Авторы

  • Guljayna Jumamuratova
    Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.64551

Ключевые слова:

shaxs iqlim o‘zgarishi psixik rivojlanish mavsumiy depressiya psixologik ta’sir mavsumiy affektiv.

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada atrof-muhitning o‘zgaruvchang iqlimi shaxsga psixologik ta’siri masalalari keng o‘rganilgan. Atrof-muhit iqlimi o‘zgarishining mavsumiy depressiyalarga sabab bo‘layotgani ilmiy asoslangan. 


background image

89

SHAXSGA IQLIM TA’SIRINING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Jumamuratova Guljayna Kenesbayevna

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14776827

Annotatsiya

. Ushbu ilmiy maqolada atrof-muhitning o‘zgaruvchang iqlimi shaxsga

psixologik ta’siri masalalari keng o‘rganilgan. Atrof-muhit iqlimi o‘zgarishining mavsumiy
depressiyalarga sabab bo‘layotgani ilmiy asoslangan.

Kalit so‘zlar:

shaxs, iqlim o‘zgarishi, psixik rivojlanish, mavsumiy depressiya, psixologik

ta’sir, mavsumiy affektiv.

Аннотация.

В этой научной статье широко изучаются вопросы психологического

воздействия изменения климата окружающей среды на человека. Научно обосновано,
что изменение климата окружающей среды вызывает сезонные депрессии.

Ключевые слова

: личность, изменение климата, психическое развитие, сезонная

депрессия, психологическое воздействие, сезонный аффект.

Annotation

. This scientific article extensively examines the psychological impact of

environmental climate change on humans. It is scientifically proven that environmental
climate change causes seasonal depressions.

Keywords

: personality, climate change, mental development, seasonal depression,

psychological impact, seasonal affect.

Hozirgi kunda global iqlim o‘zgarishlari XXI asrning dolzarb muammolari hisoblanadi.

Insoniyatning taraqqiyotga erishish yo‘lida ekologik muammoning yuzaga kelishiga asosiy
sabablari fan-texnologiyaning rivojlanishi, sivilizatsiyaning qudratini ko‘rsatib o‘tishmoqda.
Jahon iqtisodiy forumiga ko‘ra, 2020 yilda global xavf-xatarlarning beshtaligiga ekstremal ob-
havo hodisalari, iqlim o‘zgarishiga moslasha olmaslik, tabiiy ofatlar, biologik xilma-xillikning
kamayishi va inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan ekologik ofatlar kiradi. Jahon
iqlimshunoslik tashkilotining hisobotiga ko‘ra 2011-2015 yillarga nisbatan dunyodagi
o‘rtacha harorat sanoatdan oldingi davr boshidan beri 1,1° va 0,2° bilan taqqoslagan.
Darhaqiqat, iqlim o‘zgarishining psixologik ta’sirini prognoz qilish bir qator holatlar bilan
to‘sqinlik qilmoqda. Bugungi kunda olimlar iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq odamlarning
psixologik holati va xulq-atvoriga bevosita ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi
tufayli ushbu sohada olib borilgan tadqiqotlar taxminiy hisoblanmoqda yoki bo‘lmasa
eksperimental tadqiqotlar soni juda oz, o‘zgaruvchi iqlimning vositachiligi va uning ijtimoiy-
psixologik mexanizmlarning ta’siri yetarli darajada hisobga olinmaydi. Shunday bo‘lsada
ko‘pchilik olimlarni diqqat-e’tiborini iqlim o‘zgarishining psixologik salomatlik, hayot sifati va
jamiyatning hayotiyligiga salbiy ta’siri ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganib borish ahamiyat kasb
etmoqda.

Shaxsga iqlim ta’sirining psixologik muammolaridan biri har qanday shaxs kelajak

haqida tashvishlanishning kuchayishi, tabiiy ofatlar ta’siri tufayli qayg‘uga berilishi va o‘ziga
tanish muhitni yo‘qotish xavotirga haqidagi depressiya bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishining
psixologik ta’siri iqlim o‘zgarishi odamlarning aqliy va hissiy farovonligiga ta’sir qilishi bilan
bog‘liq. Atrof-muhitning iqlimni o‘zgarishi turli yo‘llar bilan har bir yoshdagi shaxsga har xil
ta’sirini ko‘rsatadi. Atrof-muhitning iqlim o‘zgarishining ba’zi asosiy psixologik ta’sirlariga
quyidagilar kiradi: ekologik tashvish, ekologik qayg‘u, ekologik g‘azab yoki salbiy hislarni


background image

90

shakllanish holatlari bo‘ladi. Biz uylaymizki, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq his-tuyg‘ular
bezovta qilsa-da, ular darhol zararli bo‘lavermaydi. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan
psixologik ta’sirlar bo‘yicha empirik tadqiqotlar XX asrning oxirida o‘rganila boshlangan va
XXI asrning birinchi o‘n yilligida kuchaygan. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda iqlim
o‘zgarishi tez-tez takrorlanishi ekologik stresslarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi deb ta’kidlab
o‘tadi. Atrof-muhitdagi kuchli dovullar, chang ko‘tarilishi, suv toshqinlari yoki qurg‘oqchilik
va o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq yuqori haroratli kabi ekstremal ob-havo hodisalariga ta’sir
qilish bir qator hissiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi olimlarni fikrlarida
ko‘pincha, bu qisqa muddatli iqlim o‘zgarishi yoki tabiiy ofatlar vaqt o‘tishi bilan tashvishli
kasallikdan tez-tez tuzalib ketishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar haqida
ma’lumotlarda salbiy psixologik holatlarni uzoq muddatli tashvishli, qayg‘uli kayfiyatni
keltirib chiqarishi mumkin. Ammo ba’zida xudud ekologiyasi borgan sari buzilib, tang holatlar
surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi aytib o‘tilgan. Atrof-muhit tashvishi kabi holatlar
juda kamdan-kam hollarda klinik davolanishni talab qiladi. Ob-havo va inson xulq-atvori
o‘rtasidagi psixologik halotilardan biri bu tajovuzkorlikning kuchayishib borishi haqida
ma’lumot berilgan. Dunyoning barcha burchaklarida iqlim o‘zgarishi odamlarning moliyaviy
barqarorligiga sezilarli ta’sir qiladi. jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kamaytirish
yoki hududni turizm uchun yoqimsiz xudud deb hisoblanshi mumkin. Bu esa o‘z navbatida
depressiya va boshqa salbiy psixologik holatlarga olib kelishi mumkin. Ekologik fojialar
sababli iqlim o‘zgarishi yanada tahdidli bo‘ladi [26]. Shu boisdan shaxs rivojlanishida iqlim
o‘zgarishi bilan bog‘liq hissiy reaksiyalar o‘rganilmoqda.

Atrof-muhit iqlimi tez-tez o‘zgarib borishi insonlar uchun yo‘qotish va tashvish, qayg‘u

va aybdorlik kabi his-tuyg‘ular iqlim o‘zgarishi tahdidlariga nisbatan odatiy
reaksiyalardir.[27] Ushbu turli xil his-tuyg‘ular tadqiqotlarda birgalikda iqlimiy qayg‘u deb
nomlanadi.

Hozirgi va kelajakda iqlim o‘zgarishi va uning halokatli oqibatlari to‘g‘risida xabardorlik

ko‘pincha insonlarda ishonchsizlik keltirib chiqaradi. Iqlim o‘zgarishi mahalliy xalqlarning
psixologik farovonligiga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, chunki bu ularga bevosita yoki bilvosita
ta’sir qiladi. Ularning turmush tarzi ko‘pincha yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi
sababli, iqlim o‘zgarishi ularning jismoniy salomatligi va moliyaviy barqarorligiga miqdoriy
jihatdan bevosita ta’sir qiladi. Dunyo bo‘ylab mahalliy aholi o‘rtasida jiddiy ruhiy salomatlik
muammolari va atrof-muhit o‘zgarishlari o‘rtasida xavotirli bog‘liqlik mavjud.

Bugungi kunda iqlim inqirozining kuchayishi inson salamatligiga, yashash tarziga,

iqtisodiyotiga hamda milliy madaniyatiga ham o‘z ta’siri ko‘rsatishi tabiiydir. Ekologik ofatlar
yomonlashib iqlim bilan bog‘liq boshqa psixologik ta’sirlarni yuzaga keltiradi. Atrof-muhitdagi
iqlim tashvishlari ekologik depressiya, ekologik g‘azab va iqlim tahdidining xavotirli nuqtai
nazari juda kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, ko‘p odamlar bulutli ob-havoda o‘zlarini
yaxshi his qilishmaydi. Bugun “iqlim o‘zgarishlari”, “global isish”, “ekologik tanglik”, “issiqxona
effekti” singari tushunchalar tilimizga ancha o‘rnashib qoldi. Qolaversa, ommaviy axborot
vositalari bu haqda anchadan beri tinimsiz bong urib kelayotir. Ijtimoiy tarmoqlaridan har
kuniga ob-havo haqida ma’lumot beriladi. Ko‘pchilik insonlar bugungi kuni ob-havosi issiq
ekan, ertaga yomg‘ir yog‘adi ekan deb turib ham o‘ziga psixologik ustanovka berishi tabiiy.
Insonlar ertangi kunning iqlimiga qarab yomonlikdan shikoyatlari boshlanadi, ba’zilarining
kayfiyati yomonlashadi, charchoq, har qanday faoliyatga bo‘lgan istakning pasayishi, ya’ni ular


background image

91

befarqlik belgilarini ko‘rsatadi. Ba’zi shaxslar esa iqlim o‘zgarishidan har doim undan aziyat
chekadi. Bularning barchasi odamga og‘ir yuk olib kelishi va uni ruhiy o‘yin-kulgining
namoyon bo‘lishida cheklashi yoki hatto uni butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkin. Ba’zi
odamlar, aksincha, bulutli ob-havodan ilhomlangan. Shaxs xususiyatlariga qarab ham ya’ni
melanxolik temperament, tabiatan depressiv, bulutli kunlarda o‘zingizni qulay his etishi qiyin.
Bir necha o‘n yillar oldin iqlimning inson temperamenti va xarakteriga ta’sirini o‘rganishga
qiziqish uyg‘otdi.

V.P.Efroimson (1908-1989) “Genetika etika va estetika” nomli kitobida atrof-muhit (shu

jumladan iqlim) va metabolizm, inson xatti-harakatlariga ta’sir qiladigan energiya iste’moli
o‘rtasidagi munosabatlar haqida taxminlar qilgan edi. Uning fikricha metabolizmning yuqori
darajasiga ega bo‘lgan shaxslar beparvolik va bezovtalik, haddan tashqari harakatchanlik,
bezovtalik tufayli turli xil zarur harakatlarga ko‘p energiya sarflaydilar. Shaxs uchun yangi
o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlariga moslashish uzoq vaqt talab etadi va juda og‘riqli
moslashuvni o‘zidan o‘tkazadi. Bunday iqlim o‘zgarishlarida shaxs kasal bo‘lish ehtimoli
ko‘proq, doimo burun va shamollashdan aziyat chekishadi, kayfiyati bo‘lmaslikdan shikoyat
qiladilar. Iqlim o‘zgarishlarida shaxsning temperamenti o‘zgarmaydi, uning xarakteri
o‘zgarishi mumkin deb ta’kidlab o‘tadi.

Psixologlar ob-havo o‘zgarishining mavsumiy depressiya ekanligini aytib o‘tadi,

masalan, u ko‘pincha qishda quyosh nuri yetishmasligi tufayli o‘zini namoyon qiladi. Ob-havo
bizning kayfiyatimiz va xatti-harakatlarimizga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biridir.
Psixologiyada buni mavsumiy affektiv buzilishi deb atab o‘tadi. Mavsumiy affektiv buzilishi bu
ko‘pincha kuz-qish davrida, kunlar qisqarib, quyosh nuri kamroq bo‘lganda yuzaga keladigan
depressiyaning bir turi. Ilmiy tadqiqotlar va kundalik tajriba iqlim sharoiti turli his-
tuyg‘ularni uyg‘otishi va qarorlarimizga ta’sir qilishi mumkinligini tasdiqlaydi. Atrof-muhit
iqlimining o‘zgarishi kelgusi ishlarida masqadli, rejalarini amalga oshirishida hissiy qo‘llab-
quvvatlashni talab qiladi. Iqlim o‘zgarishi bizning ruhiy holatimiz va kayfiyatimizga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan ob-havo ekologik muammolar inson kasbiy faoliyatiga ham
yaxshigina ta’sir qiladi. Qishloq xo‘jalik ishlariga, uy hayvonlarini parvarish qilishi, qurilishi
ishlariga, uy-joy sharoitiga, transport yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatishi ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ob-havo bizning ijtimoiy xatti-harakatlarimizga
ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, quyoshli va iliq kunlarda odamlar tashqarida muloqot
qilish, sport bilan shug‘ullanish va ochiq havoda vaqt o‘tkazish ehtimoli ko‘proq. Boshqa
tomondan, bulutli va sovuq havoda biz uyda qolishga harakat qilamiz va ijtimoiy tadbirlardan
qochish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Shuni tushunish kerakki, ob-havo bizning kayfiyatimiz va
xatti-harakatlarimizga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa-da, biz unga bo‘lgan munosabatimizni
nazorat qilish qobiliyatiga egamiz. Shunday bo‘lsada, shaxs o‘zi yashab turgan atrof-muhit
iqlimiga moslashib boradi. Atrof-muhit iqlimining o‘zgarishi inson psixik rivojlanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatib boradi. Respublikamizda atrof-muhit iqlimi keskin o‘zgarib turishi bilan
bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni olib borishni taqoza etmoqda.

References:

1.

Ў.А.Набиев. Иқлим ўзгариши, унинг таъсирини тушуниш ва хавфли оқибатларини

баҳолаш, Ўзбекистонда иқлим ўзгаришига мослашиш чора-тадбирлари ва қўллаш
чоралари, хорижий тажриба. Т-2018 й.


background image

92

2.

Миддлтон, Жаклин. Тревога, волнение и горе во время экологического и

климатического кризиса: повествовательный обзор. 2021г
3.

С.Н.Кокошин. Влияние погодных условий на физическое и психоэмоциональное

состояние человека. Тюмень-2023 г.

Библиографические ссылки

Ў.А.Набиев. Иқлим ўзгариши, унинг таъсирини тушуниш ва хавфли оқибатларини баҳолаш, Ўзбекистонда иқлим ўзгаришига мослашиш чора-тадбирлари ва қўллаш чоралари, хорижий тажриба. Т-2018 й.

Миддлтон, Жаклин. Тревога, волнение и горе во время экологического и климатического кризиса: повествовательный обзор. 2021г

С.Н.Кокошин. Влияние погодных условий на физическое и психоэмоциональное состояние человека. Тюмень-2023 г.