117
BOLAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISINING INNOVATSION KASBIY
MAHORATINI OSHIRISH MUAMMOLARI
Turg’unova Xumora Xusniddin qizi
O’zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich
ta’lim yo’nalishi magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14778104
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim dasturlari bilan birga ish olib borish
hamda innovatsion yangiliklar, o’z kasbiga tegishli zamonaviy bilim va axborotlardan
xabar topish kerakligi to’g’risida so’z olib boradi. O’qituvchining kasbiy mahorati, umuman
olganda pedagoglarga tegishli bo’lgan mahoratlar majmui to’g’risidagi fikrlar
mujassamlashgan. Maqolada kasbiy mahoratni oshirish va rivojlantirish uchun turli usullar va
vositalari hamda metodlar yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Zamonaviy ta’lim, boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining innovatsion
kasbiy mahorati, metod, innovatsiya, standart, mahorat, kasbiy mahorat, qobilyat, takt.
Hozirgi kunda barchamizga ma’lum bo’lgan zamonaviy innovatsion ta’lim butun
respublikamizdagi barcha muassasalarda, ya’ni maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’rta
maxsus kasb-hunar ta’limi , oliy ta’lim, oliy ta’limdan keying ta’lim jarayonlarida keng tadbiq
qilinmoqda. Ta’lim jarayoni sifatini oshirish yurtimizning gullab yashnashi, shu bilan
birgalikda dunyodagi rivojlangan davlatlar safiga kirishi, ilm-fan sohasida yetakchi
davlatlar qatoridan o’rin olishi uchun zamin yaratadi. Ta’lim olish jarayoni maktab ostonasiga
ilk qadamini qoʻygan kundan, ya’ni boshlang’ich sinfligidan boshlanadi. Shunday ekan biz
fikrimizmi boshlang’ich ta’lim o’qituvchining faoliyatiga diqqatimizni qaratamiz.
Kundan kun yangilanib, rivojlanib borayotgan borayotgan zamonimizda ta’lim sohasiga
juda kata e’tibor hamda talab qo’yilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya
to’g’risida bir qancha mazmunli gaplarni aytib o’tganlar, misol tariqasida shu jumlasini
keltirib o’tishimiz mumkin, “Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb so’rasangiz,
farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”. Bu fikrlar ta’lim fidoyilari sonini
yanada ortishiga sabab bo’la oladi. O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida Prezident
Sh.M.Mirziyaev ma'naviyat haqida quyidagi tarifni keltirdi: "ma'naviyat -insonlar o'rtasidagi
o'zaro ishonch, hurmat va etibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu
intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda manaviyat - jamiyatdagi barcha
siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir".
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy mahorati shu bilan birgalikda innovatsion
kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim sohasining rivijlanishi bo’yicha qo’yilgan eng
dastlabki qadam bo’ladi. O’qituvchi o’z kasbiy mahoratini rivojlantirish, o’z ustida ko’proq
ishlash, zamon talablariga mos kadr bo’lishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor
bo’lishi lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarning dastlabki kunidan boshlab
ta’lim – tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi sharafli kasb egalaridir. Shunday ekan o’qituvchida
ularda bilim, kasbiy mahorat, innovatsion texnologiyalar yuqori darajada shakllangan
bo’lishi lozim. Kasbiy mahorat nafaqat boshlang’ich sinf o’qituvchisida , balki barcga
pedagoglarda bo’lishi talab etiladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisida innovatsion kasbiy
mahoratning yuqori darajada shakllanishi bu uning eng kata yutug’I dekas hech mubolag’a
118
bo’lmaydi. Chunki bunda o’qituvchi o’quvchilar bilan birga ishlashi uchun hamda ularning
bilim salohiyatini oshirishi uchun bir yo’l hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar mavzuning
yanada aniq va tushunarli bo’lishi uchun eng yaxshi vosita sanaladi. Innovatsion kasbiy
mahoratda yangi, zamonaviy metodlar qo’llash , o’quvchilar bilan hamkorligini oshiradi.
Mahorat (“mahorat” - mohirlik, ustalik, epchillik) – bir ish yoki faoliyatni yuksak
darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o’ta mohirlik bilan bajarish.
Kasbiy mahorat – pedagogning pedagogik jarayoni, tashkiliy, metodik, ruhiy va
subyektiv jihatdan o’ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobilyati va
malakasiga egaligi.
Kasbiy mahorat – pedagogik jarayonda tarkib topadi. Bu ancha keng tushuncha
hisoblanib uning tarkibiga bir qancha jarayonlar kiradi. O’qituvchida kasbiy mahorat bilan
birga kasbiy qobilyat ham bo’lishi kerak. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy
tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobilyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib
ko’rsatilgan:
1. O’z kasbiga muhabbat, o’quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go’zallikka) ega bo’lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O’z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etis.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. Bu qobilyatlar har bir pedagog, ya’ni bo’lajak
boshlang’ich boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilishi lozim. Bo’lajak o’qituvchida yuqorida
ta’kidlangan sifatlar mujassam bo’lsagina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Yuqorida keltirilgan
sifatlar har bir bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisiga kerakli bo’lgan asosiy vazifalardir.
Pedagogik qobilyatda o’qituvchining o’zaro fikr almashuvi bilan bog’liq xususiyatlari
asosiy rol o’ynaydi. Quyidagi pedagogik qobilyatlar pedagogik – psixologik bilimlar natijasida
doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobilyat
Perseptiv qobilyat
Empatik qobilyat
Didaktik qobilyat
Tashkilotchilik qobilyati
Konstruktiv qobilyat
Bilish qobilyati
Quyidagi qobilyatlar har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisiga tegishli bo’lgan asosiy
qobilyatlar hisoblanadi. Boshqacharoq aytganda bu qobilyatlar boshlang’ich sinf
o’qituvchisining formasi desak ham hech mubolag’a bo’lmaydi.
Pedagogik kasbiy mahorat tizimi quyidagi o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy
komponentlardan iborat:
1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo’ysunishi.
2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish.
3. Pedagogik qobilyatga ega bo’lish.
4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
119
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim –
tarbiya beruvchi insondir.Bugungi kunda u yoshlarni g’oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib
tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonunlarini o’rgatadi. Bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchisining innovatsion kasbiy faoliyatini oshirishning yana bir
usullaridan biri bu o’qituvchi so’nggi yangilik, adabiyotlardan ta’lim –tarbiya jarayonidagi
qonun va qarorlardan, yangi metod va didaktik vosita va usullardan doimo xabardor bo’lib
turmog’i lozim. Bu usul innovatsion mahoratning eng samarali va sinalgan metodlari
hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy mahoratini oshirishning yana bir muhim
vositasi bu uning nutqidir. O’qituvchining nutq ravonligi katta ahamiyatga ega. Chunki nutq
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi aloqani hamkorlikni ta’minlovchi vosita . Ayniqsa
boshlang’ich sinf o’qituvchisi uchun eng katta qurol bu uning nuqti bo’ladi. Har qanday
o’qituvchi o’zining individual nutq madaniyatiga ega bo’lishi zazur, nutqda quyidagi
xususiyatlar aks ettirilishi lozim.
A)
Nutqning to’g’riligi;
B)
Nutqning aniqligi;
C)
Nutqning ifodali bayon etilishi;
D)
Nutqning ravonli;
E)
Nutqning boyligi.
Innovatsion kasbiy mahoratning yana bir muhim jihati bu uning zamonaviy metodlar
bilan mujassamlanishidir. Metodlar bu darsning eng dolzarb nuqtalarini aks ettirish uchun
ko’makchilar bo’ladi. Metod (yunon. “usul”, “yo’l”, “maqsadga eltuvchi “ ) degan ma’nolarni
bildiradi. Shunday ekan dars innovatsion tashkil topishi uchun yana bir vositasi bu metod
sanaladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi qanchalik samarali hamda zamonaviy
metodlar bilishi va uni amalda qo’llay olishi uning katta yutug’I bo’lishini bilishi shart.
Metodlar ham darsning qismlariga mos tarzda tanladi. Agarda dars va metod o’rtasida moslik
bo’lmasa bu yerda hech qanday maqsadga erishilmaydi. Shunday ekan o’qituvchi darsga
hamda mavzuga munosib metod tanlashi bu uning ijodkorligidan dalolat beradi. Misol
tariqasida bir nechta misollar keltiramiz. “Aqliy hujum”, “Idrok xaritasi”, “Davom ettir”,
“Assesment”, “Nima uchun” bu kabi metodlar shular jumlasiga kiradi. Olima Alkarova F.N.
O'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirish vaziyatlari o'quv- biluv jarayonini
oldindan loyihalashtirish imkonini beradi deb hisoblaydi va o'z fikrini rivojlantirib, "Metodlar,
usullar yig'indisi va ularning izchilligi qo'yilgan maqsadga erishish uchun o'quvchilarning
amaliy ko'nikmalarini faollashtirish jarayonlarini muayyan maqsadga yo'naltirib: o'qituvchi
va o'quvchilarning sub'ekt-sub'ekt munosabatlari; o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro
hamkorlikka asoslangan ko'ptomonlama aloqalari; o'quvchilarning mayllari va ehtiyojlariga
yaxlit tarzda ta'sir ko'rsatish; o'quvchilarning hissiy-ixtiyoriy hamda kognitiv sohalarini
rivojlantirish; o'quvchilarning bilimlarini oldindan loyihalashtirish; o'z-o'zini baholash va
teskari aloqa imkoniyatlaridan foydalanish; o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini
faollashtirishga urg'u berish uchun qulay pedagogik shart-sharoitlarni yaratadi," deb
takidlaydi. Alkarova F.N.. ilmiy tadqiqot ishida tadqiq etilayotgan muammoning yechimini
topish davrida o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini faollashtirish vaziyatlarini tashkil
etishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon modelini taklif etgan.
120
Boshlagʻich sin oʻqituchilarining innovatsion kasbiy mhoratini oshirish uchun bir qancha
muammolarni hal bartaraf etish kerak.
O'quv rejasini loyihalash: bu usul innovatsion ta'limni oshirish orqali o'quv dasturini
qayta ishlab chiqish.
Kasbiy rivojlanish seminarlari: Seminarlar va treninglar taklif qilish o'qituvchilar uchun
sessiyalar hisoblanadi.
Texnologiyalar integratsiyasi: O'qituvchiga birlashtirish, raqamli vositalar va
platformalar ta'lim dasturlari muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, stajyorlar
texnologiyani yaxshi bilishi va bu vositalardan foydalanishga qodir bo'lishi kerak. Bu tizim
innovatsion mutaxassislarni ko'paytirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash
uchun muhim.
O'zgarishlarga qarshilik: Innovatsion o'qitish usullari va yondashuvlar ko'pincha
qarshiliklarga duch keladi. Oʻqituvchi nomzodlari, professor -oʻqituvchilar an'anaviy oʻqitish
usullari bilan qarshilikni yengib innovatsion madaniyatni tarbiyalash mumkin.
Resurslarning etishmasligi: Oʻqituvchilarni tayyorlash dasturlarida texnologiya, taʼlim
resurslari va oʻquv materiallari yetishmasligi kuzatiladi.
O‘qituvchilar uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmaganligi: innovatsiyalar boʻyicha
yetarli darajada tayyorgarlik koʻrishi, eng soʻnggi taʼlim texnologiyalaridan xabar xabardor
boʻlishi, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun samarali boʻladi.
Nazariya va amaliyotni muvozanatlash: Bunda nazariy bilimlar bilan amaliy
koʻnikmalarni muvozanatlash talab etiladi.
Baholash va baholash: Baholash uchun innovatsion vosita va texnikalar dam
foydalanish, malaka koʻnikmalarni oʻlchash orqali ishlab chiqish kerak. Shunga oʻxshash bir
nechta muammolarga dush kelishimiz mumkin.
Bo’lajak o’qituvchilarga avvalo, kasb mahorati va uni qanday qilib shakllantirish
mumkinligi to’g’risida shakllantirish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar berish maqsadga
muvofiqdir. Barchamizga ma’lumki, kasb mahorati o’qituvchida kasb mahorati yillar
davomida shakllanib takomillashadi. O’qituvchining kasbiy mahorati amaliy va uslubiy
tajribaga ega bo’lishi uchun asosiy zamin ish faoliyati jarayonida shakllanadi. Kasb
mahorati o’ta murakkab milliy xususiyatga ega jarayon bo’lganligi bois, uni egallash
o’qituvchining uzoq yillar samarali izlanishlari, ijodkorlik mehnati evaziga ro’yobga
chiqadi.
Shunday ekan o’qituvchining innovatsion kasbiy mahorati bir yoki ikki yo’l bilan
amalga oshadigan jarayon emas. Yuqorida ta’kidlagan bir nechta usul va yo’nalishlar
mazvuning ko’lamini yoritib beradi. Bu borada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida
zamonaviy ta’lim, innovatsion texnologilardan xabardor qilish, axborot kommunikatsiyani
rivoj toptirish boshlang’ich sinf o’qituvchisining eng oldi o’rinlarda turuvchi vazifalari deb
aytish mumkin.
References:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyaevning O'zbekiston Respublikasini
2022-2026 yillarda taraqqiyot strategiyasi haqidagi ma'ruzasi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot
strategiyasi. Tashkent 2021y. 267 b.
121
2.
Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi.Tashkent 2021y. 267 b.
3.
A’zam xoliqov “ Pedagogik mahorat”
4.
https://arxiv.uz
5.
L. Kemeron, Tillarni o'rgatish yosh o'quvchilar. Buyuk Britaniya: Kembrij Universitet
nashriyoti, 2001 yil.
6.
Ravshan Ishmuhamedov, Maqsudjon Yuldashev - "Ta'lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar"- o‘quv qo‘llanma. Toshkent-2013