Авторы

  • Sirojiddin Nigmatov
    OʻzMU Iqtisodiyot fakulteti Moliya mutaxasisligi magistranti
  • Moʻtabarxon Umurzakova
    OʻzMU “Moliya va kredit” kafedrasi dotsenti, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.77845

Ключевые слова:

Innovasion iqtisodiyot ta'lim sifatini baholash tizimi raqobatbardoshlik reytingli baholash modernizasiya boshqarish mexanizmi.

Аннотация

Mazkur maqolada rivojlangan mamlakatlarda oliy ta'limni moliyalashtirish usullari tahlil qilinadi hamda ushbu mexanizmlarning Oʻzbekiston oliy ta'lim tizimidagi qoʻllanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.


background image

56

RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA OLIY TA’LIM TIZIMINI

MOLIYALASHTIRISH USULLARI VA ULARNING O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH

IMKONIYATLARI

Nigmatov Sirojiddin Nusrat o‘g‘li

OʻzMU Iqtisodiyot fakulteti

Moliya mutaxasisligi magistranti

Umurzakova Moʻtabarxon Nodir qizi

OʻzMU “Moliya va kredit” kafedrasi dotsenti, PhD

E-mail: motabar.umurzaqova@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15172103

Annotatsiya:

Mazkur maqolada

rivojlangan mamlakatlarda oliy ta'limni

moliyalashtirish usullari tahlil qilinadi hamda ushbu mexanizmlarning Oʻzbekiston oliy ta'lim
tizimidagi qoʻllanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

Innovasion iqtisodiyot; ta'lim sifatini baholash tizimi; raqobatbardoshlik;

reytingli baholash; modernizasiya; boshqarish mexanizmi.

KIRISH.

Hozirgi global iqtisodiyotda bilim va innovasiyalar iqtisodiy oʻsishning asosiy omiliga

aylangan. Shu bois, oliy ta'lim tizimining samarali moliyalashtirilishi har bir mamlakat uchun
strategik ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlar – AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy
Koreya va boshqalar – ta'lim sohasini turli moliyalashtirish usullari orqali barqaror
rivojlantirishga erishgan. Oʻzbekistonda ham soʻnggi yillarda ta'lim sohasidagi islohotlar
natijasida davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlik ortib bormoqda. Ammo
moliyalashtirishning zamonaviy mexanizmlari hali etarli darajada joriy etilmagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Oʻzbekistonlik iqtisodchi olimlarning oliy ta'limni moliyalashtirish va inson kapitaliga

investisiya qilish borasidagi fikrlari va ularning manbalari keltirilgan.

S.R. Joʻraev ta'lim sohasiga investisiyalarni koʻpaytirish inson kapitali va iqtisodiy oʻsish

oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlashini ta'kidlaydi: “Oliy ta'lim tizimini samarali
moliyalashtirish – yuqori malakali kadrlar tayyorlash va raqobatbardosh iqtisodiyot
qurishning asosiy sharti hisoblanadi.”

1

B.X Islomov ta'limga xususiy sektorni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik

mexanizmlarini rivojlantirish tarafdori: “Oliy ta'lim tizimida davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini keng joriy etish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin.”

2

M.J. Rahimov ta'limning iqtisodiy samaradorligiga e'tibor qaratib, sarflar va natijalarni

hisoblash tizimini joriy etish kerakligini aytgan: “Moliyalashtirishda xarajatlardan tashqari,
ta'lim sifatini baholash tizimlari orqali samaradorlik ham nazorat qilinishi kerak.”

3

X Rejapov Oʻzbekistonda oliy ta'limni moliyalashtirish masalalari boʻyicha quyidagi

fikrlarni ilgari surgan: mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining qarashlari va rivojlangan

1

Жўраев С.Р. (2021). Инсон капитали ва иқтисодий ўсиш ўртасидаги ўзаро боғлиқлик. — Т.: Иқтисодий

таҳлил журнали

2

Исломов Б.Х. (2019). Олий таълим тизимида давлат-хусусий шериклик моделлари. — Т.: Олий таълим

муаммолари

3

Раҳимов М.Ж. (2022). Инсон капитали самарадорлигини баҳолаш мезонлари. — Т.: Ўзбекистон иқтисодий

таҳлил маркази ҳисоботи


background image

57

davlatlar tajribasini chuqur tahlil qilgan holda, oliy ta'limni moliyalashtirishning samarali
modellarini oʻrgangan.

4

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ma’lumki, har bir mamlakatning istiqboli avvalambor, shu mamlakatda ta’lim

tizimining qanday tashkil etilganligiga bog’liq. Chunki mamlakatda samarali ta’lim tizimini
tashkil etmasdan turib, yuqori ko’rsatkichlarga erishishning imkoni yo’q. Shu boisdan ham,
mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardanoq mamlakatda samarali ta’lim
tizimini yaratishga harakat qildi. Bu borada dastlab mustahkam huquqiy bazani yaratish
lozim. Mazkur ilmiy tadqiqot ishida ta’lim tizimini, xususan oliy ta’lim tizimini rivojlantirish,
samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish maqsadida Rivojlangn mamalakatlar oliy
ta'lim tizimini moliyalashtirishda foydalanayotgan usullarini O'zbekistinda qo'llash
imkoniyatlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan asosiy usullarini, ularning qisqacha mazmuni
tahlil etilgan. Shu bilan birga, tadqiqot natijasi bo’yicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim bog‘liq bo‘lgan muamolarga juda ko‘plab duch

kelmoqda.Bunga misol tariqasida mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanishi uchun
yetuk mutaxasis kadrlar yetishmo‘vchiligi paydo bo‘lmoqda.Buning asosiy sababi,
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida yetarlicha muamolar bor.Anqiroq aytganda oliy ta’lim tizimini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi ya’ni Sobiq Ittifoq davridagi ta’lim tizimini saqlanib
qolganligi,koruppsiayaning mavjudligi oxirgi yillarda ma’lum darajada pasayganiga
qaramasdan hali ham ba’zi unversistetlarda saqlanib qolganligi ta’sir o‘tkazmoqda va ko‘plab
oliy ta’lim muassasalari zamonaviy infratuzilmaga ega emas. Laboratoriyalar, kutubxonalar va
boshqa o‘quv resurslari yetarli darajada rivojlanmagan, bu esa talabalar uchun sifatli ta'lim
olish imkoniyatlarini cheklaydi. Natijada esa oliy ta’lim tizimi ko‘pincha mehnat bozorining
ehtiyojlariga javob bermaydigan kadrlar tayyorlamoqda. Talabalarning amaliy tajribaga ega
bo'lmasligi ularning ishga joylashishini qiyinlashtirmoqda.Yana eng muhim muamolardan bir
bu Moliyalashtirish yetishmovchiligi: Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish yetarli emas,
bu esa oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Yuqoridagi muamolarni hal qilish uchun Rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’lim tizimini

moliyalashtirish usullaridan foydalanish eng samarali usuldir. Oliy ta’lim tizimini
rivojlantirishning va moliyalashtirishning AQSh va G‘arbiy Evropa mamlakatlarining
tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ularda ta’lim tizimi bozor iqtisodiyoti
sharoitida oqilona yo‘naltirilgan bo‘lib, uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri
kuchlidir.Masalan, AQSh, Buyuk Britaniya,Germaniay va Shvetsiya davalatlari bu muamolarni
quyidagi usullar qoʻllaniladi:

5

Davlat grantlari va subsidiyalar

: AQSh, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda hukumat

oliy ta’limni grant va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

Talabalarga beriladigan kreditlar

: Germaniya va AQShda talabalar uchun imtiyozli

kredit tizimi mavjud bo‘lib, bitiruvchilar ishga joylashgach, o‘z qarzlarini to‘lashadi.

4

Режапов Хайрилло Хикматуллаевич Influences of financing to the professional staff training // Экономика и

финансы (Узбекистан). 2017. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/influences-of-financing-to-the-professional-
staff-training

5

Anderson, P., & Turner, T.

(2019).

The Economics of Education: Financing the Future.

Oxford University Press.


background image

58

Xususiy sektor va xayriya mablag‘lari

: Ko‘pgina universitetlar homiylik va xayriya

mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

Shaxsiy kontrakt va stipendiyalar

: Talabalar oliy ta’limni shaxsiy mablag‘lari yoki turli

stipendiyalar yordamida moliyalashtirishi mumkin.

Innovatsion moliyalashtirish mexanizmlari

: Masalan, Shvetsiyada universitetlar

tadqiqot loyihalari orqali mablag‘ yig‘adi.
O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasini qo‘llash imkoniyatlari to‘xtaladigan bo‘sak
bunda:

Talabalar uchun imtiyozli kredit tizimini rivojlantirish

: Bitiruvchilar ish topganidan

keyin kreditni qaytarish tizimi joriy etilishi mumkin.

Xususiy sektor ishtirokini kengaytirish

: Xususiy universitetlarni qo‘llab-quvvatlash

va korporativ homiylik tizimini rivojlantirish.

Universitetlarni tadqiqot loyihalari orqali moliyalashtirish

: Innovatsion tadqiqot va

grant dasturlarini kengaytirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’limni rivojlantirish

: Universitetlar va sanoat

korxonalari hamkorligida yangi moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish.

Ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish

: Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv

ta’lim usullarini keng joriy qilish.

XULOSA

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishda yangiliklarni joriy etishi

zarur,moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash uchun monitoring va
baholash mexanizmlarini yaratish lozim va talaba-yoshlarning ilm-fan, innovatsiya sohasidagi
qobiliyatlarini ochib berishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish kerak.Bu esa milliy
iqtisodiyotni baqaror rovojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Joʻraev S.R. (2021). Inson kapitali va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik. — T.:

Iqtisodiy tahlil jurnali
2.

Islomov B.X. (2019). Oliy ta'lim tizimida davlat-xususiy sheriklik modellari. — T.: Oliy

ta'lim muammolari
3.

Rahimov M.J. (2022). Inson kapitali samaradorligini baholash mezonlari. — T.:

Oʻzbekiston iqtisodiy tahlil markazi hisoboti
4.

Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich Influences of financing to the professional staff

training

//

Ekonomika

i

finansi

(Uzbekistan).

2017.

№1.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/influences-of-financing-to-the-professional-staff-training
5.

Anderson, P., & Turner, T. (2019). The Economics of Education: Financing the Future.

Oxford University Press.

Библиографические ссылки

Joʻraev S.R. (2021). Inson kapitali va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik. — T.: Iqtisodiy tahlil jurnali

Islomov B.X. (2019). Oliy ta'lim tizimida davlat-xususiy sheriklik modellari. — T.: Oliy ta'lim muammolari

Rahimov M.J. (2022). Inson kapitali samaradorligini baholash mezonlari. — T.: Oʻzbekiston iqtisodiy tahlil markazi hisoboti

Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich Influences of financing to the professional staff training // Ekonomika i finansi (Uzbekistan). 2017. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/influences-of-financing-to-the-professional-staff-training

Anderson, P., & Turner, T. (2019). The Economics of Education: Financing the Future. Oxford University Press.