26
MAJMUAT UR-RASOIL TARKIBIDAGI “RISOLAI BOBURIYA” RISOLASINING
MATN TARIXI
Kattayev Po‘lat A’zamovich
1
https://doi.org/10.5281/zenodo.14885993
Annotatsiya:
Ushbu maqola o‘z davrining yetuk mutaffikiri, faqihi, tasavvuf allomasi
Mahdumi A’zam Jaloliddin Kosoniy qalamiga mansub “Majmuat ur-rasoil” to‘plami tarkibiga
kiruvchi “Risolai Boburiya”ning matn tarixi, yozilish sabablari haqida ma’lumotlar berilgan
bo‘lib, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”,
Xoja Ubaydulloh Axrori valiyning “Risolai Volidiyya” kabi mo‘tabar asarlarda keltirilgan
ma’lumotlar asosida Risolai Boburiya ning sabablariga izohlar, aniqliklar kiritildi.
Kalit so‘zlar:
Mahdumi A’zam, Bobur, “Majmuat ur-rasoil”, “Risolai Boburiya”, “Muzakkiri
ahbob”, “Risolai volidiyya”.
Kirish
. Jahon matnshunosligida qo‘lyozma manbalar, matn tarixi va talqini, matn
poetikasi singari masalalar dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiq etib kelinmoqda.
Chunki qo‘lyozma manbalarni o‘rganish har bir davr va turli xalqlar adabiyotshunosligi uchun
yangidan-yangi ilmiy xulosalarga kelish imkonini beradi. Asliyat matnlarini o‘rganmasdan
turib, badiiy adabiyot materialining adabiy-estetik va ilmiy qimmatini haqqoniy baholab
bo‘lmasligi qo‘lyozma manbalarni, matn tarixi va talqini masalalarini tadqiq qilish zaruratini
kun tartibiga qo‘yadi.
“Matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida
milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga
yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilayotgan”
2
hozirgi kunda “Majmuat ur-
rasoil” tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya” asari genezisini, qo‘lyozma va toshbosma
manbalarini, qiyosiy-matniy tahlilini amalga oshirish, badiiy qimmatini aniqlash masalalari har
qachongidan ham dolzarbdir.
Asosiy qism.
Majmuat ur-rasoil” tarkibiga kiruvchi “Risolai Boburiya” asarining qiyosiy-
matniy tadqiqini amalga oshirishdan avval ushbu risolaning matn tarixi, yozilishiga oid
sabablarni, turli manbalar asosida keltirb o‘tishni lozim ko‘rdik.
O‘z davrining siyosiy-ijtimoiy, madaniy hayotiga katta hissa qo‘shgan, Xoja Ubaydulloh
Axror Valiy zamonida Naqshbandiya tariqati yuqori bosqichga olib chiqildi. Alisher Navoiy
“Nasoyim ul-muhabbat” asarida u zot haqida chuqur ehtirom bilan shunday deydi,-“Hazrat Xoja
va alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid
uldurkim, alarning sharif vujudlari
barakatidin bu sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay
3
”.
Xoja Axor Valiy ilm yo‘lida beqiyos xizmat qilib, u kishidan bizga bir necha muhim
asarlaryetib kelgan. Xuddi shunday asarlaridan biri “Risolai volidiyya”dir. Bu asar Xoja Axrori
Valiyning otasining iltimosiga ko‘ra yozilgan asar bo‘lib unda naqshbandiya tariqatining
asoslari o‘z bayonini topgan
4
. Shoh, shoir, zamoninining buyuk faqihi, Zahiriddin Muhammad
Bobur, tasavvufda o‘ziga ustoz bilgan Xoja Ubaydulloh Axror qalamiga mansub “Risolai
1
Alisher Navoiy Nomidagi TOShDO‘TAU mustaqil tadqiqotchisi.
kattayevpulat@gmail.com
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son “Qadimiy yozma
manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
//Xalq so‘zi, 2017-yil 25-may.
3
Alisher Navoiy mukammal asarlar to‘plami 17-tom, Nasoyim ul muhabbat. 142-b.
4
Abduhalilov B. Xoja Axror Valiy “Risolai volidiyya”. Yangi asr avlodi, 2004. 6-b.
27
volidiyya” asarini nazmga soladi. Asarning tasavvuf, tariqat ta’limi, valiylar ma’naviy olami
haqida o‘ta ta’sirchanligiga dalil qilib,
Robita qolmasa, ul hol ketar,
So‘z eshitur esang, ushmuncha yetar…
5
Misralarini keltiradi. Asar tugallangach uni piri Xojagiy Kosoniy Mahdumi A’zamga
yuboradi. Bu haqda, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob
6
” asarida ham ma’lumotlar
kelgan.
Xoja Ahrorga irodati bo‘lgan Bobur podshoh ham bu ulug‘lar xonadoniga nisbatan izzat-
ikromni soatma-soat oshirar va biron daqiqa bu ishni kanda qilib, g‘aflatda qolmas edi. Barcha
darvishlarga lutf eshigini ochib, niyozmandlik yumushini bajo keltirardi. Hazrat Maxdumiy
mullo Xojagiy Kosoniyga — sirlari muqaddas bo‘lsin — bir bo‘lak oltin quymasini niyoz
tariqasida yuborib, yonida o‘zining ushbu qit’asini ham shohid qilgandi. Qit’a:
Dar havoiy nafsi gumroh umr zoe karchaem,
Peshi ahlulloh az atvori xud sharmandaem.
Yak nazar afkan ba so‘i mo, ki az rohi vafo,
Xojagayro mondaem, xojagyro bandaem.
(Mazmuni: Adashgan nafsimiz havasi yo‘lida, umrni zoe qildik, din ahli oldida bu
qilmishimizdan uyatlimiz. Biz tomonga hech bo‘lmasa bir nazar sol, vafodorlik ila xojaga
bog‘langanmiz, xojaga bandamiz.)
7
“Risolai Boburiya” Xoja Ubaydulloh Ahrori Valining “Risolai volidiya” asarini Hindiston
podshohi temuriy Bobur mirzo tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan she’riy tarjimasining birinchi
nusxasini sovg‘a-in’omlar bilan birgalikda piri hisoblangan Maxdumi A’zamga yuborib, ul
zotdan maslahat so‘rab murojaat etgan xatiga javob tariqasida yozilgan asardir. Bu haqda K.
Kattayev ham o‘z tadqiqotida shunday deydi, — “Bobur mirzo Xoja Ahrorning “Risolai volidiya”
asarini tarjima etib, o‘z ruboiylari va sovg‘a-salomiga qo‘shib piriga yuborgan. Javob tariqasida
Maxdumi A’zam “Risolai Boburiya” asarini yozgan, deb keltirishgan. Ammo fikrimizcha, Bobur
mirzo piriga yana bir alohida xat yuborib, undan zikrga doir ba’zi masalalarni hal qilib berishni
iltimos qilgan, ko‘rinadi. Chunki agarda, faqatgina yuborgan nazm va nasriga oid yozishmalarga
javob berilganda edi, unda risolaga “Sharhi g‘azaliyoti Boburiya” (xuddi, “Sharhi g‘azaliyoti
Ubaydiy” nomli risolalari kabi) nomi qo‘yilardi. Undan tashqari, risolaning aksariyat qismi zikr
masalasiga bag‘ishlangan”
8
. Chunki o‘sha davrdagi turli tariqat ahllari orasidagi ixtiloflarda
aynan ushbu risola kerak edi. Zikrning xufiy yoki jahriy aytilishida hech bir zarar yo‘qligiga ilk
bor Mahdumi A’zam Dahbediy “Risolai Boburiya”da ochiq bayon qilgan.
Tasavvuf irfonlaridan tashqari o‘zining badiiy jozibadorligi bilan ham turuvchi ushbu
risola o‘z zamonasida Yassaviya, Naqshbandiya va boshqa tariqatlarga oid muhim masalalarni
hal qilishda asosiy rol o‘ynagan.
5
Zahiriddin Muhammad Bobur. Risolai volidiyya nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon va sharhlar muallifi M.
Kenjabek; mas’ul muharrir A. Mansur. T.: “Sharq”. 2014. 426-b.
6
Hasanxoja Nisoriy. “Muzakkiri ahbob”. O‘zRFA ShI, asosiy fond, Inv; 4282.
7
Hasanxoja Nisoriy. “Muzakkiri ahbob”. Toshkent, 1993. 53-b.
8
Komilxon Kattayev. Mahdumi A’zam va Bobur Mirzolar ma’naviyatini anglash.
.davron.uz
28
Xulosa.
Xotima o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu risola matn tarixini o‘rganishda bir
necha dolbzab o‘rinlar o‘rganildi.
-
Risolaning yozilish sabablari o‘rganilib, unda asosan tarixiy manbalarga tayanildi;
-
“Risolai Boburiya” matn tarixini yaratishda hozirgi kun matnshunos olimlari
tadqiqotlariga ham tayanildi;
-
Mahdumi A’zam hamda Bobur mirzo orasidagi iliq munosabatlar, ustoz-shogird
an’analari dalillar asosida yoritildi.
References:
1.
Alisher Navoiy mukammal asarlar to‘plami 17-tom, Nasoyim ul muhabbat. 283 B.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-
son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. //Xalq so‘zi, 2017-yil 25-may.
3.
Abduhalilov B. Xoja Axror Valiy “Risolai volidiyya”. Yangi asr avlodi, 2004. 20 B.
4.
Zahiriddin Muhammad Bobur. Risolai volidiyya nazmiy tarjimasi va sharhi. Nasriy bayon
va sharhlar muallifi M. Kenjabek; mas’ul muharrir A. Mansur. T.: “Sharq”. 2014. 446 B.
5.
Hasanxoja Nisoriy. “Muzakkiri ahbob”. O‘zRFA ShI, asosiy fond, Inv; 4282.
6.
Hasanxoja Nisoriy. “Muzakkiri ahbob”. Toshkent, 1993. 344 B.
7.
Komilxon Kattayev. Mahdumi A’zam va Bobur Mirzolar ma’naviyatini anglash.
.davron.uz