4
SOHIBQIRON AMIR TEMUR VA SHOHRUH MIRZONING ILM-FAN
TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI
CONTRIBUTION OF FOUNDERS AMIR TEMUR AND SHAHRUKH MIRZA TO
THE DEVELOPMENT OF SCIENCE
Turdimirzayev Jahongir Abduqayum o‘g‘li
Xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15165236
Temuriylar davrida ikki shahar Samarqand va Hirot im-fan va madaniyatda yuksak
cho‘qqiga ko‘tarildi. Albatta bunda hukmdorlarning ilmni rivojlantirish uchun qilgan say-
harakatlarining o‘rni beqiyos. Amir Temur qaysi shaharga yurish qilsa, u yurtning olimlarini
izzat-ikrom etadi va ularni poytaxt Samarqand shahriga taklif etadi. Ularga bu shaharda
faoliyat yuritishlari uchun masjid va madrasalar bino qilib beradi. Sohibqironning o‘zi ham
juda zakovatli, bilimdon edi. Buni olimlar bilan olib borgan bahs-munozaralari yaqqol
ko‘rsatib beradi. Doimo Sohibqiron bir tomondan, yurish qilgan joylardan o‘z poytaxtiga
olimlar olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zi borgan joylarda olimlar bilan albatta ilmiy
munozaralar olib borgan.
Shohruh mirzo ham o‘z hukmronligi davrida olim va hunarmandlarga xuddi otasi kabi
hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va turli mintaqalardan olimlarni Hirotga olib kelgan. Turli
ilmiy mavzularda ko‘p mutolaa qilgan Shohruh olimlarni, adib, shoir va san’atkorlarni doimo
qo‘llab-quvvatlagan. Ularning ko‘pini Hirotga olib kelib, u yerda ko‘plab ilmiy asarlar
jamlangan kutubxonalar tashkil etadi. Shohruh davrida Hirotdagi kutubxonalarda qimmatli
asarlar ko‘p bo‘lgan. Shahar o‘zi nodir asarlarni jamlagan kutubxonalari ko‘pligi bilan ham
ajralib turgan.
Movarounnahr va Xuroson shaharlari Chingizxon tomonidan oʻz boshqaruviga olingunga
qadar Saljuqiy va Xorazmshohlar davlatining tasarrufida boʻlgan. Bu davrda madaniyat va
sanʼat sohasi sezilarli darajada rivoj topganini koʻrish mumkin. Bu boy muhit moʻgʻullar
davrida tanazzulga yuz tutadi. Mo‘g‘ullardan so‘ng Amir Temur hokimiyati ostiga kirgan
ushbu mintaqada ko‘plab sohalarda, xususan, ilm-fan, san’at va adabiyotda muhim izlanishlar
olib borilishi qayta tiklandi. Amir Temurning otasi Taragʻay olimlarga yaqin boʻlganligi va
ilmiy majlislarda qatnashganligi uchun oʻgʻli Temurni yoshligidan ilmga qiziqtirishga harakat
qilib, ilmiy munozaralarda qatnashishga undagan
1
. Shu munosabat bilan Amir Temur oʻzi
egallagan mamlakatlardan olimlar, sanʼatkorlar, rassomlar va boshqa soha ustalarini o‘zi bilan
birgalikda poytaxti Samarqandga olib kelib, Temuriylar davlati madaniyati va tamaddunini
yuksak bosqichga olib chiqish jarayonini boshlab berdi. Amir Temur 1370-yil boshlagan bu
faoliyatlari Temuriylar davlati qulagandan so‘ng 1526-yilda Hindistonda tashkil topgan
Boburiylar davlati bilan birgalikda 1858-yilga qadar, yani, Hindiston ingliz mustamlakachilari
tomonidan egallanguncha davom etdi.
Deyarli barcha temuriy hukumdorlar, xususan, Amir Temur va Shohruh mirzo ilm-fan va
madaniyatga juda katta e’tibor qaratgan. Chunki Amir Temur uzoqni ko‘ra oladigan, farosatli
va juda zukko shaxs edi. Uning zakovatli ekanligiga o‘sha davrning tarixchilaridan,
jamiyatshunoslik fanining asoschisi hisoblangan Ibn Xaldun ham guvohlik bergan. “U (Temur)
1
Şerefüddin Ali Yezdi. Zafernâme. – İstanbul: Selenge, 2013. – S. 24-25.
5
zehni mustahkam va juda zakovatli, ko‘p bahslashadigan, bilgan va bilmagan narsasida
qat’iyatli kishidir”
2
.
Amir Temur vafotidan so‘ng Xuroson yerlarida, ayniqsa, davlat poytaxtini
Samarqanddan Hirotga ko‘chirish orqali ko‘plab ilmiy faoliyat olib borgan Shohruh o‘z
hukmronligi davrida olim va hunarmandlarga xuddi otasi kabi hurmat bilan munosabatda
bo‘lgan va turli nuqtalardan olimlarni Hirotga olib kelgan. Ilmiy mavzularda ko‘p mutolaa
qilgan Shohruh olimlarni qo‘llab-quvvatlagan. Hirotda temuriylar madaniyati va sivilizatsiyasi
izlarining rivojlanishining asosiy omillarini turk madaniyati bilan birga arab, fors va hind
madaniyatlari ta’sirini ham ko‘rish mumkin. Shohruxning vafotigacha uning saroyida bo‘lgan
Abdurrazzoq Samarqandiy uni asr mujaddidi deb ta’riflab, hadis, fiqh va tarixga oid kitoblarni
o‘qiganini ta’kidlaydi. O‘sha davr arab manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda 1429-yil 13-
oktiyabr kuni Shohrux tomonidan bir elchilik hay’ati Qohiraga yetib bordi. Elchilar mamluk
sultoni Barsbayga Shohrux va Sheroz hokimi Ibrohim sultonning maktub va qimmatli sovg‘a-
salomlarini yetkazdilar. Shohrux Barsbayga yuborgan maktubida undan Ibn Hajar
Asqaloniyning Imom Buxoriy tomonidan yozilgan “Sahih al-Buxoriy” nomli kitobiga yozgan
sharhini va Taqiyuddin Maqriziyning “Kitob as-Suluk” deb nomlangan kitobini yuborishini
so‘ragan
3
. Mamluk sultoni Shohruxning kitoblar masalasidagi talabini qondiradi
4
. Bundan
xulosa qilishimiz mumkinki, Shohrux mirzo hadis va tarix ilmlariga alohida mehr qo‘ygan.
Chunki, Ibn Hajar Asqaloniyning asari hadis ilmiga bag‘ishlangan. Taqiyuddin Maqriziyni asari
tarix ilmiga bag‘ishlangan edi.
Shohruh davrida, ayniqsa saroyda turkiy tilga urgʻu berilgan ilmiy asarlar yozildi. Shu
nuqtai nazardan, Sakkokiy va Sayyid Ahmad Mirzo kabi turkiy tilda ijod qiluvchi shoirlar
yetishganligi va turkiy adabiyotning eng yaxshi namunalaridan biri bo‘lgan “Merojnoma”,
“Qutadug‘i bilig”, “Tazkirat ul-avliyo” va “Hibbat ul-haqoyiq” kabi asarlarning uyg‘ur harflari
bilan yozilishi saroyda ilm-fanga, turk tiliga berilgan ahamiyatni ko‘rsatadi. Yana Shohruh
davrida Boysung‘ur mirzoning Bog‘i Safiddagi saroyini kutubxonaga aylantirib, ilmiy
faoliyatga hissa qoʻshilgan
5
[16:251].
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davrida Samarqand va Hirot shahri dunyo ilm-
fanining markazlaridan bo‘lgan. Bunda albatta, Sohibqiron va uning farzand va nabiralarining
o‘rni beqiyos bo‘lgan. Bu shaharlarda gumanitar, aniq, tabiy, diniy, falsafiy turi fan sohalari
yuksak rivojlangan. Bu shaharlar nafaqat ilm-fan balki, boshqa sohalarda ham peshqadam
bo‘lgan.
Yana xulosa qilamizki, Sohibqiron yuksak aql-zakovat sohibi va tarix ilmining eng
bilimdonlaridan biri bo‘lgan. Buni uning Ibn Haldun bilan olib borgan bahsi va Ibn Haldunning
Sohibqironga bergan ta’rifidan bilib olishimiz mumkin. Hatto Amir Temur tarixni yozib borish
uchun o‘zi bilan birga muarrixlarni ham olib yurgan.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
2
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai Sa’dayn va Majmuai Bahrayn. – 2-jild 1- bo‘lim. Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – B.
741.
3
Ibn Iyoz. Badoiu az-zuhur fi vaqoi’i ad-duhur. – Qohira: 1972. – 2-jild. –B. 127; . Ibn Tag‘riberdi. An-nujum az-
zohira fi muluki Misr va al-Qohira. – Qohira: Darul kutub Misriyya, 1971. –14-jild. –B. 336; Ibn Xaldun. Tarixi ibn
Xaldun. – Bayrut: Dar al-fikr, 2000. – 7-jild. – B.13.
4
Ibn Iyoz. Badoiu az-zuhur fi vaqoi’i ad-duhur. – Qohira: 1972. – 2-jild. –B. 127.
5
Yusuf Ziya Söylemez. Timurlular Döneminde Herat. Doktora Tezi. Malatya. 2023. S. 251.
6
1.
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai Sa’dayn va Majmuai Bahrayn. – 2-jild 1- bo‘lim.
Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – B. 632.
2.
Ibn Xaldun. Tarixi ibn Xaldun. – Bayrut: Dar al-fikr, 2000. – 7-jild. – B.762.
3.
Ibn Arabshoh. Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur
.
– Toshkent: Fan, 2019. – B. 513.
4.
Ibn Iyoz. Badoiu az-zuhur fi vaqoi’i ad-duhur. – Qohira: 1972. – 2-jild. –B. 622.
5.
Ibn Tag‘riberdi. An-nujum az-zohira fi muluki Misr va al-Qohira. – Qohira: Darul kutub
Misriyya, 1971. –14-jild. –B. 336.
6.
Musa Şamil Yüksel. Timurlularda Din-Devlet İlişikisi. İzmir. 2007.
7.
Şerefüddin Ali Yezdi. Zafernâme. – İstanbul: Selenge, 2013. – S. 512.
8.
Yusuf Ziya Söylemez. Timurlular Döneminde Herat. Doktora Tezi. Malatya. 2023. S. 251.