Авторы

  • Aziza Xasanova
    Xalqaro innovatsion unversiteti assistent-o‘qituvchisi
  • Asliddin Islomov
    Xalqaro innovatsion unversiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdit.78395

Ключевые слова:

Sun’iy intellekt (SI) zamonaviy iqtisodiyot Moliyaviy soha bank xizmatlari investitsiya algoritmik savdo mijozlarga xizmat ko‘rsatish machine learning (mashina o‘rganish) to‘lovlar kredit berish risklarni boshqarish virtual yordamchilar (chatbotlar) inson va texnologiya hamkorligi texnologiyalarga moslashish yangi kasblar ma'lumotlar tahlili kibersig‘imlilik robototexnika.

Аннотация

Sun’iy intellekt (SI) zamonaviy iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, kompaniyalarning biznes yuritish, qarorlar qabul qilish va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini o‘zgartirmoqda. Uning tobora ortib borayotgan tarqatilishi hamda ishlatilishi samaradorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va operatsiyalarni soddalashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Sun’iy intellekt iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan asosiy sohalar bu moliya, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, chakana savdo va boshqa sohalardir. Sun’iy intellektning (SI) moliya, bank va iqtisodiyotning boshqa sohalarida tutgan o‘rni va qo‘llanilishi zamonaviy dunyoda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt kompaniyalarning qarorlar qabul qilish, jarayonlarni optimallashtirish va mijozlar bilan muloqot qilish usullarini o‘zgartirmoqda.


background image

109

KELAJAKDA SUN’IY INTELEKTNING MOLIYA SOHASIDAGI O‘ZGARISHLARI,

O‘RNI VA AHAMIYATI

Xasanova Aziza Ikromovna

Xalqaro innovatsion unversiteti assistent-o‘qituvchisi

Islomov Asliddin G‘ayrat o‘g‘li

Xalqaro innovatsion unversiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15187303

Kalit so‘zlar:

Sun’iy intellekt (SI), zamonaviy iqtisodiyot, Moliyaviy soha, bank

xizmatlari, investitsiya, algoritmik savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, machine learning
(mashina o‘rganish), to‘lovlar, kredit berish, risklarni boshqarish, virtual yordamchilar
(chatbotlar), inson va texnologiya hamkorligi, texnologiyalarga moslashish, yangi kasblar,
ma'lumotlar tahlili, kibersig‘imlilik, robototexnika.

Sun’iy intellekt (SI) zamonaviy iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, kompaniyalarning

biznes yuritish, qarorlar qabul qilish va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini o‘zgartirmoqda.
Uning tobora ortib borayotgan tarqatilishi hamda ishlatilishi samaradorlikni oshirish, xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilash va operatsiyalarni soddalashtirish uchun yangi imkoniyatlar
ochadi. Sun’iy intellekt iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan asosiy sohalar bu moliya,
sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, chakana savdo va boshqa sohalardir. Sun’iy intellektning
(SI) moliya, bank va iqtisodiyotning boshqa sohalarida tutgan o‘rni va qo‘llanilishi zamonaviy
dunyoda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt kompaniyalarning qarorlar
qabul qilish, jarayonlarni optimallashtirish va mijozlar bilan muloqot qilish usullarini
o‘zgartirmoqda.

Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) tez rivojlanib, moliya sohasida ham katta o‘zgarishlar

qilishga qodir. Kelajakda SI moliyaviy xizmatlarning muhim qismiga aylanib, ko‘plab
jarayonlarni avtomatlashtirishi mumkin. Shu sababdan insonlar ham zamonaviy
texnologiyalarga moslashishi, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilashi muhim deb o‘ylayman.

Ko‘pchilik ish o‘rinlari SI tizimlari orqali boshqarilishi ehtimoli yuqori, lekin bu insonlar

uchun ish yo‘qoladi degani emas. Axir sun’iy intellektni ham inson yaratgan va u ham
kamchiliklardan holi emas. Shunday ekan, inson SI tufayli ishidan ayrilaman deb qo‘rqmasligi,
aksincha, yangi imkoniyatlarni to‘g‘ri qabul qilishi kerak. Hozir mavjud bo‘lmagan, lekin
kelajakda paydo bo‘ladigan kasblar SI bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi va bu yangicha ish
o‘rinlarini yaratadi.

Shu o‘rinda shunday savol tug‘iladi: Sun’iy intellekt moliya sohasida qanday o‘zgarishlar

keltiradi?

Sun’iy intellekt (SI) moliya sohasida sezilarli o‘zgarishlar keltirishi kutilmoqda. Bu

texnologiya, asosan, analitik qobiliyatlari va yirik ma'lumotlarni qayta ishlashda
samaradorligi bilan ko‘plab jarayonlarni soddalashtirish va avtomatlashtirish imkonini
beradi. Quyida bu o‘zgarishlarning ba'zi jihatlari ko‘rib chiqiladi:

Avtomatik savdo va investitsiyalar: s

un’iy intellekt, algoritmik savdolarni amalga

oshirishda keng qo‘llanilmoqda. SI tizimlari yirik miqdordagi ma’lumotlarni tezda tahlil qilib,
bozor o‘zgarishlarini prognoz qilishda yuqori aniqlik bilan ishlaydi. Bu, o‘z navbatida,
investorlar va treyderlarga real vaqt rejimida eng to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Masalan, "machine learning" (mashina o‘rganish) algoritmlari bozor tendensiyalarini kuzatib
boradi va optimallashtirilgan savdo strategiyalarini ishlab chiqadi.


background image

110

Kelajakda SI moliya sohasining asosiy qismi bo‘lishi mumkin va u quyidagi sohalarga

katta ta’sir qiladi:

Bank xizmatlari:

To‘lovlar, kredit berish va risklarni boshqarish avtomatlashtiriladi,

mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun chatbotlar yanada rivojlanadi. SI tizimlari katta hajmdagi
ma'lumotlarni tahlil qilib, mijozlarning kredit qobiliyatini aniqroq va tezroq baholash
imkonini beradi. Bu banklarga yuqori riskli mijozlarni aniqlash va qarorlar qabul qilishda
yordam beradi. U Mijozlar tarixini tezda tahlil qilishi va firibgarliklarni tezda aniqlab berishi
mumkin. Ushbu virtual yordamchilar mijozlarga 24/7 rejimida xizmat ko‘rsatadi, Mijozlar
bilan samarali aloqa o‘rnatishda ko‘makchi hisoblanadi.

Investitsiya va birja:

SI investitsiya va birja sohasida ham katta o‘zgarishlarga sabab

bo‘lishi mumkin. SI texnologiyalari birja savdolarini optimallashtirish va investitsiya
qarorlarini qabul qilishni yanada aniqroq va samarali qilishda yordam beradi. Ular bozordagi
tendensiyalarni va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida kuzatib, investorlar uchun
optimal investitsiya imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi. Ushbu tizim savdo
strategiyalarini amalga oshirib inson xatoliklarini minimallashtiradi va bozordagi
o‘zgarishlarga tezda javob qaytaradi.

Sug‘urta:

Mijozlarning shaxsiy moliyaviy tarixini o‘rganib, ularga eng mos sug‘urta

paketlarini taklif qiladi. SI yordamida sug‘urta da’volarini tezda ko‘rib chiqishi, hujjatlarni
tahlil qilishi, avtomatik qayd etishi va tegishli qarorlarni qabul qilishi mumkin. U
ma'lumotlarini tahlil qilish orqali, sug‘urta kompaniyalari mijozlarning turmush tarzini,
risklarni va boshqa omillarni hisobga olib, individual ehtiyojlarga mos xizmatlar ko‘rsatishi
mumkin.

Bu o‘zgarishlar inson omilini kamaytirishi mumkin, ammo insonning o‘rni to‘liq

yo‘qolmaydi. Sun’iy intellekt tezkor va samarali bo‘lsa-da, u ham kamchiliklardan xoli emas. SI
tizimlari noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar asosida xato qarorlar qabul qilishi
mumkin. Virtual tizimlar insoniy qadriyatlarni anglay olmaydi va natijada u chiqargan
qarorlar insoniylik hatti-harakatlarga mos kelmasligi mumkin.

Shu sababli inson SI ga butkul ishonib, unga to‘liq nazoratni topshirishi mumkin emas.

Inson har doim texnologiyani kuzatib borishi va unga muvofiq harakat qilishi kerak.

Ko‘plab sohalarning avtomatlashtirishi ba’zi ish o‘rinlarining yo‘qolib borishiga sababchi

bo‘ladi. Bu esa ba'zi ishchilarni ish joyidan mahrum qilishi va ularni qayta ta'lim olishga
majbur qilishi mumkin. Bu ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Bir
tomondan, bu texnologiyalar samaradorlikni oshiradi, narxlarni pasaytiradi va yangi
imkoniyatlar yaratadi, ammo boshqa tomondan, ba'zi kasblar va sohalarda ish o‘rinlarining
qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Biroq, sun'iy intellekt va avtomatizatsiya yangi ish o‘rinlari yaratishi ham mumkin,

chunki SI tizimlari doimiy ravishda yangilanishi va nazorat qilinishi kerak.

Yangi texnologiyalarni yaratish, SI tizimlarini rivojlantirish va boshqarish uchun yangi

mutaxassislar kerak bo‘ladi. Ma'lumotlar tahlili, kibersig‘imlilik, robototexnika va sun'iy
intellektni o‘rgatish kabi yangi sohalar, yangi ish o‘rinlarini yaratadi.

Kelajakda yangi mutaxassisliklar katta talabga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababdan, SI

texnologiyalarining rivojlanishini to‘xtatib bo‘lmaydi, lekin insonlar unga moslashib, o‘z bilim
va ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini egallashi mumkin. Insonlar yangi
ko‘nikmalarni o‘rganish, texnologiyalarga moslashish va yangi kasblarga tayyorlanishlari


background image

111

lozim. Shuningdek, davlat va tashkilotlar ishchilarga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish va ish
o‘rinlari yaratish uchun investitsiyalar kiritishi kerak. Bu texnologiyalarni samarali va adolatli
tarzda joriy etish jamiyatning umumiy farovonligiga xizmat qilishi mumkin.

Sun’iy intellekt moliya sohasiga inqilobiy o‘zgarishlar olib kelishi aniq. Kelajakda bu

texnologiya ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtirishi va tezlashtirishi mumkin, ammo inson
omili hali ham muhim bo‘lib qoladi. Ish o‘rinlari qisqarishi mumkin, lekin yangi texnologiyalar
yangi kasblarni ham yaratadi.

Sun’iy intellektni to‘g‘ri yo‘naltirgan holda, inson o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirsa,

texnologiyalar bilan birga rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelajakdagi kasblarga hozirdan
tayyorgarlik ko‘rish SI davrida muvaffaqiyatli bo‘lishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.

Xulosa va takliflar

Shunday qilib, SI istiqbolli texnologiyadan moliya, bank va iqtisodiyotning boshqa

tarmoqlarida biznes yuritish va qarorlar qabul qilishning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
Xulosa o‘rnida qayd etish mumkinki, mamlakatimizda sun’iy intellekt imkoniyatlari va
texnologiyalarini iqtisodiyotning real sektorida jadal qo‘llash imkoniyatlari va zarurati
mavjud bo‘lib, tegishli dasturlash yo‘nalishlaridagi yetakchi mahalliy mutaxassislar va xorijiy
kompaniyalarni jalb qilgan holda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va qo‘llash
maqsadga muvofiq. Ta’kidlash joizki, sun’iy intellekt yoki turli dasturiy ta’minotlar va AKTni
tegishli sohalarga joriy qilishda yuzaki yondashuv, birinchidan, loyihalarning kutilgan natija
bermasligiga, ikkinchidan, sarflangan budjet mablag‘larining samarasiz bo‘lishiga,
uchinchidan, zamon talabiga mos bo‘lmagan dastur va tizimlar kiber jinoyatchilar nishoniga
aylanib, milliy xavfsizlikka putur yetkazishi hamda yopiq va shaxsiy ma’lumotlarning sizib
chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday davlat dasturlari sohaning yetakchi
mahalliy va xorijiy mutaxassislari hamda kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi talab
etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953- son “2017–2021

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga
oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-son

“O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda
axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son “Matematika

sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097- son Farmoni
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Сунъий интеллект технологияларини

жадал жорий этиш учун шарт-шароитлар яратиш чоратадбирлари тўғрисида» 2021


background image

112

йил 17 февралдаги ПҚ-4996-сон қарори
7.

Бостром Н. Искусственный интеллект. Этапы. Угрозы. Стратегии. М.: Манн, Иванов

и Фербер, 2016. 496 c.
8.

Люгер Д.Ф. Искусственный интеллект. Стратегии и методы решения сложных

проблем. М.: Вильямс, 2005. 864 с. 9. Росс А. Индустрии будущего. М.: АСТ, 2017. 288 с.
9.

Сигель Э. Просчитать будущее. Кто кликнет, купит, соврет или умрет. М.: Альпина

Паблишер, 2018. 374 с.
10.

Denning P.J., Lewis T.G. Exponential Laws of Computing Growth. Communications ofthe

ACM, 2017, vol. 60, no. 1, pp. 54–65. 490 SUN’IY INTELLEKT WWW.INFOCOM.UZ “RAQAMLI
IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
11.

Николенко С., КадуринА., Архангельская Е.В. Глубокое обучение. Погружение в

мир нейронных сетей. СПб.: Питер, 2018. 480 с.
12.

Цветкова Л.А. Технологии искусственного интеллекта как фактор цифровизации

экономики России и мира // Экономика науки. 2017. № 2. С.
13.

Ускова Т.В., Селименков Р.Ю., Чекавинский А.Н. Агропромышленный комплекс

региона: состояние, тенденции, перспективы. Вологда: ИСЭРТ РАН, 2013. 136 с.
14.

Курцвейл Р., Гроссман Т. Transcend. Девять шагов на пути к вечной жизни. М.:

Манн, Иванови Фербер, 2017. 384 с.
15.

Фадеева О. Шанхайский синдром планеты Земля: когда нас будет слишком многои

что

из

этого

выйдет

//

NakedScience.

2019.

41.

URL:

https://nakedscience.ru/article/nakedscience/shanhayskiy-sindrom-planety

16.

Форсайт Д.А., ПонсЖ. Компьютерное зрение. Современный подход. М.:

Вильямс,2004. 928 с.
17.

Шаныгин С.В. Роботы как средство механизации сельского хозяйства // Изв.

высш.учеб. заведений. Машиностроение. 2013. № 3. С. 39–42.
18.

Труфляк Е.В. Интеллектуальные технические средства в сельском хозяйстве.

Краснодар: КубГАУ, 2016. 42 с.
19.

Петришин Л.П. Совершенствование информационной среды развития

сельскохозяйственных предприятий // Науковийвісник Львівського національного
університету ветеринарно ї медицини та біотехнологій імені С.З. Ґжицького. 2017.Т. 19.
№ 81. С. 37–44.
20.

21. Xamidova D.M. “Investisiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ularni

tasniflashning nazariy asoslari. Intеrnаtiоnаl Cоnfеrеncе оn “Ethics аnd intеgrity in thе
Cоmpеtеtivе Wоrld” Onlinе cоnfеrеncе оf Аngliya Xаlkаrо ilmiy jurnаli 2022 yil 27 sеntyabr,
92-95 betlar
21.

Рунов Б.А., Новиков Н.Н. Анализ применения робототехнических средств в

сельском хозяйстве // Вестн. ВНИИМЖ. 2017. № 2 (26). С. 113–117.
22.

G‘ulomov S.S., Ayupov R.H., Abdullaev O.M., Boltaboeva G.R. Raqamli iqtisodiyotda

blokchayn texnologiyalari// Toshkent, 2019.
23.

Komilov M.M., Xudoyberdiev M.X. Tanib olish operatori ustida idempatent tutashuvga

asoslangan korrektlovchi protseduralarni qurish. 2021.

mirzaakbarhh@g.mail.com

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953- son “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097- son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Сунъий интеллект технологияларини жадал жорий этиш учун шарт-шароитлар яратиш чоратадбирлари тўғрисида» 2021 йил 17 февралдаги ПҚ-4996-сон қарори

Бостром Н. Искусственный интеллект. Этапы. Угрозы. Стратегии. М.: Манн, Иванов и Фербер, 2016. 496 c.

Люгер Д.Ф. Искусственный интеллект. Стратегии и методы решения сложных проблем. М.: Вильямс, 2005. 864 с. 9. Росс А. Индустрии будущего. М.: АСТ, 2017. 288 с.

Сигель Э. Просчитать будущее. Кто кликнет, купит, соврет или умрет. М.: Альпина Паблишер, 2018. 374 с.

Denning P.J., Lewis T.G. Exponential Laws of Computing Growth. Communications ofthe ACM, 2017, vol. 60, no. 1, pp. 54–65. 490 SUN’IY INTELLEKT WWW.INFOCOM.UZ “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

Николенко С., КадуринА., Архангельская Е.В. Глубокое обучение. Погружение в мир нейронных сетей. СПб.: Питер, 2018. 480 с.

Цветкова Л.А. Технологии искусственного интеллекта как фактор цифровизации экономики России и мира // Экономика науки. 2017. № 2. С.

Ускова Т.В., Селименков Р.Ю., Чекавинский А.Н. Агропромышленный комплекс региона: состояние, тенденции, перспективы. Вологда: ИСЭРТ РАН, 2013. 136 с.

Курцвейл Р., Гроссман Т. Transcend. Девять шагов на пути к вечной жизни. М.: Манн, Иванови Фербер, 2017. 384 с.

Фадеева О. Шанхайский синдром планеты Земля: когда нас будет слишком многои что из этого выйдет // NakedScience. 2019. № 41. URL: https://nakedscience.ru/article/nakedscience/shanhayskiy-sindrom-planety

Форсайт Д.А., ПонсЖ. Компьютерное зрение. Современный подход. М.: Вильямс,2004. 928 с.

Шаныгин С.В. Роботы как средство механизации сельского хозяйства // Изв. высш.учеб. заведений. Машиностроение. 2013. № 3. С. 39–42.

Труфляк Е.В. Интеллектуальные технические средства в сельском хозяйстве. Краснодар: КубГАУ, 2016. 42 с.

Петришин Л.П. Совершенствование информационной среды развития сельскохозяйственных предприятий // Науковийвісник Львівського національного університету ветеринарно ї медицини та біотехнологій імені С.З. Ґжицького. 2017.Т. 19. № 81. С. 37–44.

Xamidova D.M. “Investisiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ularni tasniflashning nazariy asoslari. Intеrnаtiоnаl Cоnfеrеncе оn “Ethics аnd intеgrity in thе Cоmpеtеtivе Wоrld” Onlinе cоnfеrеncе оf Аngliya Xаlkаrо ilmiy jurnаli 2022 yil 27 sеntyabr, 92-95 betlar

Рунов Б.А., Новиков Н.Н. Анализ применения робототехнических средств в сельском хозяйстве // Вестн. ВНИИМЖ. 2017. № 2 (26). С. 113–117.

G‘ulomov S.S., Ayupov R.H., Abdullaev O.M., Boltaboeva G.R. Raqamli iqtisodiyotda blokchayn texnologiyalari// Toshkent, 2019.

Komilov M.M., Xudoyberdiev M.X. Tanib olish operatori ustida idempatent tutashuvga asoslangan korrektlovchi protseduralarni qurish. 2021. mirzaakbarhh@g.mail.com