Авторы

  • Umida Mirzayeva
    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va psixologiya ”o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.64764

Ключевые слова:

Ichki nizo nizoli vaziyat hamkorlik munosabat xulq-atvor shaxs qadriyatlar o`z-o`zini anglash

Аннотация

Talabalardagi ichki nizoga ta'sir qiluvchi omillar,o`quv faoliyatida yuzaga keluvchi nizolar, uning sabablari va ularni oldini olishning psixologik yo`llari ,nizolar turini o`rganishning ilg`or ilmiy konsepsiyalari,ilmiy yondashuvlari hamda xorij psixologiyasida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning mazmuni kabilar batafsil yoritilgan.


background image

164

TALABALARDAGI ICHKI NIZO NAMOYON BO`LISHINING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Mirzayeva Umida Bosit qizi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

“Pedagogika va psixologiya ”o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14799513

Annotatsiya:

Talabalardagi ichki nizoga ta'sir qiluvchi omillar,o`quv faoliyatida yuzaga

keluvchi nizolar, uning sabablari va ularni oldini olishning psixologik yo`llari ,nizolar turini
o`rganishning ilg`or ilmiy konsepsiyalari,ilmiy yondashuvlari hamda xorij psixologiyasida
amalga oshirilgan tadqiqotlar va ularning mazmuni kabilar batafsil yoritilgan.

Kalit so`zlar:

Ichki nizo, nizoli vaziyat, hamkorlik, munosabat, xulq-atvor, shaxs,

qadriyatlar, o`z-o`zini anglash

Talabalardagi ichki nizo (konflikt) — bu shaxsning ichki dunyosida qarama-qarshi

istaklar, hissiyotlar yoki qadriyatlarning to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan psixologik
holatdir. Bunday nizolar talabalik davrida o‘zini anglash jarayoni, kelajakda o`z kasbining
yetuk mutaxassisi bo`lishi, jamiyatdagi o‘rni va akademik bosimlar natijasida sodir bo`ladi.
Ichki nizoning birinchi sababi o`zini anglash va identifikatsiya misolida yaqqol namoyon
bo`ladi.Xorijiy tadqiqotlarda talabalik davrida ichki nizolarni kelib chiqishini turli sabablari
o`rganilgan. Xususan Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasida talabalik davrini
“Identifikatsiya va ro`l chalkashuvi” bosqichi deb atagan. Talabalar bu davrda o`z
shaxsiyatlarini aniqlash uchun turli tajribalar bilan yuzlashadilar. Agar identifikatsiya jarayoni
muvaffaqiyatli kechmasa, ichki nizolar paydo bo`ladi Albert Bandauraning O`ziga ishonch
nazariyasiga ko`ra “Talabaning o`z qobiliyatiga ishonchi ichki nizolarni yengishda muhim
muhim omil hisoblanadi.” Tashqi omillarga emas, balki o`z kuchiga tayanish stress va ichki
qarama qarshiliklarni kamaytiradi.

“Nizo” so`zi, psixologiya fanida ko`pchilik tadqiqotchilar tomonidan salbiy talqin etiladi.

Biroq, nizo zaruriy xususiyatga ega, chunki uningb ijobiy yechimini izlash hamda paydo
bo`lish sabablarini tahlil qilish keng ma`noda, insonlar o`rtasida yuzaga kelgan qarama
qarshiliklarini bartaraf etish bilan bog`liq intellectual harakatlarni o`z ichiga oladi.
T.F.Bazilievichning aytishicha, talabalar guruhi yoshlardan iborat bo`lganligi sababli, ularga
xos nizoli xulqni o`rganishda avvalombor, yosh xususiyatlarini hisobga olish kerak. Chunki bu
davrda inson nizolarga moyil bo`ladi. Shuning uchun, talabalar shaxsida nizoli xulq namoyon
bo`lishining psixologik xususiyatlarini aniqlashda, birinchi navbatda ularning yosh
xususuyatlarini, individual –psixologik xususiyatlari, aqliy kamolot imkoniyatlarini ham
hisobga olish maqsadga muvofiqdir B.G.Ananev o`zining “Inson psixologiyasi” nomli asarida
yozishicha, talabalik davri shunday bir davrki,unda insonning kamolotdan kamolotga o`tish
davri yuz beradi. Ya`ni nizolarga va turli vaziyatlarga munosabat bildirishning eng muhim
bosqichi hisoblanadi.

Bundan tashqari talabalarda ichki nizoning paydo bo`lishining yana bir omili bu

Akademik bosimning mavjudligi bilan bog`liq hisoblanadi. Bu bosimning kuchayishi
talabaning psixologik holatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, motivatsiyaning pasayishi, qaror qabul
qilishdagi o`ziga ishonchni zaiflashuviga olib keladi.Talabalar ko`pincha qaror tanlashda qiyin
vaziyatga tushadilar(masalan o`qish yo`nalishini tanlash) Bu nizo tanlovdan keyingi
pushaymonlik va past motivatsiyaga olib kelishi mumkin. Akademik bosim talabalarda ichki


background image

165

nizo paydo bo`lishining asosiy omillaridan biri sifatida xorijiy tadqiqotlarda keng o`rganilgan.
Tadqiqotlar akademik yuklamaning oshishi yuqori kutilmalar va raqobat muhiti ichki
psixologik muammolar, stress va identifikatsiya inqirozlariga olib kelishini ko`rsatmoqda.
Lazarus va Folkman stressni insonning tashqi bosim va ichki resurslar o`rtasidagi
nomutanosiblik sifatida ta`riflaydi. Akademik bosim talabalarda o`z-o`zini anglash va stressga
qatrshi kurashish mehanizmlarini sinovdan o`tkazadi. Yuqori bosimli muhitda stress bilan
samarali kurasha olmagan talabalar ichki nizolarga duch kelishadi. Buyuk Britaniyada olib
borilgan tadqiqot natijalariga ko`ra, talabalar orasida akademik yuklama va
muvaffaqqiyatsizlik qo`rquvi depressiya va ichki nizolarga olib keluvchi asosiy omil sifatida
topilgan.

Mohiyatan, talabalik davri shaxs rivojlanishing maxsus davri bo`lib, u hayotiy

qadriyatlarni qayta baholash bilan bog`liq. Ta`lim jarayonidagi nizolar ob`ektiv harakterga ega
bo`lib, u oddiy hodisa sifatida qaralishi va sog`lom psixologik iqlim yaratilishiga xizmat qilishi
kerak. Ya`ni zamonaviy ta`lim sharoitlari nizolar va va qarama qarshiliklarga asoslangan
pedagogik texnologiyalardan tashkil topishi lozim Umuman olganda, nizolar inson harakterini
shakllantirishda katta ro`l o`ynaydi. Talabaning xarakterologik xususiyatlari, ko`pincha
jamoani shakllantirishga keng hissa qo`shadi.

Xulosa sifatida ta'kidlash mumkinki, talabalardagi ichki nizolarni ijobiy yechimga

yo‘naltirish, ular duch kelayotgan bosim va qarama-qarshiliklarni tahlil qilish shaxsiy va
akademik muvaffaqiyatga erishishda muhimdir. Identifikatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash,
stressni boshqarish texnikalarini o‘rgatish va akademik bosimni kamaytirish talabalarda ichki
nizolarni kamaytirishga xizmat qiladi.Shu sababli ularniu inkor qilish emas, balki ijobiy
yo`naltirish orqali shaxsiy rivojlanishni rag`batlantirish maqsadga muvofiqdir.

References:

1.

Мамина В.П. Выбор механизмов психологической защиты студентами

медицинского вуза с различным уровнем адаптированности // Общество: социология,
психология, педагогика. – 2015. – № 4. – С. 45-48.
2.

Крот А.Ф. Механизмы психологической защиты: учебно-методическое пособие. –

Минск: Белорусский государственный медицинский университет, 2015. – 22 с.
3.

Грановская Р.М. Психологическая защита. – СПб.: Речь, 2000. – 507 с.

4.

Мельник С.Н. Психология личности. – Владивосток, 2004. – 97 с.

5.

Мак-Вильямс Н. Психоаналитическая диагностика. Понимание структуры

личности в клиническом процессе. – М.: Класс, 2010. – 480 с.
6.

Болонева Ю.М., Корытова Г.С. Механизмы психологической защиты в

исследованиях З. Фрейда // Сб. науч. тр. – Томск: Томский государственный
университет, 2004. – С. 354–357.
7.

Фрейд А. Психология «Я» и защитные механизмы. – М.: Педагогика, 1993. – 143 с.

8.

Botirovna, Nurboyeva Habiba. "Systematic methods of development of national values in

students." (2022).

Библиографические ссылки

Мамина В.П. Выбор механизмов психологической защиты студентами медицинского вуза с различным уровнем адаптированности // Общество: социология, психология, педагогика. – 2015. – № 4. – С. 45-48.

Крот А.Ф. Механизмы психологической защиты: учебно-методическое пособие. – Минск: Белорусский государственный медицинский университет, 2015. – 22 с.

Грановская Р.М. Психологическая защита. – СПб.: Речь, 2000. – 507 с.

Мельник С.Н. Психология личности. – Владивосток, 2004. – 97 с.

Мак-Вильямс Н. Психоаналитическая диагностика. Понимание структуры личности в клиническом процессе. – М.: Класс, 2010. – 480 с.

Болонева Ю.М., Корытова Г.С. Механизмы психологической защиты в исследованиях З. Фрейда // Сб. науч. тр. – Томск: Томский государственный университет, 2004. – С. 354–357.

Фрейд А. Психология «Я» и защитные механизмы. – М.: Педагогика, 1993. – 143 с.

Botirovna, Nurboyeva Habiba. "Systematic methods of development of national values in students." (2022).