9
INSULTNI OʻTKAZGAN BEMORLARDA TIBBIY REABILITATSIYANI UY
SHAROITIDA TASHKIL ETISH VA TAHLIL QILISH
Boisov Suxrob Komiljanovich
Toshkent tibbiyot akademiyasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14824475
Tadqiqot maqsadi:
insultni oʻtkazgan bemorlarda reabilitatsiyani uy sharoitida olib
borish va reabilitatsiya davomiyligiga natijalarning bogʻliqligini oʻrganish.
Tadqiqot materiallari va usullari:
2023-2024 yillar oraligʻida “Reabilitatsiya” markazi
aʻzolari Toshkent shahrida 82 nafar insult oʻtkazgan bemorlarga reabilitatsiya yordamini
koʻrsatishdi. Reabilitatsiya yordamiga davolovchi jismoniy mashqlar va fiziodavolash usullari
kiritildi. Oʻtkazilgan reabilitatsiya samaradorligi maxsus test va shkalalar yordamida
baholanib borildi.
Olingan natijalar:
Bemorlardagi o’zgarishlarni baholash uchun biz mushak kuchini
baholash shkalasidan, harakat indeksi uchun indeks Berteldan, qo’llardagi (FAM-UE) va
oyoqlardagi (FAM-LE) harakatni maxsus testlar bilan baholab bordik.
Mushak kuchuni baholaganda 18 % da “0” ball, 34 % da “1” ball va 48% da “2” ball bilan
baholandi. Bu katta qism bemorlarda, mushaklar taranglashgani ammo harakatning yo’qligini
bildiradi.
Indeks Bertelda esa 8% da 0-20 ballgach bo’lib, to’liq yordamga muhtoj, 92%
bemorlarimiz 25-60 ball bilan baholanib, yaqqol yordamga muhtoj deb baholandi.
Qo’llardagi (FAM-UE) harakatni maxsus testi 0-20 ball va oyoqlardagi (FAM-LE)
harakatni maxsus testi 0-8 ball oralig’ida, bu kasallarning o’rtacha natijalari bo’lib og’ir
harakat buzilishi deb mutaxassislar tomonidan baholandi.
82 nafar bemorlarimiz uchun 9 oylik (N=21, 25,6%), 6 oylik (N=45, 54,9%) va 3 oylik
(N=16, 19,5%) reabilitatsiya dasturida ishlab chiqdik, dasturimiz tarkibiga faol va nofaol
davolovchi jismoniy mashqlar kiritilib, uning asosiy vazifasi mushaklar tonusini oshirish,
trofikani yaxshilash va harakatni tiklashdan iborat bo’ldi.
Xulosa:
1.
Insult asosan keksa yoshli insonlar orasida ko’proq va aynan ayollar orasida 67%) katta
foizni tashkil qiladi.
2.
Etiologik omillardan eng ko’p qismi gipodinamiya va semizlik egallaydi.
3.
Bemorlarimizning eng keng tarqalgan shikoyati asosan bir tomonlama gemiparez va
gemipligiya bo’ldi.