93
MUAMMOLI TA’LIM SHAROITIDA TALABALARDA TANQIDIY FIKRLASH
KО‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
Xaıtov Bekzod Shuxratovıch
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
tayanch doktoranti,
bkhaitov8855@gmail.com, +998939758855
https://doi.org/10.5281/zenodo.14776844
Annotatsiya
. Ushbu maqolada muammoli ta’lim orqali bo‘lgusi pedagoglarni tahliliy va
tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so’z yurutiladi.
Kalit so‘zlar:
muammoli ta’lim, tamoyil, kommunikativ, tanqidiy, tahliliy, rivojlantirish.
Muammoli ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish
tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari o‘z ichiga uchta–
boshqaruv, psixologik-pedagogik va
ilmiy-metodik blok
larni oldi:
boshqaruv bloki
me’yoriyhuquqiy, moliyaviy, moddiy-texnik,
kadrlar shart-sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish va ta’lim berish jarayonlari yaxlitligini
ta’minlash orqali uzluksiz ta’limning jadallashtiruvini ta’minlaydi;
psixologik-pedagogik blok
o‘qitish va tarbiyalashga shaxsga yo‘naltirilgan va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlarni, ta’lim
jarayonining
insonparvarlashuvi,
individuallashtirilishi,
differensiallashtirilishi,
ijtimoiylashuvi, madaniylashuvning pedagogik tamoyillarini amalga oshirilishini, ta’lim
jarayoni ishtirokchilari orasidagi qulay shaxslararo ob’yektli-sub’yektli munosabatlarning va
ijobiy barqaror psixologik muhitning yaratilishini ta’minlaydi;
ilmiy-metodik blok
ta’lim
jarayonini o‘quv dasturlari, ularning metodik ta’minlanishi, o‘qitishning didaktik vositalari,
metodikalari va texnologiyalari, o‘quv-bilish va o‘quv-ishlab chiqarish faoliyatining
natijalarini nazorat qilish tizimi bilan ta’minlanadi.
Tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarning yaxlit komponentli (
ijtimoiy-iqtisodiy,
axborotli, moddiy-texnik, professiologik
) tarkibi o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘langan bo‘ladi,
ta’lim jarayonining ishtirokchilari orasidagi maqbul holdagi shaxslararo ob’yektli-sub’yektli
munosabatlar sharoitlarida yetakchi pedagogik tamoiyllar asosida o‘qitishga va tarbiyalashga
shaxsiy-yo‘naltirilgan
hamda
shaxsiyfaoliyatli
yondashuvlarni ta’minlaydi.
Oliy ta’lim muassasasining ta’lim tizimi quyidagi tamoyillarni hisobga olishi va maqsadli
ravishda foydalanishi zarurdir:
individual o‘qitish tamoyili
;
ongli istiqbol tamoyili
;
ta’lim
tizimining ochiqligi tamoyili
;
ta’lim tizimining moslashuvchanligi tamoyili
;
ta’lim tizimining
dinamikligi tamoyili
. Ularning sinergiyasi talabalar shaxsining
kognitiv, me’yoriy-etikaviy,
axborot-kommunikativ, jamoaviy-faoliyatli, refleksiv-baholashli
sohalarining rivojlantirilishiga
qaratiladi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida
“Tanqidiy fikrlash” maxsus kurs dasturi, “Oliy ta’lim tizimida kasbiy bilimlar uzviyligini
ta’minlashning metodik asoslari” nomli o‘quv-metodik hamda “Ta’lim tizimida xalqaro
tajribalar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
“Pedagogika” yo‘nalishida “Maxsus pedagogika” o‘quv fani misolida o‘quv jarayonining
pedagogik shart-sharoitlarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish orqali bo‘lajak
mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish orqali tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning
metodik ta’minoti takomillashtirildi.
94
Umuman olganda talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish ularning kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirishdan so‘ngina amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz.
Tizimli, kompetentli, shaxsga yo‘naltirilgan, aksiologik va faoliyatli yondashuvlar hamda
Individual ta’lim tamoyillari asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modelni
ishlab chiqilgan bo‘lib, uni ta’lim doirasidagi tizim sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlanish bosqichlari quyidagilardan iborat:
motivasiyali (talabalarni kasbiy muammolarga kirishi); faol faoliyatli (kasbiy bilimlarni
mustahkamlash, ko‘nikmalarni shakllantirish); refleksiv (kasbiy bilimlarga qadriyatli
munosabat va tanqidiy fikrlashni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish).
Modelning integrativligi uning barcha komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro
ta’sirida, kasbiy kompetensiyani shakllantirishning maqsadlari, mazmuni, tashkiliy shakllari
va usullarini birlashtirishda namoyon bo‘ladi. Tanlangan yondashuvlar va tamoyillarga
muvofiq, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli asosida biz
maqsadli, mazmunli,
jarayonli va baholovchi komponentlar
ni o‘z ichiga olgan modelini tushunamiz (1-rasm).
Ta’limda individual yondashuvdan to‘liq foydalanishda o‘quv ma’lumotlarini
o‘zlashtirish yo‘llari yoki ko‘nikmalarni shakllantirish usullari bir-biridan farq qilmaydi, qoida
tariqasida, bu holda, ular biror individual yo‘nalishga ega, ular barcha talabalar uchun bir xil
bo‘lib qoladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasasida “Pedagogika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
talabalarini tanqidiy fikrlashini rivojlantirish kasbga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday
ta’lim maqsad asosida ta’lim natijasiga erishish uchun tashkil etiladi. Buning uchun pedagogik
mashg‘ulotlar maxsus tashkil etilishi kerak.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Pedagogika” bo‘lajak o‘qituvchilariga ta’lim
berish
asosan
tanqidiy
fikrlashini
rivojlantirishga
qaratilgan
zaruriy
kasbiy
kompetensiyalarni shakllantirishdir. Ushbu maqsadga erishishga pedagogika oliy ta’lim
muassasalari talabalarida kelajakdagi pedagogik faoliyatida yuzaga keladigan kasbiy
muammolarni hal qilish qobiliyatini hamda tanqidiy tafakkurini rivojlantirish yordam beradi.
Pedagogika fanini o‘qitishda kasbiy muammolarni hal qilish qobiliyati va
tashabbuskorligi qisman shakllanadi. Pedagogika fani, avvalo, talabalarga umumkasbiy va
ixtisoslik fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni singdiradi, ularning asosiy maqsadi
tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdir.
Dars jarayonida talabaning tanqidiy (tahliliy) fikrining shakllantirishning uch bosqich
ta’minlaydi:
1. Yo‘llanma (da’vat)- bu darsning shunday bosqichiki, bunda talabalar mavzu bo‘yicha
belgilar haqida o‘ylashga mavzuga doir savollarni berishga va o‘rganish uchun vazifalar
qo‘yishga yo‘naltiradi;
2. Ahamiyatni anglash - bu darsning shunday bosqichiki, bunda talabalar bilimlarni
izlaydilar va o‘rganadilar shu bilan birga o‘z faoliyati natijasida ahamiyatini anglaydilar;
3. Fikrlash (mulohaza qilish)- darsning shunday bosqichiki, bunda talabalar o‘zlari
to‘qnashgan fikrlarga va anglab yetgan ma’nolarga qaytadilar, shu bilan savollar beradilar.
Talqin etadilar, munozara qiladilar.
Mantiqiy fikrlashning ikki turini ajratish mumkin: induksiya va deduksiya. Deduksiya —
rasmiy shakllantirish qoidalaridan foydalangan holda, argumentning asosiy tuzilishidan
95
xulosa chiqarishdir . Masalan: X — shaxs (preza), u holda hamma odamlarning yuzi (preza)
bor, shuning uchun X ham yuzga ega (mantiqiy xulosa).
Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotnitahlil qilish va izohlash, g‘oyalarini tahlil qilish,
o‘rganilayotgan hikoyalarni o‘z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan
savollardan foydalaniladi. Tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders ifodalari va Blum tizimli
savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko‘rinishlarini
ta’minalashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal
sathdagi savollar eng quyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish
beriladigan savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan
vaesdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan
tugallangan yo‘l ham yo‘q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi
muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud. Uning uchun:
talabalarga fikr yuritish uchun
imkoniyat berish; turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; talabalarning o‘kuv jarayonidagi
faolligini ta’minlash; talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; har bir talabaning
tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissiniuyg‘otish; tanqidiy fikrlashning
yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan talabalar:
o‘ziga ishonchni orttirish va o‘z
fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish; o‘quv jarayonida faol ishtirok etish; turlicha
fikrlarni e’tibor bilan tinglash; o‘z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor
turishi lozim.
Individul ta’lim tamoyillarini tashkil etish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib,
talabaning o‘zi tomonidan va guruh, o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatlarda amalga oshiriladi
va bu jarayonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ta’lim muassasasining ta’lim maydonini tashkil
etishga bog‘liq. Shuning uchun ta’lim jarayonida individual, guruhli va jamoaviy ish shakllarini
uyg‘unlashtirish kerak.
Talabalarning tanqidiy fikrlashini individual ta’lim tamoyillarini tashkil etish asosida
rivojlantirishda quyidagi pedagogik texnologiyalardan foydalanildi: differensial ta’lim
texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi, muammoli ta’lim texnologiyasi, evristik texnologiya.
References:
1.
Стоунер Т. Информационная революция: наука, экономика, технологии. - М., 1993.
-С.335.
2.
Толковый словарь узбекского языка. Том 1-Т.Национальная энциклопедия
Узбекистана, 2006-19 с.
3.
Мои слители _ Греция. Лошадь мифа к логике. - Москва: Эксмо -пресс, Харьков:
Фолио, 1998. - С.
774
.
4.
Shukhratovich, Khaitov Bekhzod. "Innovative Methods of Developing Communicative
Competence of the Head of Educational Institution." American Journal of Social and
Humanitarian Research 3.5 (2022): 196-202.
5.
Haitov, Bekzod. "Methods of Improving Communicative Competence of the Head of
Educational Institution." Scienceweb academic papers collection (2022).
6.
Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE
WORLDVIEW OF SCHOOL DIRECTORS IN UZBEKISTAN. IN SCALE FINNISH SYSTEMS
96
EDUCATION."Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 287-292.
7.
Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "OF INFORMATION CONSUMPTION CULTURE IN
STUDENTS." Science and innovation Special Issue 7 (2023):
571
-
573
.
8.
Khaitov, Bekzod Shukhratovich. "METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATION AND
COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION
DURING THE EDUCATIONAL PROCESS." Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal10.12 (2022): 928-931.
9.
Khaitov, B. (2022). METHODS FOR IMPROVING THE INFORMATIONAND
COMMUNICATION COMPETENCE OF THE HEAD OF A GENERAL EDUCATION INSTITUTION
DURING THE EDUCATIONAL PROCESS. Scienceweb academic papers collection.
10.
Khaitov, B.S. O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY