Авторы

  • Ulug‘bek Turayev
    “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.68150

Ключевые слова:

kuzgi bug‘doy takroriy ekin tariq makkajo‘xori (silos uchun) loviya mosh oq jo‘xori (silos uchun) mikroorganizm bakteriya zamburug‘ aktinomitset azotofiksator nitrofiksator.

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida tuproq mikrobiologik xossalariga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

82

BUXORO VILOYATINING O‘TLOQI-ALLYUVIAL TUPROQLARI SHAROITIDA

TUPROQ MIKROBIOLOGIK XOSSALARIGA TAKRORIY EKINLARNING TA’SIRI

Turayev Ulug‘bek Utkirovich

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mustaqil izlanuvchi, Toshkent irrigatsiya va

qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti milliy tadqiqot universiteti

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti,

E-mail: ulmosecha@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14908677

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida

tuproq mikrobiologik xossalariga takroriy ekinlarning ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot
natijalari keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh,

oq jo‘xori (silos uchun), mikroorganizm, bakteriya, zamburug‘, aktinomitset, azotofiksator,
nitrofiksator.

Kirish.

Hozirgi vaqtda Respublikamizda kuzgi bug‘doy 1 mln gektardan ortiq maydonga

ekilayotgan bo‘lsa bu ekin o‘tmishdoshi sifatida takroriy ekinlarni navbatlab almashlab ekishni
tadbiq etib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish dehqonchilik ilmining asosiy negizi
hisoblanadi. G‘allachilikda ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilmasdan, tuproq
unumdorligini oshirishga erishib bo‘lmaydi.

Ma’lumki, yer yuzida qishloq xo‘jaligi ekinlari tuproqdan yiliga 100 mln. tonna azotni

o‘zlashtirish, undan mineral o‘g‘itlar bilan birga 12 mln. tonnasining qaytarilishi, qolgan
yetishmaydigan 88 mln. tonna azotofiksator mikroorganizmlar hisobiga kompensatsiya
qilinishi qayd etiladi. Tuproqda juda ko‘p mikrorganizmlar uchraydi, ya’ni 1 g tuproqda
millionlab yoki milliardlab bakteriyalar bo‘ladi. Havo va suvga nisbatan, tuproqda bakteriyalar
ko‘p uchraydi. Tuproq asosiy man’ba bo‘lib, undan mikroblar havo va suvga o‘tib turadi.
Tahlillarga ko‘ra, 1 ga haydaladigan yerning 25 sm qatlamida 3-5 tonnagacha bakteriyalar
uchraydi [4].

Tuproqda gumusning shakllanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan kimyoviy

elementlarning o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan holatga o‘tish jarayonida tuproq
mikroorganizmlarining ahamiyati beqiyosdir [6].

C.T.Esedullayev va N.V.Shmeleva tomonidan atmosfera azotining dukkakli-don ekinlari

orqali o‘zlashtirilishi hamda tuproq hosildorligini oshirishdagi biologik roliga oid ilmiy va
amaliy asoslar ishlab chiqilgan [7].

Z.P.Karamshuk ma’lumotlariga ko‘ra, bug‘doydan keyin yana shu ekinni takroriy ekish

natijasida zamburug‘ va bakteriyalarning ko‘payish faoliyati susayadi. Shu bilan birga, tuproqda
o‘simlik qoldiqlari, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va
o‘simlik toksik moddalari miqdori ortib boradi [5].

Tuproq muhitidagi mikroorganizmlarning taksonomik (bakteriyalar, zamburug‘lar,

aktinomitsetlar) va fiziologik (azot to’plovchi, nitrofiksator) guruhlari unda kechadigan
biologik

jarayonlarning

yo‘nalishini

shakllantiradi.

Tuproqdagi

guminifikatsiya,

ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, azot fiksatsiyasi va denitrifikatsiya kabi jarayonlar aynan
mikroorganizmlar faoliyati orqali amalga oshadi. Shu boisdan, tuproqning mikrobiologik
faolligi uning hosildorligi, agrofizik xususiyatlari va umumiy holatini yaxshilashda katta
ahamiyat kasb etadi. Mikrobiologik faollik va undagi turli mikroorganizmlar guruhlarining


background image

83

miqdoriy tarkibi hamda o‘zaro nisbatiga bir qator tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shunday
omillardan biri sifatida oldingi mavsumda ekilgan madaniy o‘simliklar alohida ahamiyatga ega.
Turli ekinlarning ildiz massasi va ang‘iz qoldiqlari tarkibi hamda miqdoriy holati,
mikroorganizmlarning turli yo‘nalishda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgani bois, ular tuproqning
mikrobiologik faolligiga o‘ziga xos tarzda ta’sir qiladi.

Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari

sharoitida mikroorganizmarning mikrobiologik faoliyatiga takroriy ekinlarning ta’sirini
aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi «Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza
qilish to‘g‘risida» gi tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza
qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish
masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3 marta hosil olish, hosildorlikni 1,2 barobarga
oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv
va suv resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan
yerlar ulushini har yili 1 foizdan 2026 yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab
berilgan [1].

Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial

tuproqlari sharoitida mikroorganizmlarning mikrobiologik faoliyatiga takroriy ekinlarning
ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydik.

Uslub va materiallar.

Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan “Narzi oyim”

fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida 2019-2022 yillarda olib
borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik
ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib
bajarildi. Dala tajribasida o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar
O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [2].
Hosildorlik bo‘yicha olingan ma’lumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov boyicha aniqlandi
[3].

Tadqiqot natijalari tahlili.

Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida kuzgi bug‘doydan

bo‘shagan maydonlarga tariq, makkajo‘xori, loviya, mosh va oq jo‘xori ekinlarini ekishdan oldin,
ushbu variantlardagi tuproq tarkibida bakteriyalar, zamburug‘lar hamda aktinomitsetlar kabi
taksonomik guruh mikroorganizmlari soni o‘zaro sezilarli darajada farq qilmagani aniqlandi.
Xuddi shunday holat azot to’plovchi (azotfiksator) va nitrifikatsiya jarayonida ishtirok etuvchi
fiziologik guruh mikroorganizmlari miqdorida ham kuzatildi. Barcha taksonomik va fiziologik
guruh mikroorganizmlarining miqdori tuproqning chuqur qatlamlariga siljiganda kamayib
bordi. Bu holat barcha variantlarda kuzatilgan bo‘lib, kuzgi bug‘doy ekilgan maydonlarda
tuproqdagi bakteriyalar miqdori g‘o‘za ekilgan variantlardan ancha kam bo‘lgani aniqlandi.
Shuningdek, ushbu holat takroriy ekinlarni ekishdan oldin va keyin ham tuproqning 0-30 sm
hamda 30-50 sm chuqurlik qatlamlarida kuzatildi.

Takroriy ekinlardan oldin kuzgi bug‘doydan keyin tuproqning 0-30 sm qatlamida

bakteriyalar soni 35,3 mln/g bo‘lgan bo‘lsa, 30-50 sm qatlamda 23,2 mln/g bo‘lganligi kuzatildi,
bu ko‘rsatkich tariq ekinida 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda mos ravishda 44,7 va 27,1 mln/g
miqdorida bo‘lib, makkajo‘xori (silos uchun) ekilgandan so‘ng 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda
51,4 va 34,0 mln/g ekanligi aniqlandi.


background image

84

Oq jo‘xori (silos uchun) takroriy ekin bo‘lgan variantda 0-30 sm, 30-50 sm tuproqdagi

bakteriyalar tariqqa nisbatan tegishlicha 6,4 va 6,2 mln/g ko‘p bo‘lishi kuzatildi. Takroriy
ekinlar ekilgandan so‘ng loviya va mosh variantlarida azotofiksatorlarni sonida sezilarli farq
bo‘lib, 0-30 sm da tegishlicha 66,5-72,9 mln/g va 30-50 sm qatlamda 41,6-44,0 mln/g gacha
nisbatan ortib bordi.

Tariq variantida 0-30 sm qatlamda tuproqdagi azotafiksatorlar soni 41,2 mln/g bo‘lgan

bo‘lsa, takroriy makkajo‘xori (silos uchun) ekilgan variantda 0-30 va 30-50 sm qatlamlarga mos
ravishda 51,3-39,7 mln/g, oq jo‘xori (silos uchun) takroriy ekin bo‘lganda esa 45,0-30,1mln/g
bo‘lganligi kuzatildi.

Tadqiqotlarimizda takroriy ekinlar tuproqning mikrobiologik faoliyatiga ta’siri tahlili

shuni ko‘rsatadiki, tajribada ekilgan takroriy ekinlar variantlari bo‘yicha mikroorganizmlar
turlararo farqlari sezilarli bo‘ldi. Tuproqdagi mikroorganizmlarning taksonomik (zamburug‘,
aktinomitset, bakteriya) va fiziologik (azotofiksator, nitrofiksator) guruhlari soni takroriy
ekinlar ekilmasdan oldingi soniga nisbatan turiga qarab, 2-3 marta va undan ko‘proq oshganligi
kuzatilgan. Bu shuni bildiradiki tuproqda mikrobiologik jarayonlarning faollashtirib, organik
moddalarni parchalanishini tezlashtirib, ularni harakatchan shaklga o‘tishini ta’minlaydi.
Oqibatda ekinlarni oziqlanish tartibi yaxshilanadi, hosilning miqdori va sifati oshadi.

Tajribamizda takroriy ekinlardan oldin nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz)

variantda zamburug‘lar miqdori tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarida tegishlicha 34,4-
21,4 ming/g tuproqda bo‘lgan bo‘lsa, tuproq namunalari olingan qatlamlarda zamburug‘lar
soni takroriy ekinlardan so‘ng ham o‘zgarmaganligi aniqlandi. Takroriy ekin tariq variantida
50,1-25,0 ming/g bo‘lgan bo‘lsa, makkajo‘xori (silos uchun) variantda tuproq qatlamlariga mos
ravishda 51,4-34,4 ming/g, loviya 61,1-38,0 ming/g, mosh 62,0-47,0 ming/g, oq jo‘xori (silos
uchun) variantida 55,0-36,0 ming/g ekanligi aniqlandi.

M.Qosimov va boshqalar fikricha, almashlab ekishda dukkakli ekinlar juda muhim bo‘lib

ular tuproqda oson chiriydi, donli ekinlar esa chirishi qiyin bo‘lgan ekinlardan hisoblanadi [8].

Tadqiqotlarimizda ham takroriy ekin donli ekinlar tariq, makkajo‘xori (silos uchun), oq

jo‘xori (silos uchun) ekilganda tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamida zamburug‘lar soni
sezilarli darajada oshmaganligi, ya’ni o‘zidan qoldirgan ildiz va ang‘iz qoldiqlari qiyin
parchalanishi, qiyin chirishi natijasida, loviya, mosh ekinlari ildiz va ang‘iz qoldiqlaridagi oziq
moddalar miqdori ko‘p hamda oson parchalanishi, oson chirishi sababli zamburug‘lar soni
keskin ijobiy tomonga o‘zgarishi aniqlandi. Bu holat tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamida
mosh takroriy ekin bo‘lgan variantda nazorat variantga nisbatan tuproqdagi zamburug‘lar
27,4-26,0 ming/g gacha yuqori bo‘lganligi kuzatildi.

Tajribamizda aktinomitsetlar miqdori nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variantida

tuproqning 0-30 sm qatlamida 29,4-17,2 ming/g bo‘lgan bo‘lsa, takroriy ekin sifatida loviya,
mosh ekilgandan so‘ng 0-30 sm qatlamda tegishlicha 43,0-45,2 ming/g bo‘lgan bo‘lsa 30-50 sm
qatlamda tegishlicha 28,6-32,3 ming/g bo‘lishi kuzatildi.

Xulosalar.

Olingan natijalarga asosan tajriba o‘tkazilgan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar

sharoitida ang‘izga ekilgan tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh va oq jo‘xori (silos
uchun) takroriy ekin sifatida foydalanish tufayli mikroorganizmlar uchun qulay muhitning
yaratilishi natijasida tuproqning haydalma qatlami 0-30 sm va haydalma qatlam osti 30-50 sm
qatlamlarida ham mikrobiologik jarayonlarni kuchaytirdi, mikroorganizmlarning ko‘payishi
uchun sharoit yaratilishi bois, ularning soni sezilarli darajada oshdi. Natijada tuproq


background image

85

unumdorligini saqlash va oshirishga sharoit yaratilib, tuproqning unumdorligi, gumus miqdori,
oziq moddalarning oshishiga va oziq rejimi ijobiy ta’sirini ko‘rsatib tuproqning mikrobiologik
xossalarining yaxshilanishiga olib keldi. Shu bilan birgalikda mazkur sharoitda takroriy
ekinlarning ekilishi tuproqda agronomik jihatdan faol bo‘lgan mikroorganizmlardan-
bakteriyalar, azotafiksatorlar, nitrifikatorlar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar miqdorini
ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.
2.

Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI–

T.2007. -B.146.
3.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: «Колос», 1985. - 317 с.

4.

4.Abdurahmonova S., Sayibnazarova Ch. Dukkakli don ekinlarining tuproq unumdorligini

oshirishdagi ahamiyati. //O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali Toshkent 2016. № 12. -B. 41.
5.

Карамшук З.П. Причины снижения урожаев в зернопаровых севооборотах на

темно-каштановых почвах и определения возможных мер их устранения // Вестник с-х
науки, 1981, № 4, с. 54-58.
6.

Xaliqov B.M., Namozov F.B. “Almashlab ekishning ilmiy asoslari” Toshkent. 2016. 222 b.

7.

Эcедуллаев C.Т., Шмелева Н.В. Оcобенноcти аккумуляции азота многолетними

бобовыми тпавами в чиcтых и cмешанных поcевах в вепхневолжье // Плодоподие. 2016.
№ 6 (93). C. 16-18.
8.

Qosimov M., Nurbekov A., Islomov A., Tolipov X., Ziyoyev Z. Qurg‘oqchil va sho‘rlanishga

uchragan yerlarda zamonaviy uslubda dehqonchilik qilishga yo‘naltirilgan seminar treninglar
to‘plami. Baktria press. Toshkent-2021.,-158 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni.

Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI– T.2007. -B.146.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: «Колос», 1985. - 317 с.

Abdurahmonova S., Sayibnazarova Ch. Dukkakli don ekinlarining tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati. //O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali Toshkent 2016. № 12. -B. 41.

Карамшук З.П. Причины снижения урожаев в зернопаровых севооборотах на темно-каштановых почвах и определения возможных мер их устранения // Вестник с-х науки, 1981, № 4, с. 54-58.

Xaliqov B.M., Namozov F.B. “Almashlab ekishning ilmiy asoslari” Toshkent. 2016. 222 b.

Эcедуллаев C.Т., Шмелева Н.В. Оcобенноcти аккумуляции азота многолетними бобовыми тпавами в чиcтых и cмешанных поcевах в вепхневолжье // Плодоподие. 2016. № 6 (93). C. 16-18.

Qosimov M., Nurbekov A., Islomov A., Tolipov X., Ziyoyev Z. Qurg‘oqchil va sho‘rlanishga uchragan yerlarda zamonaviy uslubda dehqonchilik qilishga yo‘naltirilgan seminar treninglar to‘plami. Baktria press. Toshkent-2021.,-158 b.