Ushbu tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilingan bo’lib, depozit operatsiyalarini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilgan. Aaholi iste’molidan ortgan vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarida bexavotir saqlash kafolatlari mavjudligi hamda topshirilgan omonatlar bo‘yicha foizli daromad olishdan manfaatdor bo‘lsagina bank tizimiga bo‘lgan ishonchi ortadi va bu bilan bank depozit bazasi kengayishiga erishiladi. Bunda banklar ushbu jalb qilingan mablag‘lar hisobiga mijozlarga kreditlar berib yoki lizing, faktoring, trast, overdraft va overnayt kabi jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan xizmatlarni ko‘rsatish orqali foizli daromadlar olish imkoniyatlarini oshirib boradilar. Shu yo‘l bilan bo‘sh pul mablag‘larini bank orqali yig‘ish va iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish, natijada pul aylanish tezligini o‘stirishi evaziga milliy valyuta qadrsizlanishining oldi olinishiga erishish mumkin. Aynan, mana shu omil ham depozitlarning rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Shu sabali, ushbu ilmiy tezisda depozitlar bo‘yicha muammolar tahlil qilinib, takliflar ishlab chiqilgan.