111
ZIYORATGOHLAR BILAN BOG‘LIQ MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA TAHLIL
QILISHDA MARKETING AXBOROTLAR TIZIMINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Xudoyarov Anvar Aidjanovich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi”
kafedroasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15048945
Milliy turistik bozorlarimizda marketing axborot tizimi – unumli va samarali strategik
marketing qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy ma’lumot va axborotlarni jamlash, tahlil
etish, tartibga tushurish, baholash va tegishli kanallar orqali тқдим этишда 3D ва бошқа
замонавий технологиялар дан самарали фойдаланиш талаб этилади. Muntazam
harakatdagi resurslar va usullar majmuasining marketing axborot tizimi tuzilmasini to‘rtta
asosiy blokka ajratib ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi. Yа’ni: ichki axborotlar tizimi; marketing
axborotlarini tahlil qilish tizim; bozor xolati bo‘yicha marketing kuzatuvi tizimi; markaziy
mxsus marketing tadqiqotlari tizimi.
Milliy turistik bozorlarda, xususan ziyorat turizmi bozorlarida korxona va tashkilotlarda
marketing axborot tizimining faoliyati, soha bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlari uchun
so‘ralgan jihatlardagi va hajmdagi axborotlar yig‘indisini yaratish maqsadida kerakli tegishli
resurslar va texnologiyalarning jamlanishiga yo‘naltirilgan kompleks harakatlar majmui
hisoblanib, ko‘rsatilgan marketing axborot tizimi konsepsiyasida o‘z aksini namoyon qiladi.
Turizm industriyasida, xususan ziyorat turizmidagi ma’lumotlar bazasi tuzilmasi va
uning faoliyatining asosiy jarayonlarini aniqlash;
Milliy va xalqaro bozorlarda axborotni taqdim etish va uzatishda optimal texnologiyasini
belgilash.
Turistik bozorlarda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlarda marketing axborotlarini
yig‘ish uchun zaruriy birlamchi resurslarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Birinchidan, zaruriy ma’lumotlarni va axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish
bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar.
Ikkinchidan, axborotlar bilan ishlash metodik usullari uslubiy ta’minoti. Ta’kidlash joizki
axborotlarni yig‘ish va qayta ishlash metodik usullari ularning sifatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir
etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchidan, mavjud axborotlarni yuqori tezlik va aniqlikda qayta ishlov berish va
uzatish imkoniyatlari bilan to‘liq ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari
qurilmalarining zarurligi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari qurilmalarining tarkibiga nafakat kompyuter
qurilmalari, shu bilan bir qatorda dasturiy ta’minot hamda tadqiqot davomida ma’lumotlarni
kayta qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus qurilmalar va dasturiy ta’minot lozim bo‘ladi.
Bu o‘z navbatida, resurs ta’minotiga bo‘lgan talab doirasida ko‘rilayotgan masalalar mazmuni,
hajmi va qamrovining zaruriy kengligi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston turizm industriyasida xususan ziyorat turizmida marketing uslublari va
tamoyillari bo‘yicha markazlashtirilgan, tizimlashtirilgan axborotlar butun tashkilot va
korxonalarning axborotlashtirish muhitini tashkil etib, barcha mavjud bo‘limlari tomonidan
112
ish samaradorligi uchun hamda boshqaruv maqsadlarida qaror qabul qilishda foydalanilishi
mumkin bo‘ladi.
Marketing axborot tizimi turizm industriyasida ishtirok etuvchi barcha korxonalarni,
shu bilan bir qatorda, alohida tashkilotda barcha bo‘limlarni bog‘lovchi markaziy mexanizmga
aylanishi, ular o‘rtasida unumli, samarali axborot harakatini yo‘lga qo‘yishi va olinayotgan
axborot va ma’lumotlarning ochiqdigi, to‘liqligi, haqqoniyligi va o‘z vaqtidaligini ta’minlab
boradi. Turizm industriyasida, xususan ziyorat turizmida marketing axborot tizimining
natijaviy mahsuloti axborotlar bazasi yoki tegishli marketing hisobotlari ko‘rinishidagi
korxona va tashkilotning mikro muhiti, makro muhiti va ichki muhitining holatini ko‘rsatib
beruvchi ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi.
Turistik bozorlarda, xususan ziyorat turizmi bozorlarida axborotlar tizimi doirasida
axborotlar harakatini nafaqat vertikal, balki gorizontal tarzdagi, ya’ni alohida bitta boshqaruv
tuzilmasining bo‘limlari o‘rtasida yoki boshqarmalararo tizimli aloqalarga oid harakatlari
kuzatiladi.
O‘zbekiston turizm industriyasida ishtirokchilar o‘rtasida axborot ayriboshlash bo‘yicha
munosabatlarning samarali amalga oshishi korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik
munosabatlarini tashkil etishning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi.
Ziyorat turizmida ma’lumotlar va axborot harakatlari hamda ularning tizimli oqimlari
natijasi hisoblangan markaziy ma’lumotlar bazasining tuzilmaviy tavsiflarini tadqiq etish,
ularni shakllantirish, istiqbolda ulardan foydalanish unumdorligini oshiradi. O‘zbekistonda
turizmni rivojlantirish qo‘mitasi negizida sayyohlik korxona va tashkilotlarni markazlashgan
yagona axborot tizimiga birlashtiruvchi, markaziy axborotlar va ma’lumotlar bazasini yaratish
asosida respublika sayyohlik Veb-portalini yanada mukammal ko‘rinishida takomillashtirish
bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ўзбекистон Халқаро Ислом
Академияси tomonidan Академик Н.Тухлиев рахбарлигида “Ziyarah tourism” integrasion
elektron platformasi negizida vertual obyektlarni real makonda aks ettirish QR-code
texnologiyasi yordamida ziyorat turizmi sohasiga oid vertual mobil ilova ishlab chiqilgan.
-
Mazkur masalaning yechimi yurtimizda ziyorat turizmi sohasining samarali
rivojlanishini ta’minlovchi qo‘yidagi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi; milliy turizm
industriyasida sayyohlik mahsulotlar iste’molchilarini (kiruvchi, chiquvchi va ichki tashrif
buyuruvchilarni) sayyohlik axborotlar va ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlanishi;
-
milliy turizm bozorida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va korxonalar uchun turistik
axborotlar resurslari taqchilligini bartaraf etilishi;
-
jahon turizm industriyasida yangi xalqaro hamkorlarning kengayishi;
-
milliy turizm industriyasidagi mavjud turistik salohiyatni, shu jumladan, ziyorat turizmi
imkoniyatlarini dunyo ahliga to‘liq va mukammal namoyon etilishi;
-
milliy turizm industriyasida butun jahon talablari doirasidagi zamonaviy tizimli
aloqalarning mustahkamlanishi;
-
O‘zbekiston turizm bozorida onlaine shaklidagi xizmatlar hajmining ortishi;
-
milliy turizm industriyasida axborot texnologiyalarining so‘ngi dunyoviy yutuklardan
foydalanib jahon standartlari asosida milliy turizm industriyasi tarkibiy tuzilmasini baholash
va standartlashtirishning yagona bazasini yaratish va hk
-
ziyorat turizmidagi ma’lumotlar bazasi tuzilmasi va uning faoliyatining asosiy
jarayonlarini aniqlash;
113
-
milliy va xalqaro bozorlarda axborot va ma’lumotlarni taqdim etish va uzatishda optimal
texnologiyasini belgilash.
Turistik bozorlarda ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlarda marketing axborotlarini
yig‘ish uchun zaruriy birlamchi resurslarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Birinchidan, zaruriy axborotlarni yig‘ish, kayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha zaruriy
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar.
Ikkinchidan, axborotlar bilan ishlash metodik usullari uslubiy ta’minoti. Ta’kidlash joizki
axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashda yuqoridagi tahlillarga ko‘ra milliy turizm
industriyasida, xususan ziyorat turizmida tegishli texnologiyalardan samarali foydalanishning
metodologik asoslarini yaratish; ilg‘or ma’lumot va axborotlar tizimlarini yaratish va
tashkiliy-iqtisodiy jihatdan meyoriy-huquqiy qonunchilikni takomillashtirib borish; markaziy
axborotlar bazasini yaratish imkoniyatini beruvchi zamonaviy kompyuter dasturlarini ishlab
chiqish va muntazam takomillashtirib borish; sayyohlik faoliyatni faol tashkil etishda
zamonaviy axborot kammunikasion texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali va to‘liq
foydalana oladigan dasturchilar, texnologlar va boshqa malakali mutaxassislarni yetishtirish
tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
О‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim о‘zgarishi
vazirligi xuzuridagi turizm qо‘mitasi qoshida tashkil etiladigan sayyohlik axborotlar markazi
sayyohlik bozorining axborot tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Markazlashtirilgan axborotlar bazasi О‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof-muxitni
muxofaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligi xuzuridagi turizm qо‘mitasi faoliyatining doirasini
hamda milliy turizm bozorining barcha jabhalarini kamrab olgan quyidagi axborotlar va
ma’lumolar majmuidan tarkib topgan:
- milliy turizm, jumladan ziyorat turizmi ndustriyasidagi korxona va tashkilotlari milliy
turistik mahsulotlarni taklif etuvchi turizm industriyasining turoperatorlari, turagentlari,
ularnint kontragentlari haqidagi mavjud mukammal axborot va ma’lumotlari;
- mamlakatimiz hududlarida mavjud tabiiy-geografik, milliy turizm jumladan ziyorat
turizmi obyektlari 3D-modellarini; madaniy-tarixiy, arxeologik va ekologik resurslar va
obyektlar to‘liq ro‘yxatini, ularning joylashishi borasidagi interfaol xaritalarni, obyektlarga
elektron navigasiya tizimlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi Sayyohlik resurslari reyestri.
- turizm industriyasida ommaviy axborot vositalari tizimida sayyohlik sohasiga
ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalarini, tegishli turistik, xususan ziyorat turizmi bilan
bog‘liq hududlarning reklama roliklarini, shuningdek bugungi kunda xalqaro turizm
industriyasida nufuzli xorijiy sayyohlik agentliklarning tegishli kataloglarini;
- milliy turistik mahsulotlarimizga iste’molchilar tomonidan berilgan obyektiv baho va
keltirilgan xolis fikrlarni onlaine shaklida joylashtirish va bu borada fikr almashish imkonini
beruvchi ma’lumotlar va axborotlar tizimlari va texnologiyalarni;
- belgilangan dastur asosida mamlakatimiz hududlarida yil davomida o‘tkazilishi
rejalashtirilgan sohaga oid tadbirlar, ya’ni ilmiy-amaliy konferensiyalar, yarmarkalar,
ko‘rgazmalar, festevallar, rejasini; ushbu tadbirlarning natijaviy mahsulotlarini;
- turizm, xususan ziyorat turizmi borasida turistik korxonalar va tashkilotlar tomonidan
taklif etilayotgan turistik mahsulotlar, hududiy infratuzilma obyektlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni;
114
- milliy turizm industriyasi statistikasiga oid ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi
ekologiya atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xuzuridagi turizm
qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan forumlar, seminarlar, tegishli uchrashuvlar va ularning
amaliy natijalari va yangiliklarini;
- turizm industriyasi sohasiga oid xukumat tomonidan qabul qilingan dasturlar. Mazkur
dasturlar asosida yaratilgan innovasion va investision loyihalar, loyihalar bo‘yicha tanlovlar
to‘g‘risidagi axborot va ma’lumotlarni;
- O‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof-muxitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
vazirligi xuzuridagi turizm qo‘mitasi tomonidan olib borilgan marketing tadqiqotlari va tahlil
natijalari, marketing tadbirlari rejasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- milliy turizm sohasi hamda xalqaro turizm doirasidagi axborot va yangiliklarni taqdim
etuvchi elektron e’lonlar qismini o‘z tarkibiga olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi deb
hisoblaymiz.
Shakllantirilgan axborotlar va ma’lumotlar bazasi tezkor tarzda onlaine shaklda
yangilanib turilishi, hamda xalqaro xorijiy tillarda taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bu borada ma’lumotlar bazasiga turoperatorlar to‘g‘risida kiritilgan axborot va ma’lumotlar
ularning o‘zlari tomonidan ularga taqdim etilgan login va parol yordamida yangilanib turish
imkoniyatining shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi. Jahon bozorlarida turistik amaliyotga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, sayyohlik sohasiga ma’lumot va axborot manbalarini keng
miqyosda tatbiq etish, hamda turizm bozorida axborot xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari
tezlik bilan rivojlanib borayotganini kuzatamiz.
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida tegishli korxona va tashkilotlar
doirasida, tashkilotlararo darajada o‘zaro munosabatlarni unumli tashkil etish imkoniyatini
shakllantiradigan elektron muloqot va shunga tegishli mos meoriy hujjatlar aylanmasi keng
miqyosda amalga oshirilib kelinmoqda. Mavjud aloqalarni mustahkamlash va ish
samaradorligini oshirish avvalambor, sayyohlik bozorini tartibga solish hamda tizimining
barcha darajalarida markazlashtirilgan ma’lumotlar va axborotlar bazasini yaratish va undan
unumli foydalanish mexanizmini yaratishni taqozo etadi.
Natijada, fikrimizcha, sayyohlik obyektlarning virtual shaklini yaratish va ularni
interfaol tarzda namoyish etish sayyohlik faoliyatni shakllantirishning yangi sifat bosqichiga
ko‘tarilishning muhim belgisi hisoblanadi. Innovasion yangiliklarni joriy etish uchun turistik
faoliyatni ilm-fan va texnologik yutuqlar bilan qo‘shib olib borishga to‘g‘ri keladi. Masalan,
ziyorat turizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, turli mamlakatlardan
kelgan turli millatga xos sayyohlar turli dunyoqarash va mentalitetga ega bo‘lib, ular orasida
injiqlari ham, his hayajonga beriladiganlari ham, ishonuvchan yoki ishonuvchan bo‘lmaganlari
ham, turli an’ana va fe’l-atvorga ega bo‘lganlari ham uchrashi tabiiy. Sayyohlarning barchasini
bir yo‘nalishga, bir natija va qarorga keltirish uchun yangiliklar, innovasiyalar tizimidan
foydalanish juda qo‘l keladi.
Bu borada optimal universal yo‘l, vosita yo‘q. Bir mamlakat sayyohlari bilan ishlash
murakkab va ma’suliyatli, turli mamlakatlardan kelganlar bilan, ayniqsa, ziyoratchilar bilan
ishlash mahoratni va tajribani talab etadi.
Ziyorat turizmining borgan sari kengayib borayotganini hisobga olib, O‘zbekistonda ham
ziyorat turizmi umumiy turizmning alohida muhim sektoriga aylanayotgani barchamizga
ma’lum. Ma’lumotlarga ko‘ra agar 2016 yilda musulmon turizmining sig‘imi 140 mln. bo‘lgan
115
bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2026 yilda 230 mln. kishiga yetadi. Agar ulardan keladigan tushum 2016
yilda 142 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2026 yilda 300 mlrd.dan
oshadi. Musulmon turistlari boshqa konfessiyalarga oid turistlar orasida eng yoshi – 23 yosh
1
.
Bu raqamlar ziyorat turizmining potensiali yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Agar 2030 yilda
musulmonlar jahon aholisining 26 foizini tashkil etishini hisobga olsak, masala yanada
ravshanlashadi. Ziyorat turizmi bozori o‘sib, turizm industriyasiga katta o‘zgarishlar olib
kirmoqda. Eng ortodoksal, konservativ hisoblangan musulmon turistlari ham zamonaviy
smartfonlar, ijtimoiy media orqali jahonning barcha burchaklaridagi ziyorat obyektlari,
ulardagi xizmat sifati va narxi to‘g‘risida yaxshi ma’lumotga ega.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida IT tizimining reklama uzatishdagi o‘rni katta
ahamiyatga ega bo‘lib istiqbolni belgilovchi yo‘nalishlardan hisoblanadi. Bilamizki, odatda
reklamada mijozga passiv rol ajratiladi, u bu jarayonni tashkil etishda qatnashmaydi, balki bu
xizmatning iste’molchisi bo‘ladi. Internet esa klassik ko‘rinishdagi reklamaning
kamchiliklarini yengib o‘tishga yordam beradi. Bu holatda endi vaziyatni marketolog emas,
iste’molchi nazorat qiladi va talab shakillanadi.
Agar ularni saytdagi axborot qoniqtirmasa, darhol undan chiqib ketadi. Internetda
mijozning o‘zi tur kompaniyaga axborot olish uchun murojaat qiladi. Bunda endi
marketologning kerakli axborotni pochta orqali yuborishiga hojat qolmaydi. Elektron
tarmoqda adresat oldindan ma’lum. Qolaversa, Internet har bir mijozga alohida yondashuvni
ta’minlashga qodir. Uning yordamida mijozlar o‘z didlariga mos turmahsulotni izlaydi.
Ommaviy axborot vositalarida bitta axborot ko‘plab iste’molchilarga yuborilsa, internetda har
bir iste’molchiga bir nechta arzon axborot taklif qilinadi. Bu tizim, ayniqsa, “yonayotgan”
turlarni sotishda tezkorligi bilan qo‘l keladi. Yirik mehmonxonalarning aksariyati mazkur
tizimda o‘z raqamlariga ega.
Mijozlar dunyoning istalgan burchagidan, aloqa uchun haq to‘lamasdan buyurtma
berishlari mumkin. Bilamizki, bugungi kunda Amadeus, GTravel, Sabre, World Spar Service,
Anollo va boshqa yirik elektron tizimlar Mamlakatimizda ish olib bormoqda. Hozirgi paytda
sayyoxlik industriyasi, ayniqsa, mehmonxona faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot
tizimining – rezervlash, rasmiylashtirish, mijozlar to‘g‘risida doimiy ma’lumot, interfeys,
buxgalteriya hisobi, taymsherlar va boshqa yigirmadan ortiq yo‘nalishdan samarali
qo‘llanilmoqda. Innovasion turizmga o‘tish oson yumushlardan emas, albatta. Buning uchun
innovasiyalarning endogen va ekzogen turlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Turistik korxonalarning chet elda bozor ulushi yoki vakolatxonasi bo‘lishi, yoki
mamlakatda chet el turistik kompaniyaning ulushi yoki vakolatxonasi bo‘lishi bu masalada
katta yordam berishi mumkin. Bu birinchidan chet el venchur kapitalini ilg‘or texnologiyali
milliy turizm sohasiga olib kelish imkoniyatini bersa, ikkinchidan jahon turistik bozoridagi
trendlardan doimo xabardor bo‘lib turishni ta’minlaydi. Bu sohada tashkil qilinadigan
qo‘shma korxonalar, erkin zonalar ijtimoiy-iqtisodiy tayanch sifatida namoyon bo‘ladi va
yurtimizda turizm sohasining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Porter M.E. Clusters and the New Economics of Competition // Harvard Business
1
https://www.yotube.com/watch?vgusvajxiqcc
116
Review. November-December. 1988. P. 78.
2.
Enright M.J. Why Clusters are the Way to Win the Game // World Link. N 5. July / N.4,
August, 1990. P. 24-25.
3.
Алимов Р., Камилова М., Курбанова Д. Кластерная концепция экономического
развития: теория и практика. Ташкент. 2005 г. Институт экономики АН РУз. С. 36.
4.
Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand
viloyati misolida). Doktorlik dissertatsiya ishi. – Samarqand, 2017.
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” Qonuni. Toshkent sh., 2019 yil 18
iyul, O‘RQ-549-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2019 y.,
03/19/549/3446-son. http:// www. lex.uz/ docs/ 4428097.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida” Farmoni. http://lex.uz/docs/4143188.
7.
Tuxliyev N. Jiyanov О‘. Turizmning rivojlanish milliy modellari. Darslik. – T.: «Ilm-Ziyo-
Zakovat» nashriyoti, 2021. – 234 b.
8.
Xudoyarov A.A.“O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlari” monografiY. – T.: «COMPLEX PRINT» nashriyoti, 2021. – 285 b..