Авторы

  • Shoira Abdukaxarova
    "InFinBank" AJ Uchtepa filialining yakuniy nazorat bo'limi boshlig'i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.65626

Ключевые слова:

bank menejment faoliyat bozor munosabatlari nazariy asos.

Аннотация

Mazkur makolada bank menejmentining nazariy asoslari, bank faoliyatining mazmuni va nazariy asoslari buyicha fikr muloxazalar keltirilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatida boshqaruvni samarali tashkil etish, banklarning xizmatlarini kengaytirish va uni realizatsiya qilish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank hozirgi moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorlik bo‘lganda ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keladi.


background image

146

BANK MENEJMENTINING NAZARIY ASOSLARI

Abdukaxarova Shoira Abduvaxobovna

"InFinBank" AJ Uchtepa filialining yakuniy nazorat bo'limi boshlig'i

https://doi.org/10.5281/zenodo.14849564

Annotatsiya.

Mazkur makolada bank menejmentining nazariy asoslari, bank

faoliyatining mazmuni va nazariy asoslari buyicha fikr muloxazalar keltirilgan. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatida boshqaruvni samarali tashkil etish, banklarning
xizmatlarini kengaytirish va uni realizatsiya qilish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Har qanday bank hozirgi moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan
iqtisodiy barqarorlik bo‘lganda ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri
keladi.

Kalit suzlar

: bank, menejment, faoliyat, bozor munosabatlari, nazariy asos.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bank sohasi qiziqarli, dolzarb va ustuvor sohalardan

biri hisoblanadi, chunki iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga chiqib
olishni vazifasi belgilagan respublikamiz taraqqiyotida va iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishda bank va bank tizimining salmoqli ulushi bor. O‘zbekiston bank tizimida amalga
oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda ikki pog‘onali bank tizimi shakllantirildi va
banklarning amalga oshiradigan operatsiyalari xalqaro darajaga ko‘tarildi. Xususan bank
tizimining erkinlashtirilishi va xususiylashtirilishi bunga misol bo‘la oladi. Banklarning
ixtisoslashuvidan voz kechish va ular faoliyatining universallashuvi ham aynan mustaqillik
yillarida amalga oshirilgan islohotlarning biri hisoblanadi. Har bir korxona va tashkilot
faliyatini amalga oshirishda muhim masalalardan biri sifatida boshqaruv masalasiga duch
keladi. Tijorat banklari ham ko‘zlangan strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun
samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit tashkilotlarining faoliyati o‘ziga xos boshqaruvni

talab etadi. Banklarning oldiga qo‘ygan masadlari amalga oshirish va vazifalarini bajarish
boshqaruvning ahamiyati oshadi. Banklar faoliyatini boshqarish rejalashtirish, tashkil qilish,
tartibga solish va nazorat qilish kabilardan iborat bo‘lib, ular banklar faoliyatining
samaradorligini va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumki, menejment so‘zi, inglizcha «management» so‘zidan olingan va o‘zbek tilida

“boshqarish” ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotlarda ba’zi hollarda “korxonani boshqarish”
deb tushunilsa, ba’zida “korxonani boshqarish shakli, vositalari, tamoyillari va bilimlar
yig‘indisi” deb ta’riflanadi. Ushbu yondashuv hozirgi sharoitda korxonalar faoliyatini
boshqarish chuqur bilim va vositalarga ega bo‘lishni talab etadi. Tijorat korxonasi sifatida
banklar faoliyatini boshqarish ma’lum bir sohadagi bilimlar bilan kifoyalanmasdan, barcha
tarmoq va sohalar bo‘yicha bilimga va tushunchalarga ega bo‘lishni talab etadi. Shunday qilib,
bank menejmenti – bu banklar faoliyatida xodimlarni, moliyaviy xizmat va operatsiyalarni
hamda bankning moliyaviy natijalarini boshqarish shakli, vositalari va maxsus bilimlar
yig‘indisidir. Bank menejmenti boshqaruv faoliyatining ob’yekti bo‘lib, nazariy va amaliy soha
hisoblanadi.

Bank menejmenti fan sifatida o‘zida ma’lum soha faoliyatining nazariy va uslubiy

asoslarini o‘zida ifoda etadi. Amaliy faoliyat sifatida esa, ma’lum tijorat bankini boshqarish va
tashkil qilish shakli hisoblanadi. Boshqaruv sohalari menejmentning yo‘nalishlari hisoblanib,


background image

147

o‘z ichiga moliyaviy menejment, xodimlar menejmenti, ko‘chmas mulkni boshqarish va
boshqalarni boshqarish. Bank menejmenti ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Ular
quyidagilar:

2-rasm. Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi.

Bank menejmentining tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy menejment alohida

yo‘nalish sifatida XX asrning 50 yillarida shakllangan. Bunda asosan aktiv va passivlarni
boshqarish, kapitalni boshqarish, portfelni boshqarish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy
menejmentning asosiy maqsadi bank operatsiyalarini boshqarish va ushbu jarayonda bank
faoliyatidagi risklarni minimallashtirishga xizmat qiladi. Banklarda moliyaviy menejmenti
bankning pul mablag‘larini boshqarishga asoslanadi. Unga banklarning iqtisodiyotdagi roli,
maqsad va vazifalari, ob’yektlari, usullari va bank faoliyatini boshqarishni o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy menejment orqali tijorat banklari likvidliligini boshqarishi, moliyaviy

resurslarini boshqarish, kredit, investision va valyuta portfelini boshqarishi, moliyaviy
natijalarini va balansdan Bank menejmenti Moliyaviy menejment Xodimlar menejmenti 9
tashqari operatsiyalarini boshqarishi mumkin. Tijorat banklari kutilayotgan daromad
darajasini ushlab turgan holda risk darajasini minimallashtiradi. Demak, moliyaviy
menejment bank menejmentining ajralmas va muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank
menejmenti o‘z tarkibiga moliyaviy menejmentdan tashqari xodimlar menejmentini o‘zida
mujassamlashtiradi. Xodimlar menejmentida bank mutaxassislari va yollangan xodimlarn
boshqarish amalga oshiriladi.

Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni ilmiy va

amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan bo‘lib, ushbu muammolarni rivojlangan
mamlakatlarning bank qonunchiligi bilan solishtirish asosida ularni tajribasini o‘rgangan
holda xulosa va tavsiyalar berish, respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga
xizmat qiladi.


References:

moliyaviy

menejment

xodimlar

menejmenti

Bank

menejmenti


background image

148

1.

Abdullaeva T.S. Analysis of the financial condition of a commercial bank. - M.: Finance

and statistics, 2023.
2.

Ortiqov O. va boshq. Bank menejmenti va marketingi: o'quv qo'llanma. - Toshkent:

Tafakkur Bo'stoni, 2022.
3.

Sharipov M.N. (2024). Sovershenstvovaniye mexanizma gosudarstvennogo monitoringa

finansovogo sostoyaniya kommercheskix bankov// Vestnik i nauka. №3.

Библиографические ссылки

Abdullaeva T.S. Analysis of the financial condition of a commercial bank. - M.: Finance and statistics, 2023.

Ortiqov O. va boshq. Bank menejmenti va marketingi: o'quv qo'llanma. - Toshkent: Tafakkur Bo'stoni, 2022.

Sharipov M.N. (2024). Sovershenstvovaniye mexanizma gosudarstvennogo monitoringa finansovogo sostoyaniya kommercheskix bankov// Vestnik i nauka. №3.