9
ZAMONAVIY LINGVISTIK YONDASHUVLARDA TIL ME’YORLARI VA UNDAN
CHEKINISH MASALALARI
Egamnazarova Durdona Shuhratillaevna
Qo`qon universiteti dotsenti
durdonajuraeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220685
Lisoniy me’yor masalasi tilshunoslikning eng muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,
uning rivojlanishi har bir davrda turli nazariy yondashuvlar va madaniy-ijtimoiy tamoyillar
bilan uzviy bog‘langan. Til qoidalari nafaqat lingvistik tamoyillar, balki falsafiy va ijtimoiy
g‘oyalar ta’sirida ham shakllangani tufayli, ushbu jarayon tilning mustahkam va umumiy qabul
qilingan qoidalar tizimiga aylanishiga xizmat qilgan. Har bir tarixiy bosqichda til normalarini
aniqlash va ularni belgilashda turli qarashlar ustuvor bo‘lgan. Masalan, XVII–XVIII asrlarda til
normalarini belgilash asosan normativ grammatikalar va lug‘atlar orqali amalga oshirilgan:
tilga yondashuv an’anaviy va tartibga solingan me’yorlarga asoslangan bo‘lib, grammatik
qoidalar va lug‘at tarkibi tuzilmalari aniq belgilab qo‘yilgan edi. XIX asr tilshunosligida esa til
normasi muammosi umuminsoniy (logik), milliy va individual (psixologik) jihatlarning o‘zaro
munosabati doirasida muhokama qilingan. Yosh grammatistlar uzus tushunchasini ilgari surib,
uni adabiy-yozma norma sun’iyligi va nutqiy aktning individualligidan farqli hodisa ekanligini
uqtiradilar [2, 36]. XX asr fanida til normasi muammosi yana ham diqqat markaziga ko‘chdi va
bir tomondan, til tizimining funksional xususiyatlarini o‘rganish bilan, ikkinchi tomondan esa,
adabiy tillar va nutq madaniyatini tadqiq etish bilan bog‘liq ravishda rivojlantirildi. Hozirgi
zamonda til normasi muammosi globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq holda yangi ma’no kasb
etmoqda. Mazkur jarayonlar milliy tillarga ta’sir ko‘rsatib, global axborot tarmog‘i –
internetning rivojlanishi bilan ham uzviy bog‘langanligi sir emas.
L.Yelmslev norma va uzusning o‘zaro munosabatlarini til tizimining potensial
imkoniyatlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqan. Uning fikricha, "uzus mantiqan va amaliyotda
normadan oldin keladi; norma uzus va nutqiy aktidan kelib chiqadi, aksincha emas". Til
normalari muayyan madaniy va ijtimoiy jarayonlarning ta’sirida o‘zgarib boradi: har bir til
jamiyatidagi o‘zgarishlar va ilmiy taraqqiyot bilan uyg‘un ravishda shakllanib, normalar esa
vaqt o‘tishi bilan yangi talablar asosida takomillashib borgan. Demak, til normalari statik emas,
balki dinamik xususiyatga ega bo‘lib, ular tilning tabiiy evolyutsiyasi jarayonida doimo
o‘zgarishda bo‘ladi. Lingvistikada norma kategoriyasi uch asosiy jihatda tadqiq etiladi [3,89]:
1. Baho berish mezoni sifatida (mantiq falsafasi nuqtai nazaridan);
2. Modallik doirasining tarkibiy qismi sifatida (pragmatik jihatdan);
3.Graduallik, intensivlik va chegaraviylik kabi semantik kategoriyalarning tarkibiy unsuri
sifatida (miqdoriy jihatdan).
Har bir yondashuv normativ baho berishning muayyan jihatlariga ustuvor e’tibor
qaratishi bilan ajralib turadi: mantiq falsafasi doirasidagi tadqiqotlar normativ baho berish
asosida yotgan tushunchani tahlil qilishni talab qilsa, pragmatik jihat baho beruvchi subyektga
va unga bog‘liq moduslarga e’tibor qaratadi; normani tadqiq qilishning miqdoriy jihati asosan
uning obyekt parametrlarini baholashga yo‘naltirilgan. Barcha jihatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-
birini to‘ldirib turadi.
Lisonda me’yor tushunchasiga keng ma’noda uzusga yondosh bo‘lgan, ya’ni tilning
umumqabul qilingan va mustahkamlangan qo‘llanish usullari sifatida qaraladi. Shunday qilib,
10
normani hududiy dialektlarga nisbatan ham qo‘llash mumkin: masalan, shimoliy rus dialektlari
uchun
окаение
singari talaffuz me’yor hisoblanadi, janubiy rus dialektlari uchun esa
акаение
tarzida talaffuz
qilish
xosdir. Demak, tor ma’noda norma tilning maqsadli kodifikatsiya jarayoni
natijasi bo‘lib, bunday munosabat norma tushunchasini adabiy til bilan uzviy bog‘laydi, uni
boshqacha qilib aytganda, normalashtirilgan yoki kodifikatsiya qilingan til deb ataydilar.
Hududiy dialektlar, shahar gap-so‘zlari, ijtimoiy va kasbiy jargonlar kodifikatsiya qilinmagani
uchun ham ularga nisbatan norma tushunchasini tor ma’noda qo‘llab bo‘lmaydi. Demak,
kodifikatsiya qilinmagan til sohalariga nisbatan uzus va norma atamalarini teng ma’noda
qo‘llash mumkin. Masalan, ma’lum bir dialektda qanday gapirish qabul qilingan bo‘lsa, bu
lisoniy an’ana, uzus hisoblanadi, shu bilan birga, u boshqa dialektlardan farq qiluvchi dialekt
normasi hamdir, ammo kodifikatsiya qilingan tizimga, ya’ni adabiy tilga nisbatan, uzus va
norma atamalarini teng ma’noda ishlatish noto‘g‘ri hisoblanadi. Lug‘atlar va grammatik
qoidalar til vositalarini qanday qo‘llashni belgilaydi (bu esa me’yordir), adabiy til egalarining
ushbu ko‘rsatmalarga kundalik nutq amaliyotida qay darajada rioya qilishi esa uzus
tushunchasida o‘z aksini topadi. Shundan kelib chiqib, adabiy tilga nisbatan uchta tushunchani
ajratish maqsadga muvofiq:
tizim, norma va uzus.
Demak, til tizimi milliy tilning mavjud barcha usul va ifodalash vositalarining yig‘indisi
sifatida tushuniladi. Norma esa, ushbu tizimda mavjud bo‘lgan usul va vositalardan qaysilarini
tanlab olish qoidalari yig‘indisi sifatida qaraladi. Bular jamiyatda ma’lum bir davrda qabul
qilingan va aksariyat so‘zlashuvchilar tomonidan muayyan kommunikativ holatlarda qo‘llash
uchun eng maqbul shakl deb e’tirof etilgan bo‘ladi. Shu bilan birga, norma til tizimida mavjud
barcha imkoniyatlarni emas, balki ularning muayyan qismini amaliy qo‘llashga nisbatan joriy
etiladi, ya’ni norma doirasida tillarning to‘liq potensiali nazarda tutilmaydi. Til tizimi va norma
o‘rtasida uzus joylashgan bo‘lib, u tilning inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanishi, ya’ni
nutqiy amaliyotni anglatadi va unda, bir tomondan, norma bo‘lmagan, ammo til tizimi
tomonidan ruxsat etilgan holatlar amalga oshadi. Boshqa tomondan esa, unda na normadan, na
til tizimining imkoniyatlaridan kelib chiquvchi holatlar kuzatilishi mumkin. Boshqacha
aytganda, uzus tilning normativ tavsiyalari va ta’qiqlarini ham, uning potensialini ham "o‘z
ichiga oladi".
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar
to‘g‘risida xabar berishdan tashqari retsipientga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini
qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy
jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi
nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy
shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas,
balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida
aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi
natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga
yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi.
Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos
olimlar H.Ne’matov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslikda «til-me’yor-nutq» tarzida ajratishini
ta’kidlashib, qayd qiladilarki, «Til bevosiga kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining
ongida mavjud bo‘lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, fikrni
shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning o‘zaro munosabatlari
11
haqidagi tasavvurlar yig‘idisi sifatida qaraladi. Har qanday til qator kichik sistemalarning bir-
biri bilan murakkab qo‘shiluvidan tashkil topadi. Shuning uchun ham til sistemalar
sistemasi sanaladi. Kichik sistemalar katta sistemani tarkibiy jihatdan bir butun qilib turadi.
Kichik sistema deyilganda yuqorida ko‘rganimizdek, egalik, kelishik, so‘z yasalishi, so‘z
turkumlari, gap qurilishi kabi sistemalar tushuniladi[4,67]. Tilning yashiringan (potensial)
imkoniyatlari ana shu kichik sistemalar zaminida yuzaga chiqishi mumkin. Tilning
rivojlanish tarixida til vositalari tug‘ilib va eskirib turadi. Jamiyat talabiga javob bermay
qolgan til belgilari asta-sekin yashashdan to‘xtaydi, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi.
Shu taxlit til zamonaviylashib, yuksalib boradi. Har qancha rivojlangan tilda ham yanada
taraqqiy etish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Demak, til tizimi tilning uzoq taraqqiyoti
davrida yashab chiqib ketgan, shu kungacha mavjud bo‘lgan imkoniyatlaridan tashqari, hali
paydo bo‘lmagan, biroq paydo bo‘lishi muqarrar bo‘lgan narsalarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu jihatdan u hajman tilning amalda qo‘llanib turgachn vositalaridan ham, normadan ham
kattadir. Biror til jamoasida til sistemasida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarning foydalanib
kelinayotgan qismi uzus deyiladi. «Individual nutqda, kollektiv nutqda ham til vositalarndan
ma’lum ko‘nikma malakaga ko‘ra foydalaniladi. Bunday ko‘nikmalar tildan foydalanishning
asrlar davomida (stixiyali) ravishda paydo bo‘lgan, ammo mazkur tilda gaplashuvchi
kollektiv o‘rtasida oldindan odat tusiga kirgan qoidalardir. Mana shu kollektiv ko‘nikmalar
yig‘indisp fanda uzus deb yuritiladi». Uzus bir tilni boshqasidan ajratib turadigan shartlarni
ham, tilning ichki normalarni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, lisoniy me’yor tushunchasi tilshunoslik nazariyasida
turlicha talqin etilgan. Struktural tilshunoslikda (Sossyur an’anasida) til tizimi (langue) bilan
nutq (parole) farqlanib, me’yor ko‘pincha til tizimi ichida allaqachon mavjud bo‘lgan
qoidabuzmazlik sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, keyinchalik funktsional va sotsiolingvistik
yondashuvlar me’yorni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganishni ilgari surdi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ельмслев Л. Пролегомены к теории языка. – М.: Прогресс, 1960. – 240 с.
2.
Шчерба Л. В. О трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в
лингвистике // Избранные работы по русскому языку. – М.: Просвещение, 1974. – С. 62–
74.
3.
Коссериу Э. Введение в лингвистику. – М.: Прогресс, 1970. – 304 с.
4.
Нематов Ҳ., Расулов Р. Til–me’yor–nutq: sistem tilshunoslikka oid izlanishlar // O‘zbek
tili va adabiyoti. – 2001. – № 1. – Б. 7–12.
5.
Хожиев А. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – 272 б.
6.
Филология энциклопедияси / Таҳр. ҳайъати: Ҳ. Нематов, Ш. Раҳматуллаев ва б. –
Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2005. – 598 б.