MALAKAVIY AMALIYOT YAKUNIDA TALABALAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASH MEZONLARI

Аннотация

Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amaliyot yakunıda talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritish natijalarini baholash mezonlari jadvali keltirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
50-55
247

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mirzaqulova, N. (2025). MALAKAVIY AMALIYOT YAKUNIDA TALABALAR EGALLAGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASH MEZONLARI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(7), 50–55. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/70535
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amaliyot yakunıda talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritish natijalarini baholash mezonlari jadvali keltirilgan.


background image

50

MALAKAVIY AMALIYOT YAKUNIDA TALABALAR EGALLAGAN BILIM,

KO‘NIKMA VA MALAKALARINI BAHOLASH MEZONLARI

N.I. Mirzaqulova

Buxoro davlat pedagogika instituti

“Texnologik ta’lim” kafedrasi doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14973702

Annotatsiya:

Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka

tartibdagi ishni keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan
bilim, ko‘nikma va malakalari baholash, malakavıy amaliyot yakunıda

talaba mustaqil xulosa va

qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritish natijalarini baholash
mezonlari jadvali keltirilgan.

Tayanch iboralar:

talaba, malakaviy amaliyot,

bilim, ko‘nikma, malaka, baholash,

mustaqil, xulosa, qaror qabul qilish, ijodiy fikr, vazifalarni bajarish.


O‘quv jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash, talabalarning nazariy va amaliy

bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, ularda bevosita amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish
maqsadida 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini
rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-134-sonli Farmonining 7-
bandida hamda 2022-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar
tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ–
289-Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu ilmiy tadqiqotimiz muayyan darajada xizmat
qiladi.

Talabalarning nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish, fanlarga doir mustaqil ta’limni

samarali tashkil etish, hayotiy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lash bo‘yicha tashkil etilgan 4+2 tartibda
malakaviy amaliyotida texnologik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar barcha
majburiy fanlaridan olgan bilimlarini umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayonida sinab
ko‘radilar, amalga tatbiq qiladilar. Shuning uchun ham 4+2 tartibda malakaviy amaliyoti
o‘zining ilmiy-tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega.

4+2 tartibdagi malakaviy amaliyotni modifikatsion yondashuv asosida innovatsion

pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llab tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi.

4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish, umumta’lim maktablari

o‘quvchilarini ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, o‘quvchilarining egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning qulay yo‘llarini aniqlash, sinfdan tashqari ishlari
tashkil qilish singari faoliyatlar 4+2 tartibda malakaviy amaliyotning ilmiy-tadqiqot obyekti
hisoblanadi.

Talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyoti davrida “Texnologiya” fani tarixi,

maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasini o‘zlashtirishlari zarur.

Amaliyotchi talabalar 4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida yakka tartibdagi ishni

keng ko‘lamda reja topshiriqlarini mustaqil individual bajarish va egallagan bilim, ko‘nikma va
malakalari baholanadi.


background image

51

Zamonaviy ta'lim sharoitida talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini ob'ektiv

baholash muhim vazifadir. Ushbu komponentlarni baholash ta'lim jarayonini shakllantirishda
asosiy rol o'ynaydi va o'quv faoliyatini optimallashtirishga yordam beradi. Baholash mezonlari
ta'lim darajasiga va muayyan fan sohasiga qarab farq qilishi mumkin, lekin ba'zi umumiy
tamoyillar o'zgarishsiz qoladi.

Birinchidan, baholash mezonlari aniq va shaffof bo'lishi kerak. Talabalar ishi qanday

baholanishini oldindan bilishlari kerak. Bu ularga o'z bilimlarini mustaqil nazorat qilish va
o'quv faoliyati uchun motivatsiyani oshirish imkonini beradi. Mezonlarning aniqligi ham
baholashda sub'ektivlikni kamaytirishga yordam beradi.

Ikkinchidan, baholash usullari va shakllarining xilma-xilligini hisobga olish kerak.

Baholash yozma va og'zaki, shuningdek amaliy topshiriqlarni, loyihalarni va guruh ishlarini o'z
ichiga olishi mumkin. Baholashning har xil turlariga o'rganishning turli tomonlarini va
talabalarning individual qobiliyatlarini hisobga olish uchun modifikatsion yondashuv bilan
yondashish kerak.

Uchinchidan, nafaqat yakuniy natijaga, balki o'quv jarayoniga ham e'tibor berish

muhimdir. Baholash talabaning harakatini, malakaviy amaliyotdagi faolligini va o‘quv
jarayonidagi ishtiroki darajasini baholashni o‘z ichiga olishi mumkin. Bu o'z-o'zini hurmat
qilish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun asos yaratadi.

4+2 tartibda malakavıy amaliyot yakunida

talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi,

ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 4+2
tartibda malakaviy amaliyotning mazmun-mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda 4+2 tartibda malakaviy amaliyot mazmuni bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lganligi
baholanadi.

Baholash mezonlari va vositalari - bu o‘qitish jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini,

amaliy ko‘nikmalarini va boshqa malakalarini baholash uchun qo‘llaniladigan standartlar va
usullar. Baholash jarayonida ko‘plab metodlar va vositalar, masalan, testlar, ishchi hujjatlar va
amaliy ishlar ishlatiladi. To‘g‘ri tanlangan mezonlar va vositalar talabaning bilim darajasini
samarali aniqlash va baholashga yordam beradi.

Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik

darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil
qilishdan iborat jarayondir.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot o‘quv dasturida belgilangan tartibda baholanadi.
4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida talabalar tomonidan o‘quv materilalari

o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar xosil bo‘lganligini tekshirish va baholash ta’lim
jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida amaliyotchi-talaba yozma ravishda amaliyot

dasturi bo‘yicha tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan
imzolangan kundaligi, hisoboti va kasbiy faoliyatga oid bo‘lgan barcha hujjarlar
rasmiylashtiriladi, asl nusxalari qabul qilinadi.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunida talaba yozma ravishda dastur bo‘yicha

tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan rahbar imzolagan
kundaligi bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga kafedra yig‘ilishi
bayonida belgilangan muddatlarda topshiradi.Talabaning 4+2 tartibda malakaviy amaliyotini
baholash jarayoni tegishli kafedralarda o‘tkaziladi. Baholash jarayonida dekan, tegishli kafedra


background image

52

mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma(bo‘lim) vakili hamda qabul qiluvchi tashkilotdan malaka
amaliyoti rahbari ishtirok etishi mumkin.4+2 tartibda malakaviy amaliyot natijasi bo‘yicha
baho talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.Amaliyot
davrida amaliyotchi talabaning 4+2 tartibda malakaviy amaliyot dasturida belgilangan
vazifalarni bajarishi sifatida belgilab boriladi va ushbu baholar hisobot himoyasi bo‘yicha
baholanishida inobatga olinadi.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli

sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida oliy ta’lim muassasasi
rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Amaliyotchi-talaba dastur talablarini to‘liq bajarmasa, u holda amaliyot muvaffaqiyatli

o‘tdi deb hisoblanmaydi. Amaliyot talablarini bajarmagan amaliyotchi-talaba faoliyati
qoniqarsiz deb baholanadi.4+2 tartibda malakaviy amaliyot davrida talaba amaldagi baholash
nizomiga muvofiq ishlab chiqilgan malakaviy amaliyot dasturiga kiritilgan baholash mezonlari
asosida baholanadi.

Amaliyotchi talabalar:

-

amaliyotchi talabalar imkoniyati doirasida hamma topshiriqlarni bajarib, faol ishtiroki

uchun ;

-

amaliyotchi talabalar imkoniyatidan kelib chiqib topshiriqni bajarganligi uchun

-

amaliyotchi talabalar imkoniyatidan kelib chiqib, qisman topshiriqni bajarganligi uchun;

-

amaliyotchi talabalar imkoniyatidan kelib chiqib, topshiriqni tushunmaganligi va

bajarmaganligi uchun baholanadi.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot natijalarini baholash mezonlari
Maksimal ball-100

T/r

Baholash

vositasi

Baholash mezonlari

Mak

ball

1

Kundalik

Tuzulishi va mazmuni to‘liq talabga javob beradi. Kundalik

rasmiylashtirilgan va o‘z vaqtida topshirilgan. Amaliyot

obyekti tomonidan imzolangan.

30

Tuzulishi va mazmuni qisman talabga javob beradi. Kundalik

rasmiylashtirilgan va o‘z vaqtida topshirilgan. Amaliyot

obyekti tomonidan imzolangan.

Tuzulishi va mazmuni to‘liq talabga javob beradi. Kundalikning

rasmiylashtirilishi va topshirish muddatiga e’tirozlar bor.

Amaliyot obyekti tomonidan imzolanmagan

2

Individual

topshiriqlar

Texnologiya fani taqvim mavzu ish rejasini tuzish.

50

Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy-tarbiyaviy rejasini

tuzish.

Amaliyotchi talabaning ta’limiy-tarbiyaviy rejasi

professionallik bilan tuzilgan o‘z vaqtida.

Dars kuzatish tahlil qilish

Psixologik-diagnostik tashxis daftarini yuritish


background image

53

Har bir o‘tgan darsi uchun konspekt;

Ochiq darslar ishlanmasi va bayonnomasi.

Amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki

yo‘nalishning xususiyatidan kelib chiqib

tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar;

Ota-onalar yoki o‘quvchilar bilan o‘tkazgan ma’ruzalarning

yozma bayoni;

Texnologiya fani bo‘yicha tarbiyaviy va sinfdan tashqari ish

shakllari, turlarini o‘rganganligi

Amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma

Ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlar ssenariyasi,

dastur-taklifnomasi, bayonnomasi

Individual topshiriqlar o‘z vaqtida taqdim etilmangan,

bajarilgan vazifalar yuzasidan hisobot topshirilmagan, reja

to‘liq bajarilmaganda.

3

Hisobot

Hisobot tuzulishi va mazmuni to‘liq talabga javob beradi,

maqsadga muvofiq.

20

Hisobot tuzulishi va mazmuni qisman javob beradi.

Hisobot tuzulishi va mazmuni talab darajasida emas

Mavjud hisobotda amaliyot davri to‘g‘risida har bir talaba o‘z

nuqtai nazaridan kelib chiqib mustaqil xulosaga kela olgan

bo‘lishi, amaliyot davri muammolari va qiyinchiklar batafsil

tahlil etilgan. Taqdim etilgan materiallar o‘zining tartibi,

mantiqiyligi bilan ajralib turadi. Tayyorlangan taqdimot talab

darajasida tayyorlashi lozim.

Hisobotda amaliyot yuzasidan talaba har bir yo‘nalishda

mustaqil xulosaga kela olgan bo‘lishi, amaliyot davri

muammolari va qiyinchiklar batavsil tahlil etilgan. Taqdim

etilgan materiallar o‘zining tartibi, mantiqiyligi bilan ajralib

turadi. Tayyorlangan taqdimot maqsadga muvofiq.

Jami

100


Talaba amaliyot davridagi faoliyatini institut raxbarining buyrug‘i bilan tasdiqlangan

komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi.

Har semestr yakunida vazifalarni bajarilishiga ko‘ra, amaliyotchi talaba 100 ballik tizimda

baholanadi. Amaliyot kreditlarini egallash uchun minimum 60 ball to‘plashi zarur.

Talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish ta’lim

jarayonining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Aniqlik, baholash usullarining xilma-xilligi va o'quv
jarayoniga e'tibor ob'ektiv va adolatli baholashga yordam beradi, bu esa o'z navbatida ta'lim
sifatini oshirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida


background image

54

ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
3775-son qarorlari.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq

taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli
Farmonining 7-bandi.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini

oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 289- Qarorining 2-bandi.
4.

2020-yil 23-sentyabr “Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-son qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’lim va Maktabgacha ta’lim

vazirliklarining 2019 yil “5” martdagi 10-q/q-13-4-son qarori ilovasi asosida Pedagogika ta’lim
sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Muvaqqat
nizom.
6.

Sobirova M. Pedagogik amaliyot. Metodik tavsiyalar. –N.: NamDU, 2009, 52 bet.

7.

Sharipov Sh.S. va boshq. Pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning kasbiy

moslashishning tashkiliy-metodik omillari (metodik qo‘llanma) –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, -
2007. – 37 b
8.

Olimov Sh.Sh. B.T.Jurayev. Malakaviy amaliyot.Metodik qo’llanma.B-2021.5-6 bet.

9.

N.I. Mirzakulova. “Talabalarning amaliyot davrida pedagogik mahoratini rivojlantirish”.

Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences.International scientific-online
conference. 06.2024
10.

N.I. Mirzakulova. “Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining

yetakchi bo‘g‘ini sifatida”. Xalqaro konferensiya – 2024, 15-may. “Fan, ta’lim va innovatsiyalar:
nazariya,

amaliyot,

natijalar”

mavzusida

ilmiy-nazariy

anjuman.

https://bui.uz/konferensiya.html

11.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy pedagogik amaliyotlarni oʻtashlari davrida oʻquv-

uslubiy ta‟minotining oʻrni”. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 8-son 2024-
yil, avgust.
12.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy va pedagogik amaliyotni olib borish jarayonida

kutilgan natijalar hamda tayyorlashi lozim bo‘lgan hujjatlar”. “Zamonaviy ta’lim tizimini
rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 72-sonli
respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiyas 1-oktyabr, 2024-yil
13.

Mirzakulova N. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish shakllarini modifikatsion yondashuv

asosida takomillashtirish // MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
SOLUTIONS: a collection of scientific works of the International scientific conference (31st May,
2023) – England, London: "CESS", 2023. Part 1.
14.

D.A. Sayfullayeva, N.I.Mirzakulova. Amaliyotchi-talabalarning malakaviy pedagogik

amaliyotiga qo’yiladigan talablar. «Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning
zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari» mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-
amaliy, masofaviy konferensiya. 18-to’plam 1-qism may 2023.

www.pedagoglar.uz

.

15.

Mirzakulova N.I. Oliy ta’limda modifikatsion yondashuv. Innovation in the modern


background image

55

education system. Part 33 september, 2023. Colletions of scientific works.

www.interonconf.org

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Farmonining 7-bandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21- iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ – 289- Qarorining 2-bandi.

-yil 23-sentyabr “Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-son qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’lim va Maktabgacha ta’lim vazirliklarining 2019 yil “5” martdagi 10-q/q-13-4-son qarori ilovasi asosida Pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Muvaqqat nizom.

Sobirova M. Pedagogik amaliyot. Metodik tavsiyalar. –N.: NamDU, 2009, 52 bet.

Sharipov Sh.S. va boshq. Pedagogik amaliyot jarayonida talabalarning kasbiy moslashishning tashkiliy-metodik omillari (metodik qo‘llanma) –T.: Nizomiy nomidagi TDPU, - 2007. – 37 b

Olimov Sh.Sh. B.T.Jurayev. Malakaviy amaliyot.Metodik qo’llanma.B-2021.5-6 bet.

N.I. Mirzakulova. “Talabalarning amaliyot davrida pedagogik mahoratini rivojlantirish”. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences.International scientific-online conference. 06.2024

N.I. Mirzakulova. “Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining yetakchi bo‘g‘ini sifatida”. Xalqaro konferensiya – 2024, 15-may. “Fan, ta’lim va innovatsiyalar: nazariya, amaliyot, natijalar” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman. https://bui.uz/konferensiya.html

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy pedagogik amaliyotlarni oʻtashlari davrida oʻquv-uslubiy ta‟minotining oʻrni”. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 8-son 2024-yil, avgust.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy va pedagogik amaliyotni olib borish jarayonida kutilgan natijalar hamda tayyorlashi lozim bo‘lgan hujjatlar”. “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 72-sonli respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiyas 1-oktyabr, 2024-yil

Mirzakulova N. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish shakllarini modifikatsion yondashuv asosida takomillashtirish // MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS: a collection of scientific works of the International scientific conference (31st May, 2023) – England, London: "CESS", 2023. Part 1.

D.A. Sayfullayeva, N.I.Mirzakulova. Amaliyotchi-talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotiga qo’yiladigan talablar. «Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari» mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy, masofaviy konferensiya. 18-to’plam 1-qism may 2023. www.pedagoglar.uz.

Mirzakulova N.I. Oliy ta’limda modifikatsion yondashuv. Innovation in the modern education system. Part 33 september, 2023. Colletions of scientific works. www.interonconf.org