Авторы

  • Bobur Norjigitov
    Guliston davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.70112

Ключевые слова:

Globallashuv diniy ong transformatsiya diniy ekstremizm ta’lim ma’naviyat tarbiya oila jamiyat axborot vositalari.

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining diniy ong transformatsiyalashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Globallashuv ta’sirida insonlarning diniy tushunchalari, e’tiqodi va ongida yuz berayotgan o‘zgarishlar jamiyat, ta’lim-tarbiya, oila va tashqi omillar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizm va noto‘g‘ri diniy talqinlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri hamda ularning oldini olishda ta’lim va ma’naviy tarbiyaning o‘rni yoritiladi. Diniy ong shakllanishida oilaning, ta’limning va axborot vositalarining ahamiyati tahlil qilinib, jamiyatda sog‘lom diniy muhitni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.


background image

37

GLOBALLASHUV SHAROITIDA DINIY ONG TRANSFORMATSIYALASHUVIGA

TA`SIR ETUVCHI OMILLAR

Norjigitov Bobur Mamir o‘g‘li

Guliston davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

Tel nomer: +998880737799

https://doi.org/10.5281/zenodo.14966475

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

globallashuv

jarayonining

diniy

ong

transformatsiyalashuviga ta’siri tahlil qilinadi. Globallashuv ta’sirida insonlarning diniy
tushunchalari, e’tiqodi va ongida yuz berayotgan o‘zgarishlar jamiyat, ta’lim-tarbiya, oila va
tashqi omillar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, diniy ekstremizm va noto‘g‘ri
diniy talqinlarning yoshlar ongiga salbiy ta’siri hamda ularning oldini olishda ta’lim va ma’naviy
tarbiyaning o‘rni yoritiladi. Diniy ong shakllanishida oilaning, ta’limning va axborot
vositalarining ahamiyati tahlil qilinib, jamiyatda sog‘lom diniy muhitni shakllantirish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

Globallashuv, diniy ong, transformatsiya, diniy ekstremizm, ta’lim,

ma’naviyat, tarbiya, oila, jamiyat, axborot vositalari.


Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy, diniy integratsiya va

unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Bu obyektiv jarayon bo`lib jamiyatning
barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta`biri bilan
aytganda, insoniyat umumiy uy-umumiy taqdir» va umumiy tashvishlar bilan yashashga
kiririshayotgan, bir so`z bilan aytganda globallashuv deb atalayotgan jarayonlar sodir
bo`layotgan zamonda yashamoqdamiz [3].

Hozirgi kunda butun dunyoda yuz berayotgan globallashuv har bir soha va yo’nalishga o’z

ta’sirini ko’rsatmoqda. Yurtimizning ma’naviy hayoti va uning o’ziga xos tomonlari muttasil
rivojlanmoqda. Jumladan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy-ma’rifiy sohalarda
transformatsiyalashuvni kuzatishimiz mumkin. Transformatsiya jarayoni jamiyatimizning ko’p
qismini tashkil qiluvchi yoshlar hayotiga ham kirib bormoqda. Bu jarayon ba’zi yoshlar xulq-
atvorida ijobiy, ba’zilarida salbiy namoyon bo’layotganini ko’rmoqdamiz. Globallashuv
sharoitida diniy masalalarda ham transformatsiyalash jarayoni kuchaymoqda. Hozirgi kundagi
turli buzg’unchi g’oyalarga asoslangan diniy ekstremistik tashkilotlar diniy tushunchalarni
noto’g’ri talqin qilishi natijasida mutaassib guruhlar ko’payib ketmoqda. Shu sababli yoshlarda
diniy ong darajasini o’stirishni davr taqazo etadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev “Diniy
ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy
madaniyat” kabi tahdidlar qancha-qancha oilalar, mamalakatlar boshiga og’ir kulfatlar olib
kelmoqda, g`arazli kuchlar hali ongu tafakkuri to`la shakllanib ulgurmagan bolalarni o`z ota-
onasi, Vataniga qarshi qo`yib, ularning hayotiga zomin bo`lmoqda. Shuning uchun biz ota-
onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko`y bu masalada xushyorlik va ogohlikni
yanada oshirib, jaholatga qarshi ma`rifat asosida ish olib borishimiz zarur,” – deb ta`kidlaganlar
[1].

Transformatsiyalash lotincha so`z bo`lib “o`zgartiraman” “o`zgarish” degan ma`nolarni

bildiradi. Globallashuv sharoitida insonlarda diniy ongning oila, ta`lim-tarbiya, atrof-muhit,
jamiyat kabi transformatorlar tomonidan o`zgarayotgani ko`rishimiz mumkin. Bu hozirgi
kunda din psixologiyasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Globallashayotgan


background image

38

dunyoda diniy ongning o`ziga xos psixologik xususiyatlarini o`rganish, tadqiq qilish va tegishli
ilmiy mushohadalar yuritish bugungi din psixologiyasi fanining dolzarb muammolaridan
biridir. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, muayyan diniy tasavvurlar, tizimlar
obyektiv va subyektiv omillar asosida shakllanadi. Diniy ong in`ikos etgan ijtimoiy hodisalar
majmuyi ko`p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Uning mazmunini real
voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud
deb hisoblaydigan ularni o’ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amallar tashkil
etadi [4]. Diniy ongning ilk shakllanishi oila institutida amalga oshadi. Har qaysi bolani o`ziga
xos shaxs qilib shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, ota-onaning o`rni va ta`siri
beqiyosdir. Chunki bola eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari
birinchi galda ota-ona bag`rida shakllanadi. Shu bilan birga tarbiya orqali bolaning diniy
e`tiqodiga ham ta`sir ko’rsatishini ko`rishimiz mumkin. Bu haqida hadisi sharifda shunday
deyilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi

vassallam: “Har bir tug`ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug`iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy
yoki nasroniy, yoki majusiy qiladi”-dedilar[6].

Diniy ongni rivojlantirish o`qitish ya’ni ta`lim jarayoning ham ahamiyati katta.

Globallashuv sharoitida biz yoshlarni S.L.Rubinshtyen ta`kidlagandek: “Biz ta’lim orqali
tarbiyalaymiz, tarbiyalash orqali ta`lim beramiz.”

Oilada shakllantirilgan diniy ong asosan odob-axloq me`yorlari doirasida rivojlantiriladi.

Bolani halollikka, poklikka, xushxulqlikka o`rgatib borish jarayonida tarbiya diniy e`tiqod bilan
uyg’un tarzda singdiriladi. Behuda isrof qilmaslik, uy-joyini toza tutish, shaxsiy gigiyenasiga
e`tiborini qaratish, yomon odatlarni tark etishga undash jarayonida bularning bari diniy
e`tiqodga bog`lab tushuntiriladi, izohlanadi. Ta`lim muassasalarida oilada shakllantirilgan diniy
tushunchalar va e`tiqod ilmiy asoslarda takomillashtiriladi. Diniy va dunyoviy qadriyatlar
uyg`unligida tarbiya jarayoni tashkil qilinadi. Bolaning ta`lim-tarbiyalash jarayoniga psixologik
yondashadigan bo’lsak, uning yosh davrlariga ahamiyat berish ham uning samarasini
oshirishga yordam beradi. Bolalik davrida 3-6 yoshlarda ota- ona ya`ni oila ta`siri bo`ladi. Uch
yoshli o`g’il bolaga ota, qiz bolaga ona yaqin bo`lsa. Olti yoshga kelib og’il bola onasi bilan qiz
bola otasi bilan yaqinlashishga harakat qilar ekan. Kichik maktab yoshi (7-9) da o`qituvchi
yaqin inson qatorida turadi. O`smirlik va o`spirinlik davrida (9-18) atrofidagi sinfdosh va
kursdosh o`rtoqlarining ta`siri kuzatilar ekan. Demak, bolaning diniy ongini o`stirishda ushbu
shaxslar orqali ta`sir o`tkazish samaraliroq bo`ladi.

Shuningdek, shaxs kamol topishida ontogenizi katta bo`lgan sari uning hayotida

qarashlarida, o`ylarida maqsadlarida xatto e`tiqodida ham tashqi muhitning ta`siri kuchli
namoyon bo`lishini kuzatishimiz mumkin. Tashqi muhit bu shaxs yashayotgan jamiyat,
atrofidagi do`stlari, ommaviy axborot vositalari, Internetni ham kiritishimiz mumkin. Tashqi
muhitdan olingan ma`lumotlar shaxs hayotini, e`tiqodini, ongini transformatsiya qilish
xususiyatiga egaligi ko`p tadqiqotlarda o`rganildi. Hozirgi kunda internet “ommaviy
madaniyat” har bir inson hayotiga kirib bordi o`rgimchak to`ri deb nomlangan bu tizim katta-
yu-kichikni o`z domiga tortmoqda. Aksar yoshlar internet domenlari, ijtimoiy messendjerlar
foydalanuvchilari ularning internetdan qanday maqsadda foydalanayotganini nazorat
qilishning imkoni yetarli emas, internetdagi ma`lumotlar shaxsning diniy e`tiqodi, diniy bilimi
va diniy onggi o`zgarishiga ta`sir qilib, har xil noto`g`ri diniy oqimlarga kirib ketish holatlari
kuzatib turibmiz. Bunda ta`lim-tarbiya jarayoni xodimlariga katta mas`uliyat tushadi.


background image

39

Yoshlarimizga internet odoblarini o`rgatish, diniy bilimlarni berish hozirgi kunning dolzarb
vazifalaridan hisoblanadi.

Inson jamiyatda yashar ekan uning ruhiyatiga jamiyatdagi turli voqea va hodisalar ta`sir

etadi bu diniy e`tiqod va qarashlari bo`yicha ham bo`lishi mumkin insonlarni ana shu ta`sir
etayotgan salbiy holatlardan asrash ularda sog`lom muhit yaratish, yaxshi kayfiyat
shakllantirish har birimizning asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Bu borada jamiyat oila va
dinning o`rni bir-biriga uzviy bog`liq bo`lgan uchburchak shaklida shaxs atrofini o`rab turadi.
Insonning fitratida diniylik bor bo’lib, lekin u tashqi ta`sirlar ta`sirida namoyon bo’ladi.
Insoniyat dinga qiziqib keladi uni bilishga o`rganishga harakat qiladi. Shunda uning tafakkurida
tog`ri bilimlar shakllantirsa, unda haqiqiy diniy e`tiqod va diniy ong namoyon bo’lib dinning
psixologik xususiyatlari ijobiy namoyon bo`la boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”

-Toshkent; O’zbekiston. 2018.-512 b.
2.

Karimov. I.A “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.”T.:O`zbekiston.-2008.3.

3.

Allamuratov Sh.A. Globallashuv asoslari: ma`ruzalar matni/ Termiz-2014. -179 b.

4.

Din falsafasi: o’quv qo’llanma/ A.Ochildiyev (va boshqa.). – Toshkent: Toshkent islom

universiteti,2015. -172 b.
5.

Дин психологияси: ўқув қўлланма/ Б.Валиев [ва бошқ]. – Тошкент: Мовароуннаҳр,

2014. -312 б.
6.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Бахтиёр оила. – Тошкент: Hilol-Nashr, 2016.

- 504 б

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir” -Toshkent; O’zbekiston. 2018.-512 b.

Karimov. I.A “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.”T.:O`zbekiston.-2008.3.

Allamuratov Sh.A. Globallashuv asoslari: ma`ruzalar matni/ Termiz-2014. -179 b.

Din falsafasi: o’quv qo’llanma/ A.Ochildiyev (va boshqa.). – Toshkent: Toshkent islom universiteti,2015. -172 b.

Дин психологияси: ўқув қўлланма/ Б.Валиев [ва бошқ]. – Тошкент: Мовароуннаҳр, 2014. -312 б.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Бахтиёр оила. – Тошкент: Hilol-Nashr, 2016. - 504 б