Авторы

  • Aziza Tursunova
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “Logistika axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.72605

Ключевые слова:

mintaqa mintaqaviy siyosat mintaqa iqtisodiyoti bozor bojxona.

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solinishi uning tamoyillari, takomillashtirish usullari va mexanizmlari o’rganilgan.


background image

85

IQTISODIY TIZIMNING TIZIMINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA

SHAKLLANTIRISH ISLOHATLARI

Tursunova Aziza Xoshimovna

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Qarshi filiali “Logistika axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

E-mail: tursunovaaziza114@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037188

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga

solinishi uning tamoyillari, takomillashtirish usullari va mexanizmlari o’rganilgan.

Kalit so‘zlar:

mintaqa, mintaqaviy siyosat, mintaqa iqtisodiyoti, bozor, bojxona.

Kirish

Iqtisodiy tizimni barqaror rivojlantirish va shakllantirish islohatlari ko'plab omillarga

bog'liq bo'lib, ular iqtisodiy o'sish, ijtimoiy adolat, ekologik barqarorlik va boshqaruv
samaradorligini ta'minlashga qaratilgan. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni
shakllantirish borasida amalgaoshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining
natijalarini namoyon etmoqda.Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi
savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini
mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi.O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy
maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga
oshirish yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bosh maqsad yo’lidagi yutuq va
marralarning salmoqli bo’lishiga imkon yaratdi.

Asosiy qism

Iqtisodiy tizimni turli sohalar va sanoat tarmoqlari orqali diversifikatsiya qilish,

resurslarga bo'lgan bog'liqlikni kamaytirish va yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam
beradi.Bozor iqtisodiyoti rivojlanib va takomillashib borayotgan sharoitda hududiy
mutanosiblikni ta’minlash masalasi muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi, bunda davlat
mutanosiblikni ta’minlashda bevosita va bilosita ishtiroki zarur bo’ladi. Ma’lumki,
iqtisodiyotni boshqarishning tartibga solish usulida davlat o’zining ijtimoiy,iqtisodiy va
siyosiy mexanizmlari orqali mamlakatda hududiy mutanosiblikni ta’minlashdam faol ishtirok
etadi. Mazkur paragrafda davlatning hududiy mutanosiblikni ta’minlashning iqtisodiy
mexanizmlariga alohida e’tibor qaratamiz. Davlatning hududiy mutanosiblikni ta’minlashida
iqtisodiy mexanizmlari tarkibining asosida moliya siyosati yotadi. Chunki, moliya siyosati-bu
davlatning muhim faoliyati hisoblanib, moliyaviy mablag’larni shakllantirish va mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini inobatga olgan xolda ularni taqsimlash va samarali
foydalanishga qaratilgan iqtisodiy munosabatlarning yig’indisidir.

Davlat mazkur munosbatlarni amalga oshirish jarayonida bevosita hududiy

mutanosiblikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Ta’kidlash joizki, davlatning moliyaviy
siyosati mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishni ko’zda tutadigan byudjet, soliq, bojxona va pul-
kredit siyosatni o’zida mujassamalashtiradi. Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda moliya
siyosatining aosiy yo’nalishi sifatida joylarda moliyaviy resurslardan foydalanish


background image

86

samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o’rtasida qayta taqsimlash va nazoratni
amalga oshirish bilan bog’liq moliyaviy munosbatlarni tashkil etishga qaratiladi. Bundan
tashqari, moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishi o’z maqsadiga ko’ra, byudjet, soliq,bojxona va
pul-kredit siyosatlarini ham qamrab oladiki, bu davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va
vazifalarini to’laqonli amalga oshirilishiga bevosita yordam beradi.Jumladan, mamlakatda
mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida
byudjet tizimini moliyaviy ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga shart-sharoitlar
yaratish, jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoyalash, mamlakatning
moliyaviy barqarorligini qo’llab-quvvatlash kabi masalalarni o’z ichiga oladi.

Mamlakatda iqtisodiyotning shunday bo’g’inlari mavjudki, ular umuman jamiyat uchun

zarur,biroq, korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlarning moliyaviy holatiga ko’rsatadigan
manfaatdorligi to’g’ridan-to’g’ri sezilmaydi. Bular asosan hududdiy mutanosiblikni davlat
tomonidan tartibga solish mexanizmiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillardan biri bo’lib ham
hisoblanadi.

Bularning tarkibiga mamlakatdagi infrastruktura ob’ektlari, xom-ashyo va energetika

tarmoqlari, fundamental fanlar kiradi, ular odatda korxona, tashkilot va xususiy
tadbirkorlarga moddiy foyda keltirmaydi, lekin davlat hisobidan qoplash muddati uzoq
bo’lgan katta miqdordagi kapital qo’yilmalarni talab qiladi. Shuning uchun ular to’liq yoki
qisman davlat ixtiyoriga beriladi va iqtisodiyotning davlat bo’g’inini tashkil etadi.O’tish davri
iqtisodiyotida davlat mulkini yoppasiga keng ko’lamda xususiylashtirilishi natijasida davlat
ulushi qat’iy qisqarishi, ma’lum jihatdan, bozor iqtisodiyotining bir shartidir.Biroq shunga
qaramay, bu jarayonni uzoq muddatliligi hamda xalq xo’jaligini qayta qurishda,tutgan muhim
o’rnini hamda davlat tomonidan hududiy mutanosiblikni ta’minlashning bir ulushi sifatida
hisobga olgan holda bozor munosabatlari tarkib topgan mamlakatlardagiga qaraganda ayrim
muammolar hal etilmay qolayapti.

Shu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizki, ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish va uni

taqsimlash davlat bo’g’inining asosiy vazifasi hisoblanadi. Ijtimoiy ne’matlar – bu aholining
ma’lum bir guruhlariga yoki butun jamiyatga taqdim etiladigan tovar va xizmatlardan
iboratdir. Ularni bo’laklarga bo’lib alohida shaxslarga sotish mumkin emas, chunki buning
oqibatida biror bir salbiy oqibatlarning rivojlanib ketishi asosida ushbu ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning yoki xizmatlarning ichki bozordagi tanqisligi kelib chiqishi mumkin. Huquqiy
tartib, davlat mudofaasi, atrof muhitni asrash, kommunal xizmatlar, ijtimoiy dasturlar va shu
kabilar ham ular tarkibiga kiradi va davlat tomonidan hududiy mutanosiblikni ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy ne’matlarda ijtimoiy dasturlar sezilarli o’rin tutadi. Davlat ularni amalga

oshirish jarayonida aholiga bepul ta’lim, sog’liqni saqlash, kommunal va boshqa xizmatlarni
ko’rsatadi.Bu xizmatlarning ko’pchiligi bo’linishi va bozor tizimi orqali to’liq taqsimlanishi
mumkin,lekin jamiyat rivojlanishi uchun bo’lgan ahamiyatini ko’zda tutib, ularni davlat o’z
zimmasiga oladi va hududiy mutanosiblikni ta’minlashda asosiy vosita sifatida qaraydi. Shu
yo’l bilan davlat iqtisodiyotdagi resurslarni taqsimlanishini muvofiqlashtiradi va
daromadlarni qayta taqsimlaydi.

Yuqoridagilarning barchasi hudulararo mutanosiblikning bozor mexanizmlarini

shakllanishi va rivojlanishida katta yordam beradi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan


background image

87

dalolat beradiki, hududlararo mutanosiblikni ta’minlashda bozor mexanizmlari
samaradorligini oshirishda davlat quyidagi iqtisodiy vazifalarni bajaradi:

raqobatchilik shartlari va qoidalarini belgilash, unga sharoit yaratib berish;

resurslar taqsimoti ustidan umumiy muvozanatlikni ta’minlanishini monitoring qilish;

hududlararo transport kommunikatsiyasini shakllantirish;

infrastrukturani rivojlantirish;

hududlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga teng huquqiy

imtiyozlar berish;

Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi esa

quyidagilardan iborat.

1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish.
2. Bozorni amal qilishi uchun qulay sharoit yaratish.
3. Iqtisodiy o’sishning barqaror darajasini ta’minlash.
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni boshqarish.
5. Ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash.
6. Ekologik va demografik muammolarni hal etish va boshqalar.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa davlat tomonidan mamlakat milliy iqtisodiyotiga

turli usullar va vositalar orqali aralashuvi talab etiladi.

Davlat tomonidan milliy iqtisodiyotga turli uslublar va vositalar orqali aralashuvi

ma’lum jihatdan erkin bozor iqtisodiyoti shartlariga to’g’ri kelmasada, iqtisodiyotning ma’lum
bir jabhalarida keskin salbiy muammolarning avj olib ketmasligi, hamda iqtisodiy
ko’rsatkichlarning barqaror o’sishini ta’minlash uchun muhimdir. O’z navbatida davlatning
iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish va iqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishini
ta’minlash uchun iqtisodiyotda tizimli, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga, ya’ni
jamiyatdagi barcha sub’ektlarning o’zini-o’zi boshqarishi orqali rivojlanishini ta’minlashga
katta ahamiyat berish kerak bo’ladi. Bu tizim albatta hududlararo bog’liqlikda bo’lishi ham

muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda hududlarda faoliyat olib borayotgan barcha

korxonalarga ma’lum jihatdan bir xil soliq stavkalari qo’yilmoqda. Albatta faoliyat olib
borayotgan korxonalarning ba’zilari davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yirik dasturlarga
(investitsion dastur, mahalliylashtirish dasturi va boshqalarga) kiritilgan bo’lib, ular boshqa
korxonalarga nisbatan kamroq soliq to’lashlari yoki umuman soliqlardan ozod etilganliklarini
ham ko’rishimiz mumkin. To’g’ri, bu vosita orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab
quvvatlash mumkin,

lekin ma’lum jihatdan boshqa korxonalar bilan bir xil bo’lmagan sharoitni ichki bozorda

yaratilishiga imkon yaratamiz.Shu sababli soliq tizimini yanada takomillashtirish darkordir va
bunda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olgan holda soliq stavkalari har bir
hududdagi tashkilotlar (korxonalar) uchun turli xilda bo’lishiga ahamiyat berish ham
maqsadga muvofiqdir deb hisoblaymiz. Bunday soliq tizimini yo’lga qo’yish ishlab chiqarish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sust rivojlangan hududlarda ushbu sohalar sub’ektlarini
yanada

rag’batlantirishni ta’minlaydi. Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda davlatning

aralashuvi bevosita katta miqdordagi mablag’larni talab qiladi. Davlatning valyuta rezervining
kattaligi, uning to’lov qobiliyatning (tashqi qarzlarni to’lash qobiliyatining) yuqoriligi esa
albatta mamlakatdan eksport qilinayotgan mahsulotlar va xizmatlar hajmiga bog’liqdir. O’z


background image

88

navbatida bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotini eksportga yo’naltirilishini
taqazo etadi va davlat tomonidan eksportni rag’batlantirishni talab qiladi.

Bularga qo’shimcha ravishda esa respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni

rag’batlantirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur deb o’ylaymiz.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning notarif yoki ma’muriy tizimini ijobiy

tomonga o’zgartirish yo’llarini ko’rib chiqish.Tarifli tizim samaradorligini har tomonlama
tahlil va tadqiq etib, o’zgartirishlar kiritish.

Eksport va import bojlarni maqsadga muvofiq holda belgilash yo’llarini ko’rib chiqish.

Eksportni rag’batlantirish va xorijiy sarmoyalarni jalb etishga yo’naltirilgan soliq

mexanizmini takomillashtirish va hokazo.

Mintaqaviy mutanosiblikni ta’minlashda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ma’lum

jihatdan salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkinligi sababli ko’proq hududiy
mutanosiblikni ta’minlashning bozor mexanizmlarini shakllantirishga ko’proq e’tibor qaratish
katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda sifatli analitik ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda sifatli analitik (tahlil) va prognoz ishlanmalarni
muhimligini hisobga olgan holda, viloyat iqtisodiyotini tahlil qilishda va prognozlashtirishda
tuman-shahar-viloyat sxemasi bo’yicha pastdan yuqoriga tomon xarakatlanishga
bag’ishlangan uslubiy yondoshuvlar tavsiya etiladi.Tavsiya qilinayotgan o’tishning asosiy
qoidalari bo’lib, davlat manfaatlari ustunligiga rioya etish, barcha turdagi mulk va turli
darajalarda xo’jalik yuritish uchun korxonalarga qulay shart-sharoitlarni shakllantirish,
mintaqani bir butun, yaxlit sifatida yondoshgan holda,rivojlanishni kompleksliligi va
mutanosibligini ta’minlash hisoblanadi.Mintaqaviy statistikaning sifati va ob’ektivlik
darajasini pastligi hisobga olgan holda,amaliyotda vaziyat, muammo va alohida hududlarni
rivojlantirishni prognozlashtirish bo’yicha tadqiqotlarni olib borishda anketa so’rovi usulidan
keng foydalanish taklif qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston” nashiryoti.2021-y. –

461 b.
2.

https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/v2i424

3.

Вебер,А.,Хоутеллінг,Г.,Кристаллер,В.,Куклінський,А.,&Робсон,.Теоретико-

методологічні основи регіоналістики.
4.

Tursunova.A.X.(2025).IQTISODIY BARQARORLIK VA GLOBAL IQTISODIY O'SISH

SCHOLAR, 3(1), 59–62. https://doi.org/10.5281/zenodo.14784549
5.

Tursunova Aziza Xoshimovna, IQTISODIY BARQARORLIK VA GLOBAL IQTISODIY O'SISH

6.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston” nashiryoti. –2021-y. –

461 b.
7.

Тюнен И.Г. Изолированное государство. Москва, Экономическая жизнь.,

8.

Вебер, А., Хоутеллінг, Г., Кристаллер, В., Куклінський, А., & Робсон, П. Теоретико-

методологічні основи регіоналістики.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston” nashiryoti.2021-y. –461 b.

Вебер,А.,Хоутеллінг,Г.,Кристаллер,В.,Куклінський,А.,&Робсон,.Теоретико- методологічні основи регіоналістики.

Tursunova.A.X.(2025).IQTISODIY BARQARORLIK VA GLOBAL IQTISODIY O'SISH SCHOLAR, 3(1), 59–62. https://doi.org/10.5281/zenodo.14784549

Tursunova Aziza Xoshimovna, IQTISODIY BARQARORLIK VA GLOBAL IQTISODIY O'SISH

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –T.:”O‘zbekiston” nashiryoti. –2021-y. –461 b.

Тюнен И.Г. Изолированное государство. Москва, Экономическая жизнь.,

Вебер, А., Хоутеллінг, Г., Кристаллер, В., Куклінський, А., & Робсон, П. Теоретико-методологічні основи регіоналістики.