9
MUSTAQIL FIKR VA LEKSIK BOYLIK: ONA TILI TA’LIMINING RIVOJLANISH
OMILLARI
Tursunova Nigora Komil qizi
O‘zbekiston milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va
amaliy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14875534
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy - ma’naviy qadriyatlarining azaliy orzusi
istiqlol bilan bog‘liq. Taraqqiyotimiz omili bo‘lgan ilm-fan sohasida keyingi yillarda jiddiy ijobiy
o‘zgarishlar bo‘layotganligini alohida ta’kidlashimiz oʻrinli boʻladi. Ayniqsa, ma’naviyatimiz
ko‘zgusi bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, bu haqidagi qonun yangi
tahririning e’lon qilinishi, lotin yozuviga asoslangan alifboning keyingi uch-to‘rt yil ichida
davlat tili maqomini mustahkamlashidagi muhim roli, bu boradagi qonunning amal qilinishini
ta’minlash, davlat tilini o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash haqidagi Prezident farmonlari va
qarorlari tilshunoslar oldida turgan vazifalar doirasi va ko‘lamini belgilab beradi deyishimiz
mumkin. Ana shunday vazifalardan biri, shubhasiz, “ona tili” ta’limini tartibga solish,
rivojlantirish, dunyo standartlari darajasida tadqiq etishdir.
Mustaqillikdan oldin ham leksika oʻqitish sohasida bir qancha ishlar olib borilgan.
Mustaqillik davrida ham bu boradagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, maktabda «Leksikologiya» bo‘limini kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy
ahamiyatga ega. Mazkur bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning
asosiy birligi - so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ular tilni bir butun tizim sifatida
tushunishlari hamda o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, leksika tilning barcha bo‘limlari
bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishizchillikni talab etadi. «Leksikologiya»
bo‘limini o‘qitishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad o‘quvchilarni o‘zbek adabiy tilining so‘z
xazinasiga olib kirish, ularning so‘z zaxirasini oshirish va so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli
foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda o‘zbek tilining xalqimiz kundalik hayotida hamda jahon miqiyosida
mavqeyini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z ona tilining sofligini saqlagan holda ravon
nutq tuza olish ko‘nikmalarini shakllantirish, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy
etishni ta’minlash, davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini
oshirish kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chunonchi, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5850-sonli farmonida yuqoridagi masalalarga alohida urg‘u beriladi. Xususan, O‘zbek tilining
xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib
kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida
tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, davlat tili sifatida
o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini
rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi
bosqichlarini belgilash, shuningdek, ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish
darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi
nufuzini oshirish
1
kabi chora-tadbirlarini ishlab chiqish to‘g‘risida farmon berildi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son
10
Ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlar ta’siriga berilmaydi. Xalqimiz aytganidek, ildizi
baquvvat daraxtning umri uzoq boʻladi. Yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirishda oʻzbek tili
fanining leksikologiya sathi katta imkoniyatlarga ega. Zero, tilimizning butun boyligi va jozibasi
leksikologiya boʻlimi orqali yosh avlodga singdiriladi. Leksikologiyani yaxshi oʻzlashtirgan
oʻquvchi qayerda qanday gapirishni yaxshi biladi. Chunki ta’lim subyekti sanalgan oʻquvchilarni
mustaqil va ijodiy fikrlashga oʻrgatadigan, oʻz fikrini erkin bayon etishga sharoit yaratadigan
asosiy fanlardan biri ona tili fanidir. Uning leksikologiya sathi ana shu imkoniyatni yaratib
beradi. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida hamda oliy ta’lim
tizimida oʻqitilayotgan oʻzbek tili faniga yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllash hozirgi
davrning eng muhim talabiga aylanib bormoqda. Leksikologiya boʻlimini oʻqitishdan maqsad
oʻquvchilarni oʻzbek adabiy tilining soʻz xazinasiga olib kirish, ularning soʻz boyligini oshirish
va soʻzdan toʻgʻri va oʻrinli foydalanish malakalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Leksikologiya boʻlimini oʻqitishda oʻquvchilarning soʻz boyligini oshirish va nutqi ustida
ishlashga alohida e’tibor bilan qaraladi. Oʻquvchilar duch keladigan dastlabki muammo
soʻzning oʻz va koʻchma ma’nosidir. Darslikda berilgan
koʻz, oltin, temir, quloq, ogʻiz
singari
soʻzlarning birikma tarkibida (
derazaning koʻzi, buloqning koʻzi, oltin bosh, oltin kuz yoki temir
intizom
) oʻz yoki koʻchma ma’noda qoʻllanayotganligini aniqlash, ularing ma’nosini qiyoslash,
berilgan soʻzlarni oʻz va koʻchma ma’nolarda qoʻllab gaplar tuzish, ular asosida matnlar yaratish
kabi amaliy-ijodiy ishlar oʻquvchilarning soʻz boyligini oshirishda, nutqini oʻstirishda muhim
ahamiyatga ega. Istiqlol yillarida ona tili ta’limiga oid adabiyotlarda “ijodiy tafakkur sohibi”,
“ijobiy nutq sohibi” birikmalari tez-tez qoʻllanadigan boʻldi. “Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi”da
ta’kidlanishicha , “Ijodiy tafakkur” sohibini, ya’ni oʻsayotgan, rivojlanayotgan va taroqqiyot sari
yuz tutgan mamlakatimiz uchun zarur boʻlgan, ijodkor va mustaqil fikrlay oladigan shaxsni
tarbiyalab voyaga yetkazish ona tili ta’limi oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifa
hisoblanadi.
2
Bugungi kun oʻquvchisini mustaqil fikrlash bilan bir qatorda dunyoni obrazli anglashga,
idrok etishga oʻrgatish talab etiladi. Obrazli fikrlashga oʻrgatish asnosida ijodkorona til
sezgirligi, his-tuygʻular nozikliklarini idrok etish qobilyatlari shakllantiriladi. Tanlangan matnni
badiiy idrok etish, shu orqali olam haqida, voqea-hodisalar toʻgʻrisida obrazli fikr yuritish
koʻnikmalari badiiy asarlardan keltirilgan illyustrativ tasvirlar vositasida shakllanib boradi.
Z.Xolmanovaning “Matn tahlili tafakkur omili sifatida” ma’ruza tezisida shunday fikrlar beriladi:
“Matn tahlili koʻnikmalarini egallash, leksemaning ma’no boʻyoqdorligini teran anglash,
soʻzning taʼsir qudratini his qilish, talabalarga tilning fikr ifodasi hamda his-tuygʻuni aks
ettirish, soʻzning maʼno imkoniyatlarini anglatish, tilni maʼnaviy ehtiyojga aylantirish hozirgi
ta’lim tizimi oldida turgan vazifalardan biridir”. Bu oʻrinda, Nizomiddin Mahmudovning
quyidagi fikri masalaga oydinlik kiritadi: “Bola tafakkur imkoniyati bilan yorugʻ dunyoga keladi,
lekin bu imkoniyat parvarish qilinmasa, unga shakl-u shamoyil, yoʻnalish berilmasa, bola
ulgʻayganda ham u imkoniyat sifatida yoki bir qolipdagi oʻylar tizimi sifatida qolaveradi”.
3
Albatta, tabiat inʼom etgan isteʼdod tarbiya topishi shart. Ayon boʻladiki, oʻquvchilarning
2
Тўхлиев Б., Шамсиева М., Зиядова Т. Ўзбектили ўқитиш методикаси: Ўқув қўлланма. -Тошкент: Янги аср авлоди. 2006. -
Б.5
3
Маҳмудов Н. Она тили ва ижодий тафаккур такомили // Таълим жараёнида ижодий тафаккурни
ривожлантириш масалалари. Ўзбек тили доимий анжумани VI йиғинининг материаллари. - Тошкент, 2001. -
Б.З.
11
tafakkur imkoniyatlaridan ona tili darslarida kengroq foydalanish zarur. Aqliy faoliyatga
o‘rgatish, dastavval, o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishlovchisiga aylantiradi. O‘quvchi
ta’lim jarayonining faol subyektiga aylansagina, u tilda sodir boʻlayotgan hodisalarni kuzatib,
taqqoslab, ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlaydi, guruhlarga ajratadi. Har
birini mustaqil davom ettirish koʻnikmasiga ega boʻladi. Oʻz kuzatishlarga tayanib, hukm va
xulosalar chiqaradi. O‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, o‘qituvchini
bu jarayondan chetda qoldirmaydi, albatta, uning ta’sirini kuchaytiradi. Bu jarayonda
o‘qituvchidan tashabbuskorlik, ijodkorlik, oʻquvchi faoliyatini nazorat qilish va o‘quvchi
faoliyatining boshqaruvchisiga aylanishlik talab etiladi. Kuzatish, taqqoslash, guruhlash,
umumlashtirish bir-biri bilan uzviy bog‘langan faoliyatki, ta’lim jarayoni ularning barchasini
zaruriyatga aylantiradi. Tahliliy oʻqishning mohiyati shundaki, oʻquvchilar bir mashg‘ulot
davomida ham til, ham adabiyotni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa matn asosida
amalga oshiriladi. Tahlil uchun tanlangan matn oʻzbek tafakkuriga mos bo‘lgan ma’rifiy, badiiy,
tarixiy, shuningdek, ilmiy matnlar boʻlishi lozim. Turli sohalarni qamragan matn ustida ishlash
oʻquvchining nafaqat dunyoqarashini, balki shaxsiy “men”ining rivojiga ham ulkan hissa boʻlib
qoʻshiladi. Ona tili ta’limiga bunday yondashuv o‘quvchilarda matnni o‘qib tushunish
ko‘nikmasini shakllantiradi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son
2.
Mirziyoyev Sh.Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuv. -
Guliston: 2018.
3.
Abdurakhmonova, N., Alisher, I., & Sayfulleyeva, R. (2022, September). MorphUz:
Morphological Analyzer for the Uzbek Language. In
2022 7th International Conference on
Computer Science and Engineering (UBMK)
(pp. 61-66). IEEE.
4.
Abdurakhmonova, N., Alisher, I., & Sayfulleyeva, R. (2022, September). MorphUz:
Morphological Analyzer for the Uzbek Language. In
2022 7th International Conference on
Computer Science and Engineering (UBMK)
(pp. 61-66). IEEE.
5.
Abdurakhmonova, N., Alisher, I., & Toirova, G. (2022, September). Applying Web Crawler
Technologies for Compiling Parallel Corpora as one Stage of Natural Language Processing.
In
2022 7th International Conference on Computer Science and Engineering (UBMK)
(pp. 73-75).
IEEE.
6.
Тўхлиев Б., Шамсиева М., Зиядова Т. Ўзбектили ўқитиш методикаси: Ўқув қўлланма.
-Тошкент: Янги аср авлоди. 2006. - Б.5
7.
Маҳмудов Н. Она тили ва ижодий тафаккур такомили // Таълим жараёнида ижодий
тафаккурни ривожлантириш масалалари. Ўзбек тили доимий анжумани VI йиғинининг
материаллари. - Тошкент, 2001. - Б.З.
8.
Jabborov E.Ona tilining kirish va izchil kursi orasidagi uzviylik // Til ta‘limi bosqichlarida
uzviylikni ta‘minlashning ilmiy-amaliy muammolari. O‘zbek tili doimiy anjumani o‘ninchi
yig‘ini materiallari. – Toshkent, 2009.