Авторы

  • Sobir Axmatov
    Mexanika va konchilik ishi fakulteti Termiz davlat muhandislik agrotexnologiyalar universteti Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi assistenti
  • Otabek Buronov
    FQKG23Aguruh 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.77850

Ключевые слова:

Stratigrafiya Magmatizm Tektonika Tokambri.

Аннотация

Xondiza madan maydoni — Janubiy Hisor tog‘larining geologik jihatdan eng muhim hududlaridan biri hisoblanadi. Bu hududda foydali qazilmalar, ayniqsa oltin, kumush, rux va boshqalarning zaxiralari izlanib, ularning sanoat ahamiyati o‘rganilgan. Madan maydonining geologik tuzilishi, mineralizatsiya turi, metasomatik o‘zgarishlar va tektonik jarayonlar uning dolzarbligini yanada oshiradi. Ushbu ishda Xondiza madan maydonining geologik xususiyatlari, madan tanalarining shakllanishi va uning sanoat ahamiyati yoritilgan.


background image

40

XONDIZA MADAN MAYDONINIG GEOLOGIK TUZULISHI VA MADONDORLIGI

Axmatov Sobir Farxod o‘g‘li

Mexanika va konchilik ishi fakulteti

Termiz davlat muhandislik agrotexnologiyalar universteti

Neft-gaz va konchilik ishi kafedrasi assistenti

axmatovsobir17@gmail.com

Buronov Otabek Samandarovich

FQKG23Aguruh 2-kurs talabasi

Buronovotabek064@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15171811

ANNOTATSIYA

Xondiza madan maydoni — Janubiy Hisor tog‘larining geologik jihatdan eng muhim

hududlaridan biri hisoblanadi.

Bu hududda foydali qazilmalar, ayniqsa oltin, kumush, rux va boshqalarning zaxiralari

izlanib, ularning sanoat ahamiyati o‘rganilgan.

Madan maydonining geologik tuzilishi, mineralizatsiya turi, metasomatik o‘zgarishlar va

tektonik jarayonlar uning dolzarbligini yanada oshiradi.

Ushbu ishda Xondiza madan maydonining geologik xususiyatlari, madan tanalarining

shakllanishi va uning sanoat ahamiyati yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Stratigrafiya, Magmatizm, Tektonika, Tokambri.

1. Hududning umumiy geologik tuzilishi

Xondiza madan maydoni Janubiy Hisor tog‘larining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan

bo‘lib, u O‘rta Vaxshiyor svitasining vulkanogen-chukindi yotqiziklari bilan tashkil topgan.
Maydonning geologik tuzilishida quy kambriyning metamorfik jinslari, Vaxshiyor svitasining
terrigen va chukindi vulkanogen yotqiziklari, shuningdek magmatik hosilalari (gabbro
tanalari va siyenit-porfirit daykalari) qatnashadi.

1.1. Stratigrafiya

Maydonning stratigrafiyasi ko‘plab olimlarning tadqiqotlari asosida yaratilgan. Asosiy

yotqiziklarga:

- Tokambriy: Gneyslar va slaneytslar.
- Quyi toshko‘mir: Riolit, datsitli porfir, kvartsli albitofirlar, tufobrekchilar.
- Yura: Chukindi yotqiziklari kirish mumkin.

1.2. Magmatizm

Hududda magmatik jarayonlar natijasida granitoidlar, siyenit-porfiritlar, dioritlar va

lamprofirlar paydo bo‘lgan. Bu jinslar madanlashuv zonasini shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi.

1.3. Tektonika

Xondiza madan maydonida tektonik jarayonlar natijasida antiklinal va sinklinal

strukturalar hosil bo‘lgan. Ayniqsa, Surxontov antiklinali maydonning asosiy strukturasi
hisoblanadi. Antiklinalning yadrosida quyi toshko‘mir yotqiziklari, qanotlarida esa yura
sistemasi chukindi hosilalari joylashgan.

2. Madanlashuv va mineralizatsiya

Xondiza madan maydonida mineralizatsiya asosan kolchedan va polimetall turida

namoyon bo‘ladi. Madan tanalari linzasimon va qatlamsimon shaklda joylashgan bo‘lib,


background image

41

ularning qalinligi 0.5 metrdan 8 metrgacha, uzunligi esa 40-140 metrgacha o‘zgarishi
mumkin. Madan tanalarida asosiy foydali komponentlar:

- Oltin (8-47 g/t),
- Kumush (98.8 g/t),
- Rux va qo‘rg‘oshin.
Gidrotermal o‘zgarishlar natijasida madan atrofida kvartslashuv, serisitlanish,

piritzatsiya, kaolinlanish va xloritlanish kabi jarayonlar kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar madan
tanalarini hosil bo‘lishida qulay muhit yaratadi.

3. Foydali qazilmalar va ularning ahamiyati

Xondiza madan maydonida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hududda sanoat miqyosidagi

oltin, kumush, rux va boshqa metallar mavjudligi aniqlangan. Maydonda qidiruv ishlari,
geologik xaritalash, skvajinalar orqali burg‘ilash kabi ishlar o‘tkazilgan.

Amaliyot natijasida:

- 14 ta linzasimon madan tanalari ochilgan,
- Madan tanalarining torayishi hamda chuqurlikka tomon kichrayishi aniqlangan.
Bu maydon oltin, kumush va boshqa foydali qazilmalar uchun sudlab o‘tkaziladigan

ishlarni olib borish imkoniyatini beradi.

4. Metasomatik o‘zgarishlar va gidrotermal jarayonlar

Madanlashuv jarayonida gidrotermal o‘zgarishlar muhim rol o‘ynaydi. Kvartslashuv,

serisitlanish, piritzatsiya va xloritlanish kabi jarayonlar madan tanalarining tarkibiga ta’sir
etadi. Metasomatik o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan jinslar linzasimon va qatlamsimon
shaklda joylashgan bo‘lib, ularning qalinligi 10 metrgacha yetishi mumkin.

Xulosa

Xondiza madan maydoni geologik, mineralogik va tektonik jihatdan muhim ahamiyatga

ega hudud hisoblanadi. Bu hududda kolchedan va polimetall turidagi madan tanalari,
gidrotermal o‘zgarishlar, kvartslashuv va serisitlanish kabi jarayonlar kuzatiladi. Maydonning
sanoat ahamiyatiga ega ekanligi hamda unda foydali qazilmalarni ishlash perspektivasi ancha
yuqori.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

«Geologiya i poleznыye iskopayemыye Respubliki Uzbekistan». Mualliflar guruxi.

Toshkent 1998.
2.

Dalimov T.N., Kurtarnikova A. A., Yarmuxamedov M.X., Kadirov M.X., Arapov V.A.,

Raxmanov K., Sharipov T.T. «Vulkanogennыye formasii Uzbekistana» “FAN”, Toshkent -1971.
3.

Korolev

A.V.,

Shextman

N.A.

«Strukturnыye

usloviya

razmeщyeniya

poslemagmaticheskix rud» «NEDRA» , Moskva 1965.
4.

«Magmaticheskiye formasii i fasii Uzbekistana» Mualliflar guruxi. «FAN», Toshkent-

1977.
5.

Pankratyev.P.V,Mixaylova.Yu.V.«Kolchedannopolime-tallicheskoye orudeneniye Yujnogo

Uzbekistana». «FAN», Toshkent -1971.
6.

Pokrovskiy A. V. «K geologii i petrologii dokembriyskogo metamorficheskogo kompleksa

Yujnogo Uzbekistana», «Geologiya i rudnostnost paleozoya Yujnogo Uzbekistana» kitobida
«NAUKA»,1965.
7.

«Rudnыye mestorojdeniye Uzbekistana». Mualliflar guruxi. Toshkent 2001.


background image

42

8.

PankratyevP.V,MixaylovaYu.V.“Rudnыye formasii stratiformnыx svisovo-sinkovыx

mestorojdeniy Uzbekistana». FAN”, Toshkent -1981.

Библиографические ссылки

«Geologiya i poleznыye iskopayemыye Respubliki Uzbekistan». Mualliflar guruxi. Toshkent 1998.

Dalimov T.N., Kurtarnikova A. A., Yarmuxamedov M.X., Kadirov M.X., Arapov V.A., Raxmanov K., Sharipov T.T. «Vulkanogennыye formasii Uzbekistana» “FAN”, Toshkent -1971.

Korolev A.V., Shextman N.A. «Strukturnыye usloviya razmeщyeniya poslemagmaticheskix rud» «NEDRA» , Moskva 1965.

«Magmaticheskiye formasii i fasii Uzbekistana» Mualliflar guruxi. «FAN», Toshkent-1977.

Pankratyev.P.V,Mixaylova.Yu.V.«Kolchedannopolime-tallicheskoye orudeneniye Yujnogo Uzbekistana». «FAN», Toshkent -1971.

Pokrovskiy A. V. «K geologii i petrologii dokembriyskogo metamorficheskogo kompleksa Yujnogo Uzbekistana», «Geologiya i rudnostnost paleozoya Yujnogo Uzbekistana» kitobida «NAUKA»,1965.

«Rudnыye mestorojdeniye Uzbekistana». Mualliflar guruxi. Toshkent 2001.

PankratyevP.V,MixaylovaYu.V.“Rudnыye formasii stratiformnыx svisovo-sinkovыx mestorojdeniy Uzbekistana». FAN”, Toshkent -1981.