141
TABIIY FANLARNI SINXRON VA ASINXRON O`QITISHDA MASOFAVIY
TA`LIMNING YUTUQ VA IMKONIYATLARI
Xalmatova Muxayyo Muratovna
Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14960296
Annotatsiya.
Ushubu maqolada Masofaviy ta`limning yutuqlaqlari vaimkoniyatlari
haqida qisqacha ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
Masofaviy ta`lim, ilmiy-texnik, ilmiyuslubiy, axborot oqimi,
telekommunikatsiya, innovatsion texnologiya.
Аннотация:
В данной статье представлена краткая информация о достижениях и
возможностях дистанционного образования.
Ключевые слова:
Дистанционное образование, научно-техническое, научно-
методическое,
информационный
поток,
телекоммуникации,
инновационные
технологии.
Abstract:
This article provides brief information about the achievements and
capabilities of Distance Education.
Key words:
Distance education, scientific-technical, scientific-methodical, information
flow, telecommunications, innovative technology.
Mamlakatimizda Masofaviy ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish son`gi yillar
davomida ta’lim olishga bo’lgan talabning keskin ravishda ortishi hamda masofaviy ta’limning
yuqori ijtimoiy ahamiyati yuzaga kelmoqda. Masofaviy ta’lim tizimining yaratilishi va amalda
qo’llanilishiga mamlakatimizda kerakli kadrlar, pedagogik, ilmiy-texnik va ilmiyuslubiy
salohiyat yetarli ekanligiga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, Respublikamizda bu borada
muayyan tajriba orttirilgan bo’lib, masofaviy ta’lim innovatsion texnologiyalarining yetarli
negizi yaratilishiga ham sabab bo`lmoqda.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada
sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar
sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli yangilik oqimi ostida kеchmoqda. Axborot oqimi
bizni har joyda, uyda, ishxona va hattoki ta’tilda ham ta’qib etadi. Inson axborot ta’siridan holi
normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish axborotlarni yig‘ish va
o‘zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs
tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan bеlgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo‘l ochish ta’limotni takomillashtirishda
yangi axborot tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi, desak
mubolag’a bo‘lmaydi. Vaholanki, ta'lim tizimida sеzilarli o‘zgarishlar ro‘y bеrmoqda. Ta’lim
tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofaviy ta’lim uslubi bu sirtqi
o‘qishning yangi shakli va mustaqil o‘qishdir. Bu insonning mustaqil fikrlash, holatni
baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta’lim olish - bu ko‘plab
abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko‘pincha o‘quvchilar masofaviy ta’lim olishni tanlashdan
qo‘rqishadi, chunki ular ushbu ta’lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik
kiritmaydilar. Agar siz shu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning
afzalliklari va kamchiliklarini tushunib olishingiz lozim.
142
Agar talaba o‘zini intiluvchan hisoblasa, masofaviy ta’limning eng katta foydasi
shundaki, ayrim darslar guruh bo‘lib o‘tiladi. Guruhda ba’zi o‘quvchilar tezroq, ayrimlari esa
sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq;
Masofaviy o‘qitish talabaga ijobiy ta’sir etadi. O‘zini o‘zi tashkil etishda, bilim olishga
intilishda, kompyuter texnikasi bilan o‘zaro ishlash va mustaqil ma’suliyatli vazifalarni hal
qilishda uni ijodiy va tafakkur salohiyatini o‘stiradi. Masofaviy o‘qitish sifati kunduzgi ta’lim
olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. Masofaviy o‘qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli
masalalarni yechishga ta’sir etishi lozim;
- ta’lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish;
- sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish;
- aholining ijtimoiy va kasbiy oshirish;
- tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o‘zligini anglashi tevarak-atrof to‘g‘risidagi bilimlarni
kengaytirish;
- davlatimizning oliy maktablarida yig‘ilgan bilimlar hamda kadrlarning moddiy
salohiyatini saqlash va ko‘paytirish;
Datlab masofaviy o‘qitish geografik jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik
ta’lim uchun mo‘ljallangan bo`lsa, hozirgivaqtda zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga
oshirishga yo‘l ochib berdi. Natijada masofaviy o‘qitish uslubi asosida o‘qitish tez vaqt ichida
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga yana bir turtki
bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish bo‘yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki,
bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim
olishmoqda. AQShda shu uslub asosida o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo
etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash
afzalliklariga egadir.
Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:
1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi (pedagog) ilm
beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan
masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan
kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi
muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish
boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi
turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va
o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab
insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish
kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish Oliy o‘quv yurti
tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan
o‘quvchi-talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va
143
o‘qituvchi (pedagog)lar bilan ta’minlanishidadir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga
asoslangan holda o‘qituvchi (pedagog) auditoriyada o‘qitish shartlaridan holi bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda zamonaviy texnika va texnalogiyalaring yaratilganiligi ham tabiiy
fanlarda ayniqsa biologiya va kimyao fanlarida virtual laboratoriyalar yaratishga misol katta
zamin yaratadi. O`quvchilar masofadan va o`zlarining vaqtlaridan kelib chiqqan holatda ushbu
labaratoriya tajribalarini o`rganishi va o`zlari ham bajarib ko`rishlari mumkin. Bundan
tashqari kampiyuter texnikasi yordamida hozirgi vaqtda yo`q bo`lib ketgan va yo`qolish hafi
ostida turgan turlarni o`rganishda ham ularni jonlantirib berib talabalarini bililarini yanada
mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Muxayyo X. TABIATSHUNOSLIK TOGARAKLARINING XILLARI //Журнал естественных
наук. – 2022. – Т. 1. – №. 2 (7). – С. 3-5.
2.
Muratovna Xalmatova Muxayyo BOTANIKA TOGARALARINING XUSUSIYATLARI VA
UNING TALABLARNING BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHDAGI O'RNI //Web of Scientist:
International Scientific Research Journal. – 2022. – T. 3. – №. 11. – S. 855-859.
3.
Rahmonqulov U., Avalboyev O.N. O’zbekiston kovraklari (monografiya) // «Fan va
texnologiya» nashriyoti, -Toshkent. 2016. 240-b.
4.
Xalmatova, Muxayyo Muratovna. "Ferula L. turkumi turlarining bioekologik
xususiyatlarini o’rganish."
Science and Education
4.4 (2023): 246-249.
5.
Muratovna, Xalmatova Muxayyo. "O’QUVCHILAR BILIMINI MUSTAHKAMLASH UCHUN
INTERFAOL METODLAR."
SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM
2.14
(2023): 126-129.