Авторы

  • O‘g‘iloy Daminova
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.64554

Ключевые слова:

oziq-ovqat bozori oziq-ovqat bozorini davlat tomonidan tartibga solish oziq-ovqat dasturlari oziq-ovqat xavfsifligi.

Аннотация

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari bozorini davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati hamda tartibga solish va rivojlantirishda xorijiy tajribasidan foydalanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek oziq-ovqat bozorini xavsizligiga erishishda davlat tomonidan amalga oshirilishgi zarur bo‘lgan vazifalar keltiriligan.


background image

10

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING XORIJ

TAJRIBALARI

Daminova O‘g‘iloy Mirzaqul qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti

E-mail: daminovaogiloy@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14776534

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlari bozorini davlat tomonidan

tartibga solishning ahamiyati hamda tartibga solish va rivojlantirishda xorijiy tajribasidan
foydalanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek oziq-ovqat bozorini xavsizligiga
erishishda davlat tomonidan amalga oshirilishgi zarur bo‘lgan vazifalar keltiriligan.

Kalit so‘zlar:

oziq-ovqat bozori, oziq-ovqat bozorini davlat tomonidan tartibga solish,

oziq-ovqat dasturlari, oziq-ovqat xavfsifligi.


Xorijiy davlatlarning oziq-ovqat bozori va iqtisodiyotning boshqa sohalarini tartibga

solish tajribasi, samarali bozor ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini yaratishda va ularni
faoliyatga tadbiq etishda davlatning yuqori darajadagi rolini yaqqol ko‘rsatadi. Oziq-ovqat
bozorini tartibga solish davlatning iqtisodiy siyosatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir va bu
jarayon ayniqsa, agrar sektorning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur. Xorijiy
mamlakatlarda olib borilgan tartibga solish amaliyotlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
ajralmas shartlariga aylangan, va bu tajriba, o‘z navbatida, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan
davlatlar uchun ham muhim.

Davlat tomonidan oziq-ovqat bozorini tartibga solishning asosiy maqsadi, qishloq

xo‘jaligini samarali rivojlantirish uchun barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sharoitlarni
yaratishdan iborat. Bu, aholi uchun sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini ta’minlash,
atrof-muhitni himoya qilish, va eng muhimi, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashni nazarda tutadi. Shuningdek, davlat tomonidan amalga oshiriladigan tartibga
solish, ijtimoiy maqbul narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ta’minlash
orqali, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishni, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni
va ekologik barqarorlikni saqlashni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi, oxir-oqibatda,
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini mustahkamlashga, shuningdek, oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Oziq-ovqat muammosini hal qilish so‘nggi yillarda jahon qishloq xo‘jaligi rivojlanish

tendentsiyalaridan kelib chiqqan yangi qiyinchiliklar tufayli tobora murakkablashmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati, unga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishiga
qaraganda sezilarli darajada past bo‘lib qolmoqda. Natijada, ko‘plab hududlarda surunkali
ocharchilik muammosi jiddiy xavf tug‘dirishga boshladi, bu esa aholining oziq-ovqat
xavfsizligi masalasini yanada dolzarb qiladi.

Uzoq muddatda insoniyat oziq-ovqat muammosini samarali hal qilish yo‘llarini ilmiy-

texnikaviy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali topishi kutilmoqda.
Yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar, oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish,
resurslardan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Zamonaviy sharoitda, butun dunyo bo‘yicha jahon hamjamiyatining birgalikda

kelishilgan siyosat va hamkorlikdagi amaliy harakatlari zarur bo‘ladi. Kelajakda qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish va har bir mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida,


background image

11

xalqaro hamkorlikda ishlash, oziq-ovqat fondini shakllantirish masalalarini birgalikda hal
qilishga katta ahamiyat berilishi kerak. Bu, o‘z navbatida, global oziq-ovqat inqirozlarini oldini
olish va dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi global miqyosda xalqaro tashkilotlar va maxsus organlar

tomonidan hal qilinadi. Bunga, masalan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti
(FAO), Xalqaro savdo tashkiloti, Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi kabi muhim tashkilotlar
kiradi. Ularning asosiy maqsadi, insoniyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash va davlatlar
iqtisodiyotlarini barqarorlashtirishda yordam berishdir. Ushbu tashkilotlar, oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘plab strategiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini hal qilishda, birinchi navbatda, ishlab chiqarish

hajmini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi uzoq muddatli dasturlar va loyihalar ishlab chiqish,
ularni joriy etish zarur. Bu dasturlar, global oziq-ovqat ta’minoti uchun muhim infratuzilma
yaratishga, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga va resurslardan samarali
foydalanishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, zaxiralar yaratish va noqulay iqtisodiy yoki ekologik vaziyatlarda

tezkor yordam tashkil qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ham muhim vazifa
hisoblanadi. Masalan, tabiiy ofatlar yoki iqtisodiy inqirozlar yuzaga kelganda, zaxiralar
yordamida tezda oziq-ovqat ta’minoti boshqariladi va zarur yordam ko‘rsatiladi. Shu tarzda,
xalqaro tashkilotlar va organlar nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki jahon
miqyosidagi iqtisodiy va ekologik inqirozlar davrida samarali choralar ko‘rish orqali davlatlar
o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari bozorini xavfsizligiga erishish quyidagi muhim vazifalarni

davlat tomonidan amalga oshirishni taqozo etadi:

1. Barqaror iqtisodiy sharoitni yaratish;
2. Samarali agrar siyosatni olib borish;
3. Barcha xo‘j alik yurituvchi subyektlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
4. Aholi bandligi sohasida samarali siyosatni olib borish;
5. Oziq-ovqatga ega bo‘lishda tengsizlik va qashshoqlikni bartaraf etishga yo‘naltirilgan

ijtimoiy siyosatni olib borish;

6. Oziq-ovqat mahsulotlarini turli-tuman, barqaror va intensiv ishlab chiqarishga

erishish, uning samaradorligini oshirish;

7. Xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda ilg‘or

texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

8. Hududlarni xomashyo va oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini ta‘minlash va xalqaro

mehnat taqsimoti afzalliklardan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligini joylashtirish
vaixtisoslashtirishni takomillashtirish;

9. Faol tashqi iqtisodiy siyosatni olib borish, eksport-import faoliyatini

optimallashtirish;

10. Agrar sektorni investisiyalash.
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari bozorini tartibga solish va shu

orqali mamalakat oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xo‘jaligi va savdo tarmog‘ida
strategiya va dasturlarning tatbiqiga bog‘liq. Ularni to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin:

1. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati;
2. Savdo siyosati;


background image

12

3. Iste’molni qo‘llab-quvvatlash strategiyalari;
4. Ozuqa moddalar ta’minoti dasturlari.
Bunday dasturlar bir birini cheklamagan va ko‘p mamlakatlarda bir vaqtda amalga

oshirilganini ta’kidlash lozim. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash siyosati yigirmanchi
asrning ikkinchi yarmida “Yashil inqilob” nomi bilan tanilgan ekinlar hosildorligi birdan
yuksalishi jarayoni sharofati bilan oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi ancha oshdi.

Barcha mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga

qaratilgan asosiy chora-tadbirlar agrar sohada ilm-fanni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida ilmiy va texnologik yutuqlarni joriy etish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirishdir. Xitoyda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga
erishishning asosiy omillaridan biri, qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or texnologiyalarni keng
joriy etishdir. Xitoyning yangi agrar siyosati doirasida agrar soha ilm-fanini moliyalashtirishni
ko‘paytirish va uzoq muddatli istiqbolda ishlab chiqarishdagi ilm-fan va texnologiyalarning
ilg‘or yutuqlarini joriy etishni rag‘batlantirish rejalashtirilgan. Oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashdagi Xitoy tajribasi noyobdir, chunki mamlakatda dunyo aholisining 22 foizini
oziqlantirish vazifasi turibdi, bu dunyo yerining 7 foizini tashkil etadi. Agar uning hududida
oziq-ovqat ishlab chiqarilmasa, hatto dunyo oziq-ovqat eksporti bu mamlakat aholisi
ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababli Xitoyda importga katta bog‘liqlik muammosi
mavjud emas.

Ilmiy izlanishlarimiz asosida oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha mintaqalar

tomonidan to‘plangan barcha xilma-xil tajribalardan xulosa qilib oziq-ovqat mahsulotlari
bozorini samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratishni
ko‘rsatish mumkin:

aholi jon boshiga o‘rtacha oziq-ovqat turlari bo‘yicha iste’mol qilishning hududiy

normalarini shakllantirish;

barcha tashkiliy-huquqiy shakllardagi tashkilotlar uchun hududiy oziq-ovqat

bozorlariga kirish hamda teng raqobat muhitini ta’minlash;

erishilgan oziq-ovqat xavfsizligi darajasi pasayishining oldini olish va yanada oshirish

choralarini izlash;

mintaqaviy oziq-ovqat bozorlari holati to‘g‘risidagi axborotning ochiq va shaffofligini

ta’minlash;

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mamlakatning hukumati tomonidan

qo‘yilgan vazifaning ahamiyatini tushunish va uni hal etish uchun sa’y-harakatlarni
kuchaytirish.

viloyat hududida katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarni saqlash quvvatiga ega

bo‘lgan omborlarni ko‘paytirish. Bular orqali har yili meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy
turlari saqlab, ichki bozorlardagi narx-navoni barqaror ushlab turish va kuzgi-qishki
mavsumda ushbu mahsulotlardan aholi ehtiѐji uchun foydalanish.

References:

1.

Кураласва А.A. Региональные особенности формирования и функционирования

продовольственного рынка: автореф.дис. на соиск. учен. степ. канд. эконом. наук
(08.00.05)/ Нальчик-2011г.


background image

13

2.

Альтухов А.И. Россияда озиқ-овқат бозорининг ривожланиши. -М.: АгроПресс,

1999. - 336 б.,
3.

Жаҳон савдо ташкилоти ва миллий иқтисодий манфаатлар / Жаҳон иқтисодиёти

ва халқаро муносабатлар институти. - М.: Наука, 2003. - Б.11

Библиографические ссылки

Кураласва А.A. Региональные особенности формирования и функционирования продовольственного рынка: автореф.дис. на соиск. учен. степ. канд. эконом. наук (08.00.05)/ Нальчик-2011г.

Альтухов А.И. Россияда озиқ-овқат бозорининг ривожланиши. -М.: АгроПресс, 1999. - 336 б.,

Жаҳон савдо ташкилоти ва миллий иқтисодий манфаатлар / Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро муносабатлар институти. - М.: Наука, 2003. - Б.11