75
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH
VA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Haydarov Mirjalol Shog‘dorovich
JDPU o‘qituvchi
khaydarov_uz@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15029965
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
konstruksiyalash asoslari va modellashtirish turlari hamda ushbu yangilik mamlakatimiz
ta’lim tizimiga qanchalik rivojlanish berishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, konstruksiyalash va
modellashtirish, kompetensiyaviy yondashuv, konstruksiyalash va modellashtirishga
asoslangan ta’lim.
“Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O‘zbekistonning ertangi kuni uchun. Kelajagimiz
zamini esa – siz, yoshlar. Ko‘zlaringdan ko‘rib turibman: sizlar bilimli, Vatanimizga
munosib farzand bo‘lib yetishmoqchisizlar. Buning uchun hamma sharoitlarni yaratib
beramiz”.
[1]
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek mamlakatimizning ertangi kunda jahon hamjamiyatida
o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va xalqaro o‘rnini yanada yuqorilashi uchun eng avvalo yoshlarimizga
keng imkoniyat yaratilib berilishi kerakdir. Ayni vaqtda prezidentimiz tomonidan har bir
saxoda bo‘lgani kabi ta’lim tizimizda ham katta o‘zgarishlar integratsiya va innovatsiyalar
jadal tusda ta’lim samaradorligini oshirib bormoqda deb bemalol ayta olamiz. Shunday,
rivojlanish jarayonida asosiy masala sifatida prezidentimiz maktabgacha ta’limga jiddiy
e’tibor berishi bu o‘z navbatida yosh avlodni maktab yoshigacha bo‘lgan intellektini yanada
rivojlantirishdan iboratdir. Yosh avlod maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyati bilan shug‘ullansa
dastlabki maktabga qatam qo‘yish kunlaridan boshlan ilmiy faoliyatga kirishishni boshlaydi,
shundan ham ko‘rib turibdiki kichik maktab o‘quvchilari uchun o‘yin faoliyatdan ilmiy
faoliyatga o‘tish bosqichlari yengil o‘tmasligi aniq, bunda qanday choralar va tartibni joriy
etish talab etadi degan savol turadi. Aynan shunday savollar uchun hozirgi zamonaviy ta’lim
tizimiga mos bo‘lgan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashimiz talab
etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nima uchun? Ilk ta’lim qo‘rg‘oni bo‘lgan maktab
ostonasiga qadam qo‘ygan kichik avlod uchun dastlabki ta’siroti birlamchidir, ya’ni yosh
o‘quvchilar psixologik jihatdan ko‘rgan narsasini boricha qabul qilishi, ularda tahlil -sintez
jarayonlari kechishi pastligi sababli aniq va yeatralicha o‘ziga mos -xos jihatni ko‘rsatib o‘tish
talab etiladi. Demaki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kelajakda qanday kasbni egallashi va
kim bo‘lib yetishi aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga katta mas’uliyat yuklaydi. Yuqoridagi
fikrlar yuzasidan kelib chiqqan holda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida
konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish hamda shakllantirish
bo‘yicha nazariy -amaliy ishlarni olib borishimiz maqsadga muvofiq bo‘lishi joizdir.
Hozirgi vaqtda yoshlarning ertasi va mamlakatning ravnaqi yanada yuqorilashida
ta’limmiz tizimida innovatsion metodlar hamda zamonaviy texnologiyalardan keng
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
uchun esa konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarining rivojlanishi bu o‘z
76
navbatida faoliyat davomida kasbiy tayyorgarligida asosiy maqsad sifatida ko‘riladi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda quyida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida
konstruksiyalash va modellashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish va kompetensiyalarini
rivojlantirish metodlarini nazariy jihatlarda tahlil etamiz.
Konstruksiyalash
va
modellashtirishning
ta’lim
tizimidagi
mohiyati
:
Konstruksiyalash va modellashtirish - bu o‘quv jarayonida dars turidan kelib chiqqan holda
turli pedagogik texnologiyalar va zamonaviy metodlardan foydalangan tarzda maktab ta’lim
jarayonini natijaviy taraflama ishlab chiqish va tashkil etish imkoniyatini yaratib beruvchi
asosiy o‘rindagi kompetensiyalardan biridir. Bunday jarayonlar kichik yoshdagi
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlari, kreativ yondashishlari hamda nazariy bilimlarni amalda
qo‘llash darajasidagi bilimlarni egallashida keng zamin yaratadi.
Bo‘lajak
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilari
uchun
konstruksiyalash
va
modellashtirish kompetensiyalarining dars mobaynida ahamiyati quyidagicha
tariflanadi.
Ta’lim jarayonining interaktivligini oshirish
– O‘quvchilarning darsga hamda fanga
bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning kreativlik bila (O‘z xohishlari bilan) faol ishtirokini
ta’minlash.
Darslarni natijaviy jihatlarini inobatga olgan holda rejalashtirish
– Fan oid holda
konstruksiyalash orqali darsning borishini oldindan loyihalash va tahlilga yo‘naltirilgan
hollarda natijalarni prognozlashni rivojlantirish.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish
– Boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchilarning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish
kompetensiyalarini shakllantirish va amalda qo‘llash.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llash
– kommunikatsion axborot
texnologiyalaridan hamda vizuallikni amalga joriy etish holda darslar jihozlanishini boyitish.
Boshlang‘ich
sinf
darslarida
konstruksiyalash
va
modellashtirish
kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari quyida tartibda taklif etiladi.
Darsning mazmunidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar
– Darslarni
rejalashtirish hamda uni turli dars jihozlari bilan modellashtirish metodlaridan foydalangan
tarzda tashkil etish.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga xos innovatsion yondashuvlar
– STEAM
ta’limi, loyiha usuli va interfaol metodlar, integratsiyalash jarayonini tahlil etishdan
foydalanish.
Faoliyat jarayonida davomiy tajribaviy o‘rganish va amalda qo‘llash
– Ilg‘or
metodga asoslangan tajribalarni tahlil qilish va ularning nazariy tomonlarini amaliyotga joriy
etish ularni qo‘llashdir.
Interaktiv dasturiy vositalarni qo‘llash
– Elektron darsliklar, interfaol platformalar va
zamonaviy texnologiyalar (ta’limga oid) bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni
izchilligini nazorat qilish.
Yetakchi mutaxassis chiqarish va ularni zamonaviy kasblarning egasi qilib tayyorlash
niyatida ekanmiz albatta bizga zamonaviy bilim berish metodlari kerak bo‘ladi bunday
metodlarni qo‘llash uchun eng avvalo darsni to‘g‘ri tashkil etish talab etiladi.
O‘z navbatida
hozirda yuqori natija berayotgan darslarni kompetensiyali yondashuv asosida tashkil etishni
olishimiz mumkin. Kompetensiyali yondashuv bu an’anaviy dars turiga nisbatan o‘quvchilarni
77
darsga qiziqishini yanada oshiribgina qolmasdan tushunchalar berishda o‘quvchilar yangi
bilimlarni qabul qilishda yuqori natijaviylik keltirib chiqaradi.
[2]
Xulosa o‘rnida
yuqoridagi keltirib o‘tilgan nazariy fikrlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish
bo‘yicha amalda hozirgi ta’lim tizimida asosiy vazifalardan biri bo‘lib xizmat etishi mumkin.
Hozirgi kundagi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni darsda
qo‘llash orqali boshlang‘ich ta’lim sifati sezilarli darajada samaradorligini oshirish mumkindir.
Shungdek ekan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida nazariy va
amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion yondashuvlar hamda interaktiv axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish bilan bir qatorda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida konstruksiyalash
va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
2019-yil 27-dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev al-Xorazmiy texnologiya maktabiga
tashrifi nutqidan.
2.
“Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: Ta’lim va tarbiya jarayonida yangi
avlodni darsliklar “4K” (Kritik fikrlash, kreativlik kollaboratsiya, kommunikatsiya) modeli,
muammo va yechimlari” IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Jizzax shahri, 2024-yil 19-
aprel. (296-297 betlar).
3.
https://kun.uz/
4.
https://uz.wikipedia.org/wiki/
5.
https://jdpu.uz/