Авторы

  • Zebiniso Abdunazarova
    Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.72606

Ключевые слова:

Ekologik madaniyat o'rta maktab o'quvchilari ekologik antropologiya ishchiyoshlar ko'ngillilar.

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari uni yoshlar o'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar ta 'kidlab o 'tiladi.


background image

78

EKOLOGIK MADANIYATNING MA’NAVIY MADANIYAT TIZIMIDAGI O’RNI

Abdunazarova Zebiniso Xudoyshukurovna

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15037181

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni

shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari
uni yoshlar o'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni
yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar ta 'kidlab o 'tiladi.

Kalit so'zlar

: Ekologik madaniyat, o'rta maktab o'quvchilari, ekologik antropologiya,

ishchiyoshlar, ko'ngillilar.


Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida insoniyatning texnogen sivilizatsiyasidan noosfera

davriga o'tishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu bo'lsa o'z navbatida V.I. Vernadskiy ta'biri bilan
aytganda, biosfera rivojlanishida inson aqliy salohiyati ahamiyatining kuchayishi bilan
tavsiflanishi kerak. Bu jarayon insonning yerdagi hayotini saqlab qolishga intilishi bilan o'zaro
qarama-qarshi birligida aks etadi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, ko'pchilik xorijiy
olimlarning fikriga ko'ra, bundan buyon yadroviy falokat insoniyatni halokatga yetaklovchi
yagona havf sifatida qaralmayapti, aksincha insoniyatning yer yuzidan yo'q bo'lib ketishiga
yetaklovchi asosiy omil sifatida insonning tabiatni o'ziga bo'ysundirishi yo'lidagi odamzod
manfaatiga zid bo'lgan hatti-harakatlari, tabiat qonunlaridagi muvozanatning buzilishiga olib
kelgan ilmiy-texnik taraqqiyotning vayronkor oqibatlari natijasida yuzaga kelgan global
ekologik muammolar oldinga chiqmoqda. BMTning inson muhiti bo'yicha birinchi Jahon
konferensiyasi 1972-yilda Stokgolmda universal yondashuvlarni shakllantirish va xalqaro
ekologik infratuzilmani yaratishning boshlanishi bo'lib, xalqaro ekologik siyosatning asosiy
tamoyillari e'lon qilindi. Aynan shu konferensiyadan so'ng "Inson va biosfera", "Jahon iqlim
dasturi" va "Xalqaro geosfera-biosfera dasturi" kabi yirik jahon ekologik dasturlarini amalga
oshirish boshlandi, atrof-muhit holati to'g'risida muntazam ma'ruzalar chop etila boshlandi,
keng qamrovli Global tizim faoliyat ko'rsata boshladi [5]. Bu bo'lsa nafaqat insoniyat uchun
havf tug'idrmoqda, balki butun tirik olamning yer yuzidan yo'qolib ketishi havfini
yaratmoqda. Misol uchun, N.N. Moiseev ekologik muammolarni hal qilishga bo'lgan an'anaviy
yondashuvlarni keskin tanqid ostiga oladi. Uningcha, dunyo hamjamiyati yaqinlashib
kelayotgan xatarni ob'ektiv baholay olmayapti.

Ushbu anglashmovchilikning qanchalik ahamiyatli ekanligini 1992 yilda Rio-de-

Janeyroda bo'lib o'tgan konferentsiya natijalari ko'rsatib berdi. Ushbu konferentsiyada asosiy
masala sifatida insoniyat nafaqat ayrim biologik turlarni saqlab qolish bilan
shug'ullanmasdan, balki ekotizimlarni asrashga ham diqqatini qaratmog'i darkor va buning
uchun demografik siyosatni yuritishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish lozim degan fikr
ilgari surilgan Bu esa o'z navbatida inson tomonidan olib boriladigan barcha ilmiy
tadqiqotlarning asosiga jamiyat va tabiatning o'zaro hamjihatlikda rivojlanishini olish lozim
va yagona planetar jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning yangi strukturasini ishlab chiqish va
ijtimoiy qadriyatlar tuzilmasini qayta ko'rib chiqmoq darkor. Bunday yondashuv o'z
navbatida insoniyat ekologik madaniyatini tashkil qiluvchi asoslarni yangicha yondashuv
asosida tahlil qilish va uni shaxs qadriyatlariga singdirishninng yangi shart-sharoitlarda
ostida takomillashtirishni talab etadi. Asosiy qism. Ekologiya va madaniyat o'rtasida bevosita


background image

79

aloqa mavjuddir: ekologiyaning holati jamiyat madaniyatining rivojlanganlik darajasini aks
ettiradi. Shu sababli ham insonlarning tabiatdan foydalanish madaniyatini o'zgartirmay turib,
atrof-muhit, ekologiyadagi ijobiy o'zgarishlarga erishibbo'lmaydi. Aynan madaniyat inson
faoliyatini

hayotning

biosferaviy

va

ijtimoiy

qonuniyatlariga

moslashtirishi

mumkin.Madaniyat bu inson borlig'ining shunday jabhasiki uning asosida umuinsoniy - hayot
mazmunini belgilovchi qadriyatlar yotadi va bu qadriyatlar o'z navbatida absolyut
hisoblangan, umrboqiy qadriyatlar, boshqacha qilib aytganda umumbashariy qadriyatlarga
asoslanadi. Ushbu qadriyatlarni shaxsga singdirish bo'lsa ta'lim va tarbiyaning ustuvor
vazifasidir. Tarbiya madaniyatni avloddan avlodga o'tkazishda hamda har bir shaxsning
madaniy tajribasini shakllantirishda ishtirok etadi.Ekologik holatning yomonlashuvi, yoshu-
qarining, ularning faoliyati qanchalik tabiatga zarar yetkazishi haqida fikr qilmagan holda,
imkon qadar tez fursatlarda foyda olishga intilishi, huquqiy me'yorlarni bilmaslik va ularga
amal qilmaslik, yoshlar o'rtasida zo'ravonlikning ortib borishi va boshqalar umumiy
madaniyatning va, shu jumladan, ezgulikka intilish, boshqalar dardiga befarq bo'lmaslik, o'z-
o'zini chegaralash va mushohada yuritish kabi qadriyatlarga asoslangan ekologik
madaniyatning qanchalik past darajada ekanligini ko'rsatadi Hozirgi paytda insoniyat tobora
soni ortib borayotgan ekologik muammolar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Inson va tabiat
o'rtasidagi o'zaro munosabatga oid ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi
davrda jamiyat barqaror rivojlanishini falsafasining asosini ekologik madaniyatni
shakllantirish tashkil qiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ta'lim va
tarbiyani yo'lga qo'yish ekologik madaniyatni insoniyatning barqaror rivojlanishini harakatga
keltiruvchi va uning kelajagini belgilovchi yetakchi kuchga aylantiruvchi yechimlardan biridir.
Ekologik madaniyatli insonni boshqalardan farqi shundaki, u o'z ichki olami va tashqi olam
bilan uyg'unlikka erisha oladi. Bolalik davrlarida bu hislatlar maxsus bilimlar orqali, ya'ni
hissiy-emotsional tarbiya va ekologik faoliyatga oid amaliy mashg'ulotlar yordamida
shakllantiriladi. Insonning oilada ko'rgan tarbiyasi undagi ekologik madaniyatning
shakllanishiga beqiyos ta'sir o'tkazadi.

Zero, qadimdan halqimizda "qush uyasida ko'rganini qiladi" degan naql mavjud bo'lib,

bu bevosita farzandning ekologik madaniyati shakllanishida ham ahamiyatga ega. Ota-ona va
oiladagi navqiron insonlarning tabiiy resurslar, suv, havo, tuproq, oziq-ovqat va h.k.larning
inson hayotida tutgan o'rni, ularni qadrlash va toza-ozoda tutish kerakligi haqidagi tarbiyaviy
pand-nasihatlari bolalarda ongsiz ravishda ushbu resurslarga bo'lgan ezgu munosabatini,
ularning umri davomida asosiy postulat vazifasini o'tovchi ekologik madaniyatning amaliy
in'ikosi sifatida qoladi. Ekologik madaniyat bu umumiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib,
insonning tabiiy muhit bilan aloqaga kirishiuvchi tafakkuri va faoliyatida aks etadi.Falsafada
madaniyatga insonning ijtimoiy me'yorlar, ma'naviy qadriyatlar tizimida hayotiy faoliyatini
tashkillashtirish va rivojlanishining hamda moddiy va ma'naviy mehnat mahsullarida aks
ettiriluvchi o'ziga xos usuli sifatida qaraladi. Bu faoliyat insonning insonlarning tabiatga, bir-
biriga va o'z-o'ziga munosabatida namoyon bo'ladi. Ekologik madaniyatning ma’naviy
madaniyat tizimidagi o‘rni:

Tadqiqot metodologiyasi

Ekologik madaniyatning ma’naviy madaniyat tizimidagi

o‘rnini o‘rganish uchun ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish lozim. Tadqiqot
metodologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:


background image

80

Tadqiqotning maqsadi

va vazifalari Ekologik madaniyat va ma’naviy

madaniyattushunchalarining mohiyatini aniqlash.Ekologik madaniyatning inson axloqiy va
estetik qadriyatlariga ta’sirini o‘rganish.Zamonaviy jamiyatda ekologik madaniyatning
shakllanishi va rivojlanish omillarini tahlil qilish.Tadqiqot usullari

Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin Nazariy tahlil Falsafiy va

madaniy tadqiqotlar tahlili – ekologik madaniyat va ma’naviy qadriyatlarning ilmiy asoslarini
o‘rganish.Tarixiy yondashuv – turli davrlarda ekologik madaniyatning shakllanishi va
rivojlanishini tahlil qilish. Empirik tadqiqotlar So‘rov va intervyu – turli yosh guruhlarida
ekologik madaniyat darajasini aniqlash.Kuzatuv – jamoat joylarida, maktab va oliy ta’lim
muassasalarida ekologik ong va madaniyatni amalda kuzatish.Eksperiment – ekologik ta’lim
va

targ‘ibot

tadbirlarining

samaradorligini

aniqlash.Statistik

va

tahliliy

metodlarMa’lumotlarni qayta ishlash va taqqoslash – ekologik madaniyat darajasini aniqlash
uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.

Diagramma va grafiklar yaratish – tadqiqot natijalarini vizual shaklda taqdim etish.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati Ushbu metodologiya asosida o‘tkazilgan tadqiqot ekologik
madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Shuningdek, bu
natijalar ta’lim tizimida ekologik ongni shakllantirish, jamiyatda barqaror rivojlanish
g‘oyalarini ilgari surish uchun qo‘llanilishi mumkin.Madaniyat va faoliyat birgalikda dialektik
birlikni tashkil qiladi. Faoliyat madaniyatni yaratadi va unga hayot baxsh etadi. Madaniyat
bo'lsa, ushbu faoliyatni tashkillashtiradi va nazorat qiladi, uni amalga oshirish usullariga,
samaradorligiga va uni takomillashtirishning taxminiy yo'lllari va yondashuvlarga aniqlik
kiritadi.Madaniyat bu faoliyatning, uning sifati va samaradorligini belgilovchi o'ziga xos
mezonidir. Faoliyatning sifat ko'rsatkichi tariqasida madaniyat tafakkur va hatti-harakat usuli
bo'lgan holda o'z ichiga faoliyat va uning natijalariga bo'lgan munosabatni, ya'ni foliyatga
nisbatan qadriyatlarga asoslangan me'yoriy munosabatni mujassamlashtiradi. Madaniyatning
tabiat, jamiyat va shaxs bilan aloqasi o'z ichida faoliyatga asoslangan va qadriyatlarga
asoslangan aspektlari mavjud Shunday qilib, madaniyat ma'lum bir aspekt doirasida
insonning ijtimoiy faoliyatini tavsiflaydi, ushbu faoliyatning insonning shaxs sifatida
shakllanishi, kamol topishi va uning asosini tashkil qiluvchi kuchlarning, ya'ni jamiyat
tomonidan tashkil toptirilgan sub'ektiv imkoniyat va ehtiyojlar ko'rinishidagi ijtimoiy
sifatlarining taraqqiy etishi va yuzaga chiqishi qanchalik qo'l kelishiga aniqlik kiritadi.
Keltirilgan madaniyat ta'riflarida va uning o'ziga xos jihatlari muhokamasida madaniyatni
tabiat bilan qarama-qarshilikda ta'riflash kuzatiladi. Zero, inson madaniyatining namoyon
bo'lishi inson tafakkuri mahsullarining tabiat va atrof-muhitda qoldirgan izida aks etadi. Biroq
inson madaniy ko'nikmalarni faqatgina tabiiy muhitga ta'sir o'tkazish va sun'iy muhit yaratish
bilangina rivojlantirmagan. Aksincha, inson o'z mavjudligining butun tarixi davomida u yoki
bu tabiiy muhitda istiqomat qilgan holda undan ko'p narsalarni o'rgangan. Bugungi kunda
yuksak madaniyat va ekologik madaniyatning yaqqol namoyon bo'lishi ularning ijtimoiylik va
tabiiylikdan farqlanish darajasida emas balki ularning hamohangligida deb qaralmoqda. Bu
hamohanglik orqali tabiat kishining insoniy borlig'iga aylanuvchi, tabiatni asrash bo'lsa
jamiyat va odamni tur sifatida saqlanib qolishiga imkon yaratuvchi tabiiy ijtimoiy tizimni
tashkil qiluvchi, tabiatdagi va jamiyatdagi muvozoanatga erishish imkonini beradi.

Adabiyotlar sharhi

Ekologik madaniyatning mazkur tahlil doirasida shuni ta'kidlab

o'tish kerakki, umumiy madaniyatdan ekologik madaniyatni ajratib ko'rsatish ilmiy


background image

81

xarakterga ega. Aslida madaniyat bo'linmas va bir butun hodisadir. Madaniyatshunoslik
nuqtai nazaridan ekologik madaniyat ma'lum bir jamiyat madaniyatining komponenti sanalib,
o'z ichiga insonning tabiatga ta'siri, tabiatni ma'naviy-moddiy o'zlashtirish vositalari (bilim,
dunyoqarash, madaniy an'analar, qadriyatlar va h.k.) majmuidir. Shuni narsani qayd etish
kerakki, ekologik madaniyat tushunchasi ilmiy doiralarga nisbatan yaqin o'tmishda kirib
kelgan va shu sababli hali hanuzekologik madaniyat tushunchasining umumiy qabul qilingan
ta'rifi va tavsifi mavjud emas. Quyida ekologik madaniyatning asl mohiyatini, bizningcha,
imkon qadar to'g'ri aks ettiruvchi ta'riflarini keltiramiz.B.T.Lixachevga ko'ra ekologik
madaniyatning mazmun-mohiyatini ekologik taraqqiy etgan ong, emotsional-psixik holat va
utilitar amaliy faoliyatning yakdilligi va birligida aks etadi. V.K. Nazarov fikricha ekologik
madaniyat orqali insoniyat tabiat va atrof-muhitga shunday ta'sir o'tkazadiki, ushbu ta'sir
orqali insonning yuqori sifatli hayot tarziga bo'lgan ehtiyoji qondiriladi va mos ekologik ong,
tafakkur, xulq -atvor orqali avloddan avlodga tabiatga oqilona munosabatda bo'lish
g'oyalarini o'tkazib boradi.

Rus olimi Yu.I.Zelesskaya ekologik madaniyat shakllanishida ta'lim va tarbiyaning

ahamiyatiga urg'u berar ekan unga ma'lum bir maqsadni ko'zda tutuvchi ekologik ta'lim va
tarbiya mahsuli sifatida ta'rif beradi va shaxsda ekologik madaniyatning mavjudligini uning
ekologik tarbiyalanganlik darajasi bilan bog'laydi. V.A. Sitarov va V.V. Pustovoytov ekologik
madaniyatni inson faoliyatining axloqiy-madaniy jabhasi sifatida ta'riflab, ushbu jabha
insonning tabiat bilan o'zaro munosabatini belgilaydi hamda o'z ichiga o'zaro bog'liq bo'lgan
unsurlarni: ekologik ong, ekologik munosabat va ekologik faoliyatni oladi. Bunda asosiy unsur
sifatida ekologik madaniyatni ijtimoiy ong va, xususan, shaxs darajasida rivojlantirishga
mas'ul bo'lgan ekologk institutlar chiqadi. Ushbu ta'rifga faqatgina bir shart bilan qo'shilish
mumkin, ya'ni ekologik madaniyat inson hayotining faqatgina axloqiy-ma'naviy jabhasini
qamrab olibgina qolmay balki uning amaliy jihatlarini ham o'z ichiga olishi lozim.

Shunday qilib, zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ekologik madaniyatning ikki aspekti:

moddiy (insoniyatning tabiat bilan o'zaro munosabatga kirishishining barcha shakllari) va
ma'naviy (ekologik bilim, ko'nikma, malaka va qarashlar) ajratiladi. Ayrim mualliflar
ekologiya, ekologik madaniyat va madaniyatga bag'ishlangan ishlari orqali ekotizimning
insoniyat rivojida tutgan o'rni, insonning ekotizim taraqqiyotida tutgan o'rnini izohlab
o'tishgan va insonning tabiat bilan o'zaro munosabati amalda qanday namoyon bo'lishini
tushunirib berishgan. Ekologik antropologiya nuqtai nazaridan yondashuvchi olimlar fikriga
ko'ra, inson ekotizimning ajralmas qismi hisoblanadi va insonning ekotizimga nisbatan
munosabati, uning atrofmuhit va ekotizimni tushunishi uning o'zining rivojlanishiga ta'sir
o'tkazadi. Shuningdek, mualliflar ekologik madaniyat, atrofmuhit bo'yicha voqiflik va atrof-
muhit ekologik degradatsiyasi keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan havf-xatarlarni muhokama
qilishadi. Biologik-antropologiya nuqtai nazaridan frantsiyalik antropolog olim Jorj Olive
inson va tabiat o'rtasidagi munosabatni muhokma qilar ekan madaniy atrof-muhitni odamlar
va tabiat, odamlar va jamiyat hamda odamlar va odamlar o'rtasidagi munosabatlarni o'z
ichiga oluvchi madaniy kenglik ekanligini isbotlashga urinadi. Olivega ko'ra ekologik
madaniyatga insonning tabiatdagi roli yoki tabiatning inson hayotidagi o'rni sifatida qaralishi
mumkin. A.Bleyk o'z ishida insonning tabiat bilan o'zaro munosabatiga ekologik
antropologiya nuqtai nazaridan baho beradi.


background image

82

Ko'plab tadqiqotchilar ekologik madaniyat haqidagi bazaviy qarashlarini keltiradi.

Ularga ko'ra insoniyatning barqaror rivojlanishi uchun insonlarda ekologik madaniyatni
rivojlantirish global ekologik muammolarga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu mualliflar o'z ishida insonning tabiat bilan o'zaro munosabati tarixini tizimli ravishda
o'rganish orqali ushbu munosabatning barqaror rivojlanishga qanchalik ta'sir o'tkazishini
isbotlashga urinadi. Shu bilan birga ushbu tadqiqotchilar inson va tabiat o'rtasidagi
munosabat yo'nalishi, munosabatdan ko'zlangan maqsadlar nimadan iborat bo'lishi
kerakligini ko'rsatib o'tishadi Turli davrlarda olimlar tomonidan ekologik madaniyat
nazariyalari haqida qarashlar shakllantirilgan va ekologik madaniyatning jamiyat barqaror
taraqqiyotida tutgan o'rni va ahamiyati haqidagi qarashlar keltirilgan.

Ba'zi mualliflar ekologik madaniyat muammosini nazariy jihatlarini iqtisodiy rivojlanish

muammolarida inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatning tutgan o'rni nuqtai
nazaridan tadqiq qilishgan. Madaniyat kontsepti turli nuqtai nazarlardan o'rganilishi mumkin.
Hozirgi paytda "madaniyat" tushunchasining 400 ga yaqin definitsiyasi mavjud bo'lib, har bir
madaniyatni ta'riflashga bo'lgan intilish ortida ma'lum bir ratsional nuqtai nazar yotadi. Shu
jihatdan, madaniyat tushunchasiga turli aspektlarni inobatga oluvchi to'liq, yakdil ta'rif ishlab
chiqilmagan. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda "madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-
tarixiy rivojlanishi mobaynida inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy
qadriyatlar majmui bo'lib, ijtimoiy rivojlanish maxsulidir".Tilimizdagi "madaniyat" so'zining
etimologiyasiga e'tibor beradigan bo'lsak, "madaniyat" (arabcha - madinalik, shaharlik, ta'lim-
tarbiya ko'rgan) asl ma'nosi tabiat bilan va insonlarning o'zaro munosabatida namoyon
bo'luvchi inson faoliyatining o'ziga xos usulini anglatishini ko'rishimiz mumkin. Madaniyat
so'zi dastlabki ma'nolarida odamzodning tabiatga ta'sirini, masalan, yerga ishlov berishini,
unga o'z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'zgartirish kiritishi ifodalagan bo'lsa, keyinchalik
madaniyat so'zi tarbiyalash, o'qitish ma'nolarini kasb eta boshlagan. Keyingi davrlarda
madaniyat deganda insoniyat tamadduniga oid faoliyat turlari va ularning natijalari tushunila
boshlagan.Rus va boshqa ko'plab g'arbiy tillarga qaraydigan bo'lsak madaniyat so'zi "kultura"
(rus.), "culture" (ingl.), "culturae" (fra.) so'zlari bilan ifodalanadi. "Culture" so'zining (lotincha
- o'stirish, kultvatsiyalash) ma'nosi ham birinchi navbatda yerga ishlov berish, unga insonning
o'z manfaati yo'lida foydalanish uchun o'zgartirish kiritishi ma'nolarini anglatganini
ko'rishimiz mumkin. Ikkala holatda ham anglashinadiki, "madaniyat" va "kultura" so'zlari
etimologikjihatdan bir-biriga juda yaqin ma'noga ega. Ya'ni insonning bevosita tabiatga ta'sir
o'tkazishi va unga o'z manfaatini ko'zlagan holda o'zgartirish kiritishini anglatadi. G'arbda
"kultura" so'zining insoniyat tsivilizatsiyasining intellektual hususiyati ma'nosida qo'llana
boshlashi 19-asrga borib taqaladi

Ekologiya so'zining etimologiyasiga qaralsa, Grekcha "oikos" so'zidan olingan bo'lib, uy,

qo'rg'on, barcha mavjudotlar istiqomat qiladigan joy va shuningdek insonni o'rab turgan
atrofmuhit ma'onsini beradi. Ekologik muhit deganda tabiiy atrof-muhit ham anglashinib,
barcha tirik mavjudotlar yashovchi muhit va barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatiga
ta'sir ko'rsatuvchi sharoitlar tushuniladi. Ekologik muhit noorganik elementlar (havo, tuproq,
suv, resurslar va b.), organik elementlar (mikroorganizmlar, hayvonlar, o'simliklar va b.) va
odamzodni o'z ichiga oladi. Ekologik muhitda elementlar bir-biri bilan doimiy o'zaro
munosabatda bo'lib, ular o'rtasidagi munosabat dialektik xarakterga ega va ekologiyaning
asosiy qoidalarini tashkil qiluvchi qonuniyatlar asosida kechadi. Ushbu ekotizimda insonlar


background image

83

tug'iladi, yashab qoladi va rivojlanadi va faqat insongina, boshqa tirik jonzotlardan farqli
ravishda, ushbu ekotizimga uning elementlarini bir joydan boshqasiga ko'chirish, bir shakldan
boshqasiga o'tkazish va ularning umuman izsiz yo'qolib ketishi darajasigacha ta'sir o'tkaza
olishi mumkin Madaniyat tabiatdan farq qilmaydi aksincha tabiatdan ajralmagan holda
mavjuddir. Agar madaniyat insonning ijtimoiy rivojlanishi darajasi mahsuli bo'lsa, inson tabiat
mahsuli va ijtimoiy aloqalarning dinamik sub'ektidir. Tabiat insoniyat rivojining boshlang'ich
nuqtasi va rivojlanishini harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Tabiat nafaqat
yashash uchun foydalanish mumkin bo'lgan mahsulot bo'libgina qolmay, balki inson madaniy
faoliyatining asosiy vositasi va sharti hamdir. Inson va tabiat o'rtasidagi birlik mahalliy o'ziga
xoslikni, tarix va hattoki ma'lum ijtimoiy tashqi ko'rinishni aks ettiruvchi madaniy yoshni
yaratadi.

Xulosa.

Shunday qilib, madaniyat bu birinchi o'rinda inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro

munosabatdir. Tabiat insoniyat yaralishining nafaqat boshlang'ich nuqtasi, balki u yashab
qolishi uchun zarur bo'lgan muhit, shart -sharoit hamdir. Tabiatsiz inson o'zining jismoniy va
ma'naviy ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababdan odamlar iste'mol uchun mahsulot
yaratish maqsadida birlashganda ular ushbu mahsulotga madaniy ma'no ham baxsh etadilar.
Bundan anglash mumkinki, ekologik madaniyat inson faoliyati davomida uning tabiat bilan
o'zaro munosabatida namoyon bo'ladi. O'zining ko'p asrlik hayoti davomida insoniyat
taraqqiy etmagan ekologik madaniyat bilan yashashga, ekologik axloq va ekologiyani asrab-
avaylashga yo'naltirilgan faoliyatsiz yashashga o'rganib qoldi. Yana shu narsa alohida e'tibor
berish kerakki, ekologik madaniyat ekologik ong va hulq-atvorning barchasini qamrab
olmaydi, aksincha yillar davomida ildiz otgan olomonga xos bo'lgan ekologik ong va hatti-
harakatlami o'z ichiga olib kelgan. Ekologik madaniyatning ma'naviy asl mohiyatida,
boshlanishida ekologik ong yotadi. Ekologik madaniyat jamiyat, ijtimoiy guruh, shaxs ekologik
ongi taraqqiy etishining ma'lum bir darajasida 2 xil shaklda ro'yobga chiqadi: 1) g'oyalar,
iedallar, qarashlar, tasavvur, maqsad, qadriyat, me'yyor, an'ana, namuna va stereotiplarni o'z
ichiga oluvchi nazariy bilimlar; 2) o'z ichiga his -tuyg'u, emotsiyalar, qarash, ko'rsatmalarni
oluvchi va nazariy hamda kundalik ongni oluvchi ongning ijtimoiy-psixologik unsurlari
Ekologik ong atamasi odatda «inson - tabiat», tizimidagi, tabiatning o'zida kechuvchi hamda
insonning tabiat bilan o'zaro munosabatga kirishishga mos strategiya va texnologiyalari
majmuini anglatadi. Ekologik ong va uning shakllanishi ekologik madaniyatning ijtimoiy-
psixologik aspektini tashkil qiladi. Shunday qilib, antropologik faoliyatga ekologik imperativ
tomonidan ilgari suriluvchi qat'iy cheklovlarga amal qilishni orqali ekologik xalokatning oldini
olishga, jamiyat va tabiat o'rtasidagi hamjihat taraqqiy etish sari va noosfera davriga o'tish
mumkin. Buni yangi ekotsentrik ekologik madaniyatsiz - yangi dunyoni anglashning yangi
ekotsentrik yondashuvisiz hamda inson faoliyatining yangi tabiat uchun zararsiz usul va
vositalarisiz - yangi axloq, ma'naviyatsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Mavjud ideallar va
qadriyatlar, ya'ni gumanizm, demokratiya, erkinlik va tenglik singarilar yangicha mazmun,
tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish tamoyillari bilan mazmunan
boytilmog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Айдаров Е.В., Худойкулов Х.Ж. Экологическое воспитание школьников // Высшая

школа научной исследований Москва. ИССН 2409- 1677. Феврал 2019.


background image

84

2.

Духонина Е. А., УСОВА Н. В. Формирование экологической культуры младших

школьников в процессе освоения основ конструкторской деятельности //Интеграция
науки и образования в XXI веке: Психология, Педагогика, Дефектология.
3.

Залесская Ю.И. Управление процессом формирования экологической культуры

личности // Юраванне ы адукацьи. - 2008. - №4.
4.

Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo'ljallangan

rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari "Harakatlar strategiyasi"- T.: "O'zbekiston". 2017.
5.

Tovbayev, G. Z. (2022). GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO 'LLARI.

Экономика и социум, (5-2 (92)), 279-283.

Библиографические ссылки

Айдаров Е.В., Худойкулов Х.Ж. Экологическое воспитание школьников // Высшая школа научной исследований Москва. ИССН 2409- 1677. Феврал 2019.

Духонина Е. А., УСОВА Н. В. Формирование экологической культуры младших школьников в процессе освоения основ конструкторской деятельности //Интеграция науки и образования в XXI веке: Психология, Педагогика, Дефектология.

Залесская Ю.И. Управление процессом формирования экологической культуры личности // Юраванне ы адукацьи. - 2008. - №4.

Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarga mo'ljallangan rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari "Harakatlar strategiyasi"- T.: "O'zbekiston". 2017.

Tovbayev, G. Z. (2022). GLOBAL EKOLOGIK MUAMMONI HAL QILISH YO 'LLARI. Экономика и социум, (5-2 (92)), 279-283.