118
TIL O’RGANISHDAGI SUN’IY INTELLEKTNING FOYDA VA ZARARLARI
Muniraxon Saibova
O’z DJTU Ingliz tili 3-fakulteti
Amaliy fanlar kafedrasi, Ingliz tili 3-fakulteti 1-kurs talabasi
Saodat Agzamxo’jayeva
Ilmiy rahbar
Amaliy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi 3
Ingliz tili 3-fakulteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14934661
Annotatsiya.
ushbu maqola sun’iy intellektning til o’rganish jarayonidagi foyda va
zararlarini ochib beradi va nima uchun texnalogiyaga haddan tashqari ishonch, inson omilining
pasayishi va axborot xavfsizligi kabi muammolar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt
texnalogiyalaridan ortiqcha foydalanish o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatining
pasayishi, ijtimoiy aloqalarning cheklanishi va axloqiy-psixologik muammolarga olib kelishi
mumkin.
Kalit so’zlar
: sun’iy intellekt, shaxsiylashtirilgan o’qitish, masofaviy ta’lim, axborot
xavfsizligi, o’quv chatbotlari, o’qitish metodlari, til o’rganish platformalari, virtual
yordamchilar.
Kirish:
Bugungi kunda eng ommalashgan mavzulardan biri bu sun’iy intellektdir. Sun’iy
intellekt hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Biz bundan turli maqsadlarda
foydalanamiz. Jumladan, ta’lim sohasiga ham kirib kelmoqda. Til o’rganish jarayonida sun’iy
intellekt vositalaridan foydalanish o’quvchilarga yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ayniqsa,
bugungi kunda chet tillarini o’rganish ancha osonlashdi, chunki sun’iy intellekt asosida
ishlovchi turli xil o’quv chatbotlari, virtual yordamchilar va interaktiv dasturlar. Bu
texnalogiyalar o’quvchilarga shaxsiylashtirilgan ta’lim olish, talaffuzni yaxshilash, grammatika
xatolarni avtomatik tahlil qilish va nutq amaliyotini rivojlantirish imkonini bermoqda.
Biroq, sun’iy intellektning ta’lim sohasiga kirib kelishi bir qator muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish inson muloqotining
kamayishiga, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pasayishiga va texnalogiyaga
ortiqcha bog’lanib qolishiga olib kelishi mumkin. Sun’iy intellekt platformalari doim ham
mukammal emas – ular ham xatolar qilishi yoki noto’g’ri tarjimalar qilishi mumkin. Shunday
ekan, sun’iy intellektning til o’rganishdagi foydalari va salbiy jihatlarini tahlil qilish,
texnologiyadan samarali foydalanish yo’llarini aniqlash muhim vazifalardan biri sanaladi.
Ushbu maqolada sun’iy intellekt vositalarining til o’rganishga ta’siri, ularning afzallik va
cheklovlari, shuningdek, kelajakda qanday yo’nalishlarda rivojlanishi mumkinligi muhokama
qilinadi.
Muhokama va natijalar:
Sun’iy intellekt bugungi kunda til o’rganish jarayonida keng
qo’llanilib, studentlar uchun bu texnalogiya akademik ta’limni yengillashtirsa, boshqa
maqsadda til o’rganayotgan insonlar uchun esa shaxsiy rivojlanish, kasbiy o’sish va global
muloqot imkoniyatlarini kengaytiradi. Studentlar ko’pincha chet tillarini universitet va maktab
dasturlari doirasida o’rganadilar. Sun’iy intellekt esa ularning bilim olish jarayonini yanada tez
va oson o’rganishlari uchun yordam beradi. Shaxsiylashtirilgan ta’lim – talabaning bilim
darajasiga qarab sun’iy intellekt moslashtirilgan mashqlar va darsliklar tayyorlaydi. Masalan,
kompyuter kabi dasturlar talabaning o’rganish tezligini va qiziqishlarini tahlil qilib, talaba
uchun o’quv rejalarini yaratadi. Agarda o’quvchi grammatikadan yoki lug’atdan ko’proq ehtiyoj
119
sezsa, unga shu yo’nalishda ko’proq mashqlar taqdim etiladi. Yozma va og’zaki nutqni
rivojlantirish uchun turli xildagi programmalarni ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Grammarly,
Language Tool orqali studentlar yozma ishlarini tekshirib, Grammatik xatolarini bilib olishlari
mumkin.
Nutq amaliyotini oshirish uchun esa ELSA Speak yoki Speechling til o’rganish dasturlari
yordamida talaffuzni rivojlantrish va qanday qilib uni yaxshilash mumkinligi haqida tavsiyalar
beradi. Mustaqil o’rganish imkoniyati – ko’plab studentlar o’z vaqtini o’zlari boshqarishni
xohlashadi. Masalan, internet tarmoqlaridagi darslar o’quvchilarga eng samarali ta’lim
resurslarini topishga yordam beradi. Boshqa maqsadda til o’rganuvchilar uchun sun’iy
intellektning foydalari. Boshqa maqsadda til o’rganuvchilar deganda ishbilarmonlar,
sayohatchilar, yangi kasb egallashni istaganlar va tilga qiziqadigon boshqa insonlar nazarda
tuitilmoqda. Misol uchun, sun’iy intellektni ish va biznesda qo’llash. Xalqaro biznes aloqalarini
rivojlantrishda Google Translate yoki Deepl dastur kabi tarjimonlar yordamida turli xil tillarda
hujjatlar tayyorlash yoki mijozlar bilan muloqot qilish osonlashadi. Sayohat va kundalik paytida
til to’siqlarini bartaraf qilish uchun Google Lens va Translate dasturlari yordamida chet elda
yo’nalishlarni tushunish, mahalliy odamlar bilan muloqot qilish oson bo’ladi. Muloqot paytida
sayohatchilar va madaniyatlarni o’rganishni istaganlar uchun ELSA Speak yoki Rosetta Stone
kabi ilovalar yordamida talaffuz ustida ishlash mumkin.
Chet tillari tarjimonlari va tilshunoslari uchun : Sun’iy intellekt avtomatik tarjima va
lingvistik tahlil vositalari orqali tarjimonlik sohasida ishlovchi mutaxassislarga yordam beradi.
Sun’iy intellekt til o’rganish jarayonida ko’plab foydali taraflari bo’lsa-da, ammo u bilan bog’liq
zararli taraflari ham mavjud. Talabalar va boshqa maqsadda til o’rganuvchilar sun’iy intellekt
vositalariga haddan tashqari suyanib qolsa, mustaqil fikrlash, jonli muloqot va an’anaviy ta’lim
usullari zarar ko’rishi mumkin. Studentlar uchun sun’iy intellektning zararli jihatlari. Bugungi
kunda, studentlar sun’iy intellektdan ko’p foydalanishlari natijasida mustaqil o’rganish
qobilyatlari pasayib ketmoqda. Bunga misol qilib talabalar yozma topshiriqlar, insho va
maqolalarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishmoqda. Shu sababdan, talabalar o’z ijodiy
fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini yo’qotib borishmoqda. ChatGPT kabi vositalardan
foydalanish natijasida talabalar murakkab jumlalarni o’zlari tarjima qilishlari o’rniga tayyor
ChatGPT dan foydalanishmoqda. Inson muloqotining kamayishi. Student til o’rganyotgan
paytida jonli muloqot juda ham muhim, ammo sun’iy intellektdan foydalangan talabalar jonli
suhbat qurganda qiynalishadi. Misol uchun, Sun’iy intellekt vositalari yuz ifodalari, imo-
ishoralar va nutq intonatsiyasini hisobga olmaydi, bu esa talabalar uchun real hayotdagi
muloqotni qiyinlashtiradi. Sun’iy intellektning nato’g’ri javoblari va tarjimalari. Sun’iy
intellektning ham barcha ma’lumotlari ishonchli emas, va ba’zan u noto’g’ri tarjima yoki xato
ma’lumot berishi mumkin. Masalan, Google Translate ba’zan so’zlarning kontekstini noto’g’ri
tushunib, ma’nosi buzilgan tarjimalarni taqdim etishi mumkin. Texnalogiyaga haddan tashqari
o’rganib qolishlik. Ba’zi talabalar sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishga shu qadar o’rganib
qoladiki, ular o’z bilimlarini mustaqil sinab ham ko’rishmaydi. Misol uchun, chet tilida matn
yozayotganda, talabalar o’z grammatik bilimlariga ishonish o’rniga har safar avtomatik tuzatish
dasturlariga murjaat qiladilar.
Boshqa maqsadda til o’rganuvchilar uchun zararli jihatlari. Ishbilarmonlar va tarjimonlar
uchun xavfli tomoni: Sun’iy intellekt asosidagi tarjima vositalari ishbilarmonlar va
tarjimonlarning sifatli ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, xalqaro biznesda
120
ishlovchilar noto’g’ri tarjima qilishlari natijasida o’z biznes hamkori bilan turli xil
muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Sun’iy intellektga haddan tashqari bog’lanib qolishlik
til o’rganish jarayonining tabiiyligini yo’qotishga sabab bo’lishi mumkin. Misol uchun:
Sayohatchilar avtomatik tarjimonlarga juda ishonib, tilni o’rganish o’rniga faqat dasturlarga
tayanib qolishlari mumkin.
Xavfsizlik va maxfiylik muammolari mavjud va ular sun’iy intellect platformalari
foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi va bu ma’lumotlarning xavfsizligi
ta’minlanmasligi mumkin. Talabalar va boshqa foydalanuvchilar o’z shaxsiy ma’lumotlarini va
yozishmalarini sun’iy intellekt vositalarida qayta ishlaganda, bu ma’lumotlar no’g’ri qo’llarga
tushib qolishi mumkin.
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagilarni hulosa qilish
mumkin:
Sun’iy intellekt til o‘rganish jarayonini yanada samarali va qulay qilgan bo‘lsa-da,
ammo undan haddan tashqari ko'p foydalanish insonda muloqotning kamayishiga, mustaqil
fikrlashning zaiflashishiga va texnologiyaga qaramlik kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Studentlar va boshqa til o‘rganuvchilar sun’iy intellekt vositalariga ortiqcha bog‘lanib,
jonli suhbat ko‘nikmalarini rivojlantirishdan uzoqlashishi yoki o‘z ijodiy fikrlarini to‘liq
shakllantira olmasligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, sun’iy intellektdan til o‘rganishda
vosita sifatida foydalanish kerak, lekin uni kitob o‘qish, yozma mashqlar bajarish va jonli
muloqot bilan uyg‘unlashtirish zarur. Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ongli foydalanib, uning
salbiy ta’sirlarini kamaytirish orqali biz nafaqat til o‘rganish jarayonini rivojlantiramiz, balki
haqiqiy hayotda ham samarali muloqot qilish qobiliyatini mustahkamlaymiz. Til o‘rganish – bu
faqat texnologiyaga tayanadigan jarayon emas, balki insoniy tajriba, amaliyot va muloqot bilan
boyitiladigan uzluksiz o‘sish yo‘lidir. Kelajakda sun’iy intellekt texnalogiyalari yanada
rivojlanadi, ammo uning zararlarini kamaytirish uchun uni to’g’ri va ongli ravishda foydalanish
muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ong'arov Diyorjon Rustam o'g'li, Eraliyeva Sevinch Sharofiddin qizi. "Sun'iy intellektning
bugungi kundagi ahamiyati." Guliston Davlat universiteti, 2021.
2.
ResearchGate. "Sun'iy intellekt va ekspert tizimlar." ResearchGate, 2021.
3.
ICT Xabar. "Sun’iy intellektning eng yaxshi texnologiyalari." ICT Xabar, 2022.
4.
Ng, A. (2016). Machine Learning Yearning. DeepLearning.AI.
5.
Scienceweb. ’’Sun’iy intellect, uning tarixi, ahamiyati, ijobiy va salbiy tomonlari’’.
Scienceweb, 2021.