61
BOSHLANG’ICH SINFLARDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH
USULLARI VA IMKONIYATLARI
Bekbo’taeva Durdona Elmurot qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali
“Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” yo’nalishi
magistratura talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14836534
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv jarayonida didaktik o’yinlardan
foydalanish usullari va imkoniyatlari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
metod, izohli o’qish, didaktik,
badiiy o’qish, ifodali o’qish, interfaol, mantiqiy
o’qish.
METHODS AND OPPORTUNITIES OF USING DIDACTIC GAMES AT PRIMARY
CLASSES
ABSTRACT
In this article the author outlines the effective use and opportunities of didactic games, in
particular, interactive methods in the reading lessons of primary school pupils.
Keywords
: method, explanatory reading, didactic, art reading, expressive reading,
interactive, logical reading.
Hammamizga ma’lumki, bolalarning hayotida maktab davri juda katta o’rin tutadi. Chunki
bolalar bog’cha ta’limidan so’ng aynan savodining chiqishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu davrda
bolalarga har taraflama tushunarli bo’lgan mashg’ulotlardan, qiziqarli zamonaviy usullardan
foydalanish lozim. Maktab davrida esa bolaning savodi chiqishi bilan birgalikda uning
dunyoqarashi shakllanib, fikrlash doirasi kengayib boradi.
Shu sababdan, bolalarning bilimini rivojantirishda turli xil o’yinlardan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Bolalar o’yinlar orqali o’z bilimlarini mustahkamlab oladilar. ularni o’rganib
oladilar. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar ta’lim sifatini yanada oshirish, bilish
jarayonining muvafaqqiyatli boshqarilishiga turtki bo’ladi. Didaktik o’yinlar boshlang’ich
ta’limning keyingi bosqichlarida ham bolalarning bilimini rivojiga turtki bo’lishi mumkin. Dars
jarayonida o’zlashtirishi past o’quvchilarning bilimini oshirishga bu o’yinlar o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida
ta’limni
tashkillashtirishga
e’tibor
kuchaymoqda.
Pedagogik
texnologiyalardan
foydalailmoqda. Pedagogik texnologiyalar - ta’limning shakllari, metodlari hamda yangi usullari
tarbiyaviy vositalar yig’indisi hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar o’quvchilar imkoniyati va
qobiliyatini yuzaga chiqarishda eng mahoratli vositalardan biri hisoblanadi, ular orqali ta’lim
jarayonining tezlashishi oshadi. Oʻquvchilardaning mustaqil fikrlash doirasi shakllanadi.
Bolalarda mexr muhabbat qiziqish hissi ortib boradi. Ta’lim tizimiga texnologik vositalar orqali
yondashish tufayli ta’lim jarayonining maqsadi belgilanadi, o’qitish tizimining uzviy bog’liqligi
rivojlanadi hamda ta’limning harakatlanish tezligi yuqorilab boradi.
Texnologiyalardan foydalanishda ular ta’limning sifatini belgilashi lozim, undan
ko’zlangan maqsadga yetishish nazarda tutilishi kerak. Bunda o’qituvchilar o’z o’quv fanini
maqsadini belgilab chiqishi kerak. Belgilangan maqsad asosida albatta samara bo’lmog’i lozim.
62
Bola har bir o’yinga qiziqishi undan o’ziga biror narsa olmog’i kerak. Boshlang’ich sinf
bolalariga dars jarayonida foydalanadigan o’yinlar orqali bolaning bilimi oshishi dars
jarayonini o’zlashishi bilan birgalikda uning maktabga ustozlariga bo’lgan mexr-muhabbati
oshib boradi. Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani
darsga jalb etishga yordam beradi.
O’yinlar orqali erkin fikr yuritish tafakkurining shakllanishini ortganini ko’rish mumkin.
Aynan boshlang’ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bolani darsga jalb
etishga yordam beradi. Ularda oʻquvchilardaning diqqati bir joyga to’planadi tafakkuri o’sib
boradi. O’zlarida erkin fikr yuritish jarayoni shaklanadi.
Dars jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlardan Zanjir o’yini: Bu o’yinda o’qituvchi bir
so’z aytadi. Shu so’zning tugagan harfidan boshab bolalar so’zni davom ettiradi. O’yin orqali
bolalar hammasi darsga jalb etiladi. «Tez ayt» o’yini: bu o’yinda o’qituvchi sinf bo’ylab yuradi
bir bolani turg’izib uga bir tur nomini aytadi. Bola shu turga kiruvchi so’z topib aytishi kerak.
Bu orqali bolaning fikri atrof-muhitga bo’lgan munosabati sinchikovlik qobiliyati oshib boradi.
O’yinda toki javob berolmagan o’quvchilar tugatadi. O’yin bir ishtirokchi qolguncha davom
etadi. Bu o’yinni o’tilgan darsga moslab ham tashkillashtirsa bo’ladi. O’qituvchi: «Hayvon»
O’quvchi: mushuk O’qituvchi: «Mevalar» O’quvchi: olma O’qituvchi sinf jihozlari: O’quvchi:
doska Dars jarayonida shunday o’yinlardan foydalanish orqali o’quvchilarda dars jarayoniga
bo’lgan qiziqish ortib boradi. Bolada topqirlik, chaaqqonlik, tez harakat qilish jarayonari
shakllanib boradi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, buyuk bobokalonimiz va tarixchi, olim Abu Rayxon
Beruniy o’z asarlarida yosh avlodga bilim berishda turli xil qulay, o’quvchi uchun tushunarli
bo’lgan usullardan foydalanishni tavsiya etadi. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar
asarida» Beruniy dars samaradorligini oshirish bolaning xotirasini rivojlanishi bolaning erkin
fikrlashini oshirish usullarini izlashni ta’kidlagan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad bolalarni
zeriktirmaslik turli usullar bilan uning dunyoqarashini, bilim darajasini kengaytirish. Beruniy
bundan tashqari didaktik o’yinlar orqali bola zerikish uyg’otmasligi lozim deydi. Ta’lim sifatini
har taraflama muvafaqqiyatli qilishimiz uchun didaktik o’yinlardan foydalanishimiz lozim.
Bunday usullarni to’g’ri tanlay bilish orqali dars jarayonida samarali natijalarga erishishimiz
mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak o’qituvchining yangiliklari orqali yosh avlodni yanada
bilimi qilish ko’zlanadi.
References:
1.
Yoldoshev J., Usmonov S. “Pedagogik texnologiya asoslari” T.2004
2.
Ibragimov R. “Boshlang’ich maktab o’quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning
didaktik asoslari” T -2001
3.
Beruniy “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” Tanlangan asarlar 1- jild Toshkent
nashri
4.
M. Inoyatova, A.Nosirov, M.Divanova, G.Boymurodova, A.Baxromov, M.Rasulova
F.Abduqudusova. “Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarni qo‘llash”.Toshkent- 2014
