Авторы

  • Шаходат Матякубова
    Ургенчский технологический университет Учитель истории, кафедра общественных наук

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.69423

Ключевые слова:

ремесла прикладное искусство архитектура градостроительство религиозные воззрения зороастризм.

Аннотация

В IV-VI вв. наблюдаются также изменения в экономике и культурной жизни Хорезмийского государства. Начиная с IV века, наблюдаются изменения и во внешнем виде остродийцев. В статье рассматривается, как ремесла, прикладное искусство и архитектура Хорезма IV-VIII вв. отражались на религиозных воззрениях местного населения, в их повседневной жизни.


background image

100

XORAZM HUNARMANDCHILIGI VA AMALIY SAN’ATIDA AKS ETGAN DINIY

QARASHLAR (ARABLAR BOSQINIGA QADAR)

Matyakubova Shahodat Xamidjanovna

Urganch Ranch texnologiya universiteti

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi Tarix fani o‘qituvchisi

tel: 97 527 52 00

e-mail: matyaqubovashaxodat@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14929737

Annotatsiya.

IV-VI asrlarda Xorazm davlati iqtisodiyotida va madaniy hayotida ham

o‘zgarishlar kuzatiladi. IV asrdan ostodonlarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar
kuzatiladi. Maqolada IV-VIII asrlarda Xorazmda hunarmandchilik, amaliy san’at,
me’morchilikning kundalik turmush tarzida mahalliy xalq diniy qarashlarida aks etganligi
yoritildi.

Kalit so‘zlar:

hunarmandchilik, amaliy san’at, me’morchilik, shaharsozlik, diniy

qarashlar, zardushtiylik.

RELIGIOUS VIEWS REFLECTED IN KHOREZM HANDICRAFTS AND APPLIED

ARTS (UP TO THE ARABS INVALUABLE)

Matyakubova Shahodat Khamidjanovna

Urgench Ranch Technological University

Teacher of History, Department of “Social Sciences”

tel: 97 527 52 00

e-mail: matyaqubovashaxodat@gmail.com

Annotation.

In the IV-VI centuries, there will also be changes in the economy of Khorezm

in the economy and cultural life of Khorezm. From the IV century changes is observed in the
appearance of theonions. In the article, in IV-VIII centuries, Khorezm was reflected in the
religious views of the local people in Khorezm in the daily lifestyle of the architecture.

Keywords:

Crafts, applied arts, architecture, urban planning, religious views, zoroastrian.

РЕЛИГИОЗНЫЕ ВЗГЛЯДЫ, ОТРАЖЕННЫЕ В ХОРЕЗМИЙСКОМ РЕМЕСЛЕ

И ПРИКЛАДНОМ ИСКУССТВЕ (ДО АРБСКОГО ЗАВОЕВАНИЯ)

Матякубова Шаходат Хамиджановна

Ургенчский технологический университет

Учитель истории, кафедра общественных наук

телефон: 97 527 52 00

электронная почта: matyaqubovashaxodat@gmail.com

Аннотация.

В IV-VI вв. наблюдаются также изменения в экономике и культурной

жизни Хорезмийского государства. Начиная с IV века, наблюдаются изменения и во
внешнем виде остродийцев. В статье рассматривается, как ремесла, прикладное
искусство и архитектура Хорезма IV-VIII вв. отражались на религиозных воззрениях
местного населения, в их повседневной жизни.

Ключевые

слова:

ремесла,

прикладное

искусство,

архитектура,

градостроительство, религиозные воззрения, зороастризм.


Turk xoqonligi hukmronligi davrida Xorazmdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqida

yozma manbalar deyarli saqlanib qolmagan. Arxeologik tadqiqotlar orqali bu masalani yoritish


background image

101

qiyin sanaladi. Lekin ba’zi arxeologik tadqiqotlar asosida turk hokonligining ta’siri bo‘lganligini
ko‘rishimiz va ma’lum bir guruh aholining ko‘chib kelib, tashlandiq shaharlarni
o‘zlashtirganliklarini kuzatishimiz mumkin. Turli hajmdagi otning kichik xaykallari kam
bo‘lsada, topilgan. Ot xaykali Pinak shahridan VI-VIII asrlarga oid ibodatxonadan topilgan. U
yerdan otning katta haykali topilgan. Hozirda bu haykal Nukusdagi I.V.Savisskiy muzeyida
saqlanmoqda. Ilk o‘rta asrlarga oid ibodatxonalarda olov, suv bilan bog‘liq e’tiqodlar bilan
birgalikda otni ilohiylashtirish ham borligi ko‘rishimiz mumkin. Bu Xorazm vohasida Suyovush
bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

IV-VI asrlarda Xorazm davlati iqtisodiyotida va madaniy hayotida ham o‘zgarishlar

kuzatiladi. IV asrdan ostodonlarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi.
Antropomorf ostodonlar ishlab chiqilmagan, ular loydan quticha shaklida ishlangan. VII-VIII
asrdan alebastrdan tayyorlana boshlagan

1

.

Antropomorf terrakota haykallari bu davrda ishlab chiqilmagan. Terrakota haykalchalar

mil. avv. IV- milodiy II asrlargacha bo‘lgan davrda ko‘plab ishlab chiqilgan. Ilk o‘rta asrlardan
bunday haykalchalarning ishlab chiqilmaganligini Xorazmliklarning diniy qarashlarida
o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Tuproqqal’a yodgorligi tushkunlikka uchragandan
keyin, bu yerga kelib joylashgan aholi, tadqiqotchilar fikricha, cho‘l hududlarida yashagan aholi
bo‘lishi mumkin. Bu aholidan loydan ishlangan butlar saqlanib qolgan. Bu aholini butparast deb
hisoblaganlar

2

.

Aholi o‘rtasida zardushtiylik bilan bog‘liq ma’budlarga e’tiqod davom etgan. Buni

Ayozqal’a 2 va “nomsiz qo‘rg‘on” deb atalgan qo‘rg‘ondagi diniy marosim bilan bog‘liq xonadagi
otashka oldida qanday ma’bud tasviri bo‘lganligi aniqlangan. Olov shunga bag‘ishlab yoqilgan
bo‘lishi mumkin degan g‘oyani ilgari surganlar.

IV-V asrlarda mamlakat siyosiy jihatdan ko‘plab mayda bo‘laklarga ajralib ketgan, bu

hududdan topilgan ko‘plab mis tangalar asosida isbotlangan. Turli hukmdorlarga tegishli
bo‘lgan tangalar zarb qilingan. Ularda turli tamg‘alar bosilgan

3

. Shu bilan birga har bir

hukmdorga tegishli bo‘lgan qal’a -qo‘rg‘onlar bunyod etiladi. Kichik Qavat qal’a, Burgut qal’a,
Noibqal’a va boshqalar. Bu qal’a qo‘rg‘onlarning qurilish uslubi bu davr uchun alohida
me’moriy inshoot hisoblangan. Ular asosan bitta mudofaa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, burjlar
bilan mustahqamlangan. Qal’a darvozasi mudofaasiga alohida e’tibor qaratilgan. Kam
hollardagina ikkita mudofaa devor bilan qurilgan. Bu davrda ko‘plab ko‘shk qo‘rg‘onlar bunyod
etilgan. Ular baland bo‘lmagan asosga, ba’zida tekis yerning ustiga qurilgan. Donjon tipiga arki
bo‘lgan. “Donjon” so‘zi frantsuz tilidan olingan bo‘lib, “shahar minorasi” degan ma’noni beradi.
Donjon qal’a ichida quriladi, qal’a devorlaridan baland bo‘lib qurinib turadi, ikki yoki uch
qavatli qilib quriladi. Xuddi qal’a ichidagi qal’aga o‘xshaydi. Donjonlar Yevropada yog'och yoki
toshdan qurilgan, O‘rta Osiyoda loydan va xom g‘ishtdan tiklangan. Undan turar joy, harbiy
mudofaa, omborxona, qurol aslaha saqlanadigan joy sifatida foydalangan. Shu bilan birga
donjonda foydalanmaydigan kichik xonalar ham bo‘lgan

4

. Ilk o‘rta asrlardan O‘rta Osiyoning

1

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.

2

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.

3

Кдырниязов М.-Ш, Ягодин В.Н, Мамбетуллаев М.М, Сагдуллаев А.С, Кдырниязов О.-Ш. История цивилизации

Хорезма. Монография. -Нукус. 2017. -С. 173.

4

https://ru.wikipedia.org/wiki/Донжон.


background image

102

ko‘plab hududlarida donjonga ega bo‘lgan ko‘plab qo‘rg‘onlar qurilgan. Donjonlarning pastki
qavatiga ko‘pincha arksimon xonalar bunyod etilgan.

Ilk o‘rta asrlarga oid monumental tasvirlarning saqlanib qolmaganligi sabab, bu davr

madaniyati amaliy san’at namunalari – muhr, kumush idishlar, tangalar va ostodondagi
tasvirlar orqali yoritish mumkin. Bu davrdan saqlanib qolgan amaliy san’at namunalarida
to‘rtqo‘lli ma’buda tasviri keng tarqalgan. Ilk o‘rta asrlarda boshqa hududlarda ham bu
ma’budaga e’tiqod keng yoyilgan. Kama bo‘yidan to‘rtqo‘lli ma’buda aks etgan kumush idish
topilgan. Tadqiqotchilar uni Xorazmga oidligini asoslashgan. Unda to‘rtqo‘lli ma’buda sher,
leopard va taxt ustida o‘tirgan holda, yuqoridagi qo‘lida quyosh va yarim oy shakllarini, pastki
qo‘llarida gul, hukmronlik ramzi, kosa ushlagan holda tasvirlangan. Ma’budada aks ettirilgan
toj o‘tirgan ikki o‘rkachli tuyaning tasviri berilgan. Shunday toj III -VIII asrlargacha zarb
qilingan tangalarda mavjud. S.P.Tolstov buni tahlil qilib, to‘rtqo‘lli ma’budani Avestoda berilgan
Anaxita bo‘lib, u xind-buddizm ikonografiyasi ta’siriga tushgan bo‘lishi mumkin degan g‘oyani
ilgari surgan

5

. Tadqiqotchilar o‘rtasida bu tasvir qurbonlik qeltirish sahnasi bilan bog‘liq

bo‘lishi mumkin deb hisoblovchilar ham bor. Shoh – ruhoniy ma’bud qiyofasida bu marosimni
bajargan bo‘lishi mumkin deb ko‘rsatishadi. Teshikqal’adan topilgan muhrda ham to‘rtqo‘lli
ma’budaning ramziy shakli tushirilgan. Tadqiqotchilar fikricha, afrig‘iylar davrida ijtimoiy
tuzumning o‘zgarishi ularning diniy e’tiqodlarida ham o‘z aksini topgan. Xorazm panteoni
markazida butun borliq hukmdori Ulug‘ ma’buda turgan. Ma’budaning yuqori qo‘lida
tasvirlangan yarim oy va quyosh uning hukmronligi tarqalgan joylarning ramziy belgilari
bo‘lishi mumkin. Mizdaxkon shahridan sher tasviri tushurilgan ostodon topilgan. Sher ham
quyosh xudosi Mitraning ramzini ifodalaydi. Xorazmda yana metal yoki terrakotadan kulon
tarzda ishlangan buyumlar, ho‘roz, tovus, to‘ng‘izlarning tasviri ko‘p uchraydi. Anaxita va
Siyavush tasvirlari Mitra e’tiqodi bilan birlashib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Yakka Parsonda
katta yog‘och muhr topilgan. Unda tumshug‘ida gulchambar bilan tovus tasvirlangan. Bunday
tasvir boshqa hududlarda ham aniqlangan. Buning ma’nosi tanlangan odamga ilohiy habarchi
tomonidan sovg‘alar olib kelishini bildirgan. Ilk o‘rta asrlarda bunday tasvirlar ko‘p uchraydi.
Afrosiyob yodgorligida Toxaristondan kelgan elchilarning kiyimlarida shunday tasvir bor, lekin
unda g‘ozlar aks etgan.

Burgutqal’a vohasining 9 sonli qo‘rg‘onidan bronza ishlangan muhr topilgan. Unda

uzatilgan qo‘lida burgut ushlagan chavondoz va yonida yana ikkita odam ularning qo‘lida ham
burgut tasvirlangan. Bu muhr o‘sha davr insonlarning real hayoti aks etttirilgan. Bunda qo‘rg‘on
egasi va uning xizmatkorlari aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.

To‘qqal’a va Mizdaxkonning nekropolidan VII-VIII asrlarga oid rasmlar va xorazm

yozuvlari bo‘lgan ostodonlar topilgan. Bu ostodonlardagi turli rasm va yozuvlar orqali ham
o‘sha davrdagi aholining urf- odat va dafn marosimlarini aniqlash mumkin.To‘qqal’adan
topilgan ostodonlardan birida qizil va qora rang bilan yig‘i marosimi tasvirlangan. Bu marosim
keng eshikli qandaydir bino fonida aks ettirilgan. Yig‘i marosimiga yig‘ilgan odamlar yuzlari
tirnab, qulog‘ining suprasini kesishmoqda

6

. Huddi shunday tasvir Panjikent devoriy suratlarida

ham aks ettirilgan. Bu esa, O‘rta Osiyodagi ilk o‘rta asrlardagi davlatlarda deyarli bir xil urf odat
va marosimlar tarqalganligi ko‘rsatadi. Mizdaxkondan topilgan ostodondagi rasmda dafn

5

Толстов С.П. Древний Хорезм. -С. 200.

6

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.101.


background image

103

marosimining yana bir qismi aks etgan bo‘lishi mumkin. Unda oyog‘li alebastrdan ishlangan
kutichaning to‘rt tomonida odamlar

tasvirlangan. Tadqiqotchilarning fikricha,

xorazmliklarning diniy dunyoqarashida olovga e’tiqod muhim o‘rinda turgan. Lekin o‘rta
asrlarda diniy e’tiqodida budparastlik yangi kirib kelgan g‘oya bo‘lgan. VII-VIII asrlardagi antik
davrdagi terrakotalardan farq qiladigan haykalchalar paydo bo‘lgan. Bular Oltoy va Qozog‘iston
cho‘llaridagi turk balballariga o‘xshash qilib ishlangan. Shunday balbal Shohsanam qal’adan
topilgan. U pishilmagan loydan ishlanib, alebastr bilan qoplangan va rasmi chizilgan

7

. Uning

tasviri Tuproqqal’adan va boshqa qishloq joylardan topilgan haykalchalardan farq qiladi.
Ularda turk balbal tasviri ta’siri kam seziladi. Katta Qirqqiz qal’adan topilgan terrakotada yuz
tuzilishi turklarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Bu Xorazm vohasida yagona nusxadir. Bu
topilmalarning o‘zi o‘sha davrda Xorazm vohasida boshqa xalqlarning diniy qarashlari kirib
kelgani va u mahalliy e’tiqod bilan aralashgan bo‘lishi ehtimoli bor. Lekin shunday bo‘lsada,
mahalliy diniy e’tiqod asosiy o‘rinda turgan.

VIII asrda hunarmandchilik va savdo-sotiq pasayib ketgan. Shu darvda hukmronlik qilgan

Shaushafar va Abdullohlar tomonidan zarb qilingan tangalarning og‘irligi va sifati pasayib
ketgan. Ko‘plab aholining qirg‘in qilinishi natijasida qishloqlar, shaharlar huvullab qolgan.
Sug‘orish tarmoqlari qarovsiz qolib ketganligi sababli, dehqonchilikda ham rivojlanish
kuzatilmagan. Arablarning Xorazmda hukmronligi o‘rnatilgandan keyin ham aholining ularga
qarshi harakatlari to‘xtamagan. At -Tabariyda berilgan ma’lumotga ko‘ra, 728 yilda Kerderda
arablarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lgan

8

.

Xorazmdan topilgan kumush idishlarning birida echki boshli odam aks ettirilgan. U

otashkadaga qandaydir o‘simlik olib borayotgan vaqti tasvirlangan. Bunday tasvirlar Xorazm
vohasida qadimgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan tasvir bo‘lib, bu qadimgi davr
insonlar dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lgan mistik g‘oyaning qolig‘i deb ko‘rsatishadi. Shunday
tasvirlar, ya’ni echkibosh va qushboshli mahluqotlarning tasvirlari Tuproqqal’a yodgorligi
devoriy suratida va II-III asrlarga oid Ko‘xna-Uaz yodgorligidan topilgan loydan ishlangan
tarelkada aks ettirilgan

9

. Yu.A.Rapoport VII-VIII asrlarda xorazmliklarda milodiy I asrda

mavjud bo‘lgan mistik dunyoqarash elementlari saqlanib qolganligini ko‘rsatib bergan.
S.P.Tolstov echkiboshli mavjudodda Siyovushni ko‘radi, uning ta’kidlashicha, Suyovush
e’tiqodi qishloq ho‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lib, u tabiatning tirilishi va o‘limi bog‘liq holda unga
e’tiqod qilishgan. Shu bilan birga ajdodlar e’tiqodi bilan turli marosimlar ham mavjud bo‘lgan.
Tadqiqotchilar fikricha, bunday e’tiqod So‘g‘d va Chochda ham mavjud bo‘lib, u xitoy yozma
manbalarida yozib qoldirilgan

10

.

Xorazmning arablar tomonidan bosib olinishi davlatining mustaqil siyosiy faoliyatiga

chek qo‘ygan. Davlat arablarga tobe bo‘lib, jamiyatning mafkuraviy hayotiga, tiliga, diniga ham
katta ta’sir ko‘rsatgan. Arablar tomonidan Xorazm davlatining bosib olinishi jarayoni Oliy o‘quv
yurtlari uchun nashr qilingan o‘quv qo‘llanma va darsliklarda bayon qilingan. Ularda bu
voqealar turlicha bayon qilinganligi va tahlili ham turlicha.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

7

O`sha joyda.

8

История ат-Табари. -С.217.

9

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.99.

10

Толстов С.П. Древний Хорезм. -С. 177


background image

104

1.

Бобоёров Ғ. Илк ўрта асрларда Хоразм воҳасидаги сиёсий ҳолат// Хоразм тарихи

замонавий тадқиқотларда. Масъул муҳаррир: т.ф.д., проф. Д.Алимова. –Тошкент-Урганч,
2018. – С.50.
2.

Джуманиязова Ф. Почему Беруни не упомянул эфталитов в своем труде “Индия”?//

Туркестанский сборник 1 (2022). Новейшие исследования по истории и истории
культуры Туркестана. Lambert Academic Publishing. –С. 21-28.
3.

История ат-Табари. -С.217.

4.

Кдырниязов М.-Ш, Ягодин В.Н, Мамбетуллаев М.М, Сагдуллаев А.С, Кдырниязов О.-

Ш. История цивилизации Хорезма. Монография. -Нукус. 2017. -С. 173.
5.

Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and historical analysis. Phd thesis

submitted to the Department of History and Cultural Studies of the Free University. – Berlin,
2010. – Р. 203.
6.

Курбанов А. Политическая история эфталитов. SWIATOWIT. TOM V (XLVI). FASC. A.

2003. – С.66.
7.

Материалы по истории туркмен и Туркмении. Том I. VII-XV вв. Арабские и

персидские источники. Под ред. С.Л. Волина, А.А. Ромаскевича и А.Ю. Якубовского. –
Москва –Ленинград, 1939. – С. 216.
8.

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.

9.

Ртвеладзе Э. В. История и нумизматика Чача. – С. 96.

10.

Togan Z.V. Umumi Türk Tarihine Giriş. İstanbul, 1981. – S. 60.

11.

Толстов С.П. Древный Хорезм, 1948. –С. 277.

12.

Топрак-Кала-Дворец. – С. 17.

13.

Веселовский Н. Очерки историко-географических сведений о Хивинском ханстве.

– Спб . 1887. – С.13.
14.

Shaban M. A. Khurasan at the Time of Arab Conguest // İran and İslam. İn memory of the

Late Vladimir Minorsky. – Edinburg, 1971. – P. 485.

Библиографические ссылки

Бобоёров Ғ. Илк ўрта асрларда Хоразм воҳасидаги сиёсий ҳолат// Хоразм тарихи замонавий тадқиқотларда. Масъул муҳаррир: т.ф.д., проф. Д.Алимова. –Тошкент-Урганч, 2018. – С.50.

Джуманиязова Ф. Почему Беруни не упомянул эфталитов в своем труде “Индия”?// Туркестанский сборник 1 (2022). Новейшие исследования по истории и истории культуры Туркестана. Lambert Academic Publishing. –С. 21-28.

История ат-Табари. -С.217.

Кдырниязов М.-Ш, Ягодин В.Н, Мамбетуллаев М.М, Сагдуллаев А.С, Кдырниязов О.-Ш. История цивилизации Хорезма. Монография. -Нукус. 2017. -С. 173.

Kurbanov A. The Hephthalites: Archaeological and historical analysis. Phd thesis submitted to the Department of History and Cultural Studies of the Free University. – Berlin, 2010. – Р. 203.

Курбанов А. Политическая история эфталитов. SWIATOWIT. TOM V (XLVI). FASC. A. 2003. – С.66.

Материалы по истории туркмен и Туркмении. Том I. VII-XV вв. Арабские и персидские источники. Под ред. С.Л. Волина, А.А. Ромаскевича и А.Ю. Якубовского. – Москва –Ленинград, 1939. – С. 216.

Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98.

Ртвеладзе Э. В. История и нумизматика Чача. – С. 96.

Togan Z.V. Umumi Türk Tarihine Giriş. İstanbul, 1981. – S. 60.

Толстов С.П. Древный Хорезм, 1948. –С. 277.

Топрак-Кала-Дворец. – С. 17.

Веселовский Н. Очерки историко-географических сведений о Хивинском ханстве. – Спб . 1887. – С.13.

Shaban M. A. Khurasan at the Time of Arab Conguest // İran and İslam. İn memory of the Late Vladimir Minorsky. – Edinburg, 1971. – P. 485.