Авторы

  • Muhammadali Egamberdiyev
    Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, assistent, Fergana, Uzbekistan,
  • Samandarxon Munavvarov
    Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, talaba, Fergana, Uzbekistan,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.72597

Ключевые слова:

Tish kariesi stomatologiya remineralizatsiya bakterial infektsiya plombalash endodontik davolash lazer terapiyasi profilaktika og‘iz gigiyenasi florid.

Аннотация

Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan beri mavjud bo‘lgan ushbu patologik jarayonning zamonaviy stomatologiya yutuqlari bilan qanday bartaraf etilishi ko‘rib chiqiladi. Kariesning etiologik omillari, shu jumladan, bakterial ta’sir, og‘iz gigiyenasi va oziq-ovqat tarkibining roli muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davolash metodlari – remineralizatsiya, plombalash, endodontik davolash va lazer terapiyasining samaradorligi yoritiladi. Tish kariesining oldini olish uchun stomatologik tekshiruvlar, florid qo‘shimchalari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ta’kidlanadi.


background image

117

TISH KARIESI: NIMA, NEGA VA QANDAY KURASHISH KERAK?

Egamberdiyev Muhammadali

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti,

assistent, Fergana, Uzbekistan,

Munavvarov Samandarxon

Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti, talaba,

Fergana, Uzbekistan,

E-mail: munavvarovsamandarxon040024@.gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15049006

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari,

sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Qadimgi
davrlardan beri mavjud bo‘lgan ushbu patologik jarayonning zamonaviy stomatologiya
yutuqlari bilan qanday bartaraf etilishi ko‘rib chiqiladi. Kariesning etiologik omillari, shu
jumladan, bakterial ta’sir, og‘iz gigiyenasi va oziq-ovqat tarkibining roli muhokama qilinadi.
Shuningdek, zamonaviy davolash metodlari – remineralizatsiya, plombalash, endodontik
davolash va lazer terapiyasining samaradorligi yoritiladi. Tish kariesining oldini olish uchun
stomatologik tekshiruvlar, florid qo‘shimchalari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati
ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Tish kariesi, stomatologiya, remineralizatsiya, bakterial infektsiya,

plombalash, endodontik davolash, lazer terapiyasi, profilaktika, og‘iz gigiyenasi, florid.

Kirish

: Tish kariesi –bu tishlarning sog‘lig‘iga xavf soluvchi keng tarqalgan muammo. U,

asosan, tishning emal qismi zararlanishi va chirishi natijasida yuzaga keladi. Har bir inson tish
kariesiga umri davomida bir marta bo‘lsa-da duch keladi -og‘riq, noqulaylik va hattoki
tishlarning yo‘qotilishiga olib keluvchi jarayon [2]. Ammo, karies tarixi, turlari, paydo
bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari ko‘pchilikka qorong‘u. Bu jarayon qachondan boshlangan? U
qanday omillar bilan bog‘liq va qanday turlari, belgilari mavjud? Asosiysi, bu muammoni
qay tarzda hal etish mumkin va qaysi davolash usullari samaraliroq?

Ushbu maqola shuni ko‘rsatadiki, tish kariesini belgilari va sabablarini aniqlash,

uning rivojlanish jarayoni va profilaktika usullarini tahlil qiladi. Bu muammoga qarshi
kurashish noqulayliklarni[1], og‘riqlarni bartaraf etishga va tishlarni saqlab qolishga
yordam beradi. Shu bilan birgalikda muqobil davolash prinsiplarini aniq bayon qiladi.
Aslida, karies (lotincha: caries –chirish) -tish kasalligi. U tish to‘qimalarini tez va sekin
yemiradigan murakkab patologik jarayon [7]. Kariesning paydo bo‘lish tarixiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, insonlarning o‘ziga xos evolyutsion, qadimgi davr, o‘rta asr, 19-20 asr va
hozirgi zamon jarayonlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi davr: Tish kariesi qadim
zamonlardan beri mavjud bo‘lgan kasallik. Arxeologik izlanishlar natijasida, qadimgi
misrliklar va boshqa sivilizatsiyalarning qoldiqlari orasida karies mavjud bo‘lgan tishlar
topilgan. Bu topilmalar tish kariesining insoniyat tarixida uzoq vaqt davomida mavjud
ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, qadimiy yozuvlarda (masalan, Mesopotamiya va Misrda) tish

og‘riqlari va zararlangan tishlar haqida ma’lumotlar mavjud. O‘rta asrlarda bu

kasallikni xalq tabobati usullaridan foydalangan holda davolashgan, ammo uning
sabablari to‘g’risida bilimlar cheklangan va kariesni “tish shaytonlari” yoki “yomon ruhlar”
kabi atamalar bilan bog‘lashgan. 19-asrda stomotologiya rivojlanishi bilan birga kariesning
biologik asoslari haqida ham ta’limot paydo bo‘ldi [6,7,8]. Bu davrda kariesni keltirib


background image

118

chiqaruvchi bakteriyalar (Streptococcus mutans) aniqlanib, ularning ahamiyati tushunila
boshlagan. 20-asrdagi kariesni oldini olish uchun jadal harakatlar flouridning ahamiyati bilan
bog‘liq. Flourid suvga yoki tish pastalariga qo‘shilishi kariesni kamaytirishga yordam berdi.
Aynan shu davrda profilaktik chora-tadbirlar va stomatologik ko‘riklar o‘tkazish ham ulkan
ahamiyat kasb etdi [3]. Ayni damdagi jarayonlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oziq-ovqat
tarkibi va ta’siri bo‘yicha turli tadqiqotlarni, digital stomatologiya, laser texnologiyalari va
boshqa innovatsion usullarni rivojlanishini ko‘rishimiz mumkin. Tish kariesga
uchraganligini ma’lum belgilar orqali bilish mumkin. Tish emalining rangi yoki tuzilishi
o‘zgarishi kasallik mavjud ekanligidan dalolat beradi [8]. Shu bilan birga og‘izdan keladigan
nohush hid uning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi va ayniqsa, taom tanavvulqilganda
tish og‘rishi, issiq, sovuqning ta’sirini kuchli darajada sezish ham ushbu kasallik
rivojlanayotganidan dalolat beradi [6]. Bundan tashqari tishning zararlanish darajasiga qarab
dog‘ (tishning sirtki qismida rang o‘zgarishi), yuza (sirt zararlanishi), o‘rta (dentinning yuqori
qismi zararlangan), va chuqur karies (dentin to‘liq zararlanib pulpagacha yetgan)ga
ajratiladi [5].Shu bilan birgalikda, blek bo‘yicha karies kovagining 6 ta sinfi mavjud: 1-
sinfiga ko‘ra karies molyar va primolyar tishlarning fissuralarida, 2-sinfi esa molyar va
primolyarlarning kontakt yuzalarida, 3-sinfida kesuvchi va qoziq tishlarning
burchakalari buzilmagan holda ularning kontakt yuzasida, 4-sinf karies kovagi kesuvchi
va qoziq tishlarning burchaklari buzilgan holda kontakt va kesuv zonalarida, 5-turiga esa
barcha tishlarning bo‘yin qismida,6-sinfining tasnifiga ko‘ra esa kesuv tishlarning chaynov
do‘mboqlarida (immun zonalarida) joylashgan bo‘ladi [4]. Ayniqsa, hozirgi kunda
kariesning intensivligi va tarqalish darajasi turlicha masalan: past intensivlik karies
–Shveysariyada, Birma,

Mozambikda, Efiopiyada; o‘rta darajalik kries –Velikobritaniya, Argentina, Avstriya,

Finlandiya; baland –Norvegiya, Germaniya, Meksika, Kuba, Eron, Chilida; juda baland –
Yaponiyada kuzatiladi. O‘zbekistonda kariesni intensivligi 3,64 ga teng. Karies kasalligi
rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qiladi. Bakteriyalar: bakteriyalar shakarni parchalab,
kislotali muhit hosil qiladi va shu muhit emalni yemirib karies rivojlanishiga imkon
yaratadi. Og‘iz gigiyenasi: tishlarni muntazam tozalamaslik, oziq-ovqat qoldiqlarining
qolib ketishi ham karies chaqiradi. Tishlarning tuzilishi: ba’zi insonlarda tishlarning tabiiy
tuzilishi (masalan chuqur yoriqlar yoki burmalar) karies rivojlanishi uchunqulay muhit
yaratadi. Og‘iz quruqligi: og‘izda so‘lakning yetarli darajada bo‘lmasligi (xerostomiya)
bakteriyalar ko‘payishiga va karies rivojlanishiga yordam beradi, so‘lak og‘izni tozalashda va
tishlarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi [6].

Hozirgi kunda kariesni davolashni bir qancha metodlari mavjud. Asosan, shifokor

(stomatolog) tomonidan instrumental tekshiruvdan so‘ng kariesning darajasiga qarab uni
davalosh uchun muolaja turi aniqlanadi. Misol uchun, kariesni dastlabki bosqichida (dog‘
bosqichi)tish emalini qayta mineralizatsiya qilish uchun floridli muolajalar qilinadi, agar
kariesning rivojlangan ko‘rinishi misol uchun, kariesni dastlabki bosqichida (dog‘ bosqichi)
tish emalini qayta mineralizatsiya qilish uchun floridli muolajalar qilinadi, agar kariesning
rivojlangan ko‘rinishi bo‘lsa kasallangan qism bor orqali ochiladi va plomba bilan to‘ldiriladi,
ba’zi hollarda karies juda rivojlangan bo’lib tishni saqlab qolishni imkoni bo‘lmaganda
zararlangan tish olib tashlanadi. Shu bilan birga, endodontik va lazer orqali davolash usullari
ham samarali hisoblanadi, ya’ni karies tish pulpasiga zarar yetkazgan bo‘lsa endodontik


background image

119

davolash (kanal davolash) amalga oshiriladi, lazer orqali davolash og‘riqsiz, shovqinsiz va
tishni plombaga tayyor holga kelishini ta’minlaydi [1,8]. Kariesni profilaktika qilish usullari
uni oldini olishga yordam beradi, masalan floridli tish pastalaridan foydalanishni, meva va
sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilishni, har 6 oyda stomatologga borib tekshiruvdan o‘tishni
amalga oshirish [4]. Tish kariesi —tish emalining shikastlanishi va tishlarning chirishi bilan
bog'liq keng tarqalgan kasallikdir. U asosan shakar va kislotalar ta'sirida rivojlanadi, bu esa
ovqat qoldiqlari va bakteriyalar bilan bog'liq. Kariesni oldini olish uchun muntazam tish
tozalash, gigiena qoidalariga rioya qilish va sog'lom ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.
Florid qo'shimchalari va stomatologik tekshiruvlar orqali tish salomatligini saqlash
mumkin[5,9]. Karies rivojlangan hollarda esa, samarali davolash usullari —plombalar, lazer,
endodontik davolash yoki hatto tishni olib tashlash zarur bo'lishi mumkin. Tish kariesiga
qarshi kurashishda har bir inson o'z salomatligiga mas'uliyatli yondashishi lozim, chunki
sog'lom tishlar nafaqat jismoniy salomatlik, balki umumiy farovonlik uchun ham
muhimdir. Sog'lom tishlarni saqlash uchun profilaktik choralarni ko'rish va zarur
bo'lganda mutaxassis yordamidan foydalanish barchamiz burchimizdir.

Xulosa:

Tish kariesi keng tarqalgan patologik jarayon bo‘lib, u emal va dentinning

shikastlanishi bilan kechadi. Ushbu kasallikning rivojlanishiga bakteriyalar, oziq-ovqat tarkibi
va og‘iz gigiyenasining yetarli darajada emasligi kabi omillar sabab bo‘ladi. Kariesni
davolashda turli xil usullar, jumladan remineralizatsiya, plombalash, endodontik muolajalar
va zamonaviy lazer texnologiyalaridan foydalaniladi. Kasallikni oldini olish uchun muntazam
gigiyena qoidalariga rioya qilish, florid qo‘shimchalaridan foydalanish va stomatologik
tekshiruvlardan o‘tish muhim hisoblanadi. Shu sababli, tish salomatligini saqlash uchun har
bir inson o‘z shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qaratishi va profilaktik choralarni ko‘rishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

PC Adams. A diagnostic approach to non-high transferrin saturation hyperferritinemia,

Journal of J Hepatol, (2011), pp. 32 - 51.
2.

Ergashev Bekzod. (2024). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator

ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.
3.

Ergashev Bekzod. (2023). Tish toshlari. tishda tosh to'planishining sabablari va ularni

oldini olish usullari aholi o'rtasida ommalashgan savollarga to'liq javob berish va ommaga
tadbiq etish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research. 1(2). 67
- 75.
4.

Chjan Y, Lei Y, Nobbs A, Khammanivong A, Herzberg MC: Streptococcus gordonii SspAB

ning inaktivatsiyasi bir nechta adezin genlarining ifodasini o'zgartiradi. Immunitetni
yuqtirish. 2005, 73: 3351-3357.
5.

Ergashev Bekzod. Gingivitning bakteriologik etiologiyasi va profilaktikasi. International

Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 – 128.
6.

2 BJ Schlosser. Oral manifestations of hematological and nutritional disorders. Journal of

Otolaryngol Clin N Am, (2011), pp. 78 - 98.
7.

Wade V: Og'iz biofilmlarida o'stirilmaydigan bakteriyalar. Tish blyashka qayta ko'rib

chiqildi. Salomatlik va kasallikdagi og'iz biofilmlari. Tahrirlangan: Newman HN, Wilson M.
1999, Cardiff: BioLine, 313-322.
8.

Ergashev Bekzod, Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko’nikmalari. New renaissance


background image

120

2025. 3: 151-156.
9.

Эргашев Бекзод. Этиология инфекционных заболеваний тканей пародонта. 2025.

2: 31-35.

Библиографические ссылки

PC Adams. A diagnostic approach to non-high transferrin saturation hyperferritinemia, Journal of J Hepatol, (2011), pp. 32 - 51.

Ergashev Bekzod. (2024). Sirkon dioksid qoplamalari va materialining klinik laborator ahamiyati. Journal of Uzbekistan’s Development and Research (JUDR). 1(1). 627- 632.

Ergashev Bekzod. (2023). Tish toshlari. tishda tosh to'planishining sabablari va ularni oldini olish usullari aholi o'rtasida ommalashgan savollarga to'liq javob berish va ommaga tadbiq etish. models and methods for increasing the efficiency of innovative research. 1(2). 67 - 75.

Chjan Y, Lei Y, Nobbs A, Khammanivong A, Herzberg MC: Streptococcus gordonii SspAB ning inaktivatsiyasi bir nechta adezin genlarining ifodasini o'zgartiradi. Immunitetni yuqtirish. 2005, 73: 3351-3357.

Ergashev Bekzod. Gingivitning bakteriologik etiologiyasi va profilaktikasi. International Scientific Conference "Innovative Trends in Science, Practise and Education", 1 (1), 122 – 128.

BJ Schlosser. Oral manifestations of hematological and nutritional disorders. Journal of Otolaryngol Clin N Am, (2011), pp. 78 - 98.

Wade V: Og'iz biofilmlarida o'stirilmaydigan bakteriyalar. Tish blyashka qayta ko'rib chiqildi. Salomatlik va kasallikdagi og'iz biofilmlari. Tahrirlangan: Newman HN, Wilson M. 1999, Cardiff: BioLine, 313-322.

Ergashev Bekzod, Bemorlar psixologiyasi va muloqot ko’nikmalari. New renaissance 2025. 3: 151-156.

Эргашев Бекзод. Этиология инфекционных заболеваний тканей пародонта. 2025. 2: 31-35.