resurslar faolligiga taʼsir etuvchi ichki
omillardan kelib chiqqan holda, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni
tayyorlash instituti bilan hamkorlikda Respublikaning barcha hududlaridagi rezidentlar
(maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari, yosh tabirkorlik subʼektlari, investorlar va boshq.)
oʻrtasida tadbirkorlik faoliyati va muhiti hamda ushbu sohadagi dolzarb muammolar
yuzasidan sotsiologik tadqiqot oʻtkazildi. Maxsus iqtisodiy zonalar investitsiyalarni jalb
qilishda muhim rol o'ynaydi. Ularning soliqlar va bojxona imtiyozlari, rivojlangan
infratuzilma, qulay biznes muhiti va innovatsion salohiyati investitsion faollikni oshiradi. Shu
bilan birga, MIZlar mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga va xalqaro miqyosda
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
References:
1.
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг 2020 йил 17 фeврaлдaги “Мaxсус иқтисoдий
зoнaлaр тўғрисидa”ги ЎРҚ-604-сoн Қoнуни
2.
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг 2021 йил 21 aпрeлдaги “Ёшлaр сaнoaт
вa тaдбиркoрлик зoнaлaри фaoлиятини тaшкил этиш ҳaмдa ёшлaрнинг
тaдбиркoрликкa
oид
тaшaббуслaрини
қўллaб-қуввaтлaш
чoрa-тaдбирлaри
тўғрисидa”ги ПҚ-5088-сoн қaрoри
3.
Ўзбeкистoн Рeспубликaсидa эркин иқтисoдий зoнaлaрни 2020-2025 йиллaрдa
ривoжлaнтириш кoнцeпцияси
4.
Кaримқулoв Ж. Эркин иқтисoдий ҳудудлaргa xoрижий инвeстициялaрни жaлб
қилишни ривoжлaнтириш йўнaлишлaри. 08.00.07 – “Мoлия, пул муoмaлaси вa крeдит”.
5
37
Иқтисoдиёт фaнлaри дoктoри (DSc) илмий дaрaжaсини oлиш учун тaқдим этилгaн
диссeртaция. Тoшкeнт – 2019. 244 б.
5.
Кузиeвa Н.Р. Xoрижий инвeстициялaр иштирoкидaги кoрxoнaлaр мoлия вa крeдит
мexaнизмини тaкoмиллaштириш йўллaри. Мoнoгрaфия. Т.: 2006. 296 б.
6.
Нaзaрoвa Г.Ғ., Xaлилoв X.X. вa бoшқaлaр. Эркин иқтисoдий ҳудудлaр. Дaрслик. Т.:
ТДИУ, 2011,
7.
Мирзaлиeвa С.С. Эркин иқтисoдий зoнaлaрни ривoжлaнтиришнинг xoриж
тaжрибaси: И.ф.н. илмий дaрaжaсини oлиш учун тaқдим этилгaн диссeртaция
Aвтoрeфeрaти. Тoшкeнт. ТДИУ, 2001. 8-бeт.