6
“ONA” LEKSIK BIRLIGINING KOGNITIV TAHLILI
Azamjonova Xurshidaxon Nozimjon qizi
Andijon davlat universiteti erkin tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14875281
Annotatsiya.
Maqolada “Ona” leksik birligining kognitiv tahlili tadqiq qilindi. Ingliz va
o‘zbek tillaridagi ona so‘zining ifodalaydigan ma’nosi hamda jamiyat tafakkurida mazkur birlik
bilan bog‘liq semalar va ularning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan bilimlar haqida fikr bildiriladi.
Kalit so‘zlar.
Kognitiv tilshunoslik, tafakkur, til, konsept, konseptosfera, sema, lingvistik
tahlil.
Til jamiyat taraqqiyoti, inson fikri va hissiyoti bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib borar
ekan, so‘zning leksik ma'nosida, semantik tuzilishida ma’no qirralari kengayib boraveradi.
So‘zning shu tarzda ma’no jihatidan rivojlanish jarayonida subyektiv munosabatlar muhim rol
o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda, “ijtimoiy hayot, moddiy dunyo, ma’lum muhitdagi farqlar, o‘ziga
xosliklar tushunchalar tizimidagi nomutanosibliklarni tug‘diradi”
1
.
Hozirgi kunda tilshunoslar e’tiborini jalb qilib kelayotgan “shaxs va til” munosabati
bevosita kognitiv tilshunoslik doirasida o‘rganishni talab qilmoqda. Zero, “lingvistik tahlil –
kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir”
2
.
Olamning lisoniy manzarasini tasvirlashda til egalarining dunyoni qanday idrok etishi,
milliy-madaniy qarashlari, tafakkuri kabi omillar, albatta, shaxsning kognitiv-diskurs faoliyati
bilan bog'liq. … “kognitiv tilshunoslik til va ong munosabatini, olamni konseptuallashtirish va
kategoriyalashtirish, bilish jarayonlarida va tajribalarni umumlashtirishda tilning o‘rni kabi
masalalarni tadqiq etadi”
3
.
Tadqiqotimizda “ona” leksemasini tahlil qilish orqali insonning kognitiv bilimlarini
shakllanishini, “ona” leksemasi konseptosferasidagi semalar maydonini va bu leksemaning
paydo bo‘lishida qanday bilimlar asos bo‘lganini o‘rganishni maqsad qilganmiz.
Mazkur tadqiqot ishida “Ona” leksik birligi tanlab olindi va uning konseptologik tahlilini
yoritish maqsad qilindi. Ona-bu so‘z negizida olam-olam ma’no mujassam. Ona haqida qancha
ta’rif bersak shuncha kam. “Ona” konseptosferasi bilish birligi sifatida barcha tillar va
madaniyatlar sohiblari uchun universal hodisadir, ayni paytda uning idrok etilishi, oʻziga xos
xususiyatlarining lisoniy voqelanishi va borliqni kategoriyalashdagi ahamiyati har bir milliy
tilda oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotimizda ingliz va o‘zbek
xalqlariga xos olamni idrok qilishdagi idioetnik xususiyatlar “ona” - “mother” konseptosferasi
misolida ko‘rib chiqiladi.
Ona konseptosferasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ona, qo‘lida chaqaloq tutgan ayol,
xursand, baxtli, hurmatli, chiroyli, aqlli, g‘amxo‘r, suyukli, qahramon, oshxona, mazali taomlar
oshpazi, oltindan ham qadrliroq, jamiyat va yerning yaratuvchisi, yangi nasl asoschisi, oppoq
ro‘mol, alla, farzand haqida qayg‘urish, Momo Havo. Bir so‘z bilan aytganda, ona-bu hayot,
tiriklik ramzi. Ne-ne buyuk daholarni, podshohlarni, dunyo tan olgan shaxslarni dunyoga
keltirgan, tarbiyalagan inson. Ona millatning tayanchi, asosi. U hech qachon aynimaydigan,
zanglamaydigan oltin. Ona simfoniyasida hayotning turli-tuman ohanglari, tovushlari, ranglari
1
Safarov Sh. Semantika. –Toshkent: O‘zME davlat nashryoti, 2013. -B. 89
2
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: “Sangzor” nashriyoti, 2006. –B.7
3
Xudayberganova D. O‘zbek tilida badiiy matnlarning antroposentrik talqini. Filol. fan. dokt. dis. –Toshkent 2015. – B
223
7
uyg‘unlashgan. Unda kamalak go‘zalligi va maftunkorligi mujassam. Ranglar va ohanglarning
o‘zaro birlashishidan ona va hayot mohiyati, uning buyuk falsafasi yuzaga keladi.
Mazkur semalarni quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratgan holda ko‘rishimiz mumkin:
ONA - turmush qadriyatlarini hurmat qilishda, aqlda, hayoda, tashqi go‘zallikda, jasoratda
tengi yo‘q.
Konsept mujassamlashtiradigan quyidagi semalarda “ona” leksik birligini talqin
qilishimiz mumkin: oilaparvar, sadoqatli, sevimli, mehribon, pazanda, rostgo‘y, itoatkor, ozoda;
sermulohaza, o‘ziga sodiq, oqil, zukko, diqqatli, madaniyatli, fahmfarosatli; or-nomusli, iymonli,
iboli, vijdonli, iffatli, diniy va dunyoviy bilimga ega; nazokatli, matonatli, nafis; mehnatkash,
kuchli, tadbirkor, sabrli va boshqalar.
Ko‘rinib turibdiki, faqatgina “ona” so‘zini ishlatganda ham inson juda ko‘p ma'noni ifoda
eta oladi. Bu, uning bu haqdagi bilimlarga ega ekanligini, tasavvurga ega ekanligini ko‘rsatadi.
“Ona” so‘zi aslida farzandni tug‘ib voyaga yetkazuvchi shaxs ma'nosini bildirsa-da, nutqda
boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan, keksa ayollarga hurmat ko‘rsatish maqsadida, kichik
yoshdagi qizlarni erkalash ma'nosida ham bu so‘zdan foydalaniladi
4
. Ushbu semani bilmagan
shaxs “ona” so‘zini faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma'nosini tushunadi, yondosh ma'nolari uning
ongida tushuncha hosil qilmaydi.
O‘zbek tilida ona leksik birligining volida, volidai muhtarama, oyi, ena, nana, aya
shaklidagi ma’nodoshlari bor.
Ingliz tilida esa mother so‘zi mum, mummy, mom shaklida qo‘llaniladi. Mazkur shakllar
har ikki xalqning mavjud madaniyati, bilish darajasi asosida vujudga kelgan.
Ingliz tilida ona so‘zi quyidagicha konseptual maydonga ega: Bola yoki bolalarga qarovchi,
arxaik shaklda qari ayollarga nisbatan, biror tarixiy voqea-hodisaning asoschisi bo‘lgan muhim
ayol obrazi, diniy jamoaning ayol rahbari, bir xil turdagi kompaniyalarning bosh shtati
ma’nosidagi so‘zlar bilan assotsiatsiya hosil qiladi
5
.
O‘zbek tilida "ona" leksemasida asosan oilaparvar, turmush qadriyatlariga sodiq ayol
ma'nosi ustunlik qilsa, ingliz tilida onaning oiladagi va jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyi ham o‘z
aksini topadi.
Xulosa qilib aytganda, semantika fanining boshqa fanlar bilan aloqasining kengayishi
tufayli ma'no hodisasini yangicha qarashlar bilan o‘rganishga ehtiyoj ortib bormoqda. Ushbu
maqolada biz leksik birliklarning paydo bo‘lishida rol o‘ynaydigan kognitiv bilimlarni va shu
doiradagi semalarni tahlil qilishga harakat qildik. Ikki til - ingliz va o‘zbek tillarida mavjud
umumiy ma'noli so‘zlarning har ikki millat madaniyatidan kelib chiqib, o‘xshash va farqli
kognitiv asosga ega ekanligini ko‘rsatishga urinib ko‘rdik.
References:
1.
Oxford dictionary of English. – London: Oxford University Press.
2.
Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax: “Sangzor” nashriyoti, 2006.
3.
Safarov Sh. Semantika. –Toshkent: O‘zME davlat nashryoti, 2013.
4.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild.
5.
Xasanov A. Semantik assimetriyaning kognitiv asoslari. – Andijon, 2020
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I jild, B 125.
5
Oxford dictionary of English. – London: Oxford University Press.
8
6.
Xudayberganova D. O‘zbek tilida badiiy matnlarning antroposentrik talqini. Filol. fan.
dokt. dis. –Toshkent, 2015.