Q-M TEMIR YO‘L UCHASTKASI ISH TAHLILI

Аннотация

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi. “Q-M” temir yo‘l uchastkasining istiqboldagi ish hajmi oshishini hisobga olgan holda uchastkaning o‘tkazuvchanlik va stansiyalarning vagon oqimlarini qayta ishlash qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar Q-M uchastkasi asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini oshirish va stansiyalarda samarasiz vaqt yo‘qotishlarini minimallashtish imkoniyatlarni yaratadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
93-96
27

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Butunov, D. ., & Jonuzoqov , C. . (2025). Q-M TEMIR YO‘L UCHASTKASI ISH TAHLILI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(4), 93–96. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/66027
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi. “Q-M” temir yo‘l uchastkasining istiqboldagi ish hajmi oshishini hisobga olgan holda uchastkaning o‘tkazuvchanlik va stansiyalarning vagon oqimlarini qayta ishlash qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar Q-M uchastkasi asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini oshirish va stansiyalarda samarasiz vaqt yo‘qotishlarini minimallashtish imkoniyatlarni yaratadi.


background image

93

Q-M TEMIR YO‘L UCHASTKASI ISH TAHLILI

Butunov Dilmurod Baxodirovich

Toshkent davlat transport universiteti professori, PhD

dilmurodpgups@mail.ru

Jonuzoqov Choriyor Berdimurodovich

Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti

jonuzoqovchoriyor@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14843608

Annotatsiya:

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Q” mintaqaviy temir yo‘l

uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l uchastkasining ishi tahlil qilindi. “Q-M” temir yo‘l
uchastkasining istiqboldagi ish hajmi oshishini hisobga olgan holda uchastkaning
o‘tkazuvchanlik va stansiyalarning vagon oqimlarini qayta ishlash qobiliyatlarini oshirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar Q-M uchastkasi
asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini oshirish va stansiyalarda samarasiz vaqt
yo‘qotishlarini minimallashtish imkoniyatlarni yaratadi.

Kalit so‘zlar:

temir yo‘l uchastkasi, stansiya, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, peregon,

harakat tezligi, yuk poyezdi.

Transport bozorida yuk va yo‘lovchilarni tez, qulay, sifatli, xavfsiz va o‘z vaqtida tashish

bo‘yicha temir yo‘l transporti yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shu munosabat bilan temir yo‘l
transportining asosiy ish ko‘rsatkichlari bajarilish darajasini tahlil qilish, natijalarini asosli
baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida tezkor bartaraf etish uchun zaruriy chora-
tadbirlar ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi [1-4].

Temir yo‘l transporti ish ko‘rsatkichlari bajarilishida temir yo‘l uchastkalari va

stansiyalari ishi alohida muhim mahamiyat kasb etadi. Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati (“O‘TY” AJ) tasarrufidagi temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakatini
tashkil etish va stansiyalarda poyezdlarni qayta ishlash jarayonlarini tahlil qilish muhim
vazifalardan biri sanaladi. “O‘TY” AJ temir yo‘l sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.

1-rasm. “O‘TY” AJ temir yo‘l sxemasi

“O‘TY” AJ tasarrufidagi Q mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibidagi “Q-M” temir yo‘l

uchastkasi ish ko‘rsatkichlarini o‘rganish tadqiqot ishining asosiy obyekti sifatida belgilandi.
“Q-M” temir yo‘l uchastkasida poyezdlar harakati tashkil etish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.


background image

94

Q

·

Q-M uchastkasi

Elektr ta’minoti

Elektr ta’minoti

Elektr ta’minoti

Elektr ta’minoti

·

Q

-y

o

N

-z

A

l-

n

A

y

-m

J-

m

U

-s

G

-z

Lokomotiv xo‘jaligi

M

Toq

Juft

– uzel stansiyasi;

– oraliq stansiya;

– razyezd.

2-rasm. Q-M temir yo‘l uchastkasi sxemasi

“Q-M” temir yo‘l uchastkasi “O‘TY” AJning Q mintaqaviy temir yo‘l uzeli tarkibida

joylashgan va bir yo‘lli ikki tomonlama avtobilokirovkali elektrlashgan temir yo‘l uchastkasi
hisoblanadi. Q-M uchastkasi tarkibida 9 ta stansiya, 4 ta elektr ta’minoti moslamalari mavjud.

Hozirgi kunda ushbu uchastkada yuk va yo‘lovchi poyezdlar harakati aralash tashkil

etiladi. Ularning sutkalik miqdori quyidagicha:

-

2 juft yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi (760/761, 757/758);

-

5 juft mahalliy masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari (Nasaf (3/4), Sharq (15/16),

Sariosiyo-Toshkent (81/82), Termiz-Toshkent (79/80), Andijon-Termiz (129/130));

-

yuk poyezdlari (o‘tkinchi, terma, uchastka) – 12 juft.
Demak, Q-M uchastkasida o‘rtacha sutkada 19 juft poyezd harakatlanadi [2]. Bundan

tashqari 1-jadvalda poyezdlar o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq o‘shimcha ma’lumotlar keltirildi.
Bunda

har

bir

peregonning

o‘tkazuvchanlik

qobiliyati

(1)-ifoda orqali hisoblab topildi.

1-jadval
Q-M temir yo‘l uchastkasi peregonlarining masofasi va yuk poyezdlari yurish

tezligi

Q-M

uchastkasi

peregonlari

nomi

Joylashgan

kilometri

Peregonlar

orasidagi

masofa,

km

Yuk

poyezdlari

yurish tezligi,

km/soat

(reja/amalda)

Yurish

vaqti,

daqiqa

(toq/juft)

(max)

Mavjud

o‘tkazuvchanlik

qobiliyati,

juft poyezd

Q

-Q-yo

3866,2

12,3

60/36,9

20/20

27,3

Q-yo-N-z

3846,2

19,8

60/47,52

27/23

22,5

N-z-Al-n

3825,1

21,2

60/51,9

25/24

22,9

Al-n-Ay-m

3803,2

21,9

60/54,75

25/23

23,3

Ay-m-J-m

3788,1

15,1

60/51,7

18/17

30.5

J-m-U-s

3774,7

13,4

60/44,7

21/15

29,8

U-s-G-z

3758,6

16,1

60/47,1

22/19

26,7

G-z-M

3738,6

20

60/40,7

29/30

19,4

Temir yo‘l uchastkalari mavjud o‘tkazuvchanlik qobiliyatini quyidagi ifoda orqali

aniqladi [4]


background image

95

𝑁

𝑚𝑎𝑣

=

(1440−𝑡

𝑡𝑒𝑥

)⋅𝛼

𝑚𝑢𝑠

𝑇

𝑑𝑎𝑣𝑟

,

juft poyezd

(1)

𝑇

𝑑𝑎𝑣𝑟

= 𝑡

𝑦𝑢

𝑡

+ 𝑡

𝑦𝑢

𝑗

+ 𝑡

𝑞

, 𝑑𝑎𝑞𝑖𝑞𝑎

bu yerda

𝑡

𝑞

poyezdlarning peregonda harakatlanishi uchun sarflangan qo‘shimcha

vaqt, daqiqa

Q-M uchastkasi tadqiqot obyekti sifatida yangi yo‘nalishlarning, jumladan “Xitoy-

Qirg‘iziston-O‘zbekiston” (27.12.24 yil qurilishi boshlangan) va “O‘zbekiston-Afg‘oniston-
Pokiston” (rejalashtirilayotgan) temir yo‘l yo‘nalishlarining qurilishi hamda qurilish ishlari
yakunlanib ekspluatatsiya jarayoniga topshirilgandan so‘ng ish hajmining keskin oshishi
sababli tanlab olindi. Qurilish ishlari yakunlanishi bilan ushbu uchastkada tranzit poyezdlarni
o‘tkazish va stansiyalarning qayta ishlash qobiliyatlariga bo‘lgan talab oshadi.

Q-M uchastkasida Q, Q-yo va M stansiyalari uzel stansiyalari hisoblanadi. Ish hajmi

oshishi bilan ushbu stansiyalarning hamda uchastkaning yuklanganlik darajasi sezilarli
darajada oshadi.

Hozirgi kunda ushbu uchastka sutkada o‘rtacha 20 juft poyezdni o‘tkazish va Q, Q-yo, M

stansiyalari 22 ta poyezdni qayta ishlash qobiliyatiga ega.

Demak, kutilayotgan ish hajmini bajarishga uchastka va stansiyalarning hozirgi kundagi

holati javob bermaydi. Shuning uchun istiqboldagi kutilmalarni inobatga olgan holda quyidagi
chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi.

Temir yo‘l uchastkasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

ro‘yxati:

ikkinchi bosh yo‘lni qurish;
stansiyalar yo‘n yo‘llariga yo‘naltiruvchi strelka o‘tkazgichlari markalarini o‘zgartirish;
lokomotiv turini o‘zgartirish;
aloqa tizimini o‘zgartirish;
stansiyalar kirish svetaforlari joylashuvini o‘zgartirish;
poyezdlar harakati grafigi turini o‘zgartirish;
temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish;
yo‘lovchi poyezdlari uchun alohida yo‘l qurish va h.k.

Temir yo‘l stansiyalari qayta ishlash vа o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha

chora-tadbirlar ro‘yxati:

poyezdlar toifasidan kelib chiqib qayta ishlov berish vaqtlarini me’yorlash;
vagonlarni stansiya yo‘llariga mahkamlash tizimini avtomatlashtirish;
ishchi xodimlarni bajargan ishlari bo‘yicha baholash va rag‘batlantirish;
poyezdlar harakati va stansiya ishi bilan bog‘liq hujjatlarni raqamlashtirish;
poyezd tarkibini avtomatlashgan holda tormoz bilan ta’minlaydigan qurilmalarni

o‘rnatish (misol uchun M va Q-yo stansiyalarga);

bu yerda

𝑡

𝑡𝑒𝑥

-

texnologik “okno” davomiyligi: 1 yo‘lli uchastkalar uchun – 60
daqiqa;

𝛼

𝑚𝑢𝑠

-

mustahkamlik koeffitsiyenti: elektrovozli tortuvda – 0,93;
teplovozli tortuvda – 0,90;

𝑇

𝑑𝑎𝑣𝑟

grafik

davri

(uchastkaning

o‘tkazish

qobiliyatini

chegaralaydigan peregon uchun hisoblanadi), daqiqa.


background image

96

tarkib tijoriy ko‘rigi va vagonlar raqamlarini qayd etuvchi qurilmalardan foydalanish

(misol uchun dronlardan) va h.k.

Yuqorida tavsiya etilgan chora-tadbirlar Q-M uchastkasi asosiy ish ko‘rsatkichlarining

bajarilish darajasini oshirish, stansiyalarda poyezdlar va vagonlarning samarasiz vaqt
yo‘qotishlarini minimallashtish, ishchi xodimlar ish unimdorligini oshirish kabi
imkoniyatlarni yaratadi.

References:

1.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N. Xosilovning “Yuk poyezdlarining

stansiyalararo temir yo‘llarda qatnash vaqtlarini belgilash vedomostlari” to‘g‘risidagi
buyrug‘i. 30.12.2022-y.
2.

Инструкция по расчету наличной пропускной способности железных дорог: утв.

ОАО «РЖД» 10.11.2010 г. № 128.
3.

Худайберганов С.К., Абдуқодиров С.А. Темир йўл транспортида «Д-С»

участкасининг ўтказувчанлик қобилиятини оширишни такомиллаштириш / ToshTYMI
Axborotnomasi, №3, 2020-yil, 144-148 bet.
4.

Мехедов М.И., Мугинштейн Л.А. О процессе взаимодействия технических станций

и перегонов при пропуске поездопотоков // Вестник ВНИИЖТ. 2020. Т. 79. № 2. С. 59 -
65.

Библиографические ссылки

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N. Xosilovning “Yuk poyezdlarining stansiyalararo temir yo‘llarda qatnash vaqtlarini belgilash vedomostlari” to‘g‘risidagi buyrug‘i. 30.12.2022-y.

Инструкция по расчету наличной пропускной способности железных дорог: утв. ОАО «РЖД» 10.11.2010 г. № 128.

Худайберганов С.К., Абдуқодиров С.А. Темир йўл транспортида «Д-С» участкасининг ўтказувчанлик қобилиятини оширишни такомиллаштириш / ToshTYMI Axborotnomasi, №3, 2020-yil, 144-148 bet.

Мехедов М.И., Мугинштейн Л.А. О процессе взаимодействия технических станций и перегонов при пропуске поездопотоков // Вестник ВНИИЖТ. 2020. Т. 79. № 2. С. 59 - 65.