101
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z TURKUMLARINING KATEGORIYAVIY-
GRAMMATIK MODELLARI KOGNITIV VA TIPOLOGIK YONDASHUV
Azamatova Muhtarama Mirzohid qizi
Qarshi Davlat Universiteti,
Xorijiy tillar fakulteti talabasi
Email: azamatovamuhtarama@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15181419
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tasnifining
kategoriyaviy-grammatik asoslarini kognitiv va tipologik yondashuvlar nuqtai nazaridan
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida ikki tilning morfologik tuzilmalari, sintaktik
imkoniyatlari va semantik-pragmatik xususiyatlari asosida so‘z turkumlarining shakllanishi,
o‘zgaruvchanligi va kontekstual moslashuv darajasi qiyosiy tahlil qilinadi. Ingliz tilining
analitik-flektiv tabiati va o‘zbek tilining aglutinativ xususiyatlari asosida har bir tilga xos
bo‘lgan kategoriya modeli ochib beriladi. Ayniqsa, konversiya, funksional siljish, affiksal
differensiyatsiya va paradigma barqarorligi kabi lingvistik hodisalar orqali so‘z turkumlari
tizimidagi umumiylik va tafovutlar chuqur yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslikdagi
universal va tipologik kategoriya tushunchasini kengaytirishga xizmat qiladi. Natijalar ingliz
va o‘zbek tillarini o‘rganishda, shuningdek, kontrastiv tilshunoslik tadqiqotlarida muhim
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
so‘z turkumlari, kategoriyaviy model, grammatik tizim, ingliz tili, o‘zbek
tili, aglutinativ til, analitik til, konversiya, morfologik belgi, sintaktik funksiya, kognitiv
yondashuv, tipologik tahlil, paradigma, funksional siljish, lingvistik qiyoslash.
Tilshunoslikda so‘z turkumlari tahlili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday
tilning grammatik tuzilishi va leksik tarkibi aynan so‘zlarning turkumlanishi orqali tartibga
solinadi. Ingliz va o‘zbek tillari dunyoning turli tillar oilalariga mansub bo‘lishiga qaramay,
ularning so‘z turkumlari tizimi ma’lum jihatdan o‘xshashlik va farqlarga ega. Til tizimidagi eng
barqaror va tarixan shakllangan strukturalardan biri — bu so‘z turkumlari tizimidir. Har bir
til o‘zining morfologik, sintaktik va semantik imkoniyatlariga tayangan holda so‘zlarni ma’lum
grammatik guruhlarga ajratadi. Biroq so‘z turkumlari nafaqat morfologik formalarga, balki
inson tafakkuridagi
kognitiv kategoriyalash
jarayoniga ham bevosita bog‘liqdir. Ushbu
maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tizimi kognitiv-lingvistik yondashuv
asosida tahlil qilinadi hamda ularning tipologik xususiyatlari asosida qiyosiy o‘rganiladi. Ingliz
tili german tillari guruhiga mansub bo‘lib, analitik tuzilishga ega bo‘lsa, o‘zbek tili turkiy tillar
oilasiga kirib, agglutinativ xususiyatga ega. Bu esa ularning so‘z turkumlari tasnifida o‘ziga
xosliklarni yuzaga keltiradi. So‘z turkumlari tilshunoslikda leksik-semantik va grammatik
xususiyatlarga asoslangan holda guruhlanadi. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida so‘z
turkumlarining tasnifi, ularning umumiy va farqli jihatlari hamda har bir so‘z turkumining
grammatik xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.
So‘z turkumlarining tasnifi tarixan turlicha yondashuvlarga asoslangan. Qadimgi yunon
va lotin grammatikasida so‘z turkumlari yettita asosiy guruhga bo‘lingan bo‘lsa, zamonaviy
lingvistik tadqiqotlarda bu tasnif yanada kengaytirilib, turli tillar xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda farqlanadi. Ingliz tilida so‘z turkumlari asosan o‘n ikki guruhga bo‘linadi: ot
(noun), sifat (adjective), olmosh (pronoun), fe’l (verb), ravish (adverb), predlog (preposition),
bog‘lovchi (conjunction), modal fe’llar (modal verbs), ko‘makchi fe’llar (auxiliary verbs),
102
undov so‘zlar (interjections), artikl (article) va determinatorlar (determiners). O‘zbek tilida
esa so‘z turkumlari an’anaviy holda asosiy va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linib, asosiy so‘z
turkumlariga ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish kiritiladi, yordamchi so‘z turkumlariga
bog‘lovchi, yuklama, modal so‘zlar, ko‘makchi so‘zlar, undov so‘zlar va taqlid so‘zlar kiradi.
Ingliz tilida artikl va determinatorlar alohida turkum sifatida ajratilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida
bunday so‘zlar yo‘q.
Ingliz tilining analitik tuzilishi sababli unda so‘z turkumlarining o‘zaro aloqasi sintaktik
vositalar orqali belgilanadi. Masalan, ingliz tilida fe’llar turli zamonlarda qo‘llanganda shaklan
sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘ladi, biroq bu o‘zgarishlar fleksiyalarga emas, balki qo‘shimcha
yordamchi fe’llar yoki o‘rin orqali ifodalanadi. O‘zbek tilida esa so‘z turkumlarining o‘zaro
bog‘lanishi asosan affikslar va qo‘shimchalar yordamida amalga oshadi. Masalan, o‘zbek
tilidagi fe’l zamon shakllari fe’lning negiziga tegishli qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil
qilinadi: "o‘qi" – "o‘qidi" – "o‘qimoqchi" kabi. Ingliz tilida esa "read" – "is reading" – "will read"
shakllari orqali zamonlar ifodalanadi, bu esa so‘z turkumlarining tasnifida ham farqlarga olib
keladi.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari an’anaviy yondashuv bo‘yicha ajratilib, ularning leksik-
semantik va grammatik jihatlari birgalikda hisobga olinadi. Ingliz tilida esa zamonaviy
lingvistika nuqtayi nazaridan, so‘z turkumlari sintaktik funksiyalar va morfologik
o‘zgarishlarga ko‘ra tasniflanadi. Masalan, ingliz tilida otlar (noun) birlik va ko‘plik shaklga
ega bo‘lib, “cat” – “cats”, “child” – “children” kabi o‘zgaradi. O‘zbek tilida esa otlar ko‘plikni
ifodalash uchun “-lar” qo‘shimchasini oladi: "kitob" – "kitoblar". Biroq ingliz tilidagi ko‘plik
shakllari har doim ham "-s" yoki "-es" qo‘shimchasi orqali hosil qilinavermaydi, ba’zi so‘zlar
mustasno shakllarga ega bo‘ladi: "man" – "men", "woman" – "women", "tooth" – "teeth".
O‘zbek tilida esa bunday mustasno shakllar deyarli uchramaydi, bu esa grammatik tizimdagi
farqlarni ochib beradi.
Fe’l so‘z turkumlari nuqtayi nazaridan ham ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida sezilarli
farqlar mavjud. Ingliz tilida fe’llarning shaxslarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi minimal darajada
bo‘lsa, o‘zbek tilida shaxs-son qo‘shimchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ingliz
tilidagi "I go", "you go", "he goes" shakllarida faqat uchinchi shaxs birlikda "-es" qo‘shimchasi
qo‘shilishi kuzatiladi, biroq o‘zbek tilida "men boraman", "sen borasan", "u boradi" kabi
fe’lning shakllanishi aniq ifodalangan bo‘ladi. Bu jihatlar so‘z turkumlarining tasnifida ingliz
tilida sintaktik yondashuvning kuchli ekanini, o‘zbek tilida esa morfologik yondashuv yetakchi
ekanini ko‘rsatadi.
Shuningdek, so‘z turkumlari tarkibidagi yordamchi so‘zlar ham muhim farqlarga ega.
Ingliz tilida artikllar (the, a, an) mavjud bo‘lib, ular ot oldidan kelib, uning aniqligi yoki
noaniqligini bildiradi. O‘zbek tilida esa bunday so‘z turkumi mavjud emas, lekin otning
aniqligi yoki noaniqligi boshqa usullar, masalan, egalik qo‘shimchalari yoki kontekst orqali
ifodalanadi. Yana bir farqli jihat shundaki, ingliz tilida bog‘lovchilar (conjunctions) va
predloglar (prepositions) keng qo‘llanilib, ular gap tuzilishida muhim rol o‘ynaydi, o‘zbek
tilida esa bu turkumdagi so‘zlar qo‘shimchalarga nisbatan kamroq ishlatiladi.
Otlar (Nouns)
Ingliz va o‘zbek tillarida otlar predmet, shaxs, joy va tushunchalarni ifodalovchi asosiy
so‘z turkumi hisoblanadi. Har ikkala tilda ham otlar birlik va ko‘plik shaklga ega. O‘zbek tilida
ko‘plik shakli "–lar", "–larim", "–laring" kabi qo‘shimchalar orqali hosil qilinadi:
kitob –
103
kitoblar
,
do‘st – do‘stlar
. Ingliz tilida esa asosiy qoida sifatida “-s” yoki “-es” qo‘shimchalari
qo‘shiladi:
book – books
,
box – boxes
. Biroq ingliz tilida mustasno shakllar ham mavjud
bo‘lib, ba’zi so‘zlar o‘z ko‘plik shaklini noturg‘un holda hosil qiladi:
man – men
,
child –
children
,
tooth – teeth
.
Shuningdek, ingliz tilida otlarning aniq yoki noaniqligini bildiruvchi artikllar mavjud
bo‘lib, ular o‘zbek tilida uchramaydi. Masalan,
a book
– "bir kitob",
the book
– "aniq kitob".
O‘zbek tilida bu ma’no asosan kontekst orqali yoki egalik qo‘shimchalari yordamida
ifodalanadi.
Fe’llar (Verbs)
Fe’l harakatni, holatni yoki jarayonni ifodalovchi so‘z turkumi hisoblanadi. O‘zbek va
ingliz tillaridagi fe’l sistemasi sezilarli darajada farqlanadi. Ingliz tili analitik til bo‘lgani uchun,
fe’l shakllari yordamchi fe’llar va qo‘shimcha so‘zlar yordamida o‘zgaradi. Masalan, ingliz
tilida zamon shakllari fe’lning bazaviy shakliga yordamchi fe’l qo‘shish orqali hosil qilinadi:
I go
(men boraman)
I am going
(men ketyapman)
I went
(men bordim)
I have gone
(men borganman)
O‘zbek tilida esa zamon qo‘shimchalar orqali ifodalanadi:
Men boraman
(hozirgi va kelasi zamon)
Men boryapman
(hozirgi davomiy zamon)
Men bordim
(o‘tgan zamon)
Men borganman
(o‘tgan zamon natijasi)
Bundan tashqari, ingliz tilida fe’llar shaxsga bog‘liq ravishda ozgina o‘zgaradi:
he goes
,
she goes
,
they go
, lekin o‘zbek tilida shaxs-son kategoriyasi yaqqol ko‘rinadi:
men boraman,
sen borasan, u boradi, biz boramiz, siz borasiz, ular boradilar
.
Sifatlar (Adjectives)
Sifatlar ingliz va o‘zbek tillarida umumiy jihatlarga ega bo‘lsa-da, ularning ishlatilishi va
grammatik tizimi o‘ziga xos farqlarga ega. O‘zbek tilida sifatlar ot oldidan kelib, uni tavsiflaydi:
katta uy, chiroyli qiz, uzun yo‘l
. Ingliz tilida ham sifatlar ot oldidan keladi:
big house,
beautiful girl, long road
.
Biroq, ingliz tilida sifatlar darajalarga ega bo‘lib, ularning solishtirish shakllari maxsus
qo‘shimchalar yoki yordamchi so‘zlar bilan hosil qilinadi:
big – bigger – the biggest
beautiful – more beautiful – the most beautiful
O‘zbek tilida esa sifat darajalari "–roq", "eng" qo‘shimchalari yoki alohida so‘zlar
yordamida hosil qilinadi:
katta – kattaroq – eng katta
,
chiroyli – chiroyliroq – eng chiroyli
.
Olmoshlar (Pronouns)
Olmoshlar o‘rinbosar so‘zlar bo‘lib, o‘zbek va ingliz tillarida bir-biriga mos keluvchi
toifalarga ega. Ingliz tilidagi shaxs olmoshlari:
I, you, he, she, it, we, they
, o‘zbek tilida esa:
men, sen, u, biz, siz, ular
.
Biroq, ingliz tilida olmoshlar holat kategoriyasiga ega bo‘lib, ular ega (nominativ),
to‘ldiruvchi (ob’ektiv) va egalik shakliga (possessive) ajratiladi:
I – me – my
he – him – his
104
we – us – our
O‘zbek tilida esa egalik shakllari egalik qo‘shimchalari yordamida ifodalanadi:
kitobim
(my book), kitobing (your book), kitobi (his/her book)
.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek tillarida so‘z turkumlari tizimi
o‘zaro bog‘liq bo‘lsa ham, ularning grammatik va sintaktik xususiyatlari sezilarli farqlarga ega.
Ingliz tili analitik bo‘lgani uchun ko‘plab grammatik munosabatlar yordamchi so‘zlar va so‘z
tartibi orqali ifodalanadi, o‘zbek tili esa agglutinativ bo‘lib, ko‘proq morfologik o‘zgarishlarga
asoslanadi. So‘z turkumlarini taqqoslash, ularni chuqur tahlil qilish tilshunoslik sohasida
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ikki tilni o‘rganishda foydali bo‘ladi. Yuqoridagi tahlillar asosida
xulosa qilish mumkinki, ingliz va o‘zbek tillaridagi so‘z turkumlari tizimi har ikkala tilning
grammatik tabiati, morfologik vositalari va sintaktik imkoniyatlariga bevosita bog‘liq. Ingliz
tilida so‘z turkumlari ko‘proq kontekstga va sintaktik pozitsiyaga tayanadigan nisbiy
kategoriya sifatida namoyon bo‘lsa, o‘zbek tilida ular qat’iy morfologik ko‘rsatkichlar bilan
ajratiluvchi aniq grammatik guruhlardir.
Shuningdek, so‘z turkumlari tizimining shakllanishida faqat morfologik yoki sintaktik
omillar emas, balki semantik, funksional va kognitiv omillar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu esa
zamonaviy lingvistika nuqtai nazaridan so‘z turkumlariga bo‘lgan yondashuvlarni yangilash
va ularni tildagi umumiy kommunikativ jarayon bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganishni talab
etadi.
Ingliz va o‘zbek tillarining tipologik farqlari asosida olib borilgan ushbu qiyosiy tadqiqot
tilshunoslikdagi universal grammatik kategoriyalarni chuqurroq tushunishga, hamda har bir
tilning o‘ziga xos strukturalarini aniqlashga xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi
tadqiqotlar kognitiv grammatika, psixolingvistika va tarjimashunoslik kabi sohalarda ham
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Crystal, D. (2003). The Cambridge Encyclopedia of the English Language (2nd ed.).
Cambridge University Press.
2.
Hopper, P. J. (1992). A Short Course in Grammar. W. W. Norton & Company.
3.
Matthews, P. H. (2007). The Concise Oxford Dictionary of Linguistics (2nd ed.). Oxford
University Press.
4.
Pinker, S. (1994). The Language Instinct: How the Mind Creates Language.
HarperCollins.
5.
Uzakov, I. (2010). O‘zbek tilining grammatikasi. Toshkent: Fan nashriyoti.